"bunga ko'nika olamanmi?"
Ko'zlarimni sekinlik bilan ochdim. Boshimning og'rig'idan va chayqaliyotganligim sabab uyg'ondim. Nimadir g'alati endi harakat qilmoqchi bo'lganimda qo'llarimni nimadir tutib turganini payqadim. Ya'ni arqon. Qo'llarimni birlashtirib, qattiq qisib bog'langan ekan, qollarim uvishib ketdi. Toba men qiz bola bo'lsam bunchalik qattiq bog'lashni keragi yoq edi, buni yechib qochib keta olmasdim. Yechgan taqdirimda ham qocha olmasdim.
Oilam qayerda?? Tirikmi ular? Onamni sog'indim... Hammangizni sog'indim, yana o'sha shirin tortishuvimizni sog'indim. Yon atrofimga alanglab qaradim. Men aravada ketayotganimni ko'rdim yonimda yana menga o'xshab qo'llari bog'langan odamlar bor edi. Odamlar orasidan men o'zimga tanish bo'lgan chehralarni qidira boshladim ammo afsus topolmadim. Shu on ko'zimdan yoshlar oqa boshladi. Avaliga yig'lashni xoxlamadim lekin buni boshqara olmayman. O'zimning ahvolimga, o'zimning rahmim kelardi. Kechagina otimda sayr qilib, oyimga nolib yurardim.. qaniydi shu kunlar yana qaytsa..
Oradan nechadir soat o'tdi va quyoshning nurlari arava ichiga kirib menga yorug'lik sochayotgandi. ilgari quyoshning chiqishi men uchun muhim edi, hozir esa.. qiziq emas. Hech narsa qiziq emas.
Shu payt arava to'xtab, eshik ochilib ichkariga bir kishi keldi. Sekinlik bn birin ketin arava ichidagi odamlarni qollarini boshatdi, shu jumladan meni ham.
Bizni birma bir sudrab qandaydir katta yoq. Juda-juda katta qarsga olib kirishdi. Qasr juda chiroyli. Bu yer menimcha shahar chunki qishloq bo'lganida bunday katta bo'lmasdi aholi ham nisbatan ancha ko'p, savdo sotiq qaynab turibdi. Shovqin suron hamma o'z ishi bilan, hech atrofiga qaramaydi huddiki shuncha odam aravadan tushsa ham ular uchun odatiydek.
Qasr darvozasi lang ochilib bizni boshqa odamlar qo'liga topshirishdi albatda buning uchun qop-qop pul olishdi ko'z ongimda. Shunda bu odam savdosi.
Bizni yana ichkariga sudrashdi shu payt qandaydir xonaga kirdik u yerda yana koplab qizlar bor ekan. Orta yoshlar orasidagi kishi tomoq qirib hammamizni etiborimizni bir joyga qaratdi.
"-km km xonimlar. Bilaman sizlar "biz hozir qayerdamiz, nimalar bo'lyapdi, deb o'ylayapsiz. Shuning uchun hammasini sizlarga tushuntiraman.
-sizlar har xil qishloq va davlatlardan qoldan qolga o'tib kelgan qizlarsiz. Biz sizlarni sotib oldik yani endi sizlar bu yerda xizmat qilasiz. Lekin ertaga Qirol va Qirolichaning nikohlari bo'lgan kun. Shuning uchun ular 9ta og'illariga 9ta eng chiroyli xonimlar izlashmoqda va bu ishni bizga topshirishdi. "
Jonga tegdi qachon tugaydi bu maruza. Biz ham bildik nega bu yerda ekanligimizni. Menga bu muhim emas men tezroq oilamni topmoqchiman. Faqat oilamni.
Aktirisalik mahoratimni ko'rsatish vaqti keldi shekilli..
-Aaayyyy qornim, qornim og'riyapti iltimos hojatxonaga borib kelsam maylimi?? Hozir o'lib qolaman iltimos..
Qornimni ushlab sal chokkaladim. Ishonarli chiqishi uchun. Umid qilamanki ular ishonishadi. Ular biroz sukut saqlab rozi bo'lishdi. Menga hojatxona qayerdaligini aytib yana boshqa qizlarga maruza oqishni boshlashdi. Rejam ish berganidan kayfiyatim ham biroz ko'tarildi. Endi qochib ketish qoldi holos..
Yon atrofga qarasam qasrning ichi ham did bilan bezatilgan. Shu payt bir chetdan yashil narsa ko'rgandek bo'ldim o'sha tomon yaqinlasha boshladim. Va birdan kimgadir urilib ketdim. Qorqanimdan uni kimligini kormasdan boshimni egib oldim. Chunki hojatxona u yerda emasdi aldaganimni bilib qolishsa xudo biladi menga nima qilishadi. Oraqa qisaqa sukut chokdi song.
-boshingni ko'tar
Bu juda tanish ovoz. Kim ekanligiga qiziqib yuzni korish uchun boshimni ko'tardim.
-s.sen b.buyerda?