O’ylashimcha bugun oxirgi kun, balki omadim kelsa ertaga ham yasharman! Uning ko’zlarini oxirgi martta ko’rsam yetarli bo’lar edi menimcha.
Ammo u meni bunday noiloj xohda ko’rishini istamayman. Umuman yaxshisi ko’rmagani maqul. Endi u mensiz ham baxtli. Ammo men seni bir bora ko’rishni xohlayman. Iltimos uyga kelaqol.
Madorim qolmadi eshikka suyanib uni kutar ekanman bularni o’ylab hatto shu ahvolimda ham unga yuk bo’lishni istamaganimni va o’layotganimni aytmaganimni to’g’ri deb o’yladim. Saroyda lavozimi ko’tarilgani va otasining o’limidan keyingi oyisining ahvoli sababli saroyda kechgacha qoladi. Balki uyga qaytishni ham yoqtirmas. Yoq aniqrogi noilojlik uni yeb bitiradi. Uni majburlab uylantishgan bo’lsada otasi Shim Gangyun (沈康允) onasi Han Chaewon (尹采媛) xonim bilan ashaddiy ishq olovida yonishgan va birga to’y qilishgan. Ularga qarshi chiqadigan biror inson bo’lmagan chunki ular bir-biriga mos oilalar farzandlari bo’lishgan. Ammo baxtga qarshi Sohwan zodagonning qiziga emas, aynan men otasi oddiy savdogan bo’lgan Yewolga ko’ngil qo’ydi.
Bolalik yillarim g’alati edi. Men ko’p yanbang( zodagon) oilalarining qizlari bilan tanish bo’lganman. Otam yangbanlarga mato olib kelib sotardi bundan tashqari anchasi bilan yaqin do’st ham edi. Chet el aloqalari yaxshiligi uchun ularni chet eldan keltirilgan may bilan xam mehmon qilardi. Men tug’ilgan yilim ocharchilik va yo’qchilikdan qiynalgan otam savdogarlim qilishga qaror qiladi va bor aloqalarini ishga solib yevropa va xitoydan mato olib kelib sotishni boshlagan va kamyob narsalar bilan yangbanlarni kungliga oro kirgazib ishini bitirar edi. Shu sababli xam men eng qimmat ta’limni ololdim. Oddiy xalq yozishni bilmagan bir vaqtda men xitoy va mumtoz adabiyotdan ham dars olgan edim. Yozishni xam o’qishni xam xunarlarni xam yaxshi o’rganardim. Lekin bularni otam meni aqlli inson bo’lishim uchun emas balki menga qimmatga sotishi mumkin bo’lgan buyumdek qarashi va vaqti kelganda yaxshiroq aloqalar uchun sotishi uchun o’qitgandek tuyilardi va bu ranjitardi ham. Lekin shunday bo’lsa ham xozir ular o’tdi va men xam otamdek xohlagandek yangbanlardan bo’lgan yigitga ko’ngil qo’ydim. Va shuning uchun ham olgan bilimlarimdan ko’proq mamnunman. Shunday qilib mening zodagon, qo’llariga igna ushlashni xam istamaydigan ammo yigitlar bor bazm va tomoshalarni kanda qilmay boradigan oyimcha dugonalarim bo’lgan. Xa kichikligimizda albatta yoqimli o’ynar va suhbatlashar edik. Ayniqsa ularga mening mato va kiyim tanlash mahoratim, ranglarni moslab chiroyli va yangi uslub yarata olishim, sodda qilib aytganda yaxshi didga ega ekanligim yoqardi. Men ularning kiyimlarini va bezaklarini tanlab berardim ular esa meni mehmon qilishar bazida qimmatbaxo sovg’alar ham berishar edi. Boshqalar tilida bilan savdogarning qizi, bezbet va o’z bilganidan qolmaydigan deb tariflansamda, ular mening aqlimu-mahoratimdan tortib ularni tushuna oladigan va o’zlari istaydigan gaplarni mendan eshitganliklari uchun ham lol qolishardi. Sodda qilib aytganda men bu istedodim sabab ular orasida hech qachon pas ko’rilmaganman. Aksincha doim markazda edim va xatto menga xasad ham qilishardi. Bu kulguli ammo ularning oldiga kelgan yigitchalar ham mendan ko’zini uzolmay qolishi ularni ichidagi olovni yoqardi. Eh o’sha vaqtlar mening eng sho’x va shaddod davrlarim edi. Ammo ular bilan xozir aloqalarimni uzib qo’yganman. Boshida o’zlari sababchi edi. Ularning Sohwanga bo’lgan ishqi bo’lsa nima qilishim kerak edi. Sohwanga qarab meni sevma ularni sev deyishim kerakmidi. Juda kulguli. Hatto Yun Hye menga sen meni sevishimni bila tirib uni o’zingga ilintirding degandi. Qanday jinniya bular. Axir men Sohwanni umrimda bor yo’gi 1 yoki 2 marotaba ko’rgandim. Ularning biri o’z hovlisida yosh bola vaqti, yog’och qilich bilan ishchi Bek Joni quvlab yurgandi. O’shanda dadam bilan uning oyisi uchun mato keltirgan edikmi aniq bilmayman men 6yasharligimda edi. Uni ham men eslay olmagandim buni Bek Jo aytib bergandi. O’shanda u 11 yoshga hali kirmagan bo’lgan ekan. Bek Jo o’shanda xonim siz atiga 6-7 yashar qizcha edingiz, ammo aravadan tushib uni oldiga borib yog’och qilichni oldingiz va uni boshiga o’rgan edingiz keyin, “Ey nima o’zingdan katta odamga shunday qilish yoqyaptimi? Nega uni tinch qo’ymaysan?”, – deb baqirgan edingiz, shundan so’ng u sizga:”Sen nega urding, axir men ham sendan kattamanku?”–degandi va siz bo’sh kelmasdan:”Chunki sen shu ishni qilding va men senga qaytardim. Biror ishni qilar ekansan o’zingga ham shunday qaytishini unutma!”,–deb baqirgandingiz, shundan so’ng janob Sohwan qaytib men bilan bunday o’yin o’ynamagandi degandi. Ha o’sha vaqtlar ja kuydirgi qiz bo’lganman. Oyimdan olgan tarbiyamni kuchadagilarga ham o’rgatib kelishim kerak edida. Ha bu juda kulguli mening eng beg’am davrlarim edi.
Shunday qilib ancha muncha zodagon dugonalarim bilan aloqani uzishimning birinchi sababi meni besabab aybdor qilishlari ammo keyin bunga Yun Hye ham sabab deya olaman. Chunki ularning yig’ilib ovqat ustida meni hayotimdagi ishlarni achinib doston qilishlarini eshitishga toqatim yetmasdi. Kamiga shu yerda ham agar unga tegmaganingda bundan bo’lmasdi deyishlari tayin edi. Qisqasi u yangbanlar o’zlari tengi yangbanlar bilan baxtli edi. Ammo hech birining darajasi Sohwannikidan baland emas. Xozir esa Sohwan eng yosh bosh moliya vaziri maqomiga ega. Ha bunga otasining o’limi ham sabab edi. Ungacha Yun Hyening otasini Yun Doseong (閔允成)dan yani bosh vaziridan keyingi darajali yordamchi vazir edi. Deyarli otasi bilan teng lavorimda ediyu ammo Hyening Otasini bergan buyruqlarni bajarishga majbur edi, o’zicha nimadir qilolmasdi. Birinchi saroyga kirganida ham har bir davlat imtixonini 100% bilan topshirib eng ko’p ball yig’gan edi. Ichki va tashqi siyosatni ham juda yaxshi o’rgangan edi. Qisqasi u barcha qizlarni orzusida yurardi. Hatto barcha qizlar mening hikoyamga uni ismini qo’shtirib aytirishardi va hikoyamni o’zlarinining kelajak hayotini kimdir so’zlab berayotgandek eshitishardi. Ammo kim bilgan ekan mendek savdosi uchun zodagon qizlarni erkalab avrab o’tirishni yoqtiradigan qizning hikoyalaridagi o’sha yigit uning hayotining ham hikoyasiga kirishini. Ha bazida eslaganimda yoqimli tuyilardi, bugun ham.
Xotiralarim olib ketgan hayolimni eshikning taqqillagan ovozi buzib yubordi. Sohwan keldi deya o’zim yotadigan xonamning tirqichidan uni ko’rinishini kutib qarab turdim. Ana ko’rindi, juda xorg’in edi. Bu safar ish xonasiga emas yotog’iga kirib ketdi demak juda charchagan. Balki biroz may ham ichgandir. Chunki odatda boshini quyi solib uyga kirmasdi faqat ichganda shunday qiladi.
Uni ko’rdim kunglim biroz tinchidi ammo baribir g’ash. Balki bu g’ashlik, deyarli mening tugagan umrim uchundir. Rosti bilmayman.
Og’riq butun tanamni madorsiz qilib qo’ygandi. Menimcha xat yozishim kerak.
Men uchun erta bo’ladimi yoqmi bilmayman. Yaxshiyamki xonamda qog’oz va siyoh bor. Qimirlash ham azob bo’lgan bu holatda o’tirolishimning o’zi bir baxt. 3 kundan beri ovqatlanolmagan bo’lsamda qo’llarim qaltiramasdi. Menimcha qaltirash ham o’tib ketdi. Biroz o’ylay. Sevgan insonimga so’ngi maktub bo’ladi bu. Shu vaqt hech narsa kelmayapti. To’g’risi juda ko’p narsa kelyapti va qay biridan boshlashni bilmayapman.
Mayli boshlaychi avval.
Sohwanimga…
와! 화이딩!