O‘sha kuni ham odatdagidek ishga bordim. Hamma shoshardi.
Men esa hujjatlarni tartibga solib, direktor imzolashi kerak bo‘lgan papkani oldim.
Eshikni taqillatdim.
— Kiring.
Ichkariga kirdim. Papkani stoliga qo‘ydim.
U hujjatlarga ham qaramay:
— Chiqishingiz mumkin. Kerak bo‘lsangiz chaqiraman. dedi.
Oradan besh daqiqa o‘tib telefon jiringladi.
— Xonamga kiring.
Yuragim negadir bezovta urardi. Ichkariga kirganim zahoti u papkani stolga urib
tashladi.
— Bu nima? Ovozi sovuq edi.— Hujjatlarda xato bor.
Men hayron bo‘ldim.
— Kechirasiz… darrov to‘g‘rilayman.
U birdan ovozini balandlatdi.
— Kechirasiz bilan ish bitmaydi! Bu kompaniyada har bir hujjatning qiymati millionlab dollar!
Qo‘rqib ketdim.
— Boshqa takrorlanmaydi…
— Takrorlanib ko‘rsinchi.
U qo‘li bilan stolga qattiq urdi.
Papka yerga tushib ketdi.
Qog‘ozlar har tomonga sochildi.
Men indamay tiz cho‘kib ularni tera boshladim.
Shunda ko‘zlarimdan yosh tomchilari hujjatlar ustiga tushdi.
Men yig‘lashni istamagandim.
Lekin ko‘z yoshlarim meni tinglamadi.
Direktor birdan jim bo‘lib qoldi.
Uning nigohi ilk bor qahr emas…
hayrat bilan menga tikildi.
Xonani sukut egalladi.
Men qog‘ozlarni yig‘ib bo‘lgach, indamay chiqib ketdim. Xatolarini qayta tuzatdim. Papkani yana direktor xonasiga olib kirdim. Bu safar u xonada yo‘q edi. Papkani stol ustiga qo‘yib, sekin chiqib ketdim. Ammo men bilmasdim… Eshik yopilishi bilan direktor koridorda to‘xtab qolgan edi. U mening yig‘laganimni birinchi marta emas, oxirgi marta ham emasligini his qilgandi. Va oldmga keldi yuragm tez tez urardi va u hijjatlar tayyormi dedi ha db javob berdm va u honasiga kirb ketdi.
Bir ogiz ham uzur deb soramadi afsus(
Vapshe zoʻr gap boʻlishi mumkin emas 🤗🤗🤗☺️