U oilasi uchun hamma narsaga tayyor edi... hatto o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishga ham. Alin — oddiy hayot kechirayotgandek ko‘rinadigan 21 yoshli yigit. Ammo tunlari u butunlay boshqa dunyoga sho‘ng‘iydi — noqonuniy avtomobil poygalariga. Onasi og‘ir kasal bo‘lib, shoshilinch operatsiyaga muhtoj bo‘lgach, Alinning oldida faqat bitta yo‘l qoladi. Xavfli poyga. Katta pul. Va qaytmasligi mumkin bo‘lgan tun. U sevgilisi Lina, singlisi Alisa va onasidan sir yashiradi. Ammo ba’zi sirlar bor-ki, ularni yashirish uchun inson eng katta narxni to‘lashi mumkin... Chunki ba’zan sevgi — sevgan insoning uchun o‘zingdan voz kechishdir. “Hammasi sen uchun...”