1650-asr
Mana tong ham otdi. Quyoshning nurlarini ko'rish bu bir baxt men uchun. Hammaga buni oddiy hodisa deydi lekin men uchun bu yana bir yangi kunning boshlanishi. Kop ozimga ozim gapirmay, oyimning issiqina nonlarini qishloqqa tarqatib chiqdim.
Bizning oila novvoychilik bilan shug'ullanadi. Qishloqdagi istiqomat qiladigan odamlarning hammasi shunday kundalik hayotga kerakli ish bilan kun ko'rishadi. Kimdir dehqonchilik qiladi kimdir esa tikuvchilik.
-oyi nonushta tayyormi? Erkatoylariz turdimi?
-tayyor. Borib ukang bilan singlingni turg'azib kel.
E hudo ularni turg'izish ham menga qoldi. Ikkinchi qavatga ko'tarilib ularni turg'azib, nonushtaga chaqirdim.
O'zim ham dasturxonga o'tirib qornim ochligi uchun hech kimni kutmay, shartta ovqatlana boshladim.
Nonushta ham qilib bo'lgach idishlarni yuvib, o'zimning jona jon xonamga chiqdim. Va kundaligimni olib bugungi kunimni yoza boshladim. Yozishdan zerikib otim borligi esimga tushib qoldi. Otim qiz bola ismi esa Lina. Sochimni yoyib, o'rmonga otim bilan yo'l oldim.
O'rmon juda sokin edi. Lina ham bu sokinlikdan bahra olayotgandek sekin yurishni boshladi. Shu payt uzoqdan bit shitirlagan ovoz eshtildi. Men boshida uncha qorqmadim, uncha munchaga qorqadigan qizlardan esmasman chunki 4 yoshimdan dadam menga qilich bilan shug'ullanishni va ba'zi bir o'zimni himoya qila oladigan qo'l jangini o'rgatib kelgan. Hattoki hozir ham dadam bilan shug'ullanamiz.
Ovoz yanada balandlasha boshladi. Men ham ovoz kelayotgan tomonga yurdim.
Va birdaniga oldimda oddiy kiyingan hattoki yuzlari kir bo'lib ketgan bolani ko'rdim. U ham, men ham bir muddat hayron qolib bir birimizga qarab qoldik. Keyin men gap boshladim.
-senmiding men esa biror bir yovvoyi hayvonmikan deb qorqib ketgandim.
U biroz jim turdi keyin esa ;
-ha men bir quyonni ovlayotgan edim. Lekin u meni payqab qolib qochib ketdi.
Haa demak usti boshi shunga kir ekan. bir quyonni ushlashniyam eplolmabdi. Uning o'rnida men bo'lganimda allaqachon uni tutgan bo'lardim.
- men otim bilan biroz sayr qilgani chiqgandim. Seni oldin bu qishloqda ko'rmaganman, qo'shni qishloqdan keldingmi?
-shunaqa desa ham bo'ladi...
-otimning ismi Linda chiroyli a?
-ha meni ham uyda otlarim bor.
-unda nega o'zing bilan olib kelmading?
-shunchaki.
Bu bola juda g'aroyib ekanku men har safar qayergadir borsam, Linda bilan birga boraman. U menimcha otlarni menchalik yaxshi ko'rmaydi.
-kel men senga quyonni qanday tutishni o'rgataman!
-senmi?
- boshqa kim? Qiz bolaligimga qarama sendan yaxshiman.
-ko'ramiz unda.
U shunday deb menga qo'lidagi kamonni berdi. O'rgildim ishonmayandimi hozir boblayman.
Otimdan tushib, biroz oldinga yurdim va bir kichkina narsani ko'rganday bo'ldim. Uni quyon ekanini payqadim va chochitib yubormaslik uchun joyimda turib uni moljalga oldim. 1...2..3.. va oqni unga otdim nishonga to'g'ri tegdi. Boyagi yigitga mag'rurlarcha qaradim, u ham hayron edi, lekin jaxli ham chiqgan edi men undan ustunligim uchun. Lekin buni tan olmadi. Chunki g'ururchasiga tegib ketadi.
-adashib nishonga tushdi qoil
Bilib turgan bo'lsa ham tan olmaydiya bu bola. Yana isbotlab berardimkuya lekin kun allaqachon botyabdi. Shunchalar vaqt tez o'tdimi hayronman.
-tasodif? Mm buni tasodif emasligini isbotlab berardimku lekin ketishim kerak ertaga balki yana ko'rishsak buni tasodif deyishga tiling bormaydi, men senga buni isbotlab beraman. Hozir esa hayr.
Lindani ustiga o'tirib ketmoqchi edim ortimdan ovoz keldi
-isming nima?
-Elara senikichi
-Alaric
-ko'rishguncha..
Men uni javobini kutmay uyga shoshildim. Qishloqga yaqinlashganimda g'alati narsa bo'lgandek ko'nglim g'ash.
Qishloqga keldim.lekin baqir chaqirlarni ovozi juda kop tezda uyimga bordim va yo'lda esa qaroqchilarmi, bosqinchilarni ko'rdim ular aholini qiynab uylarni yoqib yuborishayotgan edi.
Erkaklarni hammasini o'ldirishdi. Men nima qilishni bilmay qoldim, lekin oilamdan havotirdaman shuning uchun uyimga iloji boricha tez bordim. Lekin uyimiz ham vayron bo'lib yotgan ekan.
Men qotib qoldim qanaqasiga axir bir necha soat oldin hammasi yaxshi edi. Qishloq tinch ediku. Oilam qayerda o'lishganmi??? Yoki tutqunlik qilib olib ketishdimi.
Endi uyga kirmoqchi bo'lganimda boshimga nimadir qattiq urildi.. va yerga yiqildim. Oxirgi ko'rgan manzaram esa quyoshni botayotgani...
вау, качон давоми болади?
Voyy qachon bo'lsing davomi?🫠