— Nima bu qiz rostdan jinnimi yoki o'z ishini shunchalik yaxshi ko'radimi? Ishini deb sevgisidan voz kechibdiya. Ancha jasoratli chiqdiku. Ehhhh,bu qiz meniki bo'lgandan keyin hatto ruxsatimsiz ko'chaga chiqolmasligini bilmaydida. Mayli,hozircha ishidan bahra olib tursin. O'zimniki qilib olgach boshqacha gaplashaman.
Laylo o'z ishlarini qilib bo'lganida allaqachon tushlik vaqti yetib kelgandi. Oshxonaga ketayotganda birdan yangi kelgan xodim bilan yangi ish boshqaruvchining suhbatini eshitib qoldi.
— Rayhon xavotir olma Shehroz meniki bo'ladi. Bilasanku,kecha meni qanday qabul qilganini.
— Dilbar bas qilsangchi. U seni shunchaki otangni hurmati uchun ishga oldi. Shehroz Saidovich boshqasini sevadi. Sen bilmaysan.
— Nima? Qanaqasiga? Sen o'zi mendan 2 kun oldin kelgan bo'lsang. Darrov shuncha narsani qayerdan bila qolding. Kim ekan u sevgani? Qani gapir. O'zimizni ishxonadanmi?
— Unisini bilmadim. Tongda hujjatlarni olib kirmoqchi bo'lganimda ba'zi bir gaplarini eshitib qoldim. U kimgadir ,,Guliforligim" dedi. So'ng xonasiga kirmay ortga qaytdim.
— ,,Guliforligim" qanday g'alati erkalash bo'lmasa. Fuuuuu. Rostan shunaqa dedimi?
— Ha o'z quloqlarim bilan eshitdim
Laylo bu so'zni eshitgach birdan ko'rgan tushi esiga tushdi.
,,Guliforligim,sochlaringni tarab qo'yaymi? " Laylo xayolga cho'mib qolganda Dilbar uni ko'rib qoldi.
— Sen bu yerda nima qilyapsan? Nima gap poylayapsanmi?
— Yo'q
— Unda nima qilyapsan?
Dilbar shahd bilan kelib Layloning yuziga bir tarsaki tushirdi.
— Qayta birovlarning gapini eshitmaydigan bo'lding.
Laylo bo'lgan hodisadan shokda edi. O'ziga kelgach Dilbarning sochlariga yopishdi.
— Seni qanday hadding sig'di meni urishga. Shu qo'llaringni urib sindiraymi?
— Qo'yib yubor. La'nati men ish boshqaruvchingman
— Menga umuman qiziqmas tushundingmi
— Seni itdek ko'chaga uloqtirmasam ismimni boshqa qo'yaman
— Bilganingni qil tushunding. Meni Shehroz Saidovich ishga olgan va faqatgina u hayday oladi.
Bu voqeaning ustiga kelib qolgan boshqa xodimlar ularni ajratishga harakat qilishardi. Oxiri Layloning qo'lidan Dilbarning sochlarini chiqarib olishdi. Layloning tirnoqlari ostida Dilbarning ektirgan sochlari tilim tilim bo'lib qolib ketdi.
— La'nati men bu sochlarni qanchaga ektirganimni bilasanmi?
— Hih yaxshi ham o'zingni sochlaringni yulmadim. Shukr qil
Ularning bu janjallarini Malak videoga olib turardi.
,,Bir kun kerak bo'lib qoladi. Laylo va Dilbarni yo'q qilib yuborsam,rejalarimni bemalol amalga oshira olaman"
— Shehroz Saidovich
— Nima bu tomosha. Nimalar bo'lyapti bu yerda
— Shehroz
Dilbar yugurib borib Shehrozning qo'liga yopishib oldi.
— Mana bu xodimingiz mening sochlarimni yulib oldi. Men unga hech nima qilmagandim. Faqatgina unga boshqalarning suhbatini eshitish odobdan emas deb aytdim. U esa menga tashlanib ketdi. U ruhiy kasal.
Dilbar yolg'ondan ko'z yosh qilib oldi.
— Nima. Eyyy yalmog'iz o'zing menga birinchi tarsaki tushirdingku.
Senga bu ham kam aslida.
— Ana ko'rdingizmi Shehroz. Bu xodimingizni ishdan haydamasangiz ertaga boshqalarga ham tashlanadi.
Shehroz jirkangannamo Dilbarning qo'llaridan qo'llarini tortib oldi.
— Laylo hoziroq mening xonamga boring.
— Ammo Shehroz Saidovich
— Tez dedim
— Xo'p bo'ladi.
Dilbar g'olibona kulgancha Layloga qaradi. Laylo g'azabdan qizargan holda Shehrozning xonasi tomon ketdi.
— Xo'sh Laylo eshitaman
— Nimani eshitmoqchisiz? Haqiqat yoki Dilbar xonimingizni yolg'oninimi?
— Kimimni?
Shehroz hayron bo'lgancha so'radi.
— Dilbar xonimingizni deyapman. Shunchalik yolg'onlarni aytib tashladiki tavba. Yana qo'lingizga yopishib olib yolg'ondan yig'laganini aytmaysizmi? Yo'q men sizni rashk qilmayapman. Umuman qiziq emassiz menga. Lekin alam qildida. Aybsiz aybdor bo'lganim uchun.
Laylo shunchalar berilib gapirardiki Shehroz Layloning bu qiliqlarini ko'rib kulib yubormaslikka zo'rg'a harakat qilardi. Shehroz sekin turib hali ham gapirib turgan qizning oldiga qarab yura boshladi.— Rostini aytsa bo'ladiku. Nima qiladi yolg'on gapirib. Ssssiz nnnima qilmoqchisiz. Shehroz- Layloning aytmoqchi bo'lgan gaplari yodidan chiqib qoldi. Jilmaygancha uning oldiga bir bir qadam bosgancha kelayotgan Shehroz uning xayolini olib qo'ydi. Shehrozning to'g'risiga turib qolmaslik uchun Shehrozdan ko'zini uzmagan holda orqaga yurishni boshladi. Laylo bir necha qadam bosgandan so'ng devorga tiralib qoldi.
— Nima qilmoqchisiz
— Bir narsani bilmoqchiman
Layloni devorga tirab qo'ygan Shehroz ikkala qo'lini Layloning ikki yoniga qo'ydi. Yuzini Layloning yuziga yaqinlashtirib qizning ko'zlariga tikildi.
— Bunchalar chiroyli deb o'ylamagandim
— Nimani aytyapsiz
— Ko'zlaringni. Ular qahva rangda ekan
— Shunaqa
— Laylo nafas olaver. Seni o'ldirmayman. Ha aytgancha yuzing og'rimayaptimi?
Shehroz o'ng qo'li bilan Layloning yuzini siladi. Dilbar urganda yuzi qizarib qolgandi. Laylo birinchi marta yigit kishining taftini his qildi. Qattiq hayajonlangandan zo'rg'a nafas olardi. Yigit Layloning qizargan yuzini silab ko'zdan kechirayotganda uning ko'zlari qizning lablarida to'xtab qoldi.
Layloning hayajondan bilinar-bilinmas titrab turgan olcharang lablari yigitning xayollarini o'g'irladi. Shehroz shunchalar Laylodan bo'sa olishni xoxladiki bunga qiz qarshi bo'lsa ham unga qiziq emas edi go'yo.
Laylo Shehrozning ko'zlari o'z lablarida qotib qolganini ko'rgach nima bo'lishini taxmin qilgan holda yigitni itarib yubordi.
— Nima qilganingiz bu?
— Nima qilibman
— Bilmaysizmi?
— Yo'q.
Laylo endi xonadan chiqaman deb eshikni ochmoqchi bo'lganda eshik qulf edi.
— Jin ursin. Nega ochilmayapti.
— Eshik qulf Laylo. Eshikni sindirasan hozir
— Agar ochmasangiz rostdan sindiraman shu eshigingizni.
— Yaxshi. Ammo undan oldin senga bir gap aytishim kerak.
— Gapingizni tezroq aytingda mana bu jin urgur eshikni tezroq oching.
— Menga turmushga chiqasan
— Nima
Laylo hozirgina eshitgan gaplarini tahlil qilolmay qoldi.
,,Menga turmushga chiqasan dedimi. Menga taklif berdimi yoki buyruq."
— Hozir siz menga buyruq berdingizni yoki taklif. Bilolmay qoldim Shehrozbey
Laylo boyagi holatni ham unutib qo'llarini beliga qo'yib oldi.
— Seni ogohlantiryapman. Bu taklif ham buyruq ham emas Layloxonim.
Shehroz ham xuddi Laylodek ismining oxiriga qo'shimcha qo'shib aytdi.
— Menga kesatmang
— O'zing boshlading.
— Yaxshi. Xo'sh taklifimni qabul qilasanmi?
— Siz nega oldingi safar unashtiruvim haqida so'ragan edingiz?
— Endi muhimmas
— Qiziq
— Qiziqma
— Nima siz bilan so'z o'yini o'ynayapmizmi?
— Yo'q
— Ha
— Balki bu eshikni ocharsiz
— Oldin javobingni ayt
— Javobim Yo'q
— Yaxshi
Shehroz borib eshikni ochdi.
— Ketishing mumkin
— Nima?
— Ketaver
— Bunchalik tez taslim bo'lasiz deb o'ylamagandim
— Keyin bilib olasan. Va hozir chiqayotgan paytda Dilbarxonimimni chaqirib yuborsang iltimos
— Albatta Qora qo'ng'iz
— Laylo men seni boshlig'ingman. Hurmatingni bil
— Kechirasiz
— Ketaver
Laylo g'azabdan qizarib chiqib ketdi.
— Taslim bo'ldimmi yo'qmi keyin bilib olasan Layloyim
Shehroz oldidagi telefonni olib kotibadan Dilbarni chaqirishini so'radi. Dilbar kelguncha yuzidagi kulgini yashirishga ulgurdi. O'z kreslosida jiddiy rahbar qiyofasiga kirdi.
— Shehroz u xodimingizni haydaysizmi?
— Birinchidan men sizni direktoringizman. Meni Shehroz Saidovich deyishingiz kerak. Ikkinchidan eng yaxshi xodimimni qaysi aybi uchun haydashim kerak.
— Kechiring Shehroz Saidovich. Axir u menga tashlandi.
— Tashlangani rost. Ammo birinchi kim boshladi
— U albatta. Men nimaga uni uraman. Menimcha o'z yolg'onlariga sizni ishontirib bo'lgan.
— Dilbar men ishxonamning har bir burchagiga kamera qo'yganman. Va ularni o'zim nazorat qilaman. Gaplaringizning hammasi yolg'on. Siz tufayli eng yaxshi ishchilarimdan ayrilishni istamayman. Shu hol yana bir bor takrorlansa otangizga ham qarab turmayman bu yerdan boshqa yerda ishlolmaydigan bo'lib haydalasiz.
— Xo'p Shehroz Saidovich
— Ketishingiz mumkin.
Dilbar xonadan chiqib ketgach, Shehroz yana Laylo bilan bo'lgan hodisalarni eslay ketdi.
***
— Laylo yaxshimisan?
Malak yugurib kelib Layloni quchoqlab oldi.— Nima seni ishdan haydashdimi? Yomon bo'libdiku. Sen ham jimgina o'tirsang bo'lardi- ku. Gap poylab bekor qilibsanda. Endi o'rningga kimni olishadi?
— Malak,Malak dedim. Hech qayerga ketmayman. Meni haydashmadi. Shu yerda qolaman.
— Nima? Rostanmi? Sen uchun xursandman dugonajonim.
— Senga bir gapni aytishim kerak.
— Nimani aytmoqchisan. Ayt eshitaman
— Laylo
Dilbar Shehrozning xonasidan chiqqach Layloning oldiga keldi. Undan uzr so'ramoqchi edi. Ammo Malakning gaplari uning yuragiga shubha oralatdi.
— Laylo meni kechir. Seni urmasligim kerak edi. Ayb o'zimdan o'tdi. Oldingda aybdorman. Yana Shehroz Saidovichga ham suyuqlik qildim. O'zimdan uyalib ketyapman. Kechira olsang kechir.
Laylo hozirgina janjallashib turgan qizni bunchalik o'zgaradi deb o'yalamagandi.
,,Bechora qizni Shehroz ancha qiynabdi shekilli" Nega uni Shehroz deyapman yaqin odamimdek. Shehroz Saidovich. Qora qo'ng'iz"
— Laylo kechirasanmi
Laylo xayolot olamidan pastga tushdi
— Dilbar,senda ayb yo'q. Shunchaki gaplaringizni eshitib bir nimalar esimga tushib ketdi. Shunga meni ham kechir. Gaplaringizni eshitmasligim kerak edi.
— Hech qisi yo'q. Kechirsang bo'lgani.
Malak bo'layotgan bu ishlarga hayron qarab qoldi. Agar Dilbar yana Layloga yomon ko'z bilan qaraydigan bo'lsa Dilbar bilan kelishib olmoqchi edi.
,,Obbo. Hozirgina bir birini o'ldirib qo'ymoqchi ediku bular. Birdaniga nima bo'ldi ekan. Dilbarni sherik qilmoqchi edim. Bu niyyatim amalga oshmaydi shekilli"
Laylo
Malakka Shehroz bergan taklifni aytaman deganimda Dilbar kelib qoldi. U mendan kechirim so'raganda ozgina hayratlandim. Sababi, u Shehrozga yoqish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilayotgandi. Shehroz bunchalik uni o'rniga tushurib qo'yadi deb o'ylamagandim. Dilbar men bilan suhbatlashayotganda ko'z qirim bilan Malakka qarab qo'ydim. U negadir ensa qotirib o'tirardi. Meni rashk qilyapti deb o'yladim va ahamiyat bermadim. Bugungi kunimni ham bir amallab o'tkazdim. Uyga qaytar ekanman Shehrozning bergan taklifi hech tinchlik bermasdi. Aslida,u taklif ham bermagandi. Uyga yolg'iz ketar ekanman o'z savollarimga o'zim javob topolmadim.
— Shehrozni sevaman-mi? Balki,ha. Balki emas aniq. Men rostan ham Shehrozni sevaman. Ha sevaman. Ammo unga ishonsa bo'ladimi shuni bilolmayapman. Aqlim va yuragim orasida arosatda qolgandekman go'yo. Ammo u meni aldayotgan bo'lsachi? Malak haq bo'lsachi? Unashtiruvi buzilgan bu yomon qiz deb o'ylayotgan bo'lsa senga uylanaman deb qarmog'iga ilintirmoqchidir. Yo'q Shehrozbek. Siz o'ylagandek sodda qiz emasman. Bu yolg'onlaringizni borib boshqasiga aytasiz.
Laylo Shehroz meni aldab o'z ovunchog'iga aylantirmoqchi degan fikrga keldi va Shehrozga bo'lgan hislarini butkul ko'mib tashladi.***
— Bugun unutilmas kun bo'ladi- tong sahardan uyida qilinayotgan tashkiliy ishlarni ko'zdan kechirar ekan Shehroz o'zi bilan o'zi gaplashar edi.
— Hammasi tayyormi?
— Ha janob hammasi aytganingizdek ketmoqda.
— Yaxshi men ishga borishim kerak. Hal qiladigan ishlarim bor. Kalitni ol. Bu yer tayyor bo'lgach eshikni qulflab Layloning eshigi tagiga tashlab kel. Tushundingmi meni?
— Xo'p bo'ladi janob.
***
Laylo
— Bugun dam olish kuni bo'lgani uchun miriqib uxladim. Yana 2 kundan so'ng Arab amirligidan hamkorlar kelishiga tayyorgarlik ko'rish kerak bu esa juda ko'p kuch talab qilishini bilardim. Uydagilarim ham meni bezovta qilishmadi. Kun bo'yi uy ishlari bilan mashg'ul bo'ldim,kitob o'qidim. Xullas dam olish kunimni maroqli o'tkazdim. Soat kechgi 19 larda eshigimiz jiringladi. Borib ochsam kuryer menga pochta kelganini aytib qo'limga bir konvert tutqazdi.
Xonamga kirib ochsam ichidan 1 ta kalit va yarim enlik manzil chiqdi. Orqasida ,,Sen bu yerga kelishing kerak" degan yozuv bor edi.
Oldin bormaslikni o'yladim,balki,adashgandir degan xayol keldi. Ammo kutish jonimga tekkach o'zim borib qarab kelishga qaror qildim. Ustimga qulay kiyimlarimni kiyib oyimga kechgi sayrga chiqib kelaman deb uydan chiqib ketdim.
Uy shahar markazidan uzoqroqda bo'lganligi sababli taksida borishimga 15 daqiqa vaqt ketdi. Mashinadan tushib atrofga qaradim. Hali to'laqonli qorong'i tushmagandi. Shu sababli qarshimdagi mo'jazgina va chiroyli uyni aniq ko'rdim.
— Xuddi shu manzil
Uy tashqi ko'rinishidan juda ham ajoyib edi. Hatto bir lahza shu uyda sevgan yorim bilan hayotning har bir lahzasidan bahra olgan holda yashash ham keldi ammo tezda xayollarimni yig'ib oldim. Men tezroq uyni ko'zdan kechirib chiqishim kerak edi.
Uyning temir panjalaridan o'tib eshikka kalitni tiqdim. Eshik ochilgach g'alati manzaraga guvoh bo'ldim. Hamma yer qizil atirgul barglari bilan bezatilgan yurak shakldagi havo sharlari osib chiqilgan edi. Uyning har bir burchagida shamlar yoqib qo'yilgandi. Uyga kirmoqchi bo'lganimda oyoq ostimda qizil shamlardan yo'lak qilingan gilam o'rniga atirgul barglari qalin qilib yoyib qo'yilgandi. Eshikni yopib yo'lak bo'ylab yurdim. Yo'lakning oxirida usti romantik bezatilgan stol turardi. Ikki kishi uchun vino,ovqatlar va shamlar. Shunchalik go'zal manzara ediki hatto qayerda ekanligimni ham unutib qo'ya yozdim.
— Demak kelding
Ortimdan kelgan ovozdan cho'chib ketdim. Oyoq ostim barglar bilan to'la bo'lganligi sababli ortimga o'girilaman deganimda sirpanib ketdim. Endi yiqilaman deganimda kuchli qo'llar meni ushlab qoldi.
— Ko'zlaringni och seni ushlab turibman
Hozir yiqilaman deb o'ylab ko'zlarimni qattiq yumib olgan ekanman. Va yana Shehrozning bo'ynidan ham mahkam quchoqlab olgandim. Men uning bag'rida edim.
— Meni qo'yib yuboring
— Mayli ixtiyoring
Shehroz meni qo'yib yubordi. Yerga orqam bilan qattiq tushdim.
— Ayyyyyy. Esingizni yedingizmi?
— O'zinf aytdingku qo'yib yuboring deb. Bo'pti xafa bo'lma qo'lingni uzat. Kelaqol
— Shartmas. O'zim.
Shehrozning uzatgan qo'llarini siltab tashlab o'rnimdan turdim. Undan javob kutardim.
— Xo'sh bu sizning uyingiz shundaymi?
— Ha meniki
— Menga bu kalitni nega berishdi
Unga kalitni ko'rsatsam ham hech taajjublanmadi. Demak bu uning tomoshasi.
— Chunki men shuni istadim
Taxmin qilganimdek bu Shehrozbeyning tomoshasi.
— Nega bu yerga kelishim kerak edi.
— Chunki ishxonada savolim javobsiz qoldi. Ya'ni taklifim. To'g'ri senga to'satdan taklif bermasligim kerak edi. Shuni ko'p o'yladim va ......
— Va shunday axmoqona narsa uyushtirishga qaror qildingiz. Shunaqami? Nima bu bilan menga rozilik beradi deb o'yladingizmi? Hech qachon eshityapsizmi? Hech qachon sizga turmushga chiqmayman.
— Rostanmi? Hech qachon hech qachon dema.
— Yana qaytaraman. Hech qachon sizga turmushga chiqmayman. Mana bu — stol ustidagi shamlarga ishora qilib aytdim— shamlaringizni ham umidingiz kabi o'chirib ketaman.