“Hayotim juda oddiy va zerikarli......”
Men…… men…… hech kimdan mehr ko‘rmagan, ota-onasi tomonidan ajratib qo‘yilgan, nafratga sazovor bo‘lgan, nima bo‘lsa hammasiga aybdor bo‘lgan, dugonalari yo‘q, har doim yolg‘iz bo‘lgan...
EUN BI.
Ammo bu voqeagacha………
Sana: 2027-yil 2-sentabr
Bugun maktab.
Men bu yil 9-sinf bo‘ldim.
Sana: 2027-yil 10-sentabr
Soat 6:30.
Men uyg‘ondim. Yuzimni yuvdim.
Odatda ertalab nonushta qilmayman. Baribir tushganimdan nima foyda?
Idishlarni yuvdim. Keyin telefonimni olib, internetga kirib, taxminan 10–15 daqiqa vaqt o‘tkazdim.
Soat 7:30 lar atrofida xonamdan chiqdim.
Mening xonam ikkinchi qavatda joylashgan. Bu qavatda boshqa hech qanday xona yo‘q.
Pastga tushayotganimda ota-onam, opam va ukam nonushta qilayotganini ko‘rdim.
— Eun Bi, bugun uyda qolamiz. Maktabga bormasang ham bo‘ladi. Uyda qiladigan ishlar bor, — dedi onam.
Men uyda qolishni yomon ko‘raman.
Chunki uy men uchun ba’zan qamoqdek tuyuladi.
Men hech bo‘lmasa 5–6 soatga bo‘lsa ham undan qochishni xohlardim.
Shuning uchun yolg‘on gapirdim.
— Bugun matematika fanidan imtihonim bor.
Shunday deb, uydan chiqib ketdim.
Agar maktabga erta chiqsam, odatda piyoda boraman.
Agar kechroq chiqsam, 45-avtobusga chiqaman.
Bugun esa piyoda ketdim.
Maktabga yaqinlashganimda Jiang Mu bilan Chon Xyonani ko‘rib qoldim.
Jiang Mu mening yaqin dugonam.
Lekin, rostini aytsam, u menga biroz zerikarli tuyuladi.
Men odamlar bilan bemalol gaplasha olmayman.
Faqat meni chin dildan tinglaydigan odamlar bilan o‘zimni erkin his qilaman.
Ammo hozirgacha meni shunday tinglaydigan insonni uchratmaganman.
Jiang Mu aslida yaxshi qiz.
Lekin u Xyona bilan ko‘proq vaqt o‘tkazadi.
Men bundan xafa emasman.
Axir Jiang Mu kim bilan do‘st bo‘lishni o‘zi tanlash huquqiga ega.
Ular yonma-yon yurib, kulishardi.
Men esa ularning yoniga borib qo‘shilmadim.
Shunchaki uzoqroqdan kuzatib, maktab tomon yurishda davom etdim.
Maktabga kirganimdan ko‘p o‘tmay, ingliz tili o‘qituvchimiz sinfga kirdi.
— Hello, guys!
Hamma salomlashdi.
O‘qituvchi qo‘lidagi qog‘ozlarga qarab:
— Test natijalarini ko‘rdingizlarmi? — deb so‘radi.
— Ko‘rmaganlar o‘qituvchilar xonasidan ko‘rishlari mumkin, — dedi u.
Darsni boshlashdan oldin o‘qituvchi birdan menga qaradi.
— Eun Bi…
Men boshimni ko‘tardim.
— Tabriklayman. Sizning test natijangiz 9-sinflar orasida eng yuqori natija bo‘libdi.
Bir zumda butun sinf menga qaradi.
— Voy, tabriklayman!
— Eun Bi, zo‘r-ku!
— Qanday qilib shuncha yuqori ball olding?
Hamma meni tabriklay boshladi.
Men esa bundan noqulay bo‘ldim.
Menga odamlarning birdaniga qarashi va e’tibor markazida qolish yoqmaydi.
Balki ingliz tiliga qo‘shimcha darslarga qatnaganim uchundir.
Shuning uchun natijam yaxshi chiqqandir.
Dars tugagach, men o‘qituvchilar xonasiga bordim.
Test natijamni o‘zim ham ko‘rmoqchi edim.
Eshik oldiga kelib, qo‘limni eshik tutqichiga uzatdim.
ESHIK ICHKARIDAN OCHILDI......
Va...
QAYDLARIM:
Bu qandaydir g‘alati edi.
Chunki men hayotimda hech qachon bunday tuyg‘uni his qilmaganman.
Hatto bu nima ekanini ham bilmayman.
Nega bunday bo‘lganini ham...
bilmayman.