2-BOB
Birinchi uchrashuv
Bir yil avval...
Ba'zi hikoyalar fojiadan boshlanmaydi.
Avval hammasi oddiy bo'ladi.
Oddiy tonglar.
Oddiy suhbatlar.
Oddiy kulgilar.
Va eng muhimi — inson o'sha oddiy kunlarning bir kun kelib eng qadrli xotiralarga aylanishini bilmaydi.
Alin ham bilmasdi.
O'sha kuni u kelajak haqida o'ylamagandi.
O'sha kuni u hayoti butunlay o'zgarib ketishini ham tasavvur qilmagandi.
U shunchaki ishga kechikayotgan edi.
— Voy, soat nechchi bo'ldi o'zi?..
Alin telefoniga qaradi.
08:37.
— Zo'r...
U chuqur nafas olib, tezroq yurdi.
Bugun yana kech qolsa, menejerining gapini eshitishi aniq edi.
Ko'chada odamlar ishga, o'qishga shoshardi. Kimdir telefonida gaplashar, kimdir quloqchin taqib olgan, yana kimdir issiq qahvasini qo'lida ushlab, yo'l chetida yugurib ketardi.
Alin esa bularning hech biriga e'tibor bermasdi.
Uning xayolida faqat bitta narsa bor edi.
Ish.
Va kechikmaslik.
U yo'lning narigi tomoniga o'tib, kutubxona yonidan o'tayotganida birdan oldidan bir qiz chiqib qoldi.
Alin to'xtashga ulgurmay...
Gurs!
Qizning qo'lidagi kitoblar yerga sochilib ketdi.
— Voy!
Alin ham bir zum jim qoldi.
— Kechirasiz! — dedi u darhol.
Qiz egilib, kitoblarini yig'a boshladi.
— Men ham qarab yurishim kerak edi...
— Yo'q, yo'q. Ayb menda. Shoshayotgan edim.
Alin ham tiz cho'kib, kitoblarni yig'ishga yordam berdi.
Bitta kitob uning qo'liga tushdi.
U muqovasiga qaradi.
Keyin qizga.
— Siz ham kitoblarni shunaqa ko'p olib yurasizmi?
Qiz boshini ko'tardi.
— Ha.
— Hammasini o'qib chiqasizmi?
Qiz kulimsiradi.
— Harakat qilaman.
— Men bo'lsam bittasini ham oxirigacha o'qiy olmayman.
— Unda nega so'rayapsiz?
Alin bir zum jim qoldi.
— Bilmayman...
Qiz kulib yubordi.
Bu kulgi juda oddiy edi.
Lekin Alin negadir bir necha soniya unga qarab qoldi.
Qiz buni sezib, qoshlarini biroz ko'tardi.
— Nima?
Alin darrov ko'zini olib qochdi.
— Hech narsa.
U oxirgi kitobni ham uzatdi.
— Mana.
— Rahmat.
Qiz kitoblarni bag'riga bosdi.
Alin o'rnidan turdi.
— Yana bir bor kechirasiz.
— Hechqisi yo'q.
Qiz ketishga burildi.
Bir necha qadam yurdi.
Keyin to'xtadi.
Orqasiga qaradi.
— Aytgancha...
Alin ham unga qaradi.
— Ha?
— Siz ham kechikyapsiz shekilli.
Alin telefoniga qaradi.
08:43.
Ko'zlari kattalashdi.
— Voy, la'nati...
Qiz yana kuldi.
— Omad.
— Sizga ham.
Qiz ketdi.
Alin esa bir necha soniya joyida turib qoldi.
Keyin boshini chayqadi.
— Nega turib qoldim?..
U yugurib ketdi.
Ammo yo'l bo'yi negadir o'sha qizning kulgisi xayolidan ketmadi.
Kechqurun.
Alin uyga charchab qaytdi.
Eshikdan kirishi bilan singlisi Alisa unga qarab:
— Aka!
— Hm?
— Bugun yana kech qoldingiz.
— Ish bor edi.
— Har kuni ish.
Alin oyoq kiyimini yechib, kuldi.
— Sen ham katta bo'lsang, ishning nima ekanini bilasan.
— Yo'q. Men kutubxonada ishlayman. U yerda odamlar tinch yuradi.
— Senmi? Tinch?
Alisa yostiqni olib, akasiga otib yubordi.
— Aka!
Alin kulib, yostiqni ushlab oldi.
— Nima?
— Onam sizni ovqatga chaqiryapti.
— Hozir boraman.
Alin oshxonaga o'tdi.
Onasi dasturxon atrofida o'tirardi.
— Keldingmi, bolam?
— Ha, ona.
— Charchadingmi?
— Biroz.
Onasi unga mehr bilan qaradi.
— Ovqatlan. Keyin dam ol.
Alin bosh irg'adi.
O'sha kecha hammasi odatdagidek edi.
Uchovlari birga ovqatlanishdi.
Alisa kun davomida nimalar bo'lganini gapirib berdi.
Onasi vaqti-vaqti bilan kulib qo'yardi.
Alin esa ularni tinglab, ichida bir g'alati xotirjamlik his qilardi.
Uning hayoti aynan shunday edi.
Oddiy.
Tinch.
Baxtli.
Ertasi kuni Alin yana o'sha ko'chadan o'tdi.
O'zi ham buni sezmagan holda kutubxonaga qarab qo'ydi.
Keyin o'zidan kuldi.
— Nima qilyapman o'zi?
U ishiga ketdi.
Ammo tushlik paytida Kain bilan uchrashganda, do'sti uning yuzidagi g'alati tabassumni darrov payqadi.
— Hoy.
— Nima?
— Sen nega kulayapsan?
— Kulayotganim yo'q.
— Kulayapsan.
— Yo'q.
Kain unga tikilib turdi.
— Qizmi?
Alin bir zum jim qoldi.
— Qanaqa qiz?
Kain kulib yubordi.
— Ana! Tutilding.
— Hech kim yo'q.
— Rostdanmi?
— Rost.
— Unda nega yuzing qizarib ketdi?
— Issiq.
Kain atrofga qaradi.
— Havo yigirma daraja.
Alin kulib yubordi.
— Bo'ldi, gapirma.
— Demak, qiz bor.
Alin bir oz jim turdi.
Keyin:
— Kecha bitta qiz bilan tasodifan urishib ketdik.
Kainning ko'zlari chaqnadi.
— Urishdinglarmi?
— Yo'q, ahmoq. Yo'lda to'qnashib ketdik.
— Keyin?
— Kitoblari tushib ketdi. Yordam berdim.
— Keyin?
— Hech narsa.
— Ismi?
Alin javob bermadi.
Chunki u bilmasdi.
Kain unga qarab turib, kulimsiradi.
— Hatto ismini ham so'ramabsanmi?
Alin yelkasini qisdi.
— Keragi yo'q edi.
— Ha-a...
Kain cho'zib gapirdi.
— Lekin kechadan beri o'sha qiz haqida gapiryapsan.
— Men faqat aytdim.
— Farqi nima?
Alin kuldi.
— Bilmayman.
O'sha kuni kechqurun Alin uyga qaytayotganda yana kutubxona yonidan o'tdi.
U bu safar hech narsani kutmagandi.
Hech bo'lmasa o'ziga shunday deb ishontirdi.
Ammo kutubxona eshigi ochildi.
Va o'sha qiz chiqdi.
Alin beixtiyor to'xtadi.
Qiz ham uni ko'rdi.
Bir necha soniya ikkalasi bir-biriga qarab turishdi.
Keyin qiz kulimsiradi.
— Salom.
Alin ham kuldi.
— Salom.
— Bugun kechikmayapsizmi?
Alin soatiga qaradi.
— Yo'q.
— Yaxshi.
Qiz yonidan o'tib ketmoqchi bo'ldi.
Alin esa negadir gapirib yubordi:
— Kitoblaringiz joyidami?
Qiz to'xtadi.
Keyin kuldi.
— Ha. Bugun hech kim urib yubormadi.
Alin ham kulib yubordi.
— Yaxshi ekan.
Qiz bir necha soniya jim turdi.
— Aytgancha...
— Ha?
— Kecha ismingizni ham so'ramabman.
Alin bir oz hayron bo'ldi.
— Alin.
Qiz bosh irg'adi.
— Lina.
Shu.
Oddiygina ikkita ism.
Ammo ba'zan inson hayotidagi eng katta hikoyalar aynan shunday oddiy so'zlardan boshlanadi.
Alin.
Lina.
Ular hali buni bilishmasdi.
Bu uchrashuv shunchaki tasodif emasligini ham.
Alin Lina ketib borayotganiga qarab qoldi.
Bu safar esa u o'zini to'xtatmadi.
U jilmaydi.
Va ichida birinchi marta g'alati bir fikr paydo bo'ldi:
“Ertaga yana shu yerdan o'tsam-chi?..”