🩵 𝐂𝐥𝐞𝐨 𝐌𝐚𝐫𝐞𝐧 𝐡𝐚𝐪𝐢𝐝𝐚 Asl ismim — Nigina Kamoliddinovna. Ammo bu yerda meni Cleo Maren nomi bilan taniysiz. 🖋️ Men anchadan beri yozuvchilikka qiziqaman. Bo‘sh vaqtlarimda, ayniqsa, chet el yozuvchilarining ijodini va jahon bestsellerlarini mutolaa qilishni yaxshi ko‘raman. Balki kitoblarni shunchalik sevishimning sababi ham shudir — men uchun har bir hikoya shunchaki matn emas, balki o‘ziga xos bir olam. O‘zim yozadigan asarlar esa asosan fantastika janrida. ✨ Hikoyalarimda real hayotdan biroz uzoqlashib, boshqa olamlar, sirlar, taqdirlar va tasavvurim yaratgan qahramonlar bilan yashayman. Afsuski, ayrim sabablar tufayli asarlarimni hozircha nashriyotlar orqali chop ettirish imkoniga ega bo‘lmadim. Buning asosiy sabablaridan biri — hali juda yosh ekanligim. Shunga qaramay, men yozishdan hech qachon to‘xtamadim. Ancha vaqtdan beri yozib kelayotgan hikoyalarimni hozirgacha asosan o‘z hisobimdan, cheklangan nusxalarda, yaqinlarim uchun kitob holida tayyorlab kelganman. 📚 Endi esa bu kanalni 18 yoshga to‘lgunimcha o‘z hikoyalarimning kichik arxivi sifatida yuritmoqchiman. Bu yerda men yozgan asarlar, yangi hikoyalar, qahramonlar va ular haqidagi kichik sirlar bilan bo‘lishib boraman. Balki ayrim hikoyalarim sizni boshqa bir olamga olib ketar, ayrimlari esa uzoq vaqt xayolingizda qolib ketar. 🌙 Agar mening asarlarim sizga ham qiziq bo‘lsa — xush kelibsiz. Bu kanalda ularni o‘qishingiz va men yaratgan olamlarni o‘zingiz kashf qilishingiz mumkin. Umid qilamanki, bu hikoyalar ularga sarflagan vaqtingizga arziydi. 🩵 — Cleo Maren