-Zari...-Bahodir akamni ismimni aytib chaqirishi hayolimni buzdi. U tomon qaradim-shifokor keldi.
U o'rnidan turib, tashqariga chiqib ketdi. Uning ortidan Akbar ham chiqdi. Faqat men va otam qolgandik. Otam oyog'imga qaragancha o'ychan o'tirardi. Uning ko'zida qandaydir dard bor edi.
-dada...-u men tomon sergaklandi. Unga mayin tabassum qildim. U ham menga javob qaytardi. Bu horg'inlik men sababli ekanini bilardim - hammasi yaxshi. Men yaxshiman.
U menga mehr bilan qaradi. Men bu mehr to'la nigohni qayta xech qayerdan topolmasam kerak.
U nimadir deyishidan oldin, xonaga shifokor va aka-ukalarim kirib kelishdi.
Shifokor bilan ikki hamshira ham keldi. Akam oyog'im tagiga kichkina stol qo'ymoqchiligida shifokor to'xtatdi. Qaychi bilan shimimni tizzamgacha bo'lgan joyini qirqib, yaramni tekshira boshladi. Keyin esa otamga manoli qarash qilib, xonadan chiqib ketdi. Xonada faqat ikki hamshira qoldi. Hamma shifokor oldiga chiqib ketdi.
Birozdan so'ng qaytib kelishdi.
-yarani tozalang!-shifokor buyruq berdi hamshiralarga.
-opamga hamshiralar emas siz qarang!-Akbar asabiy ohangda dedi.
U akamga bir qarab qo'ydida yerga o'tirdi. Yaramni tozalarkan, har tekkanida og'riq berardi. Buni bildirishni istamadim. Bir nuqtaga qarab o'tiraverdim. Iloji boricha hissiz bo'lishga harakat qildim. Bu og'riqni ham yengib o'taman. Bu xech narsa emas.
-o'rningdan tur-kichkinagina bo'lib yugurib yurganimda yeqildim.
-oyog'im og'riyapti-otamga qarab yeg'lagudek bo'ldim.
-bu og'riq seni o'ldiradimi?-otam men tengi o'tirdi.
-yo'q...
-yodingda tut, seni o'ldirmaydigan har qanday og'riq, seni kuchli qiladi. Endi esa o'rningdan tur.
-tursam og'riydi-unga mo'ltiradim.
-tanangda yoki ruxingda og'riqni his qilasan. Huddi hozir sening joningni oladigandek tuyuladi. Ich-ichingni yemirsa ham o'lmaysan. Atrofingda esa bu og'riqdan aziyat chekayotganingni ko'rib lazzatlanib turganlarni ko'rasan. Aslo ichingdagi og'riqni tashqariga chiqara ko'rma. Ular lazzatlanmasligi uchun o'rningdan tur. Xech nima bo'lmagandek yur va o'zingga ayt. Tinmay qaytar, o'tib ketadi... o'tib ketadi!
Otam qo'lini cho'zishi bilan unga tayanib o'rnimdan turdim. Men atigi yetti yoshda edim. Og'riyotgan oyog'imga ham etibor bermadim. Yurib ketarkanman, ortimga qaraganimda menga faxr ila boqib turgan ko'zlarni ko'rdim. O'shanda otam menga doim qayta turolishni o'rgatgan. Otam meni kuchli qilib o'stirgan. Mem unga munosib farzand bo'lib o'sganman. Va o'sha nigohlar doim menga faxr ila boqadi. Shuning uchun ham doim o'rnimdan turaman. Hatto oyog'im uzilib tushsa ham!
O'sha kuni shifokorlar o'qni olib tashlolmasliklarini, o'q noto'g'ri joyga urilganini aytishdi. Otam meni nogiron bo'lib qolishimdan cho'chidilar. Otamni faqat bizga nimadir bo'lishi cho'chitolardi. Unda bor hamma narsa bizmiz.
O'shanda butun shifoxonani oyoqqa turguzishdi. Ohiri bir chora topishdi. Chetda operatsiya qiladigan joy borligini bilishdi. Ikki kun ichida o'sha yerga uchishimizni aytishdi. Lekin bu shoshilinch qaror edi.
Otam tinmay shoshiltirardi. Hozir vaziyat yomon edi. Erkaklar shu yerda qolishgani maqulroq edi. Ohirgi mashmashadan keyin o'sha oila bizga dushman bo'lib qolgan bo'lishi mumkin edi. Yana o'shaning ikki odami bizda. Har mahal tayyor turish kerak. Bunday paytda kimdir men bilan ketganda uyda otishma bo'lsa o'zimni kechirolmasdim.
Lekin otam qo'ymadi. Bahodir akam bilan ketishimni aytdi.
Sog'liq bilan o'ynashib bo'lmasligini qayta-qayta takrorlardi shu kunlarda.
-ota! O'zim borib kelolaman-unga yana o'sha gapni aytdim.
-yetimmisan sen?-jahl qildi.
-o'lar ahvolda emasmanku! Akam shu yerda qolgani maqul. Mendan ko'ra ko'proq sizga kerak u.
-nima kimgadir muhtojga o'xshaymanmi?-ko'zoynagi tagidan qaradi.
-men u manoda aytmadim. Muammolar yetalicha ekanini bilaman. O'zingiz qolishingiz...
-Akbar o'ldimi? Nega o'zim qolaman?!
-ota-unga hafsala bilan qaradim.
-menga sog'lig'ing kerak. Menga sen keraksan. Kerakmas odam bo'lganingda edi, o'zidan o'tdi, cho'loq bo'lib yuraversin derdim.
Bunday gaplarni otamdan kamdan-kam eshitardim. Faqat o'zimga nisbatan. Yagona qiz bo'lganim uchun meni doim erkalardi. O'g'illariga bunday qilmasdi. Ularni qahri qattiq qilib o'stirishni istardi. Shunday bo'lyapti ham.
Otamning majburlashlari sabab chetga chiqishga majbur bo'ldim. Bahodir akam ham men bilan edi. Lekin u o'z istagi bilan men bilan edi.
Samolyotda deraza tomonda o'tirishni yaxshi ko'rardim. Men butun dunyo ustidan uchib ketayotgandim. Hayotim tavakkallardan iborat bo'lgani uchunmi, bu narsa meni qo'rqitolmasdi. Hozir samolyot qulasayu, o'lish soniyam yaqinlashsa bir narsa uchun achinardim. Mening armon bo'lib qolgan ikki orzuim bor edi. Bulardan biri Parij. Ikkinchisi esa onam. Butun dunyoni ko'rgan bo'lsam ham bu ikki joyga xech bormagandim. Ularni eng baxtli kunimga asrab qo'ygandim.
Somolyotdan tusharkanmiz, men nogironlar aravachasida edim. Akam meni aravada sudrab yurardi. Albatta dars ketgan tizza bilan yurish azob edi. Yurolmasdim ham. Tizzamda o'q hamon mavjud.
Buni hisobini tuzalib olganimdan so'ng albatta so'rayman!
Shaharga kelganimizdan so'ng birinchi qiladigan ishimiz mexmonxonaga joylashish bo'ldi. Keyin esa shifoxonaga borish.
- bugun olib qolib, operatsiya uchun tayyorlaymiz. Ertaga operatsiya qilishimiz mumkin. - dedi oyog'imni tekshirayotgan ayol inglizchada.
- qanchada to'liq tuzalib ketadi? - akam ham inglizchada so'radi.
- operatsiya unchalik katta bo'lmaydi. Uzog'i bir haftadan so'ng bemalol yuroladi. - ayol yuzidagi niqobini qayta taqib, joyiga o'tirdi.
Birozdan so'ng aravacha olib kelib, meni palataga olib kirib ketishdi. Akam esa ertaga kelishini aytib, mexmonxonaga ketdi.
Kechga yaqin otamga videoqo'ng'iroq qildim. Ko'targanda biroz charchagandek ko'ringani uchun ko'p gaplashmadim. Shundan so'ng yuragim g'ash bo'lib qoldi. Kayfiyati yo'qligi shundoq ovozidan sezilib turardi. Qiziq nima bo'lgan bo'lishi mumkin? Yoki men sabablimikin?
Keyinroq Akbarga telefon qildim. Lekin Akbar xech ko'tara qolmadi. Keyinroq esa "bandman" degan habar jo'natdi. Menimcha biz yo'g'imizga hamma ish uning bo'yniga tushgan. Balki shuning uchun javob berolmayotgandir. Shaharga borganimizdan so'ng hammasi yana o'z o'rniga tushadi.
- yaxshimisan? - palataga kirib kelgan akam so'radi.
- shu oyog'imdagi lanati o'q olib tashlansa yaxshi bo'laman. - javob berdim.
- menimcha bir soatdan so'ng yaxshi bo'lasan. - tabassum qildi.
Shifokorlar xonaga kirib kelishdi.
- xonimni operatsiyaga tayyorlashimiz kerak. - dedi hamshiralardan biri.
Akam bosh silkib, xonadan chiqib ketgach, kiyimlarimni almashtirishga ikki ayol yordamlashdi. Shifoxona kiyimini kiyganimdan so'ng, meni yotoqdan zanbilga olishdi. Xonadan olib chiqib, yo'lak bo'ylab olib ketishdi. Yo'lak ohirida tepasiga "operatsiya xonasi" deb yozilgan, xonaga olib kirishdi meni. Qo'limga qisqichga o'xshash narsa ulashdi. Yana bir nechta narsalardan so'ng qo'limdan narkoz dori jo'natishdi.
Igna tomirimga kirishi bilan bo'shashib ketdim. Men qarab yotgan tomdagi chiroqlarning har biri ikkitadan bo'lib ko'rinishni boshladi. Shifokorlarning gaplari qulog'imga tiniq eshtilmasdi. Ko'zlarimni og'ir yumdim. Ortiq xech narsani his qilmay qoldim.
Ko'zlarimni ochdim. Cheksiz dalada edim. Poyoni yo'q yashillik. Egnimda esa oppoq ko'ylak. Shunchaki tentirab yurardim. Oyog'im ostidagi toshni tepdim. U esa dumalab borib, kimningdir oyog'iga tegib to'xtadi. Qarshimda menga tabassum qilgancha onam turardi.
- oyi?! - yuzimga tabassum yugirdi. Tezda uning quchog'iga otildim.
Qora, jingalak sochli, jigarrang ko'zlari kulib turardi. Ko'rinishi men ohirgi marotaba ko'rganimdek yosh edi. Egnida menikidek bezaksiz oppoq ko'ylak.
- qizalog'im -sochlarimdan siladi.
-qayerda edingiz? - quchog'idan chiqib so'radim.
- ketishga majbur bo'lgandim.
- qayting oyi... iltimos. Sizni sog'indik.
- qizim, mening yagonam... endi mening boshqa oilam bor. Ularni tashlab ketolmayman.
- bizchi? - unga havsala bilan qaradim.
- ... - undan javob kelmadi.
- oyi, gapiring! - g'azab bilan tikildim unga.
U xech narsa demadi. Shunchaki peshonamdan o'pib, meni qayta quchdi. Uzoq shunday quchib turdi. Uni qucharkanman, bizdan ancha uzoqda otam bizga termulib turganini ko'rdim.
- ota?! - u tomon bormoqchi bo'lganimda, onam shunchaki qo'limdan ushlab turib, yurish niyati yo'qligini ko'rdim.
- oyi? - unga hayron qarab yurishiga ishora qildim. U esa boshini yo'q ma'nosida qimirlatdi. Unga alam bilan tikildim. Otam tomonga yurishga endi shaylanganimda onamning qo'li qo'limdan sirg'alib tushib ketdi. Unga qarab qo'ydimda, otam tomonga yugurdim. Otamni mahkam quchoqladim. Ortga qaraganimda esa onam qo'lida boshqa qizni ko'tarib turardi.
- u onangning boshqa farzandi - otam menga asta dedi.
Unga alam bilan qarab qo'yib, otamni mahkam qo'lidan ushladimda oldinga qarab yuraverdim. Ortimga bir marotaba qaradim. Onam o'sha qizni bag'riga bosib, erkalab turardi. Endi uning boshqa qizi bor..."
Ko'zlarimni og'ir ochdim. Tepamda o'tirgan akam buni darhol payqadi shekilli baqirgancha shifokorlarni chaqirdi.
- ahvoli yaxshi. - dedi shifokor meni tekshirib bo'lgach. -ertaga olib ketishingiz mumkin.
Tushimda ko'rganlarimni hayol surib yotardim. Bu huddi real hayotga o'xshardi. Hayotimning kichik spoileri. Nimagadir onamni ko'rishga bo'lgan ishtiyoqim tushib ketgandi. Oradan necha yillar o'tgan bo'lda ham, uni ko'rishni istardim. Quchoqlashni, yana qayta "oyi" deyishni. Men ham farzand edim. Uning farzandi. Bolaligim bo'lmagan bo'lsa ham.