Ismim Aylin.
Men Turkiyada tug‘ilganman. Ammo ota-onam turkiyalik emas. Onam koreys, otam esa tailandlik. Buni eshitgan har bir inson hayron qoladi. “Qanday qilib?” deb so‘raydi. Rostini aytsam, bu voqea xuddi kinolardagi kabi tuyuladi. Ammo bu mening hayotim…Otam mashhur aktyor edi. U bosh rolni ijro etgan dramasi sababli Janubiy Koreyaga suratga olish ishlariga borgan. Aynan o‘sha yerda u onamni uchratgan. Onam otamning ashaddiy muxlisi edi. Suratga olish maydoniga faqat uni uzoqdan bo‘lsa ham ko‘rish va imkon topsa birga suratga tushish uchun kelgan ekan. Otam esa olomon orasida onamni ko‘rib qolgan. Rasmga tushishgan. Keyin otam hech ikkilanmay:
— Kechqurun men bilan ovqatlanishga borasizmi? — deb so‘ragan. Onam hayajondan nima deyishini ham bilmay qolib, rozi bo‘lgan. O‘sha kechki ovqat ularning sevgi hikoyasining boshlanishi bo‘lgan. Otam hissiyotlarini yashiradigan inson emas edi.
— Men sizni yoqtirib qoldim, — degan u. Onam ham ko‘p o‘ylamasdan hislarini tan olgan. Shundan so‘ng ular uch yil davomida bir-birlarini sevishgan. Uch yilning oxirida otam onamni Turkiyaga olib borgan. Bu onamning eng katta orzusi edi. Bo‘g‘oz bo‘ylab quyosh botishini tomosha qilish, tarixiy ko‘chalarni aylanish, dengiz hidini his qilish… Otam aynan o‘sha yerda unga turmush qurishni taklif qilgan. Onam ko‘zlarida yosh bilan “Ha” degan. O‘sha paytda esa men onamning qornida uch oylik edim. Otam qiz farzand kutayotganidan juda xursand edi. Rasmga olish ishlari vaqtincha to‘xtagani uchun ular Turkiyada qolishga qaror
qilishdi. Shaharma-shahar sayohat qilishdi. Har bir joy ularga yoqardi.Ba’zan bir hafta, ba’zan ikki hafta qolishardi. Ba’zi joylardan esa umuman ketgisi kelmasdi. Ammo kutilmaganda men muddatimdan bir oy oldin dunyoga keldim. Shifokorlar sog‘ligim yaxshi ekanini aytishdi, faqat juda nozik qizaloq edim. Onam menga “Aylin” deb ism qo‘ydi. Otam esa bu ismni unchalik yoqtirmadi. Onam kulib:
— Men Turkiyani juda yaxshi ko‘raman. Shuning uchun qizimizning ismi ham Turkcha bo‘lsin, — degan. Otam oxiri rozi bo‘ldi. Lekin u meni deyarli hech qachon ismim bilan chaqirmasdi. Turkiyada tug‘ilganim sababli menga Turkiya fuqaroligi berildi. Ammo na otam meni Tailand fuqarosi qildi, na onam Koreya fuqaroligini oldi. Hayotimning eng katta sinovi esa besh yoshimda boshlandi. Otam boshqa ayolni sevib qoldi. Onam esa janjal qilmagan. Shunchaki Ajralishgan.. Ammo otamning yangi turmush o‘rtog‘i meni yomon ko‘rardi. Uning mendan uch yosh katta o‘g‘li bor edi. U otamning farzandi emasdi. Lekin otam unga mendan ham ko‘proq mehr berardi. Oradan besh yil o‘tdi. Bir kuni o‘gay onam meni begona bir odamga topshirdi. U odam meni Turkiyaga olib kelib…ko‘chada tashlab ketdi. O‘n yoshli qizaloq…
Begona shahar…
Na ota…
Na ona…
Na uy…
Na ovqat…
O‘sha kuni men ilk bor o‘zimni hech kimga kerak emasdek his qilganman. Kech bolgan payt bir ayol keldi va turkchada gapirdi amo chunmadm, u uyiga olib bordi. Men haqimda surishtirdi kimam qayerlikman ota onam kim. Oxiri topdi ammo men turkchada gapira olmasdm. U meni soqov db oylardi. Uni uyiga kop mehmonlar kelardi gaplashardi men ularni eshtb kuzatb organb oldm ja zor biilmasdim lkn oz bolsa ham chunardm. Uning ismi Aysulu edi, Aysulu xonm deb gapirdm u hayron qoldi va gapira olasanmi db savol berdi ha deb javob berdm. U meni asrab oldi. U menga ona bo‘la olmagan bo‘lsa ham, onalik mehrini berdi. Turk tilini o‘rgatdi, oqitdi istagan narsamni olib berar edi.
Yillar otdi…
Maktabni bitirdim. Hayotim asta-sekin iziga tushayotgandi. Ammo baxt yana meni sinadi. Aysulu xola kasallik sababli vafot etdi. U butun bor-budini mening nomimga qoldirb ketgan edi. Bir necha oy o‘zimga kelolmadim. Universitetga ham hujjat topshirdim. Keyin esa bir narsani tushundim. Agar yashashni istasam, oldinga yurishim kerak. Ishga kirdim. Til bilganim, savodim va mas’uliyatim sababli meni yirik kompaniyaga kotiba sfatida ishga olishdi. Mening vazifam hujjatlarni tayyorlash, uchrashuvlarni tashkil qilish va xorijiy hamkorlar bilan tarjimonlik qilish edi. Kompaniya direktori esa… hammaning qo‘rqinchli tushi edi. Doim sovuqqon. Doim jiddiy. Hech qachon kulmaydi. Hech qachon hissiyot bildirmaydi. Men uni biror marta
tabassum qilganini ko‘rmaganman.
Hayotim esa oddiy edi.
Ish…
Uy…
Uyqu…
Va yana ish.
Ba’zan ichimda faqat bitta orzu uyg‘onardi.
Bir kun kelib meni chin yurakdan sevadigan insonni uchratsam…
Qo‘llarim muzlaganda ushlaydigan…
Yig‘laganimda bag‘riga bosadigan…
“Endi yolg‘iz emassan”, deydigan insonni…
Ammo bunday inson hali hayotimga kirib kelmagandi.
vapshe zor 🥲🩵
Zór hikoya ekan menga yozdi kyngi qismlatiniyam kutaman
Albatta kuzatb boring, bugun chiqadi nasb🤍
Жуда ажоеб💞
Raxmat kotta kon o’qiganingiz uchun. Kuzatishda davom eting tez orada davomi chiqadi, va boshqacha kitoblar ham chiqadi
Hikoya juda yoqdi yarmini kutamn🔥
Albatta chiqadi
🥰
Qizchaga achindim Nahotki ota onasiga shunchalik keraksiz bõlshi mumkin bõlsa😭 yillar davomida biror martta izlashmaganmi uni ?