Men har doimgidek bir tongda uyg’ondim va juda ajoyib tush ko’rdim. Bu tush shunchalik haqiqiydek ediki men uni o’z hayotim deb o’yladim. Tongda uyg’ondim va tushim har qachongidan tiniq va ajoyibligini angladim. Ammo bunga ancha vaqt etibor bermadim lekin har safar shu tushni eslaganimda bir qizning butun boshli hissiyotlari menga kirib olgandek to’lliqligicha his qilardim. Vanihoyat buni yozishga 2026-yil 19-iyulda birinchi martta asar sifatida yozishga qaror qildim. Birinchi kitob uchun yaxshi tanlov bo’lardi deb o’yladim.
Asar haqida qisqacha gapiradigan bo’lsam: Bu tarixda qolgan shahzoda va malika yoki qirol va qirolichaning go’zal sevgi haqida emas. Balki hech kim eslamaydigan, hech bir tarixchi yozmaydigan va hech bir zod mavjud bo’lganini ham bilmaydigan, bir qizning hayoti sevgisi va kurashlari sofdil qalbi hamda tarixchilar baralla maqtab yozadigan davlat arbobining shu darajaga kelishiga sababchi bo’lgan insonning qisqa ammo mazmunli hayoti haqida. Asarni o’qir ekansiz unda o’sha davrning sof muhabbatini va shavqatsiz qonun-qoidalariga ko’nib yashagan qizning matonatini guvohiga aylanishingiz aniq.
Asar o’qishingiz davomida bazi so’zlarni koreyscha asl nomlari bilan atalishiga hamda ism va atoqli otlarning xitoycha erogiliflardagi ko’rinishini ham ko’rishingiz mumkin. Bunga sabab esa asarning qanday davrda va muhitda yozilganini yaxshi his qilishingiz qolaversa asar qahramonlarining ismlari ma’nolarini yaxshi tushunishingiz uchun qo’llanilgan.
Asardagi ismlar joylar nomlar har birining yetarlicha va qahramonga mos ma’nosi bor. Umid qilamanki bularni bari sizga manzur bo’ladi.
Asar to’lliq to’qima, har qanday o’xshashlik shunchaki tasodif!