Tasavvur qiling… siz hamma narsadan uzoqlashish uchun Tokyoga ketasiz. Yangi shahar, begona odamlar, neon chiroqlar va yomg‘irli ko‘chalar… Va keyin Kentaro paydo bo‘ladi. 🇯🇵❤️ Malu uchun Tokio shunchaki yangi joy emas — u o‘zini qaytadan topadigan shaharga aylanadi. Kentaro esa unga bu shaharning hech kim bilmaydigan tomonlarini ko‘rsatadi. Ularning oddiygina boshlangan tanishuvi asta-sekin shunday sevgiga aylanadiki, o‘quvchi ham ularning hikoyasiga bog‘lanib qoladi. Lekin… hammasi birdaniga o‘zgaradi. Tokyoda dahshatli falokat yuz beradi. Endi gap shunchaki sevgi haqida emas. Malu sevgan insonini topish uchun vayronaga aylangan shahar ichidan o‘tishi kerak bo‘ladi. 🌧️ Bu kitobda birinchi sevgi, Tokio atmosferasi, hazil, sarguzasht, qo‘rquv va ayriliq bir-biriga aralashib ketgan. Eng qizig‘i esa — kitob boshida romantik hikoya deb boshlaysiz, keyin esa voqealar sizni qo‘yib yubormaydi. Ba’zi insonlar hayotingizga tasodifan kiradi. Ba’zilari esa butun hayotingizni o‘zgartirib ketadi. Mualif telegram blogeri Tgk linki: @bymadiyy