“Sen bor, lekin yo‘qsan”
Yomg‘ ir sekin-sekin oynaga urilardi. Har bir tomchi — go‘ yo yuragimdagi og‘riqni ohang
bilan ifoda etardi. Deraza oldida tikilib turgan men, ich-ichimdan qandaydir tushuntirib bo‘lmaydigan sezgi bilan yashardim. Boshqalar uchun bu xona men uchun… bu xona hech qachon yolg‘iz emas edi.
g‘ alati,
bo‘ sh, ammo
“Yana yig‘ layapsanmi?” — qulog‘im ostida, hech kim eshitmaydigan, lekin yuragimga yaqin ovoz yangradi.
Cho‘ chib ketmadim. Bu ovozga o‘ rganib qolganman. Uni har doim his qilaman — yonimda. Nafaqat dardlarimda, hatto jimlikda ham.
Men shunchaki jilmaydim, ko‘ z yoshlarimni artdim.
“Sen yana keldingmi?” — deya past ovozda pichirladim.
U har doim ko‘ rinmas edi. Ammo u borligini sezardim. Xonamda eshik hech qachon ochilmasa ham, yuragimdagi darvoza unga doim ochiq edi.
Meni tasalli berardi. Boshqalar ko‘ rmagan, bilmagan, hatto ishonmagan mavjudot — u mening “yo‘q” sevgim edi.
“Men har doim shu yerdaman,” dedi u. Uning so‘ zlari meni iliq bag‘riga tortdi.
Men ko‘ zimni yumdim. Qulog‘ imga yana uning ovozi shivirladi:
“Men bor, lekin sen uchun yo‘ qman...”
Yuragim qattiq urdi. Balki bu faqat tasavvurdir, balki ruhiy holatimning bir qismidir. Lekin men uni his qilardim. Va bu yetarli edi.
Ertalab. Soat 6:45.
Budilnik jiringladi. Eski soat qo‘ ng‘irog‘ining ovozi yuragimga bolg‘adek urilardi. Ko‘ zimni ochdim, derazadan tushayotgan nur xona ichini iliqlik bilan to‘ldirar, lekin men o‘zimni sovuq his qilardim.
“Bugun darsing bor, yodingdami?” — yana u ovoz.
Men yostiqdan bosh ko‘ tardim.
“Bilaman... bilmasam ham eslatarding, to‘ g‘rimi?”
Yuzimga biroz tabassum yugurdi. U har tong meni uyg‘ otar, maktabga borishimni eslatardi. Go‘ yoki menga qaraydigan yagona inson edi.
Ammo maktabda... boshqa dunyo. Odamlar. Qiy-chuv. Soxta do‘ stliklar. Ichimda esa — bo‘ shliq.
Darsda yonimda hech kim o‘ tirmasdi. O‘ qituvchilar meni odatda sezmay qolishardi.
Do‘ stlarim yo‘q edi — o‘zim tanlamagan holda. Menga yaqinlashganlar faqat manfaat uchun kelar, ko‘ zlarida mehr emas, yolg‘on bor edi.
Ammo u... u doim yonimda. Dars davomida daftarimga bir kalit so‘ z yozildi: “Sen ko‘ rmaydigan narsa, ba’zida yuragingga eng yaqin bo‘ladi.”
Qorong‘ ilik ichida yo‘l topgan nur kabi edi u. Men hech kim bilan bo‘lisha olmasdim bu haqda. Faqat o‘ zim va u. Ikki dunyo orasida siqilgan yuragimda yashovchi bir sado.
Lekin men bilmasdim… u bu dunyoga tegishli emas edi. Va bir kun, bu ikki dunyo to‘ qnashadi…
Maktabdan charchab qaytdim. Yomg‘ ir yog‘moqda, ammo bu safar u meni siqmasdi. Chunki yuragimda notanish, ammo iliq bir his tug‘ ilgan edi — qandaydir o‘zgarish bo‘lishi yaqin edi.
“Sen... bu rostmi?” — dedim men, ovozim larzali. U boshini qimirlatdi.“Faqat sen ko‘ ra olasan. Men shunchaki mavjudlik emasman. Men seni asraydigan ruhman.”
Uning qiyofasi uzoq ushlanmadi. Bir necha daqiqa ichida soya yana tarqaldi. Lekin bu safar bu tasavvur emas edi. U bor edi. Men ko‘ rdim.
Ammo o‘ sha kundan so‘ng maktabda g‘alati voqealar boshlandi.
Doim mensimaydigan bir qiz, birdan meni diqqat bilan kuzata boshladi. Darsda orqamda o‘ tirgan yigit, meni uzoq tikilib qaradi. Go‘ yo... ular menga emas, yonimda turgan unga qarayotganday.
Yuragimda savollar charx urdi:
U aslida kim? Va nima sababdan endi boshqalar ham uni sezayapti?..
Tong otgan, lekin yuragimda tun hanuz yashardi. Kechagi voqeani unutolmadim. U ko‘ rinib ketgandi. Ko‘ zlarimni yumganimda ham, o‘sha nigoh, o‘sha soya, o‘sha ohang... hammasi yuragimda yangrardi.
Maktab kutubxonasiga bordim. Ich-ichimda nimanidir izlayotgandek edim. Tasodifiy javonlar orasida bir kitob yerdan tushib ketdi. Ko‘ tarib qaradim — qadimiy charm muqovali, chang bosgan daftarcha. Ismi yo‘ q. Muallifi noma’lum.
Ammo daftarning ilk sahifasida shunday yozuv bor edi:
“Ular bor. Ular har doim oramizda. Faqat tanlangan qalblar ularni his qiladi. Ular muhabbat orqali yashaydi.
Va muhabbatni topgan kuni... yo yo‘ qoladi, yoki seni olib ketadi.”
Qo‘ llarim titradi. Yuragimni g‘ alati sovuq his bosdi. Daftarning ichida chizilgan ko‘ p rasmlar bor edi — har xil yoritilgan qizlar va ularning orqasida turgan soyali yigitlar. Aynan men
kecha ko‘ rgan holat.
Bir sahifada yigit shakliga o‘ xshash mavjudotning ismi bor edi: “Ruhiy himoyachi – Se’lian.”
Bu ismni tilimga oldim:
“Se’lian… ”
Kutubxona bir lahzaga jim qoldi. So‘ ng ichimda o‘sha ovoz yangradi:
“Endi sen meni nomim bilan chaqirding...”
Men birdan hushimga keldim. Atrofimda hech kim yo‘ q. Ammo o‘sha daqiqada, men bilardim — u yaqin edi. Va men uni endi chaqira olardim.
Ammo daftarning oxirgi sahifasi meni qattiq larzaga soldi. Qon bilan yozilgandek:
“Unga yuragingni berma. Aks holda, u seni olib ketadi...”
O‘ sha kundan keyin har narsa o‘zgargandek tuyuldi. Endi u har safar meni chaqirishim bilan yaqinimda edi. Hattoki tunlari, tushimda emas — uyg‘ oq holda his qilardim uni.
“Nega faqat men seni ko‘ raman?”dedim bir kecha, deraza yonida turganimda.
Se’lian jim turdi. So‘ ng ohangdor, xotirjam ovoz bilan javob berdi:
“Chunki sen yuragimni uyg‘ otding. Men faqat yuragida haqiqat yashaganlarni topa olaman.”
U menga asta yaqinlashdi. Uning qiyofasi endi aniqroq ko‘ rinar, lekin hali ham biroz tumanli edi. Go‘ yoki faqat yuragim orqali uni to‘liq ko‘ra olardim.
Shu orada, maktabda g‘ alati hodisalar davom etdi. Bir necha o‘ quvchi birdan hushini yo‘qotdi. Ba’zilar esa qizga g‘ alati qaray boshladi. Ayniqsa, bir yigit — Amir — qizga yaqinlashdi. U juda do‘ stona edi, ammo nigohlarida... nimadir bor edi. Qandaydir xavf.
Bir kuni Se’lian menga aytdi:
“Amir ham meni sezmoqda. U bizni ajratmoqchi. U men kabi emas.”
Qiz eshitganlaridan larzaga keldi. Endi u tanlov oldida edi: yuragini Se’lian’ga ochsa — uni abadiy bog‘ lab qo‘yadi. Yopiq tursa — ehtimol uni butunlay yo‘ qotadi.
Ammo yurak aldab bo‘ lmaydigan tuyg‘uni tanlagan edi.
Shu kuni tunda, qiz Se’lian’ga qarab yuragini ochdi:
“Men seni his qilaman. Hattoki seni ko‘ rmay qolgan paytim ham.”
Se’lian asta uning yuziga qo‘ lini cho‘zdi.
Endi u to‘ liq ko‘rinardi. Nafaqat ko‘ z bilan, balki yurak bilan.
Ammo shu payt… shamol esdi. Deraza ochildi. Qadimiy daftardagi so‘ zlar xotiraga qaytdi:
“Yuragingni bersang... u seni olib ketadi… ”
Se’lian bilan yuragini bo‘ lishgan kundan beri qiz boshqacha dunyoni his qila boshladi. Tong nurlari odatdagidek issiq emasdi. Ko‘ chalar – go‘yoki boshqa zamonga tegishli.
Odamlarning ovozlari esa sekin-asta pasayib, fon bo‘ lib qolayotgandek edi.
U har kuni bir necha daqiqaga qayergadir “ ko‘ chib” ketayotganini anglay boshladi.
Birinchi marta bu sodir bo‘ lganida, u kitob o‘qiyotgan edi. Birdan hamma narsa sukunatga cho‘ mdi. Kitob sahifalari sekin yelvizak bilan harakatlanayotgandek edi, ammo atrofda shamol yo‘ q edi. So‘ ng... u boshqa joyda uyg‘ondi.
To‘ q-ko‘k osmon. Yashil rangda yaltirab turgan yer. Suvlar teskari oqayotgandek. Va o‘ rtada
Se’lian. Uning yuzida g‘ amgin tabassum.“Xush kelibsan,” dedi u, orqasiga qaramasdan.“Bu men yashaydigan dunyo. Faqat tanlanganlar kiradi.”“Men nega bu yerda bo‘ lishim kerak?”
Se’lian bir necha soniya sukut saqladi. So‘ ng pichirladi:
“Chunki endi sen ikki dunyo o‘ rtasida qolding. Yuraging menga tegishli bo‘ lsa, bu dunyo ham seni chaqiradi.”
Qiz yuragida qo‘ rquv his qildi. Bu muhabbatmi? Yoki asta-sekin unga begona bo‘ lib borayotgan dunyodan uzilishmi?
Ammo hali ham orqaga yo‘ l bor edi. Qiz uyg‘ onganida – hali bu dunyoda edi. Ammo har safar “u yer”ga ko‘ proq vaqt qolayotgandek tuyulardi.
U kutubxonadagi daftarga qaytdi. Ortiqcha varaqlarda bir sirli sahifa bor edi. Unda yozilgan edi:
“Unga bog‘ langan yurak ikki dunyo o‘rtasida to‘xtaydi. Qutulish uchun faqat bitta yo‘ l bor: yurakni tanlash.”
Va eng oxirida qizni larzaga soluvchi satr:
“Ammo tanlashdan oldin — uning asl niyatini bil.”
Qiz endi Se’lian’ga ishonar edi. Ammo endi bir savol qalbini yondirar edi:
“U meni sevganidanmi chaqiryapti? Yoki meni o‘ z dunyosiga olib ketish uchunmi?..”
O‘ sha kecha qiz uxlay olmadi. Yuragi tinmay urar, xayolida esa faqat bitta savol:
“Agar u menga yo‘ l ko‘rsatayotgan bo‘lsa, nega yuragimda qorong‘ulik uyg‘onmoqda?”
U Se’lian’ga duch kelganidan beri his qilayotgan sevgi shirin bo‘ lsa-da, har kuni yuragiga oz-ozdan og‘irlik tushayotgan edi. Go‘ yoki biror narsa u orqali kuch olayotgandek.
Va nihoyat, u qaror qildi: haqiqatni bilish uchun u Se’lian yashaydigan dunyoga o‘ zi boradi. Lekin bu safar Se’lian chaqirmasdan.
U o‘ sha eski daftardagi yoriqni — yashirin sahifani — yana ochdi. Va bir satrni pichirlab o‘ qidi:
“Uning ruhi yashagan joyga faqat yurak xotirasi bilan kiriladi.”
Shu zahoti u o‘ zini sirli, qorong‘i bog‘da topdi. Bu bog‘ da daraxtlar uzun, bargsiz. Havoda chang, lekin yaltiraydi. Orada pichirlagan ovozlar:
"Se’lian... Se’lian... uni yana yo‘ qotamizmi?"
U chuqurroqqa yurdi. Bu yerda yana boshqa figuralar bor edi — xuddi Se’lian kabi tumanli, ammo ancha kuchsiz. Ba’zilar cho‘ kkan, ba’zilar esa butunlay yo‘q bo‘lgan. Qiz ularga qaradi va yuragi siqildi. Ularning ko‘ zlarida bitta so‘z bor edi: "Sevgi... halokatga aylangan."
So‘ ng u uni ko‘rdi. Se’lian turardi. Ammo bu safar u boshqacha edi — yuragi bo‘ sh, nigohi sovuq. Uning orqasida turgan qiz — boshqa bir inson — go‘ yoki yuragidan tortib olingan.
Qizning yuragi titradi.
“Bu… bu sening o‘ tmishingmi?”
Se’lian unga sekin yondashdi, yelkasiga qo‘ lini qo‘ydi.
“Ha. Men sevganman. Yuragini olganman. Chunki faqat shunda biz birga bo‘ la olamiz deb o‘ylaganman.”“Va u… ?”“U menga ishonib yuragini berdi. Men esa uni bu yerga mahkum qildim.”
Jimlik cho‘ kdi. Yurak esa qattiq urdi. Se’lian ko‘ zlariga tik qarab so‘radi:
“Endi bilasan. Baribir mening dunyomni tanlaysanmi?”
Qiz bir daqiqa sukut saqladi. Uning ko‘ zlarida og‘riq, ammo qaror bor edi:
“Men haqiqatni bildim. Endi qalbim bo‘ linmasin.”
Ammo... bu qaror uchun narx bor edi.
Shu zahoti bog‘ da yer larzaga keldi. Qorong‘ ulik ostidan sirli kuch paydo bo‘ldi. Bu kuch — faqat sevgining soyasi emas edi. Bu — o‘ tmishdagi gunohlar yig‘indisi edi.
Bog‘ larzaga keldi. Daraxtlar yiqilar, havoda qora tutun aylanar edi. O‘ sha qorong‘u kuch — Se’lian o‘tmishining soyasi — asta qizga yaqinlasha boshladi.
U yerning o‘ zi — shunchaki makon emasdi. Bu – xiyonat, yolg‘ izlik va unutilgan sevgi izlarining yig‘indisi edi. Va endi bu hislar qizni ham yutib yubormoqchi edi.
Se’lian uni himoya qilish uchun qo‘ lini cho‘zdi.
“Men seni yo‘ qotolmayman. Iltimos, yurak tanlama — meni tanla.”
Qiz ko‘ zlarini yumdi. Yuragi qattiq urdi. Ichida ikkita ovoz bor edi. Biri: “Uni sevganing rost, unga ishon. U sen uchun o‘ zgaradi.”
Ikkinchisi esa: “U allaqachon yuraklarni yo‘ q qilgan. Sen navbatdagisi bo‘ lishni xohlaysanmi?”
Birdan orqa tomondan o‘ zga bir kuch sezildi — bu kuch iliq, lekin begona edi. Qiz orqasiga o‘ girildi.
U yerda... yana bir tumanli inson turardi. Ko‘ zlari shaffof, ovozi tiniq edi.
“Sen hali butunlay tanlamading. Bu dunyoda faqat Se’lian emas.”
Qiz hayratda:
“Sen... kimsan?”“Men... Se’lian bilan bog‘ liq o‘tmishdan chiqib ketgan yagona yurak egasiman. Menga muhabbat berilgandi, lekin men uni vaqtida rad etdim. Shu tufayli qutuldim. Endi seni ogohlantirish uchun keldim.”
Qiz ichida qattiq kurash boshladi. Se’lian unga yordam berishga tayyor, lekin o‘ tmishi og‘ir. Bu yangi sirli mavjudot esa unga ozodlikni taklif qilayotgandek.
Yurak nima deydi? Ishonchmi yoki ozodlik?
Se’lian unga yaqinlashdi.
“Agar sen ketishni tanlasang, men yana yolg‘ iz qolaman. Va bu dunyo butunlay yo‘ q bo‘ladi. Men sen bilan nurga yurmoqchiman, qorong‘ ilikka emas.”
Ammo... qorong‘ ilik asta yaqinlashmoqda edi. Endi qaror qilish vaqti edi.
Qiz yuragini ushladi. Ko‘ zlaridan yosh oqdi.
“Agar men seni tanlasam, men kimga aylanaman?”
Hamma narsa jim bo‘ lib qoldi.
Go‘ yo vaqt to‘xtagan, atrofdagi qorong‘ilik ham, Se’lian ham, o‘sha begona sirli mavjudot ham – barchasi qizning tanlovini kutardi.
Yuragi esa... battar urardi. U ilk bor yuragini ushlab yig‘ lardi. Chunki bu sevgi ham, bu azob ham — chin edi.
“Men seni sevaman, Se’lian,” — dedi qiz, ko‘ zlari to‘la yosh bilan. — “Lekin bu sevgi o‘ zgartiruvchi bo‘lishi kerak. Yo‘ q qiluvchi emas.”
Se’lian bir qadam orqaga chekindi. Ko‘ zlari qorong‘ilikdan chiqib, bir zumga insoniylashdi. U ilk bor jim edi. U ilk bor... zaif edi.
Qiz yaqinlashdi. Uning qo‘ lini ushladi.
“Sening ichingdagi qorong‘ ilikni men o‘zgartirishim mumkin. Faqat agar sen yuragingni menga berishga jur’at qilsang.”
Tunaqish. So‘ ng Se’lianning ko‘kragida yaltiragan bir chiroq ko‘rindi — u ham yurak edi. U qulfda edi.
Qiz unga qo‘ lini cho‘zdi.
Ammo… tuman o‘ rtasidan kuchli bir hayqiriq eshitildi.
O‘ sha sirli inson — yuragi rad etilgan sobiq — oldinga chiqdi:
“ Yo‘ q! U seni ham yutadi! Uning yuragi zanjirlangan, u ozod bo‘ la olmaydi! Sen bu dunyoda abadiy qolasan!”
Tuman butunlay o‘ zgarib ketdi. Daraxtlar qulab tushdi. Yer yorildi.
Qiz endi ikkita yo‘ l o‘rtasida edi:
Se’lian bilan qolib, uni o‘ zgartirishga urinmoq. Ammo buning uchun o‘ z yuragining yarmidan voz kechishi kerak.Qochish. Sobiq yurak egasi bilan boshqa yo‘ l tanlab, o‘z his-tuyg‘ularini butunlay unutib, ozodlik sari yurmoq.
Qiz yerga tiz cho‘ kdi. Uning ko‘ z oldidan o‘tgan barcha xotiralar, Se’lianning jilmayishlari, unga birinchi marta “sen o‘zgacha ekansan” degani, kechalar yonida paydo bo‘lib, unga tinchlik bergani... Bular yolg‘on emasdi.
U boshini ko‘ tardi. Ov ozi titrardi, lekin qat’iy edi:
— “Men seni tanlayman, Se’lian. Nafrat bilan emas. Umid bilan.”
So‘ ng Se’lian ko‘z yosh to‘kdi. Birinchi marta. Va yuragidagi qulf… ochildi.
Uning ichidan yorug‘ lik chiqdi. Qorong‘ ulik orqaga chekina boshladi. Tuman tarqaldi. Va o‘ sha begona mavjudot — o‘zining asl holiga qaytdi.
U — sevgidan mahrum qolgan shunchaki bir soyaboq edi.
Va ular – qiz va Se’lian – birinchi bor asl o‘ zlariga aylandilar.
Qiz endi bilardi: u boshqacha inson edi. Va bu dunyodagi eng xavfli narsa — muhabbat bo‘ lishi mumkin. Ammo eng qutqaruvchi kuch ham — aynan shu.
Qizning yuragi endi boshqa edi.
Se’lian bilan bog‘ langan yurak uni insoniy hislardan ustun bir darajaga olib chiqdi. Endi u oddiy qiz emasdi. U yurak orqali tuyg‘ ularni his qilish, ruhlarni ko‘rish, hatto o‘tmishdagi izlarni ko‘ra olish qobiliyatiga ega bo‘ldi.
Ammo... bu kuch bilan birga, tahdid ham uyg‘ ondi.
Kechasi, qiz oynaga qarab turganida, ortida bir siluet ko‘ rindi. U Se’lian emasdi. Bu... qorong‘ u libosli, yuzsiz bir mavjudot edi.
Ko‘ zlari qora, yuragi — shunchaki bo‘shliq. U sokin ovozda dedi:
“Sen yuragingni ochding. Endi men seni topdim. Sen — tanlangan yuraksan. Qon bilan muhrlangan yurak.”
Qiz chekinmoqchi bo‘ ldi, lekin oyoqlari qotib qolgandek edi. Se’lian bu paytda yaqin emasdi. Qiz ichida Se’lian bilan bo‘ lgan rishtani chaqirmoqchi bo‘ldi, yuragidagi nurga e’tibor qaratdi.
Nur asta kuchaydi. Oyna yorishdi. Ammo… mavjudot ketmadi.
“Men seni olib ketmayman. Hozircha. Faqat eslatib qo‘ yaman: sening yuraging — biznikiga aylanishi kerak. U holda dunyo muvozanatda bo‘ ladi. Aks holda, biz uni tortib olamiz.”
U shunday degach, havoga singib ketdi. Qiz bir zum jim turdi. Nafas ololmadi. U ko‘ zlaridan yosh oqayotganini sezdi.
O‘ sha paytda Se’lian paydo bo‘ldi. Yuragi hali ham yaltirab turgan, lekin nigohi xavotirli edi.
“Men buni bilardim... Ular seni topishdi. Sen endi oddiy inson emassan. Sening yuragingmuqaddas va xavfli. Endi men seni nafaqat sevaman, balki himoya qilish uchun hammanarsaga tayyorman.”
Qiz uning ko‘ zlariga qaradi.
“Men kimman endi, Se’lian? Men odammanmi, ruhmiman, yoki yurakmi?”
Se’lian jilmaydi.
“Sen — yurak tanlagan qizsan. Va yurak hech qachon adashmaydi.”!
Tong nurlari derazadan tushganda ham qizning yuragi jim emasdi. U kechagi mavjudotning gaplarini yana eshitardi:
"Sen yurak tanlagan qizsan. Ammo yuraging bizga kerak."
Se’lian uni bog‘ hovlisiga olib bordi. Bu joy oddiy ko‘ rinardi, lekin yer ostida sirli joy yashiringandi — Yuraklar Uyasi deb ataladigan joy. Aynan u yerda yurak kuchlari uyg‘ onar, u yerdan tanlanganlar kuchini o‘rganar edi.
Ular yer ostiga tushgach, devorlardagi simlar yaltirab, yurak shaklidagi muhrlar yonib chiqdi. Har bir muhr — o‘ z vaqtida tanlangan yurak egasining xotirasini saqlardi.
Ammo… ularning yarmi qoraygan edi. Bu – yurak egalarining yiqilganidan darak edi.
Qiz yuragini bosdi. U hayajon, qo‘ rquv va mas’uliyatni his qilardi. Se’lian unga qaradi:
“Sen har doimgidan kuchlisan. Lekin bu kuch — o‘ rganilmasa, seni yo‘q qiladi . Biz mashg‘ ulotni boshlaymiz.
Shu vaqtdan boshlab, qiz kuchini boshqarishni o‘ rgandi:
Uning qo‘ llari bilan tuyg‘ularni ushlash mumkin edi.
Yuragi bilan odamlarning niyatini ko‘ rardi.
Va u... o‘ tmishni his qila boshladi.
Bir kuni mashg‘ ulot paytida, u to‘satdan hushidan ketdi. U ko‘ zini ochganida — begona bir dunyoda edi. Qorong‘ ulik, u yerda to‘xtab qolgan yuraklar va bir qizning yig‘isi bor edi.
Bu... u emasmidi?
Bu boshqa vaqt edi. U o‘ zining ilgari tanlanmagan yuragi edi. U yurakni rad etgandi. Shuning uchun hozirgi kuch unga ikki karra qimmatga tushadi.
U hushiga kelganda Se’lian yonida edi. Qiz unga qarab shunday dedi:
“Men endi yurakni o‘ zim tanlamayman. Yurak meni tanlagan. Endi men kurashaman.”
Ammo... yovuz kuchlar ham jim emas edi.
Ularning rahbari — Noyurak deb atalgan mavjudot — yig‘ ilgan qorong‘ulikdan iborat edi. U butun umr yuraksizlikda yashagan, sevgini rad etgan mavjudot edi.
Endi u bu yurakni tortib olmoqchi.
Yomg‘ irli bir kecha. Osmonda chaqmoq yondi. Qiz Yuraklar Uyasi ichida bir nurning hosil bo‘ lishini kuzatayotgan edi — bu nur uning o‘z kuchi edi, u yuragini to‘liq anglay boshlagan edi.
Ammo yuraksizlar ham jim emasdi,
To‘ satdan tebranish yuz berdi. Yer osti devorlari titradi. Yorug‘ simlar birin-ketin o‘cha
boshladi. Qorong‘ ilik yuraklar muhrlarini yutib yuborayotgandi. Yuraksizlar — tuyg‘ usiz, sovuq va bo‘sh mavjudotlar — uyni o‘rab olishdi.
Ularning nigohida faqat bir narsa bor edi — Qizning yuragi.
Qiz o‘ rnidan turdi, yuragini ikki qo‘li bilan tutdi. Se’lian yonida paydo bo‘ ldi, ammo bu safar u ham qo‘rquvni his qilayotgandek edi.
“Bu safar ular kuchli. Ular yuragingni to‘ liq sindirish uchun kelishgan. Ammo sen o‘ zingda qolishing kerak. Yuraging — ularningki emas.”
Yuraksizlar hujumi boshlangandi.
Qiz ichidagi nur bilan ularga qarshi chiqdi. Yuragi yorishdi, atrofga toza tuyg‘ ular tarqaldi: Mehr, ishonch, muhabbat.
Ammo yuraksizlar bu tuyg‘ ularni yoqtirmasdi. Ular qizni qurshab olishdi.
Shu paytda, qiz ichidan boshqa bir ovozni eshitdi — bu uning o‘ z yuragining ovozi edi.
“Agar meni yo‘ qotmasang, men seni abadiy himoya qilaman.”
Qiz yuragini keng ochdi. Ko‘ zlari yoshlanib, baqirdi:
“Bu yurak — muhabbatdan yaralgan. Siz uni yengolmaysiz!”
Birdan atrof yorishdi. Yuraksizlar orqaga chekina boshladi. Ammo ular orasidan bittasi... turib qoldi. U boshqalarga o‘ xshamasdi. Nigohi... begona, ammo tanish edi.
Qiz unga yaqinlashdi. Nigohlar to‘ qnashdi.
Bu... ukasi yo o‘ tmishdagi kimsa emasmidi?
Se’lian qizni tortib oldi.
“Sen hali bunga tayyor emassan. U — seni eng zaif nuqtang.”
Yuraksizlar chekinishdi. Yuraklar Uyasi shikastlandi. Ammo qizning ichida yangi savollar tug‘ ildi.
U kim edi? Nega yuraksizlar ichida yuragimga o‘ xshash narsa bor edi?
Qiz tinimsiz o‘ sha so‘nggi yuraksizga o‘xshagan kimsa haqida o‘ylardi. Nigohi, yuragi... bu sovuq ko‘ zlar orqasida ezilgan tuyg‘ular yashiringandek edi. U tushlarida ham o‘ sha sirli mavjudotni ko‘ra boshladi.
Har safar uning nigohi — tanish tuyulardi. U… o‘ tmishdan kelgan yurak egasi emasmi?
Se’lian bunga javob bermasdi. Har gal savol berganida, u sukut saqlardi.
Bir kecha qiz sirli xonaga kirib qoldi. U yerda qadimiy yurak kundaligi bor edi. U sahifalarni varaqlay boshladi. Har bir sahifada bir tanlangan yurak egasi haqida yozuv bor edi.
Ammo… so‘ nggi sahifa — chirt yopiq. Qora muhr bilan berkitilgan. Va ustida yozuv:
“U yuragini yo‘ qotdi. Endi yuraksizlar orasida yuradi.”
Qizning qo‘ li titradi. Qora muhrdan nur chiqdi. Sahifa ochildi. Va u… u yerda surat ko‘ rdi. Yuraksizlar orasidagi o‘ sha mavjudot…
Uning ismi Ervan edi.
Ammo surat tagida boshqa yozuv bor edi:
“Va bu yurak... sening egiz yuraging bo‘ lgan.”
Qiz titradi. Egiz yurak degani — bu uning yuragi bilan bir xil urgan, lekin yo‘ ldan adashgan demak edi.
Yuraklar Uyasi unga tushuntirdi: Har bir tanlangan yurak egasining yurak jufti bo‘ ladi. Agar biri yo‘ ldan chiqsa — ikkinchisi uni qutqarmaguncha tinchlik bo‘lmaydi.
Qiz o‘ z- o‘ziga shivirladi:
“Demak ... men uni qutqarishim kerak?”
Ammo bu oson emasdi.
Se’lian unga qaradi. Uning nigohi qat’iy edi:
“Agar yuraksizni qutqaraman desang — o‘ zing yuraksizga aylanish xavfini olasan.”
Qiz indamadi. Faqat yuragiga qo‘ lini qo‘ydi.
“Men tanlayman. Men yuragimni yo‘ qotmayman. Va uni — qaytaraman.”
Qorong‘ ulik chuqur edi. Yuraklar Uyasi orqada qolgan, endi qiz yakkayu yagona – Yuraksizlar
saltanatiga kirib bormoqda edi.
Bu joyda yuraklar urmasdi. Hamma narsa jimjit. Havoda tuyg‘ usizlik hidlanardi.
U yurak egizini — Ervanni — qidirardi. Qiz yuragini yashirib, yuraksizlar orasiga singib ketdi. Ammo yurak har doim o‘ z egizini sezardi.
Tepada ulkan soya g‘ ira-shira yurardi. Bu — Yuraksizlar Podshosi edi. U yuraksizlarni boshqarar, va yuragini yo‘ qotganlarning qalblarini abadiy muzga aylantirar edi.
Qiz yuragini muhofaza qiluvchi nur bilan o‘ zini o‘rab olgancha, sirli labirintlar, x otiralarni so‘rib oluvchi ko‘zgu yo‘laklar orasidan o‘tdi.
Bir oynada to‘ xtab qoldi. Oyna ichida o‘ zini emas — Ervanni ko‘rdi. U avvalgidek emasdi. Ko‘ zlarida chuqur og‘riq, yuraksizlik aralashgan, ammo ich-ichida bir nur bor edi. Go‘ yo u hali to‘liq yuraksiz bo‘lib ulgurmagandi.
“Nega kelding?” — Ervan unga qattiq qaradi.
Qiz yuragiga qo‘ lini qo‘ydi:
“Chunki sen mening yuragimsan. Egiz yuragimsan. Sen yo‘ q bo‘lsang — men to‘liq bo‘lolmayman.”
Ervan yuragini ushladi. Ko‘ zlari yalt etib, bir lahza jonlandi. Ammo... birdan Podsho ovozi yangradi:
“Yuraksiz yuraklar birlasha olmaydi. U yo‘ limizni tanladi. Endi u qaytolmaydi!”
Podsho Ervanning yuragiga sovuq zanjir bilan urildi. Qiz qo‘ rquvni yengib, yuragini ochdi. Yorug‘ nur kuchli bo‘lib, qorong‘ilikni teshib chiqdi.
Ervan qattiq baqirdi. Yuragi ichidan yorilib, qayta tiklana boshladi...
Ammo shu payt... qiz yiqilib tushdi.
Ervanning yuragi tiklanyotgan edi. Ammo evaziga... qiz yuragining yarmini unga bergandi.
Qiz hushsiz yotardi. Yuragining yarmini bergan — endi tanasida faqat yarim yurak urmoqda edi.
Se’lian yig‘ lardi. Yuraklar Uyasi g‘ amga botgan edi. Ammo Ervan... u turdi. Endi u yuraksiz emas edi. Yuragi sekin urishni boshlagan — va har bir zarbasi qiz yuragidan bir parcha olib kelgandek edi.
“Men yashadim, lekin u... u ketmoqda.” — dedi u ohangda.
Se’lian yurak rishtasini olib, ikkalasini tutashtirdi. Lekin bu rishta faqat sevgi bilan urilsa, ishlardi. Va u yuraklar uyasidan sehrli yurak donasini olib keldi — bu yurak donasi faqat chin yurak sevgi uchun jonlanardi.
Ervan qizning qo‘ lini ushlab, yuragini tutib shivirladi:
“Agar sen men uchun yuragingni bergan bo‘ lsang… men butun yuragimni senga qaytaraman.”
U yuragini qiz yuragiga tutdi. Sehrli yurak donasi nurladi. Yorug‘ lik butun tuyg‘ular olamini to‘ldirdi.
Bir lahza sukut... so‘ ngra qiz ko‘zlarini ochdi.
“Sen...” — dedi u asta.“Ha, men endi sening yuragingni ko‘ rmayman... chunki u mening yuragim bilan
birlashgan.”
Se’lian kulimsiradi. Yuraklar Uyasi yorug‘ likka to‘ldi. Endi yuraksizlik yo‘ q edi.
Yuraksizlar Podshosi esa — yurak donasi oldida titradi. U ham yuragini yo‘ qotgan ekan. Va u ham... nihoyat yurak topdi.
O‘ sha kun – yuraklar qayta tug‘ilgan kun bo‘ldi.
Qiz va Ervan endi bir yurak, ikki jism edi. Ular yuraklarni himoya qiluvchi yangi Yorug‘ lik soqchilariga aylandilar.
Ularning hikoyasi endi afsonaga aylandi.
- - -
Tugadi.
Muallif so‘ zi:
Ba’zida inson yuragining ichida hech kim ko‘ rmaydigan bir dunyo yashaydi. Bu dunyoda og‘ riq ham, sevgi ham, sadoqat ham yashirin. Men yozgan “Sen bor, lekin yoʻqsan” hikoyasi
yuraklar orasidagi ko‘ rinmas rishta, sezilmaydigan sevgining kuchi haqida.
Bu hikoyani yozar ekanman, o‘ yladim: agar yurak haqiqatan ikkiga bo‘linar bo‘lsa, uni qayta to‘liq qiladigan nima bo‘ladi? Va men javobni topdim — chin sevgi, fidoyilik, ishonch va sadoqat.
Qahramonlarim — qiz va Ervan — oddiy emas. Ular hayotimizdagi biz ko‘ rmaydigan, lekin his qiladigan tuyg‘ularimizning timsoli. Ular o‘ z yuraklarini yo‘qotdilar, lekin bir-birini topib, o‘zlarini qaytadan topdilar.
Ushbu hikoya orqali har bir o‘ quvchiga shuni aytmoqchiman: yuragingizni asrang. Chunki yurak faqat urmaydi — u yashaydi, sevadi, kechiradi, o‘ zgartiradi. Kimnidir yuragingizga qo‘ ygan bo‘lsangiz — bu kuchsizlik emas, bu eng katta jasoratdir.
Bu hikoyani men bilan birga oʻqiganingiz uchun rahmat.

– Muallif -
Shunaqa koʻproq yozin yana
Yangilarini joylaymiz tez kunda🩵