BOSHLANDI
Soat 02:13 edi.
Luara deraza yonida yolg‘iz o‘tirardi. Shahar uxlayotgandek edi. Ko‘chalarda yomg‘ir ostida miltillayotgan chiroqlar, uzoqdan eshitilayotgan mashina tovushlari va derazaga urilayotgan tomchilar — tunning yagona ovozlari edi. Stol ustida uchta ochiq papka yotar, yonida sovib qolgan qahva turardi. Luara oxirgi suratga yana bir bor qaradi.
Bir qiz. Yigirma yoshlar atrofida.
Ismi — Mariya.
U uch kun oldin bedarak yo‘qolgandi. Topilmagan hali. Luara suratni papkaga solib, ko‘zlarini yumdi bugun boshqa o‘ylamaslikka qaror qildi. Ammo aynan shu payt—
Ding-dong.
Luara ko‘zlarini ochdi. Soatga qaradi.
02:13.
U qimirlamadi.
Yana—
Ding-dong.
Bu safar qo‘ng‘iroq uzoqroq chalindi. Luara o‘rnidan turdi pistoletini oldi ehtiyotkorlik bilan eshik tomon yurdi monitorni yoqdi eshik oldida hech kim yo‘q edi faqat qora quti. Luara qoshlarini chimirdi. Kimdir uni ataylab shu yerga qo‘ygan u eshikni ochdi yo‘lak bo‘m-bo‘sh quti esa uning oyoqlari oldida turardi Luara uni ichkariga olib kirdi. Qutining ustida faqat bitta yozuv bor edi.
LUARA.
Uning yuragi bir lahzaga tez urib ketdi.Qo‘lqop kiydi qutini ochdi. Ichkarida oq matoga o‘ralgan nimadir bor edi Luara matoni asta ochdi. U bir zum qotib qoldi. Inson qo‘li Luara yuzini burmadi u bunday manzaralarni avval ham ko‘rgan. Ammo bu boshqa edi chunki qo‘lning yonida kichkina oq konvert bor edi. Luara uni ochdi ichidan bir varaq chiqdi unda atigi bir so‘z yozilgan edi.
BOSHLANDI.
Luara qog‘ozga tikilib qoldi keyin telefon jiringladi nnoma’lum raqam. U javob berdi.
— Luara eshitmoqda.
Faqat juda sekin nafas olish ovozi.
— Kim bu?
Javob yo‘q.
Luara ko‘zlarini yumib, quloq soldi.
Narigi tomondagi odam nimanidir kutayotgandek edi.
— Agar gapirmasangiz, qo‘ng‘iroqni uzaman.
Nihoyat erkak ovozi eshitildi.
Sokin.
Haddan tashqari sokin.
— Qutini ochdingiz.
Luara jim qoldi.
— Meni taniysanmi?
— Yo‘q.
— Ammo men sizni yaxshi taniyman.
Luara derazaga qaradi. Birdan xonadagi barcha chiroqlar juda yorqin tuyuldi.
— Kimligingni ayt.
Erkak kuldi.
— Hali vaqti emas.
— Unda nega menga buni yubording?
Bir necha soniya sukut.
Keyin:
— Chunki siz boshqalarga o‘xshamaysiz.
Luara qotib qoldi.
— Nima demoqchisan?
— Siz ularni topishga harakat qilasiz.
— Kimlarni?
— Mening qizlarimni.
Luara qo‘lidagi telefonni qattiqroq siqdi.
— Ular seniki emas.
Narigi tomonda yana kulgi.
— Endi siz o‘yinga kirdingiz, Luara.
— Bu o‘yin emas.
— Men uchun esa...
Sukut.
— ...hammasi o‘yin.
Qo‘ng‘iroq uzildi. Luara darhol raqamni tekshirtirdi ekranda:
RAQAM ANIQLANMADI.
Shu payt xizmat telefoni jiringladi.
— Luara.
— Eshitaman.
— Sizga xabar bor.
Navbatchining ovozi odatdagidan boshqacha edi.
— Qayerda?
— Eski zavodlar hududida.
Luara yuragi siqilganini his qildi.
— Nima topildi?
Bir necha soniya sukut.
— Yosh qizning jasadi.
Luara ko‘zlarini yumdi.
— Yoshi?
— Taxminan yigirma bir.
— Ismi?
— Hali aniqlanmagan.
Luara javob bermadi.
Navbatchi davom etdi:
— Luara...
— Ha?
— Uning bir barmog‘i yo‘q.
Xonada sukunat cho‘kdi. Luara stol ustidagi qutiga qaradi keyin ichidagi qog‘ozga.
BOSHLANDI.
U birdan bir narsani tushundi. Bu xat qotillikdan keyin yuborilmagan.
Qotil uni kutayotgan edi.
U Luara qutini ochishini bilgan.
Telefon qilishini bilgan.
Va eng dahshatlisi—
Luara aynan shu kechada yangi qurbon topilishini ham bilmagan.
U paltósini oldi eshik tomon yurarkan, yana bir marta qutiga qaradi.
— Men seni topaman, — dedi u bo‘sh xonaga.
Ammo u bilmagan bir narsa bor edi qorong‘i shaharning boshqa bir chekkasida kimdir uning ovozini eshitib turardi va stol ustida Luara haqidagi qalin papka ochiq yotardi uning ustida esa bitta so‘z bor edi:
LUARA.
Dm ajoyib akan ózingiz toqidizmi yo ilhomlandizmi😍
ideaya keldi lekin yozmoqchi emasdim menga unchalik ham yoqmadi yozganim nu barib yozdim😀 qottilikni ozim yaratdim
Xa juda ajoyib 🔥
Davom atavaring🔥🔥
rahmatt❤️
Dm shkki🔥
rahmatt😀