Kochadaman, havo biram yaxshiki atrofdagilar boshqacha birovni birov bilan ishi yoq. Ana naryoqda bitta qizaloq yiģlayapti onasining qolida telefon, Bitta bolacha tinmay ozidan kottaga sokinyapti, ayollar semichka chaqib, baqir chaqir qilib kulishyapti namuncha qattiq kulishmasaya...
Biz shaharda yashaymiz shahar hayoti boshqacha. Qishloqda hammani xòrozlar qichqirib uygotsa bizda xolalar kelib "sut, qatiiiq qaaaymoooq"deb uygotishadi. Menga ularni qaymoģi juda yoqadi, darrov turamanda onamdan pulni olib qaymoq olishga tushaman va qaytishda issiq non olib kelaman. Issiq non bilan qaymoq juda ketadida.
Aytmoqchi sizga ozimni tanishtirmabmanku. Mening ismim Mira hozir yoshim 21 da lekin bu voqealar 9 yoshligimda bolgan...
9 yoshli qizlaloq...
Men maktabda oqiman maktabimiz 2 ta dom narida. Maktabga ketishda singlimni ham boģchaga tashlab òtishim kerak u esa juda qaysar. Yòlimizda bitta dokoncha bor usha yerdan òtib olsak marra bizniki agar korib qolsamii narsa oldirmay qoymaydi.pul bolsakuu boshqa gap, yoq bolsa nima qilaman u esa buni tushinmaydi yiģlagani yiģlagani.
Ota onangchi deysizmi ota onam bor yani otam bilan onam ajrashgan. Men onam bilan ògay dadam bilan birga yashaymiz. Otam yomon emaslar darrov ogay desa yomon òylamang. Ular tong sahar ishga ketishadi. Shuning uchun singlim men bilan.
Hayotimni òzgartira boshlagan va meni tarbiyamga tasir qila boshlagan voqealar.
Kochada oynab yurgan edim. Bir qiz ozimdan 1 2 yosh kotta menga qarab " Ha yetimcha"dedi. Achchiģim chiqti va men yetimcha emasman dedim. "Yoq sen yetimchasan yetimchasan dedi" yiģlavordim va yugurib onamni chaqirdim va onam keldidaa. Nima bolyapti qizlar dedi. Hech narsa bòlgani yoq xola qizizni òzi kelib bizga òzidan òzi sokinyapti dedi. Meni oģzim ochilib qoldi axr bunday demadimku. Onam menga qaradi. Ona aldayapti dedim. Va birdan ozimni yaqin deb bilganim dòstim kelib uning gapi tòģriligini takidladi. Onam esa kelib menga tarsaki tushirdi va uyga dedi....
Jim... Nimani his qildingiz shu onda. Men aytaymi. Insonlar haqiqatdan kòra yolģon gapga koproq ishonishadi. Dòstlarga ishonib bòlmaydi. Bazan yaqinlaring ham yoningda turmaydi. Mana men tushingan anglagan narsalar qalbimda nimalar òtganini his qilyapsizmi? Umid bilan chaqirgan onangiz sizni himoya qilish orniga ishonmasa tarsaki tushirgani uning oldida hech narsa emas. Yaqiningman deganing yolģan gapni maqullasa, seni sotsa qanday ahvolga tushasan? Bu oddiy voqeadir lekin 9 yosh qizcha uchun judayam kotta narsa. Onam uyga kirdida "Kochada gap kochada uydagi gap uyda qolsin muammolaringni bugundan boshlab ozing hal qil" dedi. 9 yosh qizchaga....
Va men usha onda kotta boldim bir necha yilga ulģaydim.. Hechqachon muammolarimni aytmaslikka ahd qildim.
Maktabdan qaytyapman. Bolalar mazza qilib òynashyapti. Bolalarga oģzib ochilib ana velesipetdagi amakiga urilib ketdim. Vaay ana mening birinchi avariyam . Boshim aylanib kettiya. Kechirasiz amaki qaramay qoldim. Men juda qiziquvchanman ham nimani sinab kòrgim keladi va mana hozr ham velasipedga urilib ketganimga ranjish, yiglash orniga xursand bolib otiribman. Lekin boshqacha bolarkansiz. Menga kutilmagan voqealar yoqadi. Uyga kirdm kiyimlarimni almashtirb kochaga òyanagani chiqtim. Orqa domdagi bitta qizni 2 ta akasi bor. 2 ta aka bilan òsganigami ògil bolaga òxshedi, sochlariyam òģil bolalarnikidaka kalta. Meni òldimga 2 akasi keldida; "Meni singlim bilan urishasan" dedi yani kuch sinashasam dedi. Men qorqtim avval hech urshmaganmanda. "Qòrqoq, qòrqoq" deb masxara qila ketdi. Menga esa bu alam qildi va rozi bòldim. Jang boshlandi, urishyapmiz men yiģlab yubordim urush tugadi.. ular " Ha latta ekansankuu latta bor endi sen bu kochadan yurmaysan, bu yol meniki "dedi haligi qiz. Bu qiz esini yeganmi axr maktabga shu yoldan boramanku. Yiglaganimcha uyga yugurib ketdim. Lekin eshik oldida koz yoshlarimni artdim. Axr ozimga vada berganman. U qizga havasim keldi. Ikki toģdek himoyachi akalari bor. Qani edi mendayam akalar bòlsa. Yòq òzim akaga aylana boshladim. Ozim uchun.
Ertasi kuni maktabga ketyaptursam yonimdan usha qiz chiqti va men senga nima dedim dedi bu kochadan endi yurmaysan dedi aytganimdek maktabga shu yoldan yurishim eng yaqini, bolmasa aylanb otishimga tòģri keladi. Iloji yoq aylanib òtdim va ģazablandim qaytay bugun sen bilan urushiman va seni bu kochaga chiqmaydigan qilaman dedim. Yoshim esizngizdami???
Kochadaman... Juda shovqin. Stullarda katta xolalar ģiybatlashib otirishbti. Kuz fasli xazonrezgilik,havo judayam ajoyib, hammayoq oltin rangda... Ortoqlarim yani sinfdoshlarim bilan oynayapman. 4 kishimiz idishtovoq lar borku kichkina kichkina anashularda ovqat qilib òynayapmiz . Hammamiz uyimizdan non, pomidor shunga òxshash mayda chuyda narsalar olib chiqtik. Bir qizimiz olib chiqmapti qizlar uni ajratib qoydi. Meni unga rahmim keldi va qizlarga u bilab oynamoqchligimni aytdim ular agar ketsang qaytib qoshmaymiz dedi mayldi dedim va u bilan qum òynagani òtdim . U esa biroz òynadida sen bilan òynamayman uydan hech bòlmasa non olib chiqaman ular bilan òynayman dedida kirib non olib chiqb ular bilan òynashga tushti. Qizlar menga qarardi "Yana qaytib kelsa qoshmaymiz aa "derdi meni esa haliyam qaytgim yoq edi ģururim kuchli edi indamasdan uyga kirib ketdim. Va yana bir narsani tushindimki insonlar yaxshilikni bilishmaydi ularga yaxshilik qilib bolmaydi ular nonkor bolar ekan dedim.
9 yosh qiz nimalarni òylayapti va nimalarni tushinishga majbur bolyapti . U hozr onasiga musqaymoq olib bering , dada uni kiygim kelmayapti boshqasini olaylik. Dadajon anavi bola meni sensiradi, u bola meni sokdi urushib bering , dadajon shkaland yegim kelyapti... Onajon Dadajonlardan iborat bolishi kerakmasmidi
Ota onasi bilan birga yurgan bolalarga juda havasim keladi va miyyamda bir savol aylanadi "Dadajon qiyinmidi shu onlarni berish birga sayr qilsak maylidi musqaymoq olib bering demasdim, qiyinmidi dadajon argimchoqda uchirish boģga oboring demasdim, qiyinmidi qollarimdan tutish men bormankuu qizim deyish avzalmidi mendan bizdan avzalmidi usha siz yashayotgan hayot.....
Kop narsani inson kòchada òrganadi...
Va men hikoyamni endi boshladim va hali davomi bor Azizlarim...
Бошка ёми... ❤️🩹