Tungi Andijon. Sovigan kofe hidiga to‘yingan xona va qorong‘i ekranda miltillovchi terminal kursor. Sanjar — o‘z ishining ustasi bo‘lgan oq xaker. U raqamli dunyoda koʻp narsani nazorat qila olaman deb o‘ylardi. Lekin bir kuni uning shaxsiy tarmoq muhofazasi buzib o‘tiladi va ekranda qisqa, muzdek xabar paydo bo‘ladi: “IP: Noma'lum”. Bu oddiy xakerlik hujumi emas, balki ortga yo‘l bo‘lmagan xavfli o‘yinning boshlanishi edi. Kechalar, yashirin serverlar, izlar ortidan quvib yurgan ko‘rinmas dushman va inson ongini sinovdan o‘tkazuvchi kiberreallik. Sanjar o‘z sirlarini saqlab qolish uchun dushmanning ortidan boradimi yoki boshqa yoʻl tutadimi? Lekin ikki yo'lning oxiri qayerga olib boradi? Quruq fantastika va soxta pafosdan holi, faqat haqiqiy kiberxavfsizlik olami, tarang dinamika voqealarga asoslangan psixologik triller.