Men sizga hozir aytib beradigan hikoyam sizni zeriktirib qo‘ymaydi, degan umiddaman. Balki bu hikoya sizni siz kutmagan sirli voqealarga yetaklar...
1-bob
“Qu-qu-qu-quuu!” — xo‘rozning jarangdor ovozi qishloq ustida yangradi. Bu ovoz qishloqda tong otganini bildirardi. Ko‘pchilik qishloq ahli aynan xo‘rozning ovozi bilan uyg‘onar edi.
Shular qatorida jajji Safiya va uning oilasi ham bor edi. Ular oddiy bir qishloqning chekkasida, dalaning bag‘rida joylashgan kichik, eski kulbada yashashardi.
Tong otgani sababli birin-ketin barcha uyg‘ona boshladi. Ular bir xonada yotishardi. Safiya uyg‘onganida, odatdagidek yonida onasi yo‘q edi. Nonushta qilish maqsadida oshxonaga chiqa boshlaganida esa, oshxonada uni Aylen xonim — Safiyaning onasi — dasturxon yozib kutib turardi.
Safiya onasiga salom berib, dasturxonga o‘tirdi. Birozdan so‘ng Safiyaning otasi ham nonushta qilish uchun keldi. Ular nonushta qilib bo‘lgach, Kadir dalaga yo‘l oldi. Aylen xonim esa dasturxonni yig‘ib, uylarni yig‘ishtira boshladi.
Safiya endigina 2-sinfga o‘tganligi sababli maktabdan ta’til berilgan edi. Safiyaning buvisi uni olib ketmoqchi bo‘ldi va ta’tilni ular bilan o‘tkazishini taklif qildi. Ammo Safiya buvisining gaplarini ma’qullamadi hamda bormasligini ta’kidladi.
Ularning uyi juda kichik edi. Unda oshxona, yotoqxona va ombor xonalar bor edi. Ularning yana keng dalasi ham mavjud edi. Har kuni otasi dalaga ishlash uchun ketar, onasi esa uy ishlarini qilib o‘tirar bazan esa kashta tuqish bilan shug'llanar edi. Safiya esa ko‘p vaqtini maktabda o‘tkazardi.
Tatilning o'ninchi kuni Safiya uy juda zerrikan edi shu sababli dadasi bilan dalaga chiqmoqchi ekanini va unga yordam berishini ta’kidladi. Onasi bunga qarshilik qilishiga qaramay, Safiya otasi bilan dalaga yo‘l oldi.
Dalaga yetib borgach, otasi ishni boshlab yubordi. Ko‘p vaqt bir joyda o‘tirib zerika boshlagan Safiya esa dalani ko‘zdan kechirishga qaror qildi.
U dala bo‘ylab aylanib yurar ekan, birdan ko‘ziga g‘aroyib bir gul tashlandi.
Bu juda go‘zal, jozibador, odamni o‘ziga maftun qila oladigan va noyobligi ko‘rinishidan bilinib turadigan gul edi.
Safiya gulni uzib, otasiga ko‘rsatish uchun uning oldiga yugurdi.
Ammo u hali bilmasdiki, bu noyob gul uning hayotini va o'tmshni butunlay o'zgartirib yuboradi...