"Xazon bo‘lgan moychechak" — bu uzoq vaqtdan buyon qalb tubida yashirilgan his-tuyg‘ularning satrlarga ko‘chishidir. Yuragimda kurtak yozgan tuyg‘ularni so‘zlar orqali mukammal ifodalashga qalamim ojizlik qilsa-da, bu ijod yo‘liga butun hayotimni bag‘ishlashga tayyorman. Mening hayotim xayollardan iborat. Ushbu hikoyani ham cheksiz xayollarim sahrosida yaratdim. Germaniyaga kelgan yosh shifokor Leilaning hayoti, uning atrofidagi ikki yigit — og'ir kasallik bilan kurashayotgan poyga chempioni va qorong'u o'tmishga ega, ammo qalbida sevgi uchqunlagan yigit bilan to‘qnashadi. Din, sevgi, yo'qotish va umid o‘rtasida qahramonlar o'z yo'llarini topishga urinishadi. Ishonch — bu yerda eng qimmat va eng xavfli tuyg'u. Kim do'st, kim dushman? Bu savolga javob topguningizcha — allaqachon kech bo'lishi mumkin. Siz ham ushbu dardli qalbning nolasiga quloq tutib ko‘ring. Ajab emaski, undagi satrlarda o‘z aksingizni ko‘rsangiz...
Izohingiz uchun tashakkur. Tez kunda davomi chiqadi😊
zor chiqibdi qogan boblariyam kutib qolaman❤️