2-bob
Lara aslida juda chiroyli qiz edi.
Sochlari jigarrang, kipriklari uzun, ko‘zlari esa Elias olib bergan qahvaning rangini eslatardi. Kulganda yonoqlarida paydo bo‘ladigan kichkina kulgich esa uni yanada yoqimli ko‘rsatardi. U kulganida odam beixtiyor yana bir bor qaragisi kelardi.
So‘nggi kunlarda Lara juda ko‘p o‘qirdi. Ba’zan tun bo‘yi kitob o‘qib chiqardi. U chet el universitetiga borgach, hech narsadan uyalib yoki o‘zini noqulay his qilib qolishni istamasdi. Shu sababli ketishiga oz vaqt qolgan bo‘lsa ham, tayyorgarlikni to‘xtatmasdi.
Bugun esa u avvaldan bron qilgan chiptasi bilan uyiga qaytayotgandi.
Avtobus bekatida turib, qo‘lidagi kitobini varaqlayotganida, orqasidan tanish ovoz eshitildi.
— Yaxshi qiz, kitobingiz tushib qolibdi.
Lara ortiga o‘girildi.
Qarshisida bo‘yi uzun, yelkalari keng, sochlari jingalak, qosh va kipriklari o‘ziga juda yarashgan yigit turardi.
Kafedagi Elias.
— O, Lara. Sizmidingiz.
— Ha. Rahmat.
Elias qo‘lidagi kitobni unga uzatdi.
— Avtobus kutyapsizmi?
— Shunaqa. Sizni yana ko‘rganimdan xursandman, Elias.
Shu payt uzoqdan avtobus ko‘rindi.
Elias unga qarab:
— Ana, avtobusim ham keldi, — dedi.
Lara ham avtobusga qaradi.
— Men ham shu avtobusda ketaman.
Elias hayron bo‘lib kulimsiradi.
— Uylarimiz yaqin ekan-da. Lekin sizni avval hech qachon ko‘rmagan ekanman.
— Men ham hayronman.
Ular avtobusga chiqishdi.
Ammo avtobus juda tiqilinch edi. Bo‘sh joy topishning iloji yo‘q, shuning uchun ikkalasi ham tik oyoqda ketishga majbur bo‘lishdi.
Bir necha bekatdan keyin avtobus keskin tormoz berdi. Shu payt bir ayolning qo‘lidagi sumkasi yerga tushib ketdi.
Elias darhol egilib, sumkani olib ayolga uzatdi.
— Mana, oling.
Ayol unga minnatdorlik bilan qaradi.
— Rahmat, o‘g‘lim.
Keyin Lara tomonga qarab, kulib qo‘shib qo‘ydi:
— Sevgan qizingiz ham juda chiroyli ekan.
Lara bir zum nima deyishini bilmay qoldi.
Elias esa hech narsa demadi. Faqat jilmaydi.
Lara unga hayron bo‘lib qaradi.
Ammo uning ko‘ziga Eliasning o‘sha tabassumigina tashlandi.
Bu oddiy tabassum emasdi.
U shunchalik samimiy va chiroyli ediki, Lara beixtiyor bir necha soniya unga qarab qoldi.
Nihoyat, avtobus ularning bekatiga yetib keldi.
Ular birga tushishdi.
Keyin esa bir yo‘ldan yurib ketishdi.
— Sizning uyingiz ham shu tomondami, Lara? — deb so‘radi Elias.
— Ha. Sizniki hammi?
— Shunday.
Lara kulimsiradi.
— Lekin nega biz avval hech uchrashmaganmiz?
— Men ham aynan shuni o‘ylayapman.
Ular suhbatlashgancha yo‘lda davom etishdi.
Gap orasida universitet, kitoblar va kelajakdagi rejalar haqida gaplashishdi. Suhbat shu qadar qiziq ediki, ular qachon bir binoning oldiga kelib qolganlarini ham sezmay qolishdi.
Ular liftga chiqishdi.
Lift eshigi yopildi.
— Siz nechanchi qavatda turasiz? — deb so‘radi Elias.
— Yettiinchi.
Elias hayron bo‘lib unga qaradi.
— Men ham.
Lara kulib yubordi.
— Rostdanmi?
Lift yettinchi qavatga ko‘tarildi.
Eshik ochilgach, ular birga tashqariga chiqishdi. Bir necha qadam yurib, ikkisi ham bir vaqtda to‘xtadi.
Laraning uyi.
Eliasning uyi.
Yonma-yon.
Lara bir necha soniya eshik raqamlariga, keyin Eliasga qaradi.
— Shunday qilib... biz qo‘shni bo‘lib chiqdik-a?
— Ha, — dedi Elias kulib. — Lekin men hali ham bitta narsani tushunolmayapman.
— Nimani?
— Qanday qilib shuncha vaqt bir-birimizni ko‘rmay yashaganmiz?
Lara yelkasini qisdi.
— Men o‘qish va chet elga kirishga tayyorgarlik bilan band edim. Balki shuning uchun sizni payqamaganman.
— Men ham o‘qish va ish bilan band edim.
Ular bir-biriga qarab kulishdi.
— Bundan keyin, albatta, har kuni ko‘rishamiz, — dedi Elias.
Lara jilmaydi.
— Balki.
U eshigini ochdi.
— Xayr unda, Elias.
— Xayr, Lara.
Lara uyiga kirib ketdi.
Elias esa bir necha soniya uning yopilgan eshigiga qarab turdi.
U Larani ikkinchi marta ko‘rgan edi.
Ammo endi ularning oldida atigi o‘ttiz kun emas, har kuni uchrashish uchun imkon bor edi.
Va Elias hali bilmasdi...
bu qo‘shnichilik uning hayotidagi eng chiroyli tasodifga aylanishini.
vawwe zoor qogan boblarini ham kutib qolaman😍
yoqqanidan xursandman, tez orada chiqadi❤️