Tojning qonli merosiBob 1
1386 soʻz7 daqiqa oʻqishRoʻyxatdan oʻtmasdan ochiq
1-BOB
O‘rta asrlar .
Qilich va qalqon hukmronlik qilgan,
qirolliklarning taqdiri ba’zan birgina jang,
birgina xiyonat yoki birgina hukmdorning qarori
bilan o‘zgarib ketadigan shafqatsiz davr.
Ana shunday qirolliklardan biri — Avelion edi.
2Bir vaqtlar kuchli bo‘lgan bu qirollik endi
o‘zining avvalgi shon-shuhratidan faqat
xarobalar va xotiralarni saqlab qolgan edi. Uning
hududi qo‘shni qirolliklarnikidan kichik, qo‘shini
esa ancha zaif edi.
Savdo yo‘llarining qisqarishi, ketma-ket
hosilsizlik va yillar davomida davom etgan
urushlar Avelionni asta-sekin holdan toydirgandi.
Ammo qirollikning eng katta muammosi
uning zaifligi emas edi.
Zaiflikni boshqalar ham sezib qolgan edi.
Avelionni qirq besh yoshli Qirol Magnor
Avelion boshqarardi.
U hukmdor sifatida vazmin, ehtiyotkor va
xalqining taqdiriga befarq bo‘lmagan inson edi.
Ammo uning hayotidagi eng katta yo‘qotish qirol
bo‘lganidan ham oldin yuz bergan edi.
O‘g‘li dunyoga kelgan kuni uning rafiqasi —
Qirolicha Lyusanda vafot etgandi.
3Shu kundan boshlab yangi tug‘ilgan chaqaloq
nafaqat otasining o‘g‘li, balki Avelion tojining
yagona vorisiga aylandi.
Uning ismi — Magnus edi.
Oradan to‘qqiz yil o‘tdi.
Magnus hali bola edi.
Ammo saroydagi ko‘pchilik uni oddiy bola deb
bilmasdi. U tengdoshlariga qaraganda
vazminroq, kuzatuvchanroq va eng muhimi,
voqealarning sababini tushunishga harakat
qilardi. Unga biror narsa aytilsa, shunchaki
ishonmas, avval “Nega?” deb so‘rardi.
Bir kuni saroyning chekka xonasida Magnus
qirollikning bosh vaziri Endrik bilan shaxmat
o‘ynab o‘tirardi.
Dastlab Endrik bu o‘yinni oddiy mashg‘ulot
deb qabul qilgan edi. Ammo bir necha yurishdan
4so‘ng uning yuzidagi xotirjamlik yo‘qola
boshladi.
Magnus shoshmasdi. U donalarni shunchaki
siljitmas, raqibining keyingi yurishini, undan
keyingi yurishini va hatto undan keyingi
ehtimolni ham hisoblab chiqardi.
Endrik bir necha bor hujumdan chiqishga
urinib ko‘rdi. Ammo Magnus har safar yo‘lini
to‘sardi.
Oxiri vazir chuqur nafas oldi.
— Durang.
Magnus bosh irg‘adi. Ammo u g‘alabadan
xursand ham, durangdan xafa ham emasdi. U
shunchaki taxtaga qarab turardi.
Keyingi o‘yinda esa vazir ehtiyotkorroq
o‘ynadi. Bu safar Magnus xato qildi. Endrik
imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi va uni mag‘lub
5etdi.
Magnusning ko‘zlari shaxmat taxtasidan
uzilmadi.
— Qayerda xato qildim? — dedi u.
Endrik jilmaydi.
— Sen yutqazganingni emas, nima uchun
yutqazganingni so‘rayapsan.
Magnus unga qaradi.
— Agar xatoni bilmasam, keyingi safar yana
takrorlayman.
Endrik bir zum jim qoldi. Shu payt u bu
bolaning boshqa bolalardan farqini yana bir bor
anglab yetdi.
Magnus yutishni emas, o‘rganishni xohlardi.
Saroy ahli orasida uning salohiyati haqida
gap-so‘zlar tarqala boshladi.
6Agar Magnus shu tarzda ulg‘aysa, u taxtga
o‘tirgan kuni Avelionning taqdiri o‘zgarishi
mumkin edi. Balki qirollikning siyosiy qudrati
qayta tiklanar. Balki boshqa qirolliklar Avelionni
yana jiddiy raqib sifatida ko‘ra boshlardi.
Balki Magnus butun qit’adagi kuchlar
muvozanatini o‘zgartiradigan hukmdorga
aylanishi mumkin edi.
Qirol Magnor ham bunga ishongan. U o‘g‘lini
juda yaxshi ko‘rardi.
Ammo taqdir ba’zan eng katta umidlarni eng
og‘ir sinovlar oldidan beradi.
Avelion uchun qora kunlar yaqinlashayotgan
edi.
Qirollik omborlari asta-sekin bo‘shab borardi.
G‘aznadagi oltin kamaygan, savdo
sustlashgan, hosil esa yildan yilga pasayib
7ketgandi.
Bozorlarda non narxi ko‘tarilardi.
Qishloqlarda esa odamlar kechki ovqat uchun
yetarli bug‘doy topa olmayotgan edi.
Chekka hududlardan saroyga kelayotgan
xatlar tobora bir xil mazmunga ega bo‘la
boshladi:
“Oziq-ovqat kerak.”
“Hosil yetishmadi.”
“Odamlar och.”
Ocharchilik hali Avelionni butunlay qamrab
olmagan edi. Ammo uning sovuq nafasi
allaqachon qirollik bo‘ylab kezib yurgandi.
Xalq esa hali ham saroy omborlarida
yetarlicha oziq-ovqat borligiga ishonardi.
Magnor esa haqiqatni bilardi.
8U kechalari yolg‘iz qolganida qirollik
xaritalarini oldiga yoyar, g‘azna hisoblarini
qayta-qayta tekshirtirar va chegaralardagi
vaziyat haqida hisobotlar o‘qirdi.
Har safar bir xil savol xayoliga kelardi:
“Avelionni yana qancha vaqt ushlab tura
olaman?”
U bitta narsani juda yaxshi bilardi. Och
qolgan xalq uzoq vaqt jim turmaydi. Ochlikdan
keyin norozilik keladi. Norozilikdan keyin
qo‘zg‘olon. Qo‘zg‘olondan keyin esa — fuqarolar
urushi.
Shuning uchun qirol qirollik kengashini
chaqirdi.
Kengash zalida Avelionning eng muhim
kishilari yig‘ilgan edi.
Bosh vazir Endrik.
9Bir necha maslahatchi.
Va stolning narigi tomonida, zirhli kiyimda,
yuzida yillar davomida janglarda qolgan chandiq
bilan o‘tirgan Bosh qo‘mondon Daryus Davendor.
Daryus oddiy askar emasdi. U yoshligidan
Avelion qo‘shinida xizmat qilgan, o‘nlab
janglarda qatnashgan va chegaradagi urushlarda
qirollikning eng og‘ir g‘alabalarini ta’minlagan
edi.
Ammo Daryusning Avelionga sadoqati
shunchaki qasamyod bilan bog‘liq emasdi.
Uning oilasi Taro bilan bo‘lgan eski urushda
deyarli butunlay yo‘q qilingandi. Otasi jangda
o‘lgan. Akasi qaytib kelmagan. Qishlog‘i esa Taro
qo‘shini tomonidan yoqib yuborilgandi.
Daryus o‘sha kuni hali o‘smir edi. U olov
ichida kulga aylangan uylar orasidan tirik qolgan
singlisini olib chiqqan. Ammo singlisi ham o‘sha
kecha vafot etgan.
10Shundan beri Daryus uchun Taro shunchaki
davlat emasdi. Taro — uning hayotini olib ketgan
dushman edi.
Shu sababli u Avelionga qilich bilan xizmat
qilishni o‘z hayotining ma’nosiga aylantirgandi.
Magnor taxtida jim o‘tirardi. So‘ng gap
boshladi:
— Mamlakatimiz shu tarzda davom eta
olmaydi.
Zalda sukut cho‘kdi.
— G‘aznamiz kamaymoqda. Omborlarimiz
bo‘shamoqda. Xalqimizning sabri ham cheksiz
emas. Agar zudlik bilan choralar ko‘rmasak,
ocharchilik boshlanadi.
Qirol bir zum to‘xtadi.
— Ocharchilikdan keyin esa qo‘zg‘olon keladi.
Agar qo‘zg‘olon boshlansa, Avelion ichidan
11yemirila boshlaydi.
Endrik bosh irg‘adi. Magnor davom etdi:
— Bizga oziq-ovqat kerak. Hozir esa uni
o‘zimiz yetishtirishga vaqtimiz yo‘q. Shuning
uchun boshqa qirollikdan yordam so‘rashimiz
kerak.
Endrik oldinga chiqdi.
— Qirolim, buning uchun Taro qirolligiga
murojaat qilishimiz kerak.
Zal birdan shovqin-suron bilan to‘ldi.
Daryusning nigohi keskin o‘zgardi. U asta-sekin
o‘rnidan turdi.
— Qaysi qirollikka?
Endrik unga qaradi.
— Taroga.
Daryusning qo‘llari musht bo‘lib tugildi.
12— Siz bu nomni yana bir bor takrorlashga
jur’at qilyapsizmi?
— Daryus...
— Yo‘q, qirolim.
Uning ovozi baland emasdi. Ammo undagi
g‘azab butun zalni bosib olgandi.
— Men bu nomni o‘nlab yillar unutishga
harakat qildim.
Daryus Endrik tomon yurdi.
— Siz ularning nima qilganini bilasizmi?
Endrik jim qoldi.
— Ular mening uyimni yoqishgan.
Daryusning ovozi titradi.
— Otamni o‘ldirishgan.
Bir qadam.
13— Akamni olib ketishgan.
Yana bir qadam.
— Singlim esa o‘sha tun qo‘rquvdan vafot
etgan.
Zal jimib qoldi.
— Endi siz menga o‘sha xalq oldiga borib,
“Bizga non beringlar”, demoqchimisiz?
Endrik xotirjam javob berdi:
— Men sizning og‘riqingizni inkor
qilmayapman. Men qirollikning kelajagini
o‘ylayapman.
Daryus achchiq kuldi.
— Kelajak?
U qirolga qaradi.
— Qirolim, tarixni unutgan odam kelajakni
ham yo‘qotadi.
14
Magnor jiddiy ohangda dedi:
— Daryus, biz o‘tmishni unutmaymiz.
— Unda nega ularni kechiryapmiz?
— Men ularni kechirayotganim yo‘q.
— Sulh nima unda?
Magnor o‘rnidan turdi.
— Omon qolish.
Daryus jim qoldi. Magnor unga tikildi.
— Men sizning oilangizdan ayrilganingizni
bilaman. Sizning og‘riqingizni ham
tushunaman. Ammo men butun Avelionni
sizning og‘riqingiz bilan boshqara olmayman.
Daryusning ko‘zlari sovidi. Bu gap unga
qattiq botgan edi.
15— Demak, men yillar davomida bu qirollik
uchun qon to‘kibman-u, endi mening qasosim
“og‘riq” bo‘lib qoldimi?
— Men bunday demadim.
— Ammo shuni nazarda tutdingiz.
Endrik aralashdi:
— Daryus, agar Taro yordam bersa, minglab
odamlarning hayoti saqlanadi.
— Agar ular yordam bermasa-chi?
Daryus stolga egildi.
— Agar ular Avelionning zaiflashganini bilib,
bizdan narx talab qilishsa-chi? Agar
oziq-ovqat o‘rniga qal’alarimizni
so‘rashsa-chi? Agar ular bizga yordam berib,
keyin qarz evaziga qirolligimizni tiz
cho‘ktirishsa-chi?
16Bu safar zalda hech kim darhol javob bera
olmadi. Daryus davom etdi:
— Sizlar mening g‘azabimni ko‘ryapsizlar.
U qirolga qaradi.
— Men esa sizlar ko‘rmayotgan xavfni
ko‘ryapman.
Magnor bir necha soniya jim turdi. So‘ng
dedi:
— Hujum qilishni taklif qilyapsizmi?
— Ha.
— Bizda yetarlicha qo‘shin yo‘q.
— Bor qo‘shinimiz bilan chegaradagi
qal’alarni egallashimiz mumkin.
— Ammo butun Taro qirolligini bosib
ololmaymiz.
— Men butun qirollikni bosib olishni
aytmadim.
17Magnor unga qattiq tikildi.
— Har qanday urush xalqimizdan qon talab
qiladi.
Daryusning javobi darhol keldi:
— Ba’zan bugun to‘kilgan qon ertaga
to‘kiladigan minglab qonning oldini oladi.
Magnor boshini chayqadi.
— Yo‘q.
Uning ovozi qat’iy edi.
— Men Avelionni yana bir urushga
tashlamayman.
Daryus bir necha soniya qirolga tikilib turdi.
So‘ng sekin dedi:
— Demak, siz sulhni tanladingiz.
— Ha.
18— Unda umid qilamanki, qirolim...
Daryus eshik tomon yurdi.
— ...siz tanlagan yo‘l Avelionning qabristoniga
olib bormaydi.
U eshik oldida bir zum to‘xtadi. Keyin chiqib
ketdi.
Magnor uning ortidan qarab qoldi. Endrik esa
xavotir bilan qirolga qaradi.
— Qirolim...
Magnor hech narsa demadi. Ammo u ham
Daryusdagi o‘zgarishni sezgandi. Bu oddiy
norozilik emasdi.
Daryus endi qirolning qaroriga qarshi edi.
Kengash tarqab ketgach, saroy deyarli
huvillab qoldi.
19Daryus esa qo‘shin qarorgohiga qaytdi. U
qilichini stol ustiga qo‘ydi. Yonidagi eski sandiqni
ochdi. Ichidan kuygan, yarim qoraygan bir
parcha matoni oldi.
Bu — uning bolalikdagi uyidan qolgan yagona
narsa edi.
Daryus uni qo‘lida mahkam siqdi. Ko‘zlari
sovuq edi.
— Siz meni to‘xtatishingiz mumkin, Magnor...
U deraza ortidagi qorong‘i qirollikka qaradi.
— Ammo Avelionni zaiflashtirishingizga yo‘l
qo‘ymayman.
U bir zum sukut saqladi.
— Agar taxtdagi odam qirollikni himoya qila
olmasa...
Daryusning nigohi qattiqlashdi.
20— ...unda uni himoya qiladigan boshqa odam
topiladi.
Daryus o‘sha kecha bir qarorga keldi.
Avelionni qirol emas, kuch qutqaradi. Va u
kuch kimning qo‘lida bo‘lishi kerakligini u
allaqachon bilardi.
0
Izohlar roʻyxatdan oʻtgandan keyin ochiladi