Kuzning ilk kunlari. Soat necha bo'lganini bilmayman. Ko'zimga quyosh nuri tushgani uchun uyg'ondim. Yana uxlashga harakat qildim. Lekin quyosh nuri sabab bu xech qo'limdan kelmasdi. Turib pardani yopay desam, uyqim o'chib ketishi mumkin. Bu lanati pardani kim ochdi o'zi.
-Zarina!-eshik ochilib ukamning boshi ko'rindi. U ruxsatsiz xonaga kirdi. Og'zida nimadir chaynagancha befarq telefonga qarab kirib keldi.
-kirishing mumkin Akbar!-kesatdim.
-uzr...-u o'sha befarq to'nni buzmay gapirdi.
-tezda xonadan chiq. Betarbiya! Qiz bolani xonasiga bostirib kirishni qayerdan o'rganding?-yuzimni ko'rpa bilan yopdimda uxlashga harakat qildim.
-dadam chaqiryapti! Shuning uchun...
-nima?-eshitgan gapi sabab o'rnimdan turdim-u keldimi?
-allaqachon!-shu payt o'rnimdan turdimda, uni chiqarib yubordim. Tezda yuvinish xonasiga kirib, yuvinib chiqdim.
Kiyim tanlashga vaqtim yo'q edi. Oddiy shim bilan qora futbolka kiydim. Yelkamdan biroz tushib turadigan sochimni shunchaki yoydim.
Yugurgancha birinchi qavatga zina orqali tushdim. Kirishdagi yo'lakka ulanib ketgan xonadan ovozlar eshtilib turardi. Menimcha hamma shu yerda. Yugurib kirarkanman, ichkarida kulgancha o'tirgan hammaning ko'zi menga tushdi. Xech kimga etibor bermay, divanlardan birida o'tirgan otam tomon yugurdim. Meni bag'riga bosib turdi.
-yaxshi keldingizmi?-uning yuziga qarab, so'radim.
-raxmat, qizim-peshonamdan o'pib qo'ydi.
-bu qiz faqat otasini yaxshi ko'radi-ortimdan akamning ovozi eshtildi.
-nega sizni ham yaxshi ko'raman-otamni qo'yib yuborib, akamni quchdim.
-men ham yaxshi keldim-u kesatdi.
-menga nima olib keldingiz?-boshimni ko'tarib unga qaradim. U menga hafsala bilan qarab turardi.
Unga savol nazari bilan qaradim. U menga biroz tikilib turdida dedi.
-otxonangga kirsang ko'rasan-ko'zlarim kosasidan chiqib ketay dedi. Quvonchim ichimga sig'masdi. Tezda uydan chiqib, uyning orqa tomoniga yugurdim.
Otlar kishnashi va bir nechta ishchilar ovozi kelib turardi. Otxonaning tashqarisida esa yangi otni yuvintirishardi. U oppoq rangda, hali uncha katta emasdi. Yugurishdan to'xtab, sekin yura boshladim.
Ishchilar meni ko'rib, otdan biroz uzoqlashishdi. Ot hali begona bo'lgani uchun kishnab, o'ziga kelolmasdi.
Uni boshidan silashim bilan kishnashdan to'xtadi.
-uni yaxshilab yuvintiring, kasal emasligiga ishonch hosil qilib...
-nima senga kasal ot olib kelarmidim?-ortimdan akamning ovozi eshtildi.
-kasal emasligiga ishonch hosil qilib, boshqa otlarga qo'shing. Ovqatiga vitamin qo'shish yodingizdan chiqmasin.
Akam bir yelkamga qo'lini qo'ydi. Unga qaradim. Sochlari biroz jingalak, jigarrang rangda. Quyoshda tovlanadi. Baland bo'yli, bug'doy rang. Jigarrang ko'zli, uzun kiprikli yigit.
Meni yelkamdan quchgancha otxona bo'ylab sayr qilardi.
-ancha katta bo'lib qolishibdi-otlarni ko'zdan kechirib, gapirdi.
-albatta, bularni katta bo'lgungacha qanday qaraganimni bilmaysiz.
-qo'llaring dard ko'rmasin-bir qo'limni olib o'pib qo'ydi.
-Angliya qanday?-u bilan gaplashish menga zavq berardim. Tabiattan og'ir, bosiq. Men bilan ukamdan ko'ra ancha sokin. Balki katta farzand bo'lgani uchunmi.
-ajoyib! Odamlari ham tushunadigan.
-qachon meni ham olib borasiz?-kuldim.
-qachon istasang!
-rostanmi?-unga ayyorona qaradim. U "ha" degandek bosh silkidi-kettik.
Qo'lini ushladimda uyning oldi tomon tortiqiladim.
-qayerga?-kuldi u.
-Angliyaga!
-o'zi endi keldimku!-joyidan to'xtashi bilan boshqa sudrolmadim.
-bo'pti, unda ertaga.
U gapimga shunchaki kulib qo'ydi. Boshqa gapirmadi.
-u yer sen o'ylaganchalik havfsiz emas. Ayniqsa taniqli mafia oilasining xonimi uchun.
U keyinroq bosiqlik bilan tushuntira boshladi.
-menga farqi yo'q. Akbar bor, Bahodir bor-unga ko'z qirim bilan qarab qo'ydim.
-kim?-u kuldida meni dast ko'tarib oldi.
-sen, Bahodir!-senlaganim uchun meni otxonaning ahlat ajratiladigan yeriga olib bordi.
-yana qaytaraman, kim?-kulgancha u meni ahlat ustiga otishga shaylandi.
-siz, siz. Akajonim meni-ko'ksiga bir, ikki urdim. U meni sekin yerga qo'ydi-to'rt yosh xech nimani o'zgartirmaydi. Tushundingmi, Bahodir?
U menga yalt etib qarashi bilan ortimga qaramay qochdim. U esa ortimdan quvishni boshladi. Oldi hovliga o'tganimizdan so'ng, uyga kimdir kelganini bildik.
Uyimiz juda katta bo'lib, katta hovli bor. U yerda ikki bino, birinchisi yashab turgan uyimiz. U uch qavatdan iborat edi. Ikkinchi binoda esa, ikki qavat ko'ringani bilan yerto'lasi hisobiga uch qavat.
Ikkinchi binoda "mollar" saqlanadi. Yerto'lasida esa mashq zallari, qiynoq xonasi yana shunga o'xshash xonalar.
Uyimiz ortida otxona. Uyda xonalar juda ko'p va har biri katta bo'lgani uchun orqa tomon uzoq. Va u yerdan turib, uy oldidagi ovozlarni eshitish biroz qiyin. Mashinalar ovozini shuning uchun sezmaganmiz. Bahodir akam boshini tik tutgancha uyga kirdi. Ortidan esa men.
Men faqat uyda va faqat yaqinlarim oldida quvnoq edim. Boshqalar oldida umuman hazil qilolmasdim. Hatto kulolmasdim ham. Doim hissiz yurardim. Shuning uchun ko'pchilik mendan qo'rqadi. Hatto hizmatchilar ham. Bahodir akam ham shunday. Birgina ukam Akbar har doim bir xil. U doim befarq. Odamlarni unchalik yoqtirmasligi bu hammamizda bor holat. Lekin biz bazida istisno qilamiz. Unda esa bu unchalik sezilmaydi. U olamdan uzilib, o'z dunyosida yashashni istaydigan yigit. Lekin otam uni "erkak oilasiga bunday beetibor bo'lmaydi" deb doim o'z ishlariga tortadi. Unga o'z "biznes"imizni o'rgatadi. Akbar esa "bu isqirtlik" degan hayol bilan yashaydi. Hatto u maktabda o'qib yurganida yozgan inshosida "ulg'ayganimda oilamdan ham, boshqalardan ham yuz o'girib ketaman. Uzoq shaharga ketaman" degan gapini o'qigandim.
Akam ham, men ham jiddiy qiyofada uyga kirdik. Mexmonxona kiraverishda shundoq ko'rinib turardi. To'rtta to'rtburchak shakl yasagan divanlardan uchtasida joy to'la edi.
-kim bular?-akamga pichirladim.
-Angliya bilan bog'liq ish-oldinga bir qadam tashladi.
-men ham kirsam maylimmi?-uni qo'lidan ushlab to'xtatdim.
-xonangga chiq!-u qatiy gapirarkan, ko'zlarimni mo'ltillatib turaverdim-mayli yur.
U ortiq xech narsa demay oldinga yurdi. Bunday mavzularga men oldindan aralashganman. Chunki bu ishdan bizning oilaga keladigan hamma pul mening hisobimga o'tadi. Hamma narsa bu uydagi yagona xonim, yani menga tegishli. Bu kun kelib, akam, ukam yoki otam kasot bo'lsa, davlat ularning nomidagi hamma narsani o'zlashtirib olgan paytda yordam beradi.
Ichkariga kirib, bo'sh turgan divanlardan biriga joylashdik. Bir oyog'im ustiga ikkinchisini chalishtirib, o'tirib oldim. Eshik tagida ikki hizmatchi turardi. Ulardan biriga qarashim bilan tashqariga chiqib ketdi.
Bu yerda ukam va otam, ikkinchi divanda sochi biroz oqargan, o'ttizdan oshgan kishi va oldida o'ttiz yoshli, qora sochini tepadan yig'gan, yuziga har balo surkab olgan ayol o'tirardi. Rasmiyligiga va ko'rinishiga qaraganda u kotibadan nariga o'tolmaydigan ayol. Uchinchi divanda bir yigit o'tirardi. O'ylashimcha bu shularning boshlig'i. Qora sochli, qora ko'zli, kelishgan. Yuzi oppoq. Tanasiga qaraganda ancha kuchli. Jiddiy. U menga manoli qarab qo'yarkan, unga bo'lgan qiziqishim birdaniga o'ldi. U ham hamma erkaklarga o'xshagan ekan. Menimcha bu oilaga to'g'ri baho bermayapti. U hatto otamning gaplariga ham pisandsiz javob berardi.
Xonani to'rt burchagida ikkitadan uning odamlari turardi.
Boya chiqib ketgan hizmatchi qo'lida patnis bilan kirib keldi.
-aytganimdek, agar Angliyadan kelgan mollarni...-o'sha yigit gapirarkan otam qo'li bilan uni to'xtatdi.
-yo'q, bu kelishuv uchun biz oz harakat qilmadik. Qanchalik hafa bo'lishingiz bizni qiziqtirmaydi.
Hizmatchi qiz uning oldiga qahva qo'yib men tomon kelayotganda yigit uning oyog'iga o'q joyladi. Bu zig'ircha xech kimni vahimaga solmadi. Ko'zlarimni g'olibona yumdim. Hozir chinakkam jahannam azobini ko'rishini o'yladim.
Bu yerda uning sakkizta qo'richisi, ikkita yordamchisi bor. Biz esa to'rtta edik. Tashqaridan odamlarimiz kirishini kutmasdan, belimga qistirgan qurolimni chiqardim. Men taraf devorda turgan ikkitasining kallasiga o'q joyladim. Akam otam tarafdagi va o'zi tarafdagisini otdi. Ukam ham huddi mendek ikkitasini pishitdida, kotiba qizni bo'ynini bo'g'ib, peshonasiga qurol tiradi.
Divanda o'tirgan kishi otamga qurol o'qtalib turarkan ikkilanmay peshonasidan darcha ochdim.
-bir hizmatchi biz uchun xech nimani o'zgartirmaydi. Yaxshisi shunchaki ketginda ho'jayininga bizga qurol tiraganingni ayt.
Otam hotirjam gapirarkan tushunganim, boya men ho'jayin deb ataganim bularning boshlig'i emas ekan. Otamdan ko'z uzmay turarkanman, oyog'imda qattiq og'riq turdi. Bir oyoqda zo'rg'a turardim. Oyog'imga o'q teygandi. Yuzim borgan sari kuchayib borayotgan og'riq sababli burishayotgandi. Shu payt o'sha yigit hizmatchini tashladida, meni bag'riga olib, qo'li bilan bo'ynimdan siqdi. Boshimga tiralgan qurol rostakamiga asabimga tekkandi.
-tinchgina rozi bo'ling. Hizmatkor bu yerda xech kim emas. Ammo Mansurlarning yagona xonimi ancha kerakli odam-yigitning ovozi qulog'im tagidan eshtilardi.
Yigitning bo'ynimdagi qo'lini qattiq tishladim. Qo'li og'riq sababli pastga tushganda, yuziga tirsagim bilan urdim. U allaqachon qulayotgan edi. Tizzasiga tepdim. Tizza suyagi menimcha singandi. Yigit menga tiz cho'kkancha o'tirib qoldi.
-Mansurlarning yagona xonimi sen o'ylaganchalik kuchsiz emas.
Uyga odamlarimiz kirib keldi. Akbarning qo'lidagi ayolni va yigitni olishdida, tashqariga olib chiqib ketishdi. Birozdan so'ng bu yerda xech nima bo'lmagandek tozalik ufurib turardi. Xech qanday qon ham, murdalar ham qolmagandi.
Boshimni ortga tashlagancha divanda o'tirardim. Hali shifokorlar kelmagandi. Oyog'imdagi og'riq meni o'ldirmasdi. Lekin barbir og'rirdi.
Hamma asabiy edi. Xech kim buni bildirmasa ham.
-kelishuvga rozi bo'lsak nima bo'lardi?-Akbar ohiri yorilishni boshladi. Bunga xech kim etibor bermasdi. Bu har u odam o'ldirgandan keyin bo'ladigan hodisa edi.
-jinnimisan?-boshimni ko'tarib, unga qaradim-bu molni o'z mijozlarimizga sotsak, bizga ham mo'may daromad va ham obro' olib keladi. Qandaydir mana bunga o'xshagan lapashanglarga berish jinnilikdan boshqa narsa emas.
Akam ham, otam ham uning gaplarini jiddiy olishmagani sabab javob berdim. Unga tushuntirish kerak. Ahir kun kelib bu ishlarga u masul bo'ladi.
-og'rimayaptimi?-Bahodir akam oyog'imga ishora qildi.
-unchalik emas. Havotirlanadigan joy emasku-beetibor javob berdim. Jonimni oladigan darajada bo'lsa ham aldadim. Bu meni o'ldirmaydi ahir.
-hatto shu qizni ham shu ishga qo'shgansiz-boshqa divanda alohida o'tirgan Akbar yana ming'irlashni boshladi.
Belimga qistirgan qurolimni olib unga o'qtaldim.
-ovozingni o'chirmasang o'lganlarga qo'shilasan-u menga asabiy qarab qo'ydi.
U to'g'ri gapirsada mavridini bilmaydi. Bizdan farqli o'laroq unda "yurak" bor. Vijdon bor. Biz hatto o'ylamaymiz. U esa bir murda haqida kunlab o'ylab yuradi. Uni bazida onamga o'xshataman. Umuman gaplari, ko'rinishi ham onamga o'xshaydi.
Onam bizni besh yoshimda tashlab ketgan. Otam uni o'ldi degan. Lekin bilardim. O'shanda yosh bola edim. Tushunmaganman. Besh yoshli qizga kelib, shunchaki "onang o'ldi" deyishgan. Ko'p yeg'laganman. Keyinchalik bilganman. Otam onamni hiyonatini bilib qolgan. Bir yoshli singlim otamniki bo'lmagan. Shundan buyon bu uyda onamning ismi tilga olinmaydi. U haqida eslanmaydi. Xech birimiz bunga jurat topolmaymiz. Otam bizga mehribon, bizni doim himoya qiladi. Lekin jahli chiqsa nima bo'lishini hammamiz bilamiz. Shuning uchun uning jahlini chiqarmaymiz. Otamni ham tushunganman. Ahir hiyonatkor ayol bilan kim ham yashardi. O'rtada uch bola bo'lsa ham. Otam shunchaki singlimni onamning qo'liga tutqazgan va eshikni ko'rsatgan. Bizning hayolimizda otam onamga tajavuzkordek ko'rinmaslik uchun unga tegmagan. Albatta buni xech birimiz ko'rmaganmiz. Lekin hammamiz bilamiz. Esimni taniganimdan beri kun kelib onam bilan uchrashishni yuragimga tugib qo'yganman. U barbir onam. Meni dunyoga keltirgan inson. Otamga hiyonati buni o'zgartirmaydi. Kun kelib albatta uni topaman. Lekin hozir emas. Otam bundan ranjiydi. Otamni hafa qilishni istamayman. U shu kungacha "seni otang ham, onang ham menman" deb kelgan. Ikkisi ham hayotimning bir qismi.