_Rashk ishonchsizlik emas,balki,sevgining bir ko'rinishidir..!_
Qiz asta-sekin zinalardan ko'tarilar ekan,boshlig'i nima uchun chaqirganini bilolmay halak edi. Buning ustiga uning dugonasi Malak yuragiga g'ulg'ula solib qo'ygandi.
-Seni nega chaqirgan ekan. Yana ish tugash vaqtiga yaqin. Bu shubhali emasmi?
-Qo'rqitmasangchi? Shunchaki hujjatlarni tayyorlashimni aytsa kerak.
-Ogohlantiryapman seni. Shehroz Saidovich o'ta ketgan babnik. Bilasanaaa buni. Yana seniiiiii.....
-Bo'ldi,Malak. Men ketyapman
-Ehtiyot bo'l.
Dugonasi baqirgancha qoldi.
(,,Nimadan qo'rqaman. Ozgina noto'g'ri harakat qilsa ustidan shikoyat qilaman. Direktor bo'lsa o'ziga. Rostan ham babnikmikin. Lekin direktorimiz juda ham ko'rkamda. Ayniqsa qop qora sochlari va tim qora uzun kipriklari aqldan ozdiradi. Klassik uslubda kiyinib kelsa qaramaydigan qiz ham qaraydida. Obbo menga nima. Laylo o'zingni bos. ")
Laylo eshik oldiga kelib,biroz nafasini rostlab oldi. Ozgina qo'rquv va jur'atsizlik bilan eshikni taqillatdi.
-Kiring
-Shehroz Saidovich meni chaqirtirgan ekansiz.
-Ha,Laylo kiring. 5 daqiqa kutib turing.
Laylo sekingina kresloga o'tirdi va boshliqning xonasini sekin astalik bilan o'rganib chiqdi.
(,,Xo'sh,agar direktor tashlanib qolsa eshikkacha uncha uzoq emas. Qochishim uchun vaqtim yetarli bo'ladi. Agar gapga tutib eshikni qulflab qo'ysachi? Unda derazadan qochaman. Eyy axmoq biz nechanchi qavatdamiz o'zi. Derazadan sakrasam aniq go'sht qiymalagichdan o'tkazilgan frikadelka bo'lib qolamanku. Obbo,nimalarni o'ylayapman o'zi. Shehrozga ko'zoynak taqish yarasharkan. Sochlarini bir tomonga tarabdi. Linza taqqanmikin qorachiqlari qop qora. Balki linza taqar. Yo'g'e taqmasa kerak. Rostan linza taqarmikin?)
-Laylo,Laylo
-A ha eshityapman. Uzr
-Nimani o'ylayapsiz. Hujjatlarni tayyorladingizmi deyapman.
-Qaysi hujjatlar?
-Qaysi hujjatlarni bergandim
-Arab amirligi bilan tuzilgan shartnomani
-O'shani so'rayapman sizdan. Hujjat tayyormi. Shartnomani tayyorladingizmi?
-Yo'q to'g'rirog'i ha. Faqat qayta ko'zdan kechirishim qolgan.
-Dovdiramasdan tezroq tayyorlangda menga keltirib bering. Boshqa gapim yo'q. Ketishingiz mumkin
-Xo'p bo'ladi. (Hih qoshlari qop qora, qora qo'ng'iz)
-Nimadir dedingizmi?
-Aaa yo'q. Hech nima. Ketyapman
-Ha boravering. Ha aytgancha Laylo unashtiruvingizni nega buzdingiz.
-Tushunmadim
-Shunchalik go'lmisiz. Unashtiruvni nega buzdingiz.
-Sizga nima?
-Bu nima muomala. Men sizning boshlig'ingizman
-Nima qipti. Bu meni shaxsiy hayotim. Bilishingiz shartmas.
-Rostanmi?
-Albatta.
-Yaxshi
-Nima yaxshi?
-Laylo ketishingiz mumkin.
-Xo'p bo'ladi janob boshliq
Laylo zarda qilgancha xonadan chiqib ketdi.
-Bu qiz meni tentak qiladi
Shehroz ko'zoynagini olarkan,kulib qo'ydi. (Meni ,,qora qo'ng'iz" dedimi.
Tavba tavba. Bu qizni qaranglaraaaa. Demak,ko'zoynak taqishim yoqadi senga. Unda mayli ko'zoynak taqib yurganim bo'lsin) Shehroz kulgancha qayta ko'zoynagini taqdi va ishiga sho'ng'ib ketdi.
Laylo zarda bilan eshikdan chiqib ketgach,o'z-o'zidan qaltiroq bosdi.
-Ey,xudoyim. Shunchalik ham qo'rqamanmi? Oyoqlarim qaltirab ketyapti. Obbo.
Laylo zinalardan zo'rg'a tushdi. Malak uning oldiga yugurib keldi.
-Ha tinchlik ekanmi? Nimaga yuzingda rang qolmagan. Nimadir qildimi senga. Ayt. Borib abjag'ini chiqarib kelaman. Hozir shoshmay tur.Malak vajohat bilan zinadan endi chiqaman deganda Laylo zo'rg'a ushlab qoldi.
-Eyyy,to'xta,to'xta. Jinni qiz. Menga hech nima demadi. Faqat Arab amirligi bilan kelishiladigan shartnomani tezroq tayyorlang dedi. Shu xolos.
-Shu uchun shunchalik oqarib ketdingmi? Yo'q aniq senga nimadir qilgan u to'nka.
-Kim kimga nima qildi.
Shehroz zinalardan tushar ekan 2 dugonaning gaplarini behosdan eshitib qolgandi.
-Aaaaaaaaa Shehroz Saidovich
-Eshitaman Malak. Kim kimga nima qilibdi?
-Yo'q,hech kim hech kimga hech nima qilmadi. Shunchaki gaplashayotgandik.
-Yaxshi. Laylo ertagacha tayyorlang bu hujjatlarni. Ha yana ertaga Arab amirligidan hamkorim va do'stim keladi. Ularni kutib olish ham sizni bo'yningizda. Biron kamchilikka yo'l qo'ysangiz mendan yaxshilik kutmang. Tushundingizmi meni?
-Ha tushundim Shehroz Saidovich. Hammasi siz aytganingizdek bo'ladi.
-Shundoq bo'lsin.
Shehroz officedan chiqib ketgach,Malak uning ortidan qo'lini musht qilib qoldi.
-Voy,to'nka. Shuncha ishni ertaga buyurib ketdimi u axmoq.
-Malak,bularga qanday ulguraman endi.
-Xavotir olma. O'zim yordam beraman. Sen damingni ol. Bu o'lmas kashsheyga ko'rsatib qo'yamiz.
Layloning qo'l telefoniga birdan xabar kelib qoldi.
(Hamma aytgan ishlarimni ertaga maromiga yetkazib qilasiz degan umiddaman. Hurmat bilan ,,Qora qo'ng'iz)
-Nimaaaaaa
-Laylo nimaga baqirasan tinchlikmi?
-Yo'q,yo'q. Malak men qovun tushurdim,sharmanda bo'ldim. Aniq sharmanda bo'ldim.
-Nima qilding. Nima bo'ldi. Tushuntirib ber.
— Malak,rostan sharmanda bo'ldim.
— Menga qara. Tinchlan,chuqur-chuqur nafas ol. Tinchlandingmi? Endi menga nima bo'lganini ayt.
— Malak. Menga Shehroz Saidovich qo'pol gapirganda uni ichimda ,,Qora qo'ng'iz" degandim.
— To'xta,to'xta. Nima sen rostan Shehroz Saidovichni ,,Qora qo'ng'iz" dedingmi? Layloginam. Hozir kulgidan yorilib ketaman. Qora qo'ng'iz emish.
Malak dugonasining yuzi qizarib o'zgarayotganini ko'rgach o'zini kulgidan zo'rg'a to'xtatdi
— Bo'ldi,bo'ldi. Qoshlaringni chimirma. Xo'sh keyinchi?
— Hozir xabar keldi. Hujjatlarni hammasini ertaga tayyor qilib qo'ying. Hurmat bilan Qora qo'ng'iz deb yozilgan ekan. Menimcha Qora qo'ng'iz deb faqatgina xayolimda aytmaganman Malak
—Sen rostan ham qovunsan. O'lmas Kashsheyni rostan Qora qo'ng'iz desanguu u buni eshitgan shundaymi?
— Ha
— Lekin nega senga indamadi. Qiziq
— Bu meni qiziqtirmaydi. Men sharmanda bo'lganim qiziq hozir.
— Vahima qilmasangchi. U eshitgan ammo seni ishdan haydamadi. Endi sen ertanggi kunga tayyorlanishing kerak.
— Ha to'g'ri. Hozir ishim boshimdan oshib yotibdi. Yaxshi bu haqida keyinroq o'ylayman.
— Sen borib damingni ol. Tashkillashtiruv ishlarini o'zim hal qilaman.
— Yaxshi ham borsan dugonajon. Boringga shukr
Laylo Malakni quchoqlab oldi. Malak hozir hech nimani o'ylamas,unga na tashkillashtiruv ishlari na ertanggi hamkorlik qiziq edi. U faqatgina Shehroz Layloning bu masxarabozligidan keyin nega ishdan bo'shatmagani qiziq edi. Axir, Shehroz Saidovich hech kimga o'z obro'sini to'kdiradigan yigit emas.
Laylo sumkasini olib,ko'chaga chiqdi. Kuz bo'lganligi sababli erta kech tushar,havo ham salqin edi. Laylo salqin havoda, qulog'ida quloqchin bilan o'zi yoqtirgan musiqani eshitib uyiga yetib bordi.
Qizim,keldingmi?
– Ha,oyijon keldim.
Laylo doim uyga kelganda onasini oshxonadan topadi. Sababi onasi turli pishiriqlar pishirishni yaxshi ko'radi. Mana hozir ham onasi oshxonada,qulupnayli tortni bezatish bilan ovora edi.
– Oyi yana pishiriq pishiryapsizmi?
Laylo onasi bezatayotgan tort kremidan olib yeb ko’rdi.
– Mmmmmm,buncha mazali. Yana bitta yeb ko’ray.
– E bo’ldi. Tegma. Keyin yeysan-deya onasi endi kremdan yeb ko’raman degan qizining qo’liga bir tushirdi.
– Oyiiiiiiiiii
– Keyin dedim
– Xo’p
– Bor. Kiyimlaringni almashtirib chiq. Ovqatlanamiz.
Laylo yugurib xonasiga kirib kiyimlarini o’zgartirayotganida telefoniga xabar keldi.
Xabarda ( Layloginam,hamma tashkillashtirish ishlarini hal qildim. Ertaga faqat sen hujjatlarni tayyorlab olib kelsang Shehroz Saidovichdan gap eshitmaysan.)
– Ey xudoyim. Shehroz Saidovichga nima deyman. Qanday qarayman u to’nkaning ko’ziga. Shu 2 metrlik tilimni o’sha yerda tiysam bo’lardiku. To’xtachi. U nega unashtiruvni buzganimni so’rab qoldi. Qiziq. Nima uchun mening shaxsiy hayotimga qiziqadi. Laylo hozir kelgan xabarga javob yozishga kirishdi.
( Rahmat dugonajon. Sen bo’lmasang nima qilardim. Senga bir muhim gap aytmoqchiman. Shehroz Saidovichga taaluqli.) xabar yuborildi.
***
( Xo’sh,qanday xabar ekan. Ichimni qizdirmasdan tezroq aytsangchi) Malak dasturxon tuzashni ham qoldirib dugonasining xabarini kutib turardi.
***
( Faqat hech kim bilmasin. Shehroz Saidovichning xonasidan chiqayotganimda mendan bir narsa so’radi. )
***
( Menga ishonmaysanmi? Nimani so’radi? Tezroq ayt.) Obbo bu gapni ham cho’zdida. Tezroq ayta qolsachi.
– Malak nima qilyapsan? Hozir sovchilar kelib qoladi. Dasturxon hali ham tayyor emas. Erga tegish niyyating bormi o’zi? Bu qizni nima qilsam bo’ladi aaaaa. Malak dedim.
– Hozir oyi. Dugonam Laylo bilan gaplashyapman.
– Laylo bilan. Men senga necha marotaba aytganman u qiz bilan dugona bo’lmagin yaxshi qiz emas u deb. Unashtiruvi buzilgan qiz yaxshi bo’ladimi? Yig’ishtir u bilan gaplashishni.
– To’xtab turing oyi. ( Siz qayerdan bilardiz. Hozir meni hayotim hal bo’lyapti)
Laylo bu gapni aytsammi aytmasammi deb o'ylab qoldi.
— Nima bo'lsa bo'lar. Yaqin dugonamdan sir yashiramanmi endi deya xabarni yubordi.
( U nega unashtiruvni buzganimni so'radi. Sizning ishingiz nima deb zarda qilgancha chiqib ketdim. Nima deb o'ylaysan u nega bu haqida qiziqib qoldi. )
***
— Tushunmadim. Shehroz Layloning unashtiruvi buzilganini qayerdan bila qoldi. Nahot... Yo'q bo'lishi mumkin emas. Bunday bo'lmaydi. Hech qachon. Bunga yo'l qo'ymayman.
( Xavotir olma. U ishchilari qanday ekanligini bilmoqchi shekilli. Unashtiruving buzilganini bilsa seni yomon qizga chiqarib yubormasin tag'in. Uzoqroq yur boshliqdan. Seni o'ylab aytyapman dugonajon. Ertaga keyin boshliqning ovunchog'i degan malomatga qolib ketmagin deyapmanda )
***
Boshliqning ovunchog'i. Aslo. Men u yerga ishlashga boraman.
( Ogohlantirganing uchun rahmat dugonajon. Mayli yaxshi dam ol )
***
Ana bo'ldi.
Malak kulgancha dasturxon tuzashni davom ettirdi.
— Laylo tushyapsanmi qizim?
— Ha oyi ketyapman.
Laylo onasiga dasturxon tuzashda yordamlashdi. Birga ovqatlanishdi. Laylo oshxonalarni saranjomlab xonasiga kirib ketayotganda birdan otasi va onasining suhbatini eshitib qoldi.
— Onasi,qizimiz bilan gaplash. Ko'nglini bilgin. Yana unashtiruvim buzilgan deb xafa bo'lib yurmasin.
— Yo'g'a dadasi. O'zi xoxlab buzdiku unashtiruvni. Nega xafa bo'ladi?
— Onasi hozirgi odamlarni bilib bo'lmaydi. Qizimizning unashtiruvi buzilganini bilgach har kim har xil xayolga boradi. Laylo o'ylab siqilmasin deymanda.
— Xo'p dadasi. Ertaga gaplashaman. Hozir damini olsin.
— Ha to'g'ri aytasan. Ishini deb qattiq charchayapti o'zi.
Laylo ota onasining gaplarini eshitib ko'zlariga yosh keldi. Ota onasi hatyo unashtiruvni buzaman deganda ham unga qarshi chiqishmagandi. Har bir qarorini hurmat qilishgan. Odamlarning gap so'ziga qolamiz deb qizlarini siquvga olishmagandi. ,,Sen yashaysan qizim. O'zing qaror qabul qil" deyishgandi. Laylo shularni o'ylar ekan Allohga hamd aytdi. ,,Qanday yaxshi ota ona bergansan Allohim. Eng buguk mukofot bilan siylagansan bir gunohkor bandangni"
Laylo xonasiga kirib qadrdon kundaligini ochdi va bugungi kundagi voqealarni bir boshidan yozib chiqdi. Albatta qanday qovun tushirganini ham chetda qoldirmadi.
— Mana bo'ldi. Endi hujjatlarni tayyorlasam bo'ldi.
Shu payt telefoniga yana xabat keldi.
( Arab amirligi bilan tuziladigan shartnoma 1 haftaga qoldirildi. Ertanggi tayyorgarliklarni bekor qiling. Albatta tayyorgarlik qilishga ulgurmadingiz degan umiddaman Layloxonim )
— Nima bu esini yeganmi? Hamma ishni 1 kunda buyurib hamma narsa tayyor bo'lgandan keyin bekor qiladi. Axmoq to'nka.
— Albatta bekor qilamiz Shehrozbey.
( Xo'p bo'ladi Shehroz Saidovich. O'zingiz qachon uchrashuv bo'lishini yana bir kun oldin aytsangiz 15 daqiqada buyrug'ingizni bajaramiz ) xabar yuborildi.
— Kesatib yozmasam bo'lmaydi. Shuncha ishni Malakning o'zi qildi. Unga hozir endi nima deyman. Shehroz Saidovich shunaqangi kasofat odamsizki. Tasavvur ham qilolmaysiz. Jin ursin sizni.
Shehroz Laylo yozgan xabarni 10 martalab o'qib chiqqan bo'lsa ham undagi zarda va kesatiqni tushuna olmagandi.
— Nima bu qiz meni kalaka qilyaptimi? Mayli hozircha jim turaman. Unashtiruving nega buzilganini aniqlashtirishsin so'ng sen bilan boshqacha gaplashamiz Layloxonim.
Shehroz kulgancha sovuq dush qabul qilish uchun yuvinish xonasiga kirib ketdi.
Bu orada Laylo Malakka qanday qilib bu haqida aytishni bilmayotgandi. Oxiri xabar yozishga qaror qildi.
( Malak,dugonajon. Uzr seni bezovta qilyapman. Anovi to'nka ertanggi uchrashuvni 1 haftaga bekor qilibdi. Ertaga hech qanaqa uchrashuv bo'lmaydi. Shuni senga aytib qo'yay degandim )
— Malakni ham charchatib yubordim. Ehhhh mening dugonajonim.
***
— Nima? Qanday qilib 1 haftaga qoldirildi. Axir shuncha harakat bekor ketdimi? Yana Layloni deb bekor qilamanmi endi. Hmmmmm demak uchrashuv bekor qilingan bo'lsa Shehroz Layloga xabar yozgan yoki qo'ng'iroq qilgan. Bularni qancha uzoqlashtirmoqchi bo'lsam shuncha yaqin bo'lishyaptimi? O'yla Malak o'yla. Orzularing orzuligicha qolmasin. Ehhhh Layloginam. Aldanib qolma tag'in.
***
—Hujjatlar tayyor. Endi uxlayman.
Laylo yumshoq yotog'iga yotar ekan bir kerishib oldi.
— Biram mazzaki.
Laylo mazza qilib uyquga ketar ekan kmlab uzoqlikda biri uni o'ylab hali uxlolmaganini bilmasdi.
— Guliforligim,sochingni tarab qo'yaymi?
Shehroz shunday degancha qizning sochlarini tarashni boshladi. Bir qo'li bilan qizning sochlarini tarasa,bir qo'li taralgan sochlarini ushlab turardi. Yigitning qaynoq kaftlari qizning ochiq yelkalariga tegib battar qizning tanasini qizdirardi. Qizning sochlarini tarab bo'lgach, Shehroz egilib,qizning ochiq yelkalariga lab bosdi. Bu ishni sekin,astalik bilan,ozor bermasdan bajarardi. Shehroz lablarini tobora pastlatar ekan qiz hayajon va ehtirosdan dir-dir qaltirashni boshladi.
— Shehroz
Ehtiros bilan aytilgan bu ism qizni uyg'otib yubordi. Laylo o'z ovozidan uyg'onib ketdi. Qarasaki, terlab ketgan,ust- boshi jiqqa ho'l edi. Shehroz qoldirgan bo'salarni o'ngida his qilgandek,uning tanasi hamon qizib borardi.
— Boshlig'im bilan ehtirosli tun yetmay turgandi o'zi. Soat necha bo'ldi ekan.
Soat millari tunggi 03:45 ni ko'rsatib turardi. Kuzning kechalari uzun emasdi shu sababli vaqtli tong otardi.
— Endi uxlolmasam kerak.
Laylo uxlolmasligiga ishonchi komil edi. O'rnini yig'ishtirib,vannaga kirib ketdi.
Tong otdi. Shehroz mashinasini avtoturargohga joylashtirar ekan, Layloga ko'zi tushib qoldi. Laylo tizzadan balang bo'lgan jigarrang palto ,oyoqlarida unchalik uzun bo'lmagan etik va qora jemfer kiygan edi. Sochlari esa yoyiq holda bir qo'lida qahva ikkinchi qo'lida hisobotlarni ko'targan holda ishxonaga kirib ketdi.
— Bu qizni tezroq uyga qamab qo'yish kerak
Shehroz telefonini olib notanish raqamga qo'ng'iroq qildi.
— Jamshid,men aytgan ish nima bo'ldi? Hammasini aniqlashtirdingmi? Yaxshi. Noutbugimga yubor hammasini. Xo'p kutaman.
— Ana endi sen haqingdagi hamma ma'lumotni bilib olaman Guliforligim.
Sherzod binoga kirib,xodimlari bilan salomlashgach o'z xonasi tomon ketdi.
***
— Salom dugonajon
— Salom Laylojonim. Yaxshimisan? Yaxshi dam oldingmi? Ochilib ketibsanmi?
— Yo'q,har doimgi holatim-ku. O'zingni ahvollaring yaxshimi?
—Bu yerga gap sotgani kelasizlarmi?
Laylo endi paltosini ilgan edi hamki orqasidan chiyillashga o'xshagan ovoz keldi.
—Tushunmadim
Laylo oldida turgan qizni umuman tanimadi. Sababi yuziga 1 tonna makiyaj qilgan,sochlarini yoyib olgani uchun naq yalmog'izning o'zi bo'lib qolgan bu qizni oldin ishxonada ko'rmagandi.
— Gap sotmasdan tezroq ishlaringizni qilinglar.
Qiz poshnalarini taqqillatgancha ulardan uzoqlashib ketdi.
— Malak bu kim
— Eshitishimcha yangi ish boshqaruvchi ekan. Shehroz Saidovichni yordamchisi emish.
— Buni qanday ishga olishdi ekan. Bu faqat u yoqdan bu yoqqa yurishdan boshqasini bilmaydiku.
— Bilmasam Laylo. Kech kelgan ekan. Shaxsan boshliqning o'zi bilan gaplashibdi. Balki Shehroz Saidovichning sevgan qizidir. Kim bilsin yana.
— Ha shunaqa de. Mayli unda bilganlarini qilishsin. Menga qiziqmas. Mayli men ketdim. Yana u tannoz kelib asablarimni chertmasidan oldin ishlarimni boshlay. Charchama Malagim.
— Sen ham Layloyim
***
Shehroz bu paytda Laylo haqidagi hamma narsadan xabar topgandi. Ayniqsa Layloning unashtiruvi buzilganligiga nima sabab ekanligini bilgach anchagacha buni hazm qilolmay turdi.
Boshqa qismlarini ham chiqaring