
"Xazon bo‘lgan moychechak" — bu uzoq vaqtdan buyon qalb tubida yashirilgan his-tuyg‘ularning satrlarga ko‘chishidir. Yuragimda kurtak yozgan tuyg‘ularni so‘zlar orqali mukammal ifodalashga qalamim ojizlik qilsa-da, bu ijod yo‘liga butun hayotimni bag‘ishlashga tayyorman. Mening hayotim xayollardan iborat. Ushbu hikoyani ham cheksiz xayollarim sahrosida yaratdim. Germaniyaga kelgan yosh shifokor Leilaning hayoti, uning atrofidagi ikki yigit — og'ir kasallik bilan kurashayotgan poyga chempioni va qorong'u o'tmishga ega, ammo qalbida sevgi uchqunlagan yigit bilan to‘qnashadi. Din, sevgi, yo'qotish va umid o‘rtasida qahramonlar o'z yo'llarini topishga urinishadi. Ishonch — bu yerda eng qimmat va eng xavfli tuyg'u. Kim do'st, kim dushman? Bu savolga javob topguningizcha — allaqachon kech bo'lishi mumkin. Siz ham ushbu dardli qalbning nolasiga quloq tutib ko‘ring. Ajab emaski, undagi satrlarda o‘z aksingizni ko‘rsangiz...

dushmanchilik,sevgi

U oilasi uchun hamma narsaga tayyor edi... hatto o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yishga ham. Alin — oddiy hayot kechirayotgandek ko‘rinadigan 21 yoshli yigit. Ammo tunlari u butunlay boshqa dunyoga sho‘ng‘iydi — noqonuniy avtomobil poygalariga. Onasi og‘ir kasal bo‘lib, shoshilinch operatsiyaga muhtoj bo‘lgach, Alinning oldida faqat bitta yo‘l qoladi. Xavfli poyga. Katta pul. Va qaytmasligi mumkin bo‘lgan tun. U sevgilisi Lina, singlisi Alisa va onasidan sir yashiradi. Ammo ba’zi sirlar bor-ki, ularni yashirish uchun inson eng katta narxni to‘lashi mumkin... Chunki ba’zan sevgi — sevgan insoning uchun o‘zingdan voz kechishdir. “Hammasi sen uchun...”

“15 ta kam 3 drammasi” — Rapper BadBoyning “Donor yurak” va “15 ta kam 3” qo‘shiqlari asosida yozilgan ayanchli sevgi hikoyasi. Sevgi uchun qilingan qurbonlik, uzoq ayriliq va kechikkan bir uchrashuv ikki yoshning taqdirini butunlay o‘zgartiradi. Ba’zan hammasini hal qilish uchun atigi bir necha daqiqa yetadi.

Doah universitetdagi mashhur yigit Seongwu bilan yashirin munosabatda. Ammo Seongwu Doahda sir yashiradi. Bu sirni biladigan Eunho Doahning hayotiga kirib kelgach, uning munosabatlari tobora chigallashadi.

Lioraning aytilmagan sevgi hikoyasi.

Tashqaridan qaraganda maģrur va maģlub bòlmas qirolicha. Ichkaridan esa dunyoning soxtaligidan ,adolatsizligidan charchagan va sokinlik va Haqni qidirayotgan musofir qalb... Siz bu kitobni oqir ekansiz u qiz bilan birga kurashasiz, birga yiqilasiz ... birga oyoqqa turasiz va bazi joylarida shukr qilasiz... Qani boshladik...🤫

23:17