Bugun sana 31.08.23 va oyim kechagina kasalxonaga yotqizilgan boʻlsalarda axvollari dorilar taʼsirida ozgina yaxshilandi. Endi buni kim qilaganini va bu barcha ishlarni ortida kim turganini aniqlash lozim. Men bunga shaxsan oʻzim kirishdim. Birinchi boʻlib biz bu haqida militsiya xodimlariga aytgan edik. Men avval ularni idorasiga yoʻl oldim. U yerga yetib olishim bilan meni janob Max Carter (tergovchi) kutib oldilar. Biz birinchi boʻlib oʻsha kecha oilam bilan ovqatlangan restoranga bordik. U yerga kirishimiz bilan bizni restoran egasi janob Alex Morgan kutib oldilar. Ular bizni barcha kuzativ kameralari koʻrinib turadigan xonaga olib kirdilar va barcha kuzativ kameralarini koʻrib chiqdik. Lekin shubxali narsa topa olmadik. Restoran juda katta va xashamatli u yerda har bir burchagda kuzatuv kameralari bor. Faqat 1 ta joy qolgan edi va u yerdagi kamera simlari ishdan chiqgan edi. Bu biz oʻtirgan xonaga eltib boruvchi yoʻlag kamerasi edi. U kameradagi oxirgi yozuvlar sanasi 29.08.23 edi bizning xonani esa keyingi kun 30.08.23 kuni tushlik vaqtidan tayyorlashni boshlashgan edi. "Demak nima boʻlgan boʻlsada bu hammasi kimningdir tomonidan uyushtirilgan va oʻsha odam hozir shu yerda yurgan boʻlishi mumkin yoki qochib ketgan" degan xulosaga keldik.