
Tungi Andijon. Sovigan kofe hidiga to‘yingan xona va qorong‘i ekranda miltillovchi terminal kursor. Sanjar — o‘z ishining ustasi bo‘lgan oq xaker. U raqamli dunyoda koʻp narsani nazorat qila olaman deb o‘ylardi. Lekin bir kuni uning shaxsiy tarmoq muhofazasi buzib o‘tiladi va ekranda qisqa, muzdek xabar paydo bo‘ladi: “IP: Noma'lum”. Bu oddiy xakerlik hujumi emas, balki ortga yo‘l bo‘lmagan xavfli o‘yinning boshlanishi edi. Kechalar, yashirin serverlar, izlar ortidan quvib yurgan ko‘rinmas dushman va inson ongini sinovdan o‘tkazuvchi kiberreallik. Sanjar o‘z sirlarini saqlab qolish uchun dushmanning ortidan boradimi yoki boshqa yoʻl tutadimi? Lekin ikki yo'lning oxiri qayerga olib boradi? Quruq fantastika va soxta pafosdan holi, faqat haqiqiy kiberxavfsizlik olami, tarang dinamika voqealarga asoslangan psixologik triller.

Oq xalat ortidagi mardona yurak va eldan yashirilgan ko'z yoshlar... Bu hikoya shunchaki kasalliklar va davolar haqida emas, balki boshqalar hayotini saqlab qolish uchun o'z baxtini fido qilgan fidoyi qizning iztirobli va sharafli yo'li haqidadir.
Uning hayoti allaqachon yetarlicha og‘ir edi... Koreyadagi oddiy bir o‘smir qiz — oilasidagi kelishmovchiliklar, maktabdagi muammolar va ichidagi yolg‘izlik bilan kurashardi. U hayotdagi quvonchni deyarli unutib bo‘lgandi. Ammo bir inson uning hayotiga kirib kelgach, hammasi o‘zgardi. U yana kulishni, orzu qilishni va baxtli bo‘lishni o‘rgandi. Uning sevgisi hayotidagi eng go‘zal narsaga aylandi. Qiz o‘tmishdagi barcha og‘riqlarini unutib, kelajakka umid bilan qaray boshladi. Ammo taqdirning ular uchun boshqa rejasi bor edi... Kutilmaganda yuz bergan voqea ularning baxtini parchalab yubordi. Endi qiz oldida bitta savol bor edi: Ba’zi insonlar hayotingizga sizni baxtli qilish uchun keladimi yoki sizga eng og‘ir saboqni berish uchunmi?
.png)
The book is about a boy who lost his best friend and now trying to achieve his dream with many failures. He suffers every pain that is available in this world.

Javoxir skripkaga juda qiziqib qoldi. Ammo onasi bu uchun pul berishdan bosh tortdi. Shu sababli ham Javoxir ishlashga qaror qiladi. Asar hayotiy voqealarga asoslangan.
Ibrohimning ikki yahshilikga duch kelishi.

O‘rta asrlar. Qirolliklar o‘rtasidagi kurash. Taxt uchun kechayotgan qonli janglar. Bir qirollik yutqazildi. Ammo uning vorisi taslim bo‘lmadi. Yo‘qotilgan saltanatni qaytarish uchun boshlangan xavfli safar uni xiyonat, fitna, sir va janglar girdobiga olib kiradi. Ammo u bu yo‘lda faqat dushmanlarini emas, o‘z yuragining eng katta sirini ham uchratadi. ━━━━━━━━━━ ⟡ ━━━━━━━━━━ 𝑹𝒐𝒎𝒂𝒏𝒕𝒊𝒌𝒂 | 𝑻𝒓𝒊𝒍𝒍𝒆𝒓 𝑱𝒂𝒏𝒈𝒂𝒓𝒊 | 𝑫𝒆𝒕𝒆𝒌𝒕𝒊𝒗 ━━━━━━━━━━ ⟡ ━━━━━━━━━━

Oddiy va tinch hayot kechirayotgan qishloqni bir kuni bosqinchilar bosib oladi. Qishloq aholisini kopchiligini o'ldirishadi, tutqinlik qilib olib ketishadi. Ularning orasida hayolparast Elara ham bor...
Kutilmagan va unitilmas sovgʻa

Bir imperiyada bir qiz tugʻiladi va u quyosh xudosi boladi

Mazkur kitob inson axloqining eng og‘ir nuqtasi — soxtalik va samimiyat o‘rtasidagi chegara haqidadir. Unda sharqona hikmatlar, g‘arb falsafasi va hayotning achchiq saboqlari mujassamlashgan. Ushbu asar o‘z vijdonini pok saqlashni istagan, insonlar orasidagi munosabatlarda soxtalik emas, balki haqiqiy sadoqatni qidirayotgan har bir kitobxon uchun ma’naviy yo‘lchi bo‘lib xizmat qiladi."

Sevganimiz bizni ham sevarmikin

Baland ovozlardan qoʻrqadigan sher bolasi haqidagi hikoya

Bir tilak hayotingizni o‘zgartirishi mumkin. Ammo bu tilakning badali qanday bo‘ladi? Sirli voqealar orasida bir insonning tilaklari asta-sekin uning hayotini o‘zgartira boshlaydi. Har bir tilak amalga oshgani sari uning ortida yashiringan sir yanada chuqurlashadi. Ammo beshinchi tilakdan keyin sodir bo‘ladigan narsa — hammasidan qo‘rqinchliroq: xotiralar yo‘qoladi. Inson o‘z hayotidagi eng muhim narsalarni unutsa, u holda tilak haqiqatan ham baxt olib kelgan bo‘ladimi?.. .

Ushbu falsafiy asar javonlarda chang bosib yotgan, ma’naviy asirlikka mahkum etilgan kitoblar dunyosiga mutlaqo yangicha nigoh bilan boqadi. "Nega kitob o‘qishimiz kerak?", "Kitoblar bizga nima beradi?" va "Aslida biz kim-u, kitoblar kim?" degan fundamental savollarga javob izlaydi.Kitobda zakovatga erishish yo‘llari, yosh xususiyatlariga ko‘ra to‘g‘ri kitob tanlash sirlari va eng muhimi — kitoblarni asrash madaniyati falsafiy mushohadalar hamda hayotiy o‘xshatishlar orqali ochib berilgan. Bu shunchaki qo‘llanma emas, balki qalbni uyg‘otadigan, kitobxonni o‘z o‘tmishi va kelajagi haqida chuqur o‘yga toldiradigan ma’naviy suhbatdir. Agar siz ham kitoblar shunchaki qog‘oz emas, balki bizni saylaydigan tirik kuch ekanligiga ishonsangiz, ushbu asar aynan siz uchun.

Bir qiz va yigit tasodifan tanishib qolishadi. Bu qiz hayotida katta oʻzgarish boʻlishiga olib keladi. Ammo qiz otasi uni boshqa birovga uzatib yuboradi ammo qiz bundan ranjimaydi chunki onasi unga har narsada hikmat borligi va faqat sabr qilishni oʻrgatadi lekin ikki sevishgan endi birga boʻlishganda qiz oʻlib qoladi

Это история о дружбе, поиске утраченного прошлого и тайнах, скрывающихся за гранью реальности.
Ibrohimning qoʻrqinchli hikoyasi.

Oʻqing keyin bilib olasz

Lauraning bolaligidanoq sehrli va sehr-jozuga boy fantastik kitoblarga bo'lgan ishtiyoqi bo'lakcha edi. Aslida uning ismi Gulim edi — buning sababi ni esa keyinchalik bilib olasiz Kutilmaganda u o'zi jon-dildan sevgan ushbu fantastik olamlar va sehrli dunyoning bir qismi ekani yane bu olamga tegishli ekani kashf qiladi. Bu kashfiyot uning qalbini cheksiz quvonchga to'ldiradi. Biroq, bu go'zal va baxtli tuyg'ular ortida qanday og'ir sinovlar, sirli jumboqlar hamda yashirin xavf-xatarlar poylab turganini u hali xayoliga ham keltirmas edi. Haqiqiy sarguzashtlar va kutilmagan qiyinchiliklar esa u o'z olamiga qaytganidan so'ng boshlanadi...

Tasavvur qiling… siz hamma narsadan uzoqlashish uchun Tokyoga ketasiz. Yangi shahar, begona odamlar, neon chiroqlar va yomg‘irli ko‘chalar… Va keyin Kentaro paydo bo‘ladi. 🇯🇵❤️ Malu uchun Tokio shunchaki yangi joy emas — u o‘zini qaytadan topadigan shaharga aylanadi. Kentaro esa unga bu shaharning hech kim bilmaydigan tomonlarini ko‘rsatadi. Ularning oddiygina boshlangan tanishuvi asta-sekin shunday sevgiga aylanadiki, o‘quvchi ham ularning hikoyasiga bog‘lanib qoladi. Lekin… hammasi birdaniga o‘zgaradi. Tokyoda dahshatli falokat yuz beradi. Endi gap shunchaki sevgi haqida emas. Malu sevgan insonini topish uchun vayronaga aylangan shahar ichidan o‘tishi kerak bo‘ladi. 🌧️ Bu kitobda birinchi sevgi, Tokio atmosferasi, hazil, sarguzasht, qo‘rquv va ayriliq bir-biriga aralashib ketgan. Eng qizig‘i esa — kitob boshida romantik hikoya deb boshlaysiz, keyin esa voqealar sizni qo‘yib yubormaydi. Ba’zi insonlar hayotingizga tasodifan kiradi. Ba’zilari esa butun hayotingizni o‘zgartirib ketadi. Mualif telegram blogeri Tgk linki: @bymadiyy

“Aynur” — orzulari bilan taqdir o‘rtasida qolgan bir qizning hikoyasi. Aynur yoshligidan boshqalardan farqli orzular bilan ulg‘ayadi: dunyoni kezish, tillar o‘rganish, katta shaharda o‘qish va o‘z hayotini o‘zi qurish. Ammo u yashayotgan muhitda qizning taqdiri ko‘pincha uning o‘z qo‘liga berilmaydi. Uning hayotida Dilmurod bor — bolalikdan beri yonida bo‘lgan, uning orzulariga ishongan inson. Ammo ularning yo‘liga sevgi bilan birga og‘ir sinovlar ham chiqadi. Aynur o‘z orzularidan ayrilgandek bo‘ladi. Keyin esa hayot uni yana bir bor tanlov qarshisida qoldiradi: taqdirga taslim bo‘lishmi yoki o‘z hayoti uchun kurashishmi? Bu — sevgi haqidagi oddiy hikoya emas. Bu orzulari sindirilgan inson qanday qilib yana o‘zini topishi, sevgi esa ba'zan insonga yashash uchun kuch berishi haqidagi hikoya.

Bu aslida katta asardan parcha. Bu asar olov yaratuvchi qiz va siren yigit haqida

Emma Miller hayotida hammasi joyida deb o‘ylardi. Sevgan insoni, ish joyi va ishongan eng yaqin dugonasi bor edi. Ammo bir kuni u tasodifan ko‘rmasligi kerak bo‘lgan narsani ko‘rib qoldi. Bu voqea uning butun hayotini o‘zgartirdi. Ammo taqdir unga ikkinchi imkoniyat bersa-chi? Bu safar Emma o‘sha xatolarni takrorlamaydi. Chunki ba’zan hayotni o‘zgartirish uchun ikkinchi imkoniyat yetarli bo‘ladi.

O'zingiz kimsiz? Azroil...?

Bosh detektiv Alisher Sheripov va uning sodiq yordamchisi tundagi sirli xat va eski jez kalitni qabul qilib oladi.

Sevgi aldovlar hurmat qilinmagan mahabat

Bir sevgi hikoyasi deya olmayman...

UNUTILGAN BEGONA Ba’zi insonlar hayotingizga kirib keladi-yu, siz ularni hech qachon unutolmaysiz. Ammo u haqida hamma unutishi mumkin bo‘lsa-chi? U — odamlarning xotirasidan o‘zini o‘chira oladigan qiz. Uning uchun hech kimga bog‘lanmaslik — yashab qolishning eng xavfsiz yo‘li. Chunki kimdir uni qanchalik yaxshi tanisa, undan ayrilish shunchalik og‘riqli bo‘ladi. Shuning uchun u hech kimga o‘zini eslab qolishiga imkon bermaydi. Toki bir kuni u uni uchratmaguncha. Avvaliga ular bir-birini yoqtirishmaydi. Har uchrashuvlari tortishuv, jahllanish va tushunmovchilik bilan boshlanadi. Qiz esa bu begona yigitdan ham xuddi boshqalardek qutulaman, deb o‘ylaydi. Lekin birinchi marta uning qobiliyati ishlamaydi. Yigit uni unutmaydi. Nega? Bu shunchaki xatomi yoki ularning uchrashuvi oldindan yozilgan taqdirmi? Ba’zan insonni xotiradan o‘chirish mumkin… Ammo taqdirdan-chi?

Bosh qahramon qizning zerikarli va tashvishli hayotidan moʻjizaviy shaharlarga ukasini izlab tasodifan borib qolishi, sirli shahardagi voqealar haqida.