POV: Asal
Ikkinchi marta… hayotimda ikkinchi marta kelinlik oq libosini kiydim. Taqdir ajoyib-da! Istagan payt kutilmagan joydan zarba beradi. Sening ahvoling uni mutlaqo qiziqtirmaydi. Sinovlarga, zarbalarga tayyormisan, yo’qmi, buning unga farqi yo’q… Quvnoq, xushchaqchaq Asaldan hozirgi kunda asar ham qolmagan.
Ayni vaqtda qo’llarim titrayapti. Yuragim huddi bo’g’zimga tiqilgandek, nafas olishim qiyinlashgan. Yangi kelinlik uyimda, yangi yotoqxonada bir o’zim o’tiribman. To’y tugaganiga tahmiman ikki soatcha bo’ldi. Menda ham unda ham, yani kuyovda ikkinchi turmush bo’lganligi uchun unchalik ham dabdaba bilan katta to’y qilinmadi. Ellik kishiga mo’ljallangan kichikroq restoranda soddagina qilib o’tkazildi. Kiygan libosim ham juda oddiy. Shifon matoli, ortiqcha bezaklarsiz. Xona juda chiroyli va shinam ekan. Keng, yorug’. Yangi mebellar ham chiroyli. Ular qaymoq rangda. Qiziq, bular yangimikan yoki avvalgi to’yda qilingan jihozlarmi? Krovat ustiga qizil va oq atrgul barglari sochilibdi. Bu ishni kim qilgan bo’lsa ham bekor qilibdi. Romantikaga hozirgi paytda toqatim yo’q. Dod solib yig’lagim kelyapti. Endigina qo’llarim bilan yuzimni yopay desam eshik ochildi. Ichkariga u, kuyov jiddiy kirib keldi.
Menda hayajon tobora kuchayardi. Yangi kelinchaknikidek hayajon emasdi bu. U hech nima demay yotoqning narigi burchagiga o’tirib oldi. Men ham indamadim. Bir nuqtaga tikilgancha o’tiraverdim. Bularning barchasini tushga aylanib qolishini xudodan iltijo qilardim. Kutilmaganda Sardor gap boshladi. Ha, kuyovning ismi Sardor.
— Haligi…– dedi o’ylanib. — Siz shu yerda, yotoqda uxlashingiz mumkin, men qo’shni xonada yotaman. Ubu narsa kerak bo’lsa ayting.
Men javob qaytarmadim. Shunchaki boshimni bir silkib qo’ydim. Boshqa nima ham qo’limdan kelardi. Eshik yoniga borib, ortiga qaradi:
— Asal! Sizni hurmat qilaman, ranjitishni istamayman. Meni to’g’ri tushunasiz degan umiddaman. Nega bu turmushga rozi bo’lganimiz ikkimizga ham ma’lum, – U shunchalar ehtiyotkorlik bilan gapirardiki, men uning gaplaridan ranjib qolishimdan qo’rqardi go’yo. — Hayrli tun!
Bu gaplarini aytishning xojati yo’q edi. Kelishuv ham yodimda. Rejamiz bo’yicha, ota-onalarimiz shartini qabul qilib, ikkinchi nikohga rozilik berish. So’ng, bir necha oy o’tgach bir-birimizga to’g’ri kelmaganimizni aytib ajrashib ketish edi. Shunda bizni yana hech kim uchinchi marta oila qurishga majbur qila olmasdi. To’g’ri, ahmoqona reja. Lekin bizning vaziyatimizda eng to’g’ri yo’l shu. Men ortiq oila qurishni xohlamayman, Sardor ham sevgan insoni bilan birga bo’lish istagida. U xonadan chiqib ketdi. Yana yolg’iz qoldim. O’rnimdan turib, ko’zgu tomon bordim. Ahvolimga qarab kulishni ham yig’lashni ham bilmayman. Turmushdan, oiladan butkul ko’ngli sovigan inson yana to’y libosida… kulgili. Sardorning otasi bilan mening dadam juda qalin do’stlar. Ularning do’stligi qudachilikka aylanishi uchun bizni qurbon qilishdi. Paytdan foydalanib ikkalamizning taqdirimizni o’zicha hal qilishdi. Dadam ajrashib kelgan qizidan or qildi. Kattagina hovlisiga sig’madim.
Shu paytlarda o’zimni hech kimga kerakmas, tashlandiq kimsadek his qilardim. Aslida ikki do’stning quda bo’lish rejasi besh yil avval boshlangan. Biroq Sardor o’n yetti yoshdagi Asalni o’ziga munosib ko’rmay, uylanishdan bosh tortgan…
5 Yil avval…
—Oyi-i-i… uchrashuvga chiqmayman! Nima deb, nima qilishni ham bilmayman-ku! – oyimga shunday erkalanib gapirishni yoqtirardim. – Dadamga ayting, majburlamasin, iltimo-o-s!
— Asal, qizim! Dadangni obro’sini o’ylamaysanmi? Axir yaqin do’sti, bugunga uchrashuv belgilangan. Qo’y, kab-katta qiz bo’lding endi. Erkalanishlarni yig’ishtir, – dedi oyim muloyimlik bilan. — Shunchaki uchrashib ko’r, tanishib gaplashasiz.
— Tanishgim ham, ko’rishgim ham kelmayapti! Endigina o’n yettiga kirdimku! Darrov mendan qutilishni istaysizmi?
— Qiz bolani joyi chiqsa, tekinga ber deyishgan. O’qishdan chiqdingmi? Qayerdasan?!
— Oyi, men aytilgan manzilga kelganimga o’n daqiqadan oshdi! Siz aytgan o’sha Sardor haligacha kelmagan… – shu payt uzoqdan bir kelishgan yigit kelayotganini ko’rdim. — Oyi keyinroq qo’ng’iroq qilaman! – deb go’shakni qo’ydim. To’g’rimda qora palto kiyib, Air Pods quloqchinlarni taqib kelardi. Bo’ylari uzun, qaddi qomati kelishgan. Oq-sariqdan kelgandi. Sovuqdan qalin qoshlarini chimirib, yuzlarini burishtirib olgan. Biroq shu holida ham yoqimtoygina edi. Bir ko’rishimdayoq allaqanday tuyg’uni his qildim. Menga yaqin kelib quloqchinlarini yechdi.
— Salom, Asal siz bo’lsangiz kerak?! – dedi tirjayib.
— Salom… – dedim og’zimni lang ochgancha. — ha, men.
To’satdan meni hayajon egalladi. Jin ursin, avval hech ham bunday bo’lmaganku!
— Ismingiz juda chiroyli ekan!
Bu xushomadmidi? Dovdirab, nima deyayotganimni ham bilmasdim.
— Ismim? Ha-a… oyim bilan dadam… asaldek shirin bo’lsin deb, Asal qo’ygan-da! – Shunchalik ham ahmoq bo’lamanmi? Tuzikroq boshqa narsa o’ylab ham topolmadim. U ham kulib qo’ydi xolos. Meni hayajonda ekanimni sezdiyov. O’ziga juda qarab olgandi. Kiyinish didi chakki emas. Meni esa didim o’lsin! Boshimga qalingina qalpoqni yopishtirib, qopdek kurtka kiyib olgandim. Meni semiz qilib ko’rsatgani aniq. U yoq bu yoqdan gaplashdik, suhbatlashib aylandik. Dekabr oylari edi. Bazi so’zlarining talaffuziga qiynalardi. Keyin bilsam, u rus tili va ingliz tilida ravon gaplashar ekan. Hatto rus maktabda o’qigan. Yoshi yigirma beshda. Mendan naq sakkiz yosh katta. Kutilmaganda meni tushlikka taklif qildi.
— Asal, obed… haligi, tushlik qilamizmi?! – bazan shunday, ruscha aralashtirib gapirardi. — Uyalmang! Bemalol aytavering.
Hech qachon o’g’il bola qarshisida og’zimni katta ochib ovqat yemaganman. Og’zimning chetiga ovqat qoldig’I tegib ketsachi?! Shunday ahmoqona xayollar meni tinch qo’ymadi. Aslida qornim itdek och bo’lsa ham, to’q deb taklifni rad etdim. Uyimgacha kuzatib qo’ymoqchi bo’ldi. Buni ham istamadim. Ochig’ini aytsam, qo’shnilarning gap-so’zidan qo’rqdim. Shunday qilib, hayrlashgach uyga keldim. Oyim meni kirishim bilan so’roqlay boshladi. Bo’lib o’tgan hammasini oqizmay tomizmay aytib berdim. Unga aniq yoqdim deb, ko’nglim to’q edi.
— Gap so’zinga qaraganda, yigit senga yoqqan ko’rinadi?! – dedi oyim.
Uyalib ketdim. Ikki yuzim qizarganni sezdim, kaftim bilan to’sib oldim. Ha, haqiqatdan ham u menga yoqdi. Bir uchrashuvdayoq. Oyim tabassum bilan meni quchoqlab olgandi.
Bir necha soatdan so’ng, zaldan dadamning ovozi qattiq eshtila boshladi. Xavotirlanib zal tomon bordim. Ichkariga kiray deganimda dadamning gaplarini eshitib fikrimdan qaytdim.
— Manzura?! Odamlarning oldida kim degan odam bo’laman? Sobirning o’g’li Azizning qiziga uylanishdan bosh tortibdi, biror aybi bo’lsa kerak deyishadi-ku! Bir yildan beri Sobirning o’zi qizimizni kelin qilaman deb hammaga jar soldi. Endi esa o’g’li hali turmush qurishga tayyor emasligi haqida aytyapti!
— Dadasi, qo’ying! Odamlar gapirsa gapiraversin, qizimiz qanday ekanini bilamiz-ku! Kimlar uni kelin qilishni istamaydi! Mana ko’rasiz, hammadan baxtli bo’ladi. O’sha do’stingiz Sobir ham, o’g’li Sardor ham pushaymon bo’lishadi!
Bu gaplarni eshitib ichimdan nimadir darz ketgandek bo’ldi. Nahotki? Hayotimda ilk bor kimgadir ko’ngil berib, yoqtirganimda u meni yoqtirmasa?! Juda g’alati bo’larkan… axir, axir ko’zlari unday demagandi. Menga juda xush muomalada bo’ldi, nigohida menga nisbatan nimadir bor edi-ku! Men buni sezgandim, his qilgandim! Demak… demak menda sezish qobiliyati yo’q. Eshik tagida o’ylanib turaverdim. Ichkari ham jim-jit edi. Kutilmaganda dadam shunday dedi:
— Manzura.
— Labbay, dadasi!
— O’tgan kuni qizingni so’rab kelganlarga rozi ekanimizni ayt!
— Nima?! Axir…
— Aytganimni eshitmadingmi? Men ularni surishtirib bo’lganman. Yaxshi odamlar. O’g’li ham. Azizning qizini rad etishlari qanday bo’lishini ko’rsatib qo’yaman hali. Shunday to’y qilaylikki, qizim shunday baxtli bo’lsinki, odamlarni og’zidan tushmasin. Boshqalar attang qilib qolsin!
— Dadasi, jaxl ustida qaror qabul qilyapsiz! Iltimos, shoshilmang. Hali yoshku! Do’stingizga alamzadasiz, bilib turibman. Asalni qurbon qilmang, uning taqdiri bilan o’ynashmang!
Dadam ortiq hech nima demadi. Aytdimi, demak bajaradi. Sobir amakining hammaga jar solib meni kelin qilmoqchi bo’lgani, menga qimmatga tushdi.
— Oyi, men u yigitga turmushga chiqmayman! Iltimos, meni turmushga bermanglar. – Men allaqachon bir insonni tasavvurimda ko’rib bo’lgandim. Boshqalar haqida o’ylashni ham istamasdim, — Meni u yigitda ko’nglim yo’q… – dedim mo’ltillab.
— To’ydan keyin ko’ngling bo’laveradi, – deb o’rtaga Marhabo ammam qo’shildi. — Haqiqiy sevgi to’ydan keyin bo’ladi, qizim.
— Amma, agar bo’lmasachi? – Men ham taslim bo’lmadim. — Ko’nglim bo’lmay boshqa insonni yoqtirib qolsam nima bo’ladi?
— Tavba de, ahmoq qiz! – deb oyim koyidi. Ammam nima deyishni bilmay hayron. Oyim meni tinchlantirishga harakat qilyapdi-yu, lekin ichichidan men uchun ezilayotganini sezdim, — Yaxshi narsalar haqida o’ylasangchi, nega oilaga xiyonat haqida bilib bilmay gapiryapsan? Yigit juda yaxshi. Otam, onam deydigan bola ekan. Ota-onasini xizmatini qilib, ularni rozi qilgan farzand albatta yaxshi bo’ladi-da! Haqiqiy o’zbekona, odobli, tarbiyali oila.
Ammam rosa ma’ruza o’qidi. Biz bolalikdan orzu qilgan, tasavvur qilgan sevgi, muhabbat yo’q ekaniga meni bir amallab ishontirdi. Hayot boshqa, xayol boshqa emish. Qisqa qilib aytganda, bir zumda bolaligim, orzularim barbod bo’ldi desam ham bo’ladi.
— Oyi, amma! Men ertalab barvaqt turolmayman, uy ishlarini qilolmaymanku!
— Qizim, bo’lajak qaynonang o’zi o’rgataman dedi. Bundan hech xavotir olma.
— O’qishimchi? O’qishim nima bo’ladi?! – Men ham har nimani bahona qilaverdim.
— O’qishinga ularning qarshiligi yo’q.
— Jiyan, qanaqa o’qish?! Kelin bo’lyapsan axir, kelin! Oppoq kelinlik ko’ylagini kiyasan, to’ydan keyin yaltiroq kiyimlar degandek. Bizning davrimizda hozirgidek kiyimlar bo’lmagan. Qadriga yet. Yoningda tog’dek suyanchig’ing bo’ladi! Ayol kishining baxti – uning oilasi!
Ammam to’g’ri aytdi. Ayol kishining baxti uning oilasi. Shuningdek, baxtsizligi ham…
To’yga sanoqli kunlar qolgandi. Jasur aka bilan uch marta ko’rishdim xolos. U juda og’ir bosiqlik bilan muomala qilardi. Biror fikr bildirsam doim unga qarshi fikr aytardi. Meni manipulyatsiya qilayotganini anglamasdim. Yillar o’tibgina buni tushundim. Ishlashni niyat qilganimni, o’quvchilarga dars o’tishni yoqtirishim haqida aytsam “Ishlab, o’zingizni charchatib nima qilasiz? Men sizga hamma narsani muhayyo qilaman. Siz esa bemalol yashayverasiz” degan. “ Asal, otaonalarimizni birgalikda rozi qilamiz-a?” deganda men ichimda: buncha ham tarbiyali inson ekan deb ajablanardim.
***
POV: Sardor
Hozirgi kun
Tuni bilan uxlolmaganimga qaramay, kunlik rejamni buzmaslikka harakat qildim. Tong saharlab toza havoga yugurishga chiqdim. Soatga qarasam tongi yetti. Uyga qaytib, ust-boshimni alishtirib ishga ketishim kerak. Eshikdan kirishim bilan oshxonadan mazali va yumshoqqina quymoqning hidi dimog’imga urdi. Bolaligimda oyim ko’pincha pishirib berardi. Nahotki… oyim yana men uchun quymoq pishiryapdimi?! Bu mazali hid meni tinmay o’ziga chorladi. Hammomga shoshilmasdan oshxonaga yo’l oldim. Onam kulib meni kutib oldi.
— Keldingmi? Tezroq yuvinib chiq. Nonushta qilamiz!
— Qoyil! Men uchun nonushta tayyorladizmi? Ishonish qiyin. Oxirgi marta menga maxsus nonushta tayyorlaganizni eslolmayman! – atay onamni g’ashiga tegdim.
— Ja oshirib yubormadingmi? Gapni qisqa qilib, tezroq yuvinib chiq!
Ikkita quymoqni paqqos tushirib hammomga boray desam, to’sattan qarshimda Asal paydo bo’ldi. Yana bir qadam yurganimda aniq urilib ketardik. Ko’zlarini mendan olib qochdi. Hatto qaramadi ham. Men ham uzurimni so’rab yo’limni davom etdim. To’g’risi, Asal shu yerda, uyda ekanligi yodimdan ko’tarilibdi. Yuragim siqildi! Qaniydi… qaniydi kechagi kun tushga aylanib qolsa. Buning bari rostligiga ishongim kelmaydi. Hammomdan chiqib, oshxonaga hech kirgim yo’q. Chunki Asal u yerda. Kiyinib bo’lgach eshikdan sekingina chiqib ketmoqchi edim biroq…
— Sardor? Bo’ldingmi, o’g’lim?
Qo’lga tushdim. Endi ichkariga kirishga majburman.
— Good morning! – deb, umumiy salomlashdim.
Asal dasturxon tuzash bilan ovora edi. Ko’zimga ham qaramay, mayin ovozda:
— Assalamu alaykum, – dedi.
Ro’paramga qarasam oyim menga qoshini chimirib o’tirgan ekan. Bu alik ol degani. Zo’rg’a salomiga alik oldim. To’g’risi, unga hatto gapirgim ham kelmadi. Dasturxonga qarab yo’qolgan ishtaham qayta tiklandi. Issiq quymoqlar, tuxumli omlet… Kayfiyatim biroz ko’tarilib nonushta qildim. Ochig’I, anchadan beri bunday mazali nonushta qilmagandim. Oyimni qo’llaridan o’pgim keldi.
— Oyi, qo’llariz dard ko’rmasin! Juda mazali bo’libdi. Hatto, restoranimizda ham bunchalik mazali tayyorlashmaydi!
— Senga yoqdimi? – oyimning yuzida qandaydir ayyorlik sezildi.
— Ha, albatta! – hech o’ylab o’tirmay rostini aytdim. — Ruxsat eting, qo’llaringizdan o’pay?!
— Yoqqan bo’lsa hursandman. Meni emas, xotiningni qo’lidan o’p! Tong otar otmas, turib, nonushtani u tayyorladi, – dedi oyim jilmayibgina.
Meni esa yuzimda tabassum yo’qoldi. Asalga biroz hijolat bo’lib qarasam, u bu gaplarga e’tibor ham bermadi. Tan olaman, nonushtani juda mazali tayyorlagan. Biroq… buni sirtimda aytib, unga rahmat degim yo’q. Yeb bo’lgach, onamning duosini oldim. Restoranga ketishim kerak. Anchagina ish yig’ilib qolgan.
Eshikdan chiqar ekanman, Asal keldi, meni ishga “mehribon rafiqa”dek kuzatib qo’ymoqchi deb o’yladim. Lekin u:
— Sardor aka?
— Ha?
— Bugun ishga borishim kerak. Bir haftada bir kun dam olaman. Olti kun ishlayman. Shuni aytib qo’ymoqchi edim.
— Buni menga umuman qizig’I yo’q. Nima qilsang qil, – jin ursin, qo’pol gapirib yubordim shekilli. U hech nima deyolmay qoldi. — Asal, ishlaysanmi, yo boshqa biror joyga ketasanmi, umuman qarshiligim yo’q. O’zbekcha urf-odatlar qanday edi? Qaynonadan so’rash kerakmi? Bor ana, oyimga aytda ishingni qilaver.
— Ularga aytdim. Sizni ham ogohlantirmoqchi edim, har ehtimolga qarshi…
— Okey! Ha… aytgandek, – u ko’zlarimga qarab turardi. — Nonushta uchun rahmat. Juda mazali edi, – buni qanday aytganimni o’zim ham bilmayman. U esa javoban shunchaki jilmayib qo’ydi.
Hayrlashib o’tirmay shart uydan chiqib ketdim. Tavba… bu besh yil avvalgi qiz emas. Juda o’zgarib ketibdi. Avval juda ko’p gapirardi. Quvnoq, arzimagan narsaga ham kayfiyati yuqori cho’qqiga chiqardi. Hozir esa buning aksi. Sochlari uzun bo’lib, o’ziga juda yarashardi. Hozir ular juda kalta. Yosh qizqloqdan ulg’aygan ayol darajasiga yetibdi. Soch uslubi ham buning kichik isboti. Nima bo’lganda ham… qurib ketsin urf-odatlar, o’zbekchilik, milliylik degani. Bu narsalar inson o’z sevgani bilan birga bo’lishiga to’sqinlik qildi, yashaydigan men biroq, ota-onamga yoqqan qiz bilan butun umr yashashga mahkum qilyapti. Bunga yo’l qo’ymayman. Men ko’nglim yo’q inson bilan yashashga majbur emasman! Qora “Malibu”yimga o’tirib darhol o’t oldirdim. Sevimli restoranimga ham yetib keldim. To’rt yil avval barcha yiqqan-terganlarimga shu restoranni sotib oldim. Barcha oshpaz va boshqa xodimlarni chertib-chertib saralab ishga olganman. Taomlari juda mazali. Hozirgi kunda Toshkentdagi eng oldi restoranlardan. Faqat shu… nomi o’zimga yoqmaydi. “Sharq”! Nima ham derdim. Oyim shu nomni istagan. Ular allaqachon zamonaviy odamlarga aylangan, boshqacha qilib aytganda adekvat insonlar edi. Lekin bazi bir qarorlari meni faqat hayron qoldiryapti. Bularga misollar ko’p. Masalan, Asal. Nega bunchalik u qizga yopishib olishdi bilmayman. Sevgan ayolim Samira bilan birga bo’lishimizga qarshilik qila boshlashdi. Mayda nizolardan katta urush-janjallar ko’tarildi. Samira mendan arazlab ketib qolgandi. U bilan endi munosabatni to’g’irlay deganimda oramizga yana o’sha Asal suqildi. Olti oy avval ajrashib ketgan emish. Dadam fursatdan foydalanib, qo’yarda qo’ymay meni bu nikohga ko’ndirishdi. Bu nikoh uzoqqa cho’zilmaydi. Endi buni bir amallab Samiraga tushuntirishim kerak. Restoran eshik oldida meni amakivachcham Farhod kutib turardi. U bilan restoranni sheriklikda birga boshqaramiz.
— Kuzen! – dedi tirjayib. Ha biz bir-birimizni shunday chaqiramiz. Yani, amakivachcha degani. — Kechagina to’yi bo’lgan kuyov, nega ertalabdan ishga chiqding? Dam olsang bo’lardi.
— Sen atay jig’imga tegyapsanmi?
— Aslo, men jiddiy so’rayapman. Aytgandek, kelinning ismi nima edi?
— Asal.
— Chiroyli ism!
— Kuzen! – unga qarab o’qraya boshladim. — Bu mavzuda gaplashishni istamayman. Farhod, o’zi shu bo’lib o’tganlarni unutish uchun atay ishga kelsam sen gapiryapkan gapingni qara. Do’stimmisan yo dushmanim?!
— Men sening amakivachchangman. So’raganim boisi, nima bo’lganda ham kelin yolg’iz, bir o’zi uyda qolishi…
— Havotir olma, oyim u bilan. Bugun ketsa ham kerak. Vaqtliroq qaytishimni qayta-qayta takrorladi. Nima endi unga enagalik qilishim kerakmi?
— Enaga emas, erlik qilishing kerak. Endigina to’yingiz bo’ldi-ku, hech bo’lmasa to’rt besh kun yonida bo’lishing kerak edi. Buyog’iga yolg’iz yashaysiz. U yolg’iz qolishi…
— Sen o’zi nega bunchalik bu mavzuga yopishib olding?
— Bo’ldi, bu mavzu yopildi, – dedi jilmayib. Yaramas.
— Shunday bo’lsin.
Soatga qarasam allaqachon tushlik vaqti bo’libdi. Nimadir yeyish haqida o’ylab tursam eshik ochilib, ishchilarimdan biri kirib keldi.
— Sardor aka, sizni so’rab kelishdi, – dedi.
Men kimligini so’rasam u ko’zi bilan ishora qildi. Darrov kim kelganini tushunib oldim. Samira…
Samira bilan uch yil avval tanishdik. U hayotimga kelgunga qadar uylanish fikrim umuman yo’q edi. Uni ko’rgach esa, faqat Samiraga uylanaman deb qaror qilganman. Biz ikkimiz ham zamonaviy, sog’lom fikrlovchi insonlarmiz. Aynan shu jihatdan ham balki bir-birimizni yaxshiroq tushunsak kerak. Unga uylandim ham. Men zamonaviy deb bilgan ota-onam ham, oxiri barbir o’zbekchiligiga borishdi. Samiradan o’zbekona kelinlik xizmatlarini talab qilishdi. Oqibatda, o’rtaga nizo tushib, Samira onasining uyiga ketib qoldi. Qaytarishga ko’p harakar qildim. Biroq ota-onam ham, Samira ham ko’nmadi. Biz yashirincha uchrashib yurgan edik. To’yim bo’lishini eshitgach katta janjal qilgandi.
— Samira? Bu yerda nima qilyapsan?
— Nima endi kelishim mumkin emasmi? Aytgancha, uylandingiz-ku! Tabriklayman, kuyov bola! – ko’zimga qarab turib kuldi. Kesatib albatta.
— Sen atay jig’imga tegyapsanmi? – dedim sovuq ohangda. — Kel, o’tir. Bafurja gaplashib olamiz.
Uni tinchlantirishga harakat qilib, asta bag’rimga bosdim. Ko’zlaridan sirg’alib oqayotgan yoshlari qalbidagi og’riqni fosh qilardi. Rashk og’rig’I albatta. Samiramga baribir hech kim teng bo’la olmaydi. Uning ko’zlari, uning ifori bari bari o’zgacha. Endigina uni tinchlantirib bo’lganimda, birdan telefonim jiringlari.
— Sardor? Qayerdasan?
— Qayerda bo’laman, ishda albatta. Tinchlikmi, oyi?
— Uyga vaqtliroq qayt. Sanqimagin.
— Nega? – dedim hayron bo’lib.
— Bu nima deganing? Asal yolg’iz qoladi-ku. Bir o’zi yolg’iz qolmasin. Men ham ketyapman. Xotining ham ishdan qaytib qoladi. Restoranimizdan biror nasa ovol unga.
— Xo’p, – deb mavzudan qutildim.
Kayfiyatim rasvo bo’ldi. Chuqur nafas olib, Samiraga qarasam u ham qovoq solib olibdi. Ana bo’lmasam! Oyimga rahmat.
— Nima, endi har kuni uning yoniga shoshasizmi? Nimalar bo’lyapti o’zi, Sardor aka?! Men… Men hech nimaga tushunmayapman.
— Samir, iltimos vaziyatni yana-da chigallashtirma. Hammasini bilasan-ku. Bularning barchasi o’yin. Reja xolos! Asal ham men ham bu nikohga qarshimiz. Dadamni fe’lini bilasan-ku. Bir narsaga qaror qabul qilsa qilmaguncha tinchimaydi. Men ham noilojlikdan rozi bo’ldim. Asal ham men ham o’yin tugagach o’z yo’limizdan ketamiz. Biz shunchaki bizni majburlayotganlarga ko’rsatib qo’ymoqchimiz.
— Bu o’yiningiz qancha davom etadi?
— O’zi kechagina to’y bo’ldi. Biroz vaqt o’tsin…