Yoz fasli. Mevalar g‘arq pishgan payt. Biz domning 4 chi qavatida turamiz.Domning orqa tarafida kichkina yerchada olcha daraxti bor,atrofi panjarali. Men doim daraxtni tepadan kuzataman. Olchasidan juda yegib kelganidan daraxt ustiga sakrab tushib, mevasidan yeb otirgim keladi. Lekin juda balanddamizda sakrolmayman. Nega atrogini panjara bilan o‘rashgan ekan a? bizni u yerga qoyishmaydi egasi juda yomon.
Pastga tushdim. Bitta sariqdan kelgan achki taqqan amaki bizni uydagi buyumlarni damas moshinasiga toshiyapti. Ruslarga oxshar ekan. Unga qarab turibman:" Kel sorashmaysanmi"dedi. Oldiga borib sorashdim. Va joyimga qaytib turib oldim. Biz kochyapmiz ha qishloqqa kochib ketyapmiz.
Yoldamiz. Moshina ichi juda issiq qoq abet vaqti. Ancha yol yurdik. Qishloqqa kirar ekanmiz derazadan qandaydir yoqimsiz hid urdi . U devorga yopishtirilgan loylardan kelardi. Chang kochalar yurganimiz sari mashina orqasidan tuman bolib ketardi changlar. Mahallamizga kelib qolganimizni aytishdi. Men attofga qaradim sekin onga burildik. Ne kozlar bilan qarayki mahallaning boshidan to oxirigacha olcha daraxti edi. Vooy bunchalar kop bolmasa bular... Har bir uy eshigi tagida 2 3 tadan olcha daraxti bor edi rosa pishgan qip qizil meni ye meni ye degandek go‘yo. Atrovida esa panjaralar yoq. Shahardagi olcha daraxtini oldiga yaqinlasholmasdik bularni egalari sokmasmikan a?...
Qiziq... sen bir tup olcha daraxtiga zor bolib turgan paytingda, Alloh senga olchazorni bersa.. to‘g‘ri u paytda bu narsalarni tushinmasdim. Lekin bu hozir bularni eslasam Allohimning mojizasiga hayron qolaman.
Uyga kirdik narsalarni joylab tushirginimzgacha kech kirdi . Haligi sariq amaki shashlik pishirdi begona chehralar kop. Hech birini tanimayman . Bilganim u dadamning qarindoshlari. Keyin hamma ketdi uxladi havo boshqacha sorida yotibmiz osmonda yulduzlar bunchalar kopligini endi bildim. Judayam chiroyli manzara. Kechasigacha uxlolmadim. Toxta xoroz qichiqiryaptimi kechasiya. Ha yarim tun bolgandayam xoroz qichiqrarkanda a. Oldin eshitganlarim boyicha bemahal qichqirgan xorozni soyish kerak ekan. Endi bildim nega bunaqa gap borligini uxlab yotgan payting qichiqrsa o‘ldirging kelarkan.
Ertasi kuni mahallaga chiqb birinchi qiladigan ishim olcha yeyish bo‘ldi avvaliga qo‘rqtim buni egalari so‘kmasmikan deb keyin bilsam bu yerdagi mevalar mahallaniki deyishti bemalol yeyaverar ekanman. Kim meni ko‘rsa "Ha shaharlik" deb qo‘yardi. Bu yerdagi uylarning hammasi kavlangan ya‘ni chuquur chuqur ular uylarini qumlaridan g‘isht quyishar ekan. Deyarli hamma uy shunaqa... Atrofdagi kop uylarning eshigi yoq yoki taxtadan qo‘lbola qilib yasalgan eshiklar . Atrofdan har xil hayvonlarning ovozi.. Mahallada men bilan teng yoki hech bo‘lmasa kottaroq bola yoq hammasi kotta kotta yigit qizlar, xolalar ,amakilar edi zerikarli.
Meni yangi maktabga joylashtirishdi. Kuz keldi maktabga bora boshladim. Qishlog‘imizdayam maktab bor ekan lekin onam meni snetrdagi maktabga berdi . Mashinada qatnar ekanman. Sentr bo‘lishiga qaramay bolalarni kopi qishloqdan edi. Boshida ko‘pi meni yomon ko‘rdi chunki harakterim judayam rasvo edi. Xulqim yaxshi emasdi. So‘kinardim tengma teng o‘g‘il bolalardek . U yerni bolalari ham menchalik emas edi. Axr men ko‘cha qiziga aylangandimku...
Yillar o‘ta boshladi.. sekn qishloqqa ko‘nika boshladim. Qoshnilarimiz juda yaxshi . Maktabgayam borib kelyapman. Sinfdoshlarim ham yaxshi .Lekin o‘g‘il bolalar bilan umuman chiqishmayman. Nimagadir... ko‘p urishaman o‘zi urishqoq qopol qizman . Ular ham meni yoqtirishmaydi.
Kop narsalarga etibor bermay qoydim sovuqqon bo‘la boshladim anchagina...
Maktabdan chiqtim. Mashinalar turadigan bekatga ketyapman. Yo‘lda ketayotsam yonimdagi amaki bizni qishloqni nomini aytib chaqiryapti o‘girilib qaradim. Qarasam mashinani ustidagi qog‘ozdayam shu nom. Voybu nargi tarafga o‘tib yotibman ekan mana shu yerda ham borakanku bizni mashinalar dedimda darrov chiqvola qoldim. Keyin ketyaptursak boshqa yol. Hayron bola boshladim, oyladim ha bu shafyorni biron ishi bolsa kerekda qaytsak kerak yoki bu odam boshqa yol orqali borar dedim jim ketdim. Sal otib mashina toxtadi va hamma tushdi. Yetib keldik qizim dedi shafyor amaki . Voy men bu yerga kelmass edim dedim. Qayerga borishing kerak edi qizim deb soradi . Qishlogimning nomini aytdim. Ha adashibsan qizim bu usha qishloqning kattasi yani bizda kotta qishloq kichik qishloq degan narsa bor. Togri men kichkinasiga borishim kerak edi dedim. Keyin bitta opa yur men bilan men ush atarfgacha boraman yolni korsatvoraman ozgina yursang sening qishloging dedi mayli dedim va orqasidan ergashtim. Ketyapmiz issiq qoq abet. Yollar chang oyoq kiyimim qumga belandi. Mana men uyimga keldim dedi haligi opa. Sen shu yerdan togri yursang qishlogingni sentiridan chiqasan dedi. Raxmat dedimda yolimda davom etdim. Rost aytgan ekan azgina yurganimdan keyin sentirdan chiqtim . Uyogini endi ozim bilaman ketaverdim. Uyga kelsam ancha kech qolibman axr yolda qolib ketdim. Onam sababini soradilar adashib qolganimni aytsam ehtiyot bolib yur endi u yerdan chiqma bu bekatga kel dedilar hop dedim.
Lekin menga bunaqa narsalar bunaqa voqealar juda yoqardi. Adashib qolganimdayam zarracha qorqmadim. Hafa ham bolmadim. Shu yerlarda qolib ketsamchu uyimni topolmasamchi degan tuygular yoq edi. Men sarguzashtlarni yoqitiraman. Bir xillik men uchun emas. Mazza boldi esda qolarli. Ajoyib.
Men ulgaya boshladim aslida ulgayib bolgan edimkuu ha unda aqlan ulgaygan bolsam hozr esa yosh jihatdan ulgaydim.
Men maktabda yaxshi oqiman. Tez oqish bellashuvida lidrman. Ustozimiz bellashuvdan bir kun oldin hammaga bitta hikoya tanlab mana shunga tayyorlanib kelinglar deydi. Va biz tayyorlandik . Ertasi kuni hamma oqidi va men yana doimgidek lidr boldim. Lekin ustozimiz sen boshqa mavzuni oqisan dedi va boshqattan bellashasan dedi. Bali men bilan sal kam teng bolib qolga qiz bor edi u bilan oqilmagan mavzuda bellashdim u esa kechagi berilgan mavzuda galatimasmi. Men undan 2 ta kam oqidim va 2 chi orinni oldim. Alam qilib ketdi. Jaxlim chiqti lekin indamadim. Bir kun hamma gap tuzsin dedi ustoz. Men bir hikoyacha yozib bordim . Va kozlariga qarab maqtashini kutardim juda hayajonda edim. U esa dafarimni olib qoldi joyingga otiraver dedi. Keyin kutdim hammani daftari tarqatildi . Ochsam 4 baho. Ustoz meni yozganimni oqigan lekin u husnixatimga baho bergan edi. indamadi,shunchaki 4 edi baho. Qaytib yozishga qiziqmadim.
Bir kuni stulimni tagidan daftar topib oldim yangi kimniki deb sorab otirmadim va stulimni ustiga qoyib qoydim. Keyin ustoz oquvchilar Madinaning daftari yoqolib qoldi kim oldi dedi . Men uni o‘g‘irlamagandim yerdan topib olgandim. Ustoz tinmay kim ogirladi deb baqirardi. Men jimman.Aytolmadim axr. Hamma ustimdan kulishidan qorqtimda. Keyin dars tugagandan keyin ustozni oldiga borib mana ustoz men yerdan topib olgandm lekin ogirlamadim dedim ustozim indamadida mayli deb qoyoqoldi. Kunlar o‘tti bir kuni ortogimizni 1000 som puli yoqolib qolibti. Kim oldi dedi yana ustoz. Hamma jim. Ustoz meng qaradi va hammani oldida somkangda qancha pul bor dedi. Anigini bilmasdim chunki menda doim kop pul yurardi yolkiro ham abetga yegani narsaga ham pul berardi onam. Bilmayman dedim. Olchi dedi ustozim. Ustoz men olmadim dedim. Pullaringni hisoblaymiz koproq chiqsa ortoginga berasan dedi. Hisoblaymiz dedimi hisobini ozim bilmaymanku qanday hisoblaymiz . Ana mana qilib 1000 somini ortogimga olib berdi 10 mingdan oshiq pulim bor ekan. Alam qilib ketdi axr men olmagandimku. Menda kerak bolsa butun sinf qornini toydirsa boladigan pul yuradi qanday qilib uni 1000 somini olishim mumkin. Uni 1000 somiga qorin toyarmidi keyin somkamda shuncha pul turib uni 1000 somini boshimga uramanmi. Ha tushinarli otgan safargi voqeadan keyin ustoz mendan shubhada.
Bo‘rini yesayam og‘zi qon yemasayam.... ustozimni yomon korib qoldim. Menga qilgan ishidan keyin zarracha hurmat qilmay qoydim ozidan korsin tuxmat qilish mana shunaqa boladi.
Odamlar g‘alati hamma g‘alati hamma ahmoqdek tuyiladi. Bila turib koz yumish indamaslikka organasan asta asta...qoy deysan ahmoqligicha qolsin deysan.