
Qalb koʻzgusi
1- qism: Yolg‘izlikdagi jimlik
Boshqalar tongda uyg‘onganda, Miraa allaqachon uyg‘oq bo‘lardi. U kunni quyosh chiqishidan emas, yuragidagi qattiq jimjitlikdan his qilardi. O‘rindig‘ining yonida turgan
kichkina ko‘zguga qarab, har kuni bir savolni berardi: “Bugun men kulamanmi?”
Miraa oddiy qiz edi — tashqaridan. U maktabga borar, uyga qaytar, kitob o‘qirdi, gohida
musiqani jim eshitardi. Ammo u boshqacha edi. Qachondir bolaligida boshqalardan farqli bo‘lib qolganini sezgandi. Birinchi bor ota-onasi urishayotganda ularning asl niyatlarini yuragidan eshitib qolganida, yuragiga sovuq tushgandi. O‘shanda u insonlar gapirayotgan
so‘zlari bilan yuragidagi niyatlari bir xil emasligini tushungan.
Shundan so‘ng, Miraa odamlarni yoqtira olmay qoldi. Har bir inson bilan gaplashganida, ularning ichidagi yolg‘on, hasad, va yolvoruvchan hislar go‘yo havoda aylanib, Miraa yuragiga o‘qdek urilar edi. Bu unga og‘riq berardi. Va u endi kulmay qo‘ygandi. Uning
so‘nggi samimiy kulgusi oltinchi sinfda bo‘lib o‘tgan edi.
Ammo bu holat Miraa uchun kuchga aylandi. U qayerda bo‘lmasin, odamlarning niyatini, qalbini ko‘ra olar edi. Uning ko‘zlari — ko‘zgudek. Kimki Miraa bilan ko‘z urishtirsa, o‘z yuragidagi eng yashirin hislarini unga ko‘rsatib qo‘yardi. Shuning uchun odamlar undan
qochardi, hatto do‘stlari ham uzoqlashgan edi.
Lekin Miraa hech qachon yovuz bo‘lmagan. U hech kimga zarar qilmagan. Aksincha — u adolatni yaxshi ko‘rardi. Uning yuragida hali ham qizil olov bor edi — u yovuzlikni to‘xtatish,
begunohni himoya qilish orzusida yashardi.
Uning qobiliyati yanada rivojlanib borayotgan edi. Endi u ba’zida vaqtni his qilardi. Odamlar gapirayotgan vaqtda, u lahzalarni sekinlashtira olar, yurak ritmini eshitib, ichki haqiqatga
yaqinlasha olar edi.
Ammo u buni hali to‘liq tushunmas edi. Faqat bitta narsa aniq edi: Miraa oddiy qiz emas.
Uning ko‘zlari — ko‘zgu. Va bu ko‘zgu orqali haqiqat yashirina olmaydi...
2-qism: Yuraklar tovushi
Kechki shom. Maktabdan qaytayotgan Miraa har doim oʻsha tor xiyobon orqali yurardi. Koʻchadagi chiroqlar hali yoqilmagan, osmon rangpar koʻk va pushti ohanglarda oʻzgarayotgan edi. Biroq bugun shamol boshqacha esar, u jimjitlikni yirtib, qandaydir sirli xabar olib kelayotgandek tuyulardi.
Miraa xiyobon oxirida kichik bir bolani koʻrib qoldi. Bola koʻchada yolgʻiz, qaltirab oʻtirardi. Miraa, odatdagidek, yuragini tingladi. Bu bolaning qalbida hech qanday
ovoz chiqmas
edi.
Bu holat uni hayratda qoldirdi. Har doim kimnidir ko‘rsa, yurak tovushlarini — uyalish, qo‘rquv, shubha, yolg‘on — barchasini eshitardi. Lekin bu bola... go‘yo yuragi yo‘qdek edi.
— H- heyy… yaxshi- misan? — deb so‘radi Miraa, ohangida ehtiyotkorlik bor edi.
Bola boshini ko‘tardi. Uning ko‘zlari… g‘ira-shira xira edi, go‘yo ichkarida hech qanday hayot yo‘qdek. Lekin Miraa unga qaragach, yuragida to‘satdan o‘tkir sanchiq his qildi — nimadir
buzilayotgandek.
Bir lahzaga u o‘zining ichki ko‘zgusini yo‘qotgandek bo‘ldi.
Miraa cho‘chib ketdi. Orqaga qadam tashladi, ammo shu onda bola o‘rnidan turdi va
shunday dedi:
— "Ko‘zlaring haqiqatni ko‘radi. Ammo ba’zan haqiqat ko‘r- ko‘rona bo‘ladi."
Miraa qotib qoldi. Bu bola oddiy emas. Bu bola, ehtimol, uning kabi — yoki undan ham g‘ayritabiiy. U yuragida birinchi bor qandaydir kuchning o‘zgarishini his qildi. Uning ichidagi
kuch harakatlana boshladi, go‘yo uyg‘onayotgandek.
Shu onda vaqt... sekinlasha boshladi.
Qushlarning uchishi to‘xtadi. Shamol muzlagan havo ichida turib qoldi. Daraxt barglari
havoda ilib qoldi.
Va Miraa... harakatlana oldi.
Faqat u.
Bu Miraa uchun birinchi marta emas edi, lekin bu safar vaqt o‘z-o‘zidan to‘xtamagan edi. Bu bolaning borligi sababli vaqt qotgan edi. Demak, u ham vaqt bilan bog‘liqmi?
— Sen kimsan? — Miraa sekin pichirladi, lekin bolaning javobi bu safar yurakka urildi:
— Men sening so‘nggi haqiqatingman... yoki birinchi yolg‘oning.
Shu payt bolaning ko‘zlarida yorug‘lik paydo bo‘ldi va Miraa hushidan ketdi.
...
U uyg‘onganda, o‘z xonasida edi. Ko‘zgusi qarshisida yotar, lekin bu safar ko‘zgudagi aks…
kulardi.
Ammo Miraa emas.
Ko‘zgu ichida boshqa bir Miraa bor edi. U kulayotgan, quvnoq, ko‘zlari porlagan. Ammo Miraa bu tabassumni tanimas edi. U hech qachon shunday kulmagan.
Ko‘zgudagi qiz asta tilga kirdi:
Men sening ichingdagi his. Men seni unutgan hisingman. Va men qaytmoqchiman.
Miraa ko‘zlarini katta ochdi. Endi u bilardi — uning ichida yana nimadir yashiringan. U faqat odamlarning haqiqatini ko‘ra olmasdi. Endi u... o‘zini tanib olish uchun kurash boshlagan edi.
Va bu kurash — endi boshlanmoqda edi.
- - -
3 qism: Haqiqatlar soyasi
Tun. Miraa ko‘zguga tikilib o‘tirardi. U yerda o‘zini ko‘rib turgani yo‘q edi — u yerda yangi Miraa bor edi. O‘sha kulayotgan, g‘ayrioddiy, ammo sirli tabassum ortida nimanidir
yashirgan qiz. U har safar Miraa ko‘zguga qaraganida tirjayib kulardi. Go‘yo, Miraa ichida
qulfda turgan hissiyotlar chiqishni so‘rardi.
Miraa endi aniq bilar edi — u har doim sovuqqon bo‘lib yashagan emas, balki uni bunday
yashashga majbur qilishgan.
Bir kun, u eski kundaliklarini ko‘zdan kechirayotib, 7 yoshli qizaloq yozgan jumlaga ko‘zi
tushdi:
“Bugun yana yig‘ladim. Ular menga ‘zaifsan’ deyishdi. Shuning uchun ko‘z yoshimni
ichkariga yopdim.”
Shu payt uning yuragida portlash bo‘ldi. Qancha yillar davomida yig‘lamaslik, sevinmaslik, odamlarni sevmay yashash — bularning hammasi himoya edi. U o‘zini emas, ko‘zgu ichidagi
hisni qamagan edi.
Ammo bu his endi qamoqda qolishni xohlamasdi.
...
Ertalab Miraa maktabga ketar ekan, har bir odamdan chiqayotgan his-tuyg‘ular tobora kuchayib borardi. U oldin faqat ichki “tovushlar”ni eshitsa, endi ular ranglarda ko‘rinardi.
Masalan, o‘qituvchisining ortidan kulrang tuman bor edi — bu uning charchoq va yolg‘onlarini ifodalayotgandek. Do‘stlari ustidan sariq rangli to‘lqinlar taralardi — qiziqish va
hasad.
Bu endi faqat kuch emas edi. Bu — ko‘rish edi. Va u bunday kuchga tayyor emasligini his
qilar edi.
U kutubxonaga kirdi. Uning ko‘zi eski, chang bosgan kitobga tushdi. Kitob nomi: “Ko‘zgu
so‘nggida”.
U sahifalarni varaqlay boshladi.
"Har bir odamning ichi — ko‘zgudek. Unda yoki o‘zi bor, yoki qorong‘ulik. Ko‘zguni sindirish
— o‘zingni sindirish degani emas. Bu sening kimligingni tan olishdir."
Miraa o‘ziga savol berdi: Men kimman?
— Sen haqiqatsan, — dedi ortidan tanish ovoz.
U ortiga qaradi. O‘sha bola. Qora ko‘zli, yuraksiz bola.
— Nega har safar chiqasan? — Miraa so‘radi.
— Chunki sen uyg‘onyapsan. Ko‘zgudagi hising endi tinmaydi. U sening kuchingning yarmi
edi. Endi u ozodlikka chiqmoqchi.
Miraa hushidan ketmaslik uchun devorga suyanib turdi.
— Unda men nima qilishim kerak?
Haqiqatdan qochma. Sen faqat adolatli qiz emassan, sen haqiqatning o‘zisan. Sen odamlarning ichida nima yashirinayotganini ko‘ra olasan. Ammo bir kuni... ular ham seni
ko‘ra boshlaydi.
...
Kecha.
Miraa yana ko‘zgusi qarshisida o‘tirar edi. Bu safar ko‘zgu ichidagi qiz unga tik qaradi. So‘ng asta qo‘lini ko‘zguga tekkizdi. Miraa ham qo‘lini cho‘zdi.
Va... ko‘zgu darz ketdi.
Ular birlashdi.
Endi Miraa bir butun edi.
Yuragida ilk bor kulgi uyg‘ondi. Bu kulgi shirin emasdi. Bu — haqiqat kulgisi edi. Bu — ichki
kuchning uyg‘onish edi.
Ko‘zguda endi yolg‘iz u bor edi.
- - -
4 qism: Soxta niqoblar orqasida
Miraa endi o‘zini to‘liq his qilardi. U kulishni bilmasligi mumkin, lekin endi uni nima uchun bilmasligini tushunardi. Chunki uning kulgusi — oddiy quvonch emas, balki hissiyotlarni
ochish kuchi edi.
U odamlar kulayotganini ko‘rsa, ularning ichki yolg‘onlarini sezardi.
Endi maktab unga odatdagidek oddiy tuyulmasdi. Sinfdoshlari orasida yolg‘onchi, ikkiyuzlamachilar ko‘payib borayotganini sezdi. Ayniqsa biri — Anna
Anna sinf sardori edi. Barchaga kulib qarar, mehribonlik ko‘rsatardi. Ammo Miraa u bilan gaplashganda, orqasidan qora tutun ko‘tarilar edi. Bu tutun — hiyla, xiyonat va
manipulyatsiya belgisi edi.
Miraa ko‘zgu orqali ko‘rganida, Anna qizlarni qanday aldayotgani, o‘qituvchiga qanday laganbardorlik qilib, boshqalarning baholarini pasaytirayotganini bilib oldi.
U adolat uchun yashar edi. Bu holatga jim qarab turolmasdi.
Lekin bu safar, u o‘zgacha yo‘l tanladi. U ko ‘zgu orqali faqat ko‘rmasdan, tasir qila boshladi.
Bir kechada Miraa o‘zining kuchidan foydalanib, Annaning tushiga kirdi. Tushda Anna barcha sinfdoshlarining qarshisida haqiqat bilan yuzma- yuz turardi.
Sen o‘ylaysan, hammangga kulib yurib yashirina olaman, debmi? — dedi Miraa tushdagi
ovozida.
Anna tipirchilab uyg‘ondi, terga botgancha. Ertasi kuni maktabga kelmadi.
Miraa bilardi: bu hali boshlanishi.
...
Oradan bir hafta o‘tgach, Miraa o‘zi kabi o‘zgacha insonlar borligini sezdi.
Kutubxonada bir bola kitob o‘qiyotgandi. U ko‘zgu orqali uni ko‘rdi: bolaning atrofi ko‘k nur bilan o‘ralgan edi — bu sokinlik va haqiqat belgisi.
Uning ismi Adrian edi. U Miraa kabi o‘ziga xos kuchga ega — u insonlarning so‘zlariga emas,
niyatlariga qarab eshitardi.
— Sen ko‘rasan, men eshitaman, — dedi Adrian Miraa bilan birinchi bor gaplashganda.
Ikki o‘zga kuch birlashdi. Ular odamlarga yordam bera boshladi. Ammo ular kuchaygan sayin... qarshilik ham kuchaya boshladi.
Ko‘zgu orqasida yashiringan kuch — Soxta Qora Qiz — Miraa bilan bir xil, ammo zulmatga yon bosgan kuch egalari mavjud edi. Ular Miraa va Adrianni izlay boshladi.
Ular bitta xato kutishardi. Faqat bitta.
...
Va o‘sha xato tezda ro‘y berdi.
Miraa bir kun qo‘shnisining bolasi — 6 yoshli Mariani saqlab qolmoqchi bo‘ldi. Maria tushgan chuqurdan chiqib kelganda, Miraa ko‘zgu orqali unga yordam berdi.
Ammo shu daqiqada... Ko‘zgu yorildi.
Miraa hushidan ketdi.
Va u ko‘zgu ichida uyg‘ondi.
Endi u haqiqiy dunyo bilan sirli ko‘zgu orasida qamalgan edi.
Ko‘zgu dunyosi qorong‘u edi. Har yerda soxta kulgilar aks etardi. Va ular orasida — Qora Qiz
turardi.
— Sen ko‘zguni ochding, lekin endi u seni yutdi, — dedi Qora Qiz kulib.
Men kuchimdan odamlarni ogohlantirish uchun foydalandim, sen esa ularni boshqarish
uchun, — javob berdi Miraa.
— Ko‘raylikchi kim yutadi... kulolmaydigan, sevolmaydigan, lekin HIS QILA OLADIGAN qizmi, yoki kulgusi yolg‘onlardan qurilgan KO‘ZGULAR QIROLICHASIMI?
- - -
5 qism: Ko‘zgu ortidagi haqiqat
Miraa ko‘zgu dunyosida uyg‘onganda, yuragi asta-sekin urishni boshladi. Boshida faqat qora bo‘shliq ko‘rinardi, lekin so‘ngra atrofdagi devorlar — begona kulgular, soxta tabassumlar
bilan o‘ralgan ko‘zgu yuzalar bilan qoplanganini ko‘rdi.
Bu joy — Haqiqatlar zindoni edi.
Va uni boshqarayotgan — Qora Qiz.
— Nihoyat, sen o‘z ko‘zguing ichiga qamalding, — dedi u. Ovozi sovuq edi, ammo jilvasi
Miraa o‘zidan bir parcha kabi tuyuldi.
Miraa o‘z kuchini faollashtirdi. U yuragidagi haqiqatni ko‘zgu sirtiga chiqardi. Butun xona
yorishdi. Lekin...
Ko‘zgu sinmadi.
— Bu yerda senga hech narsa bo‘ysunmaydi, — kuldi Qora Qiz. — Bu yerda faqat yolg‘onlar
kuchga ega.
Shunda to‘satdan devordan bir tasvir chiqdi. Bu — Miraa o‘zini bolaligida ko‘rgan holat edi.
U kulayotgan edi. Lekin u kulgining orqasida yig‘layotgan edi.
Miraa tushundi — bu dunyoda kuch ishlatish uchun avval o‘zining ichki haqiqatini tan olishi
kerak.
U ko‘zlarini yumdi.
“Men kulmayman, chunki dunyodagi yolg‘on tabassumlar meni o‘zgartirdi. Men sevmayman, chunki sevgi yolg‘onlarga berilgan qurolday ishlatiladi. Lekin... men HIS QILA
OLAMAN. Men jasurman. Men adolat tarafidaman.”
O‘sha damda, Miraa tanasidan oppoq chaqnash chiqdi. Haqiqat nuri.
Ko‘zgular birin- ketin yorilib tusha boshladi. Qora Qiz baqirdi:
To‘xtaaa! Agar sen bu haqiqatni ochsang, men yo‘q bo‘laman!Sen men emassan. Sen mening qo‘rquvimsan, — dedi Miraa.
Shiddatli jang boshlandi.
Qora Qiz Miraa ustiga hujum qildi. Har bir zarbasi bilan u Miraa xotirasidan og‘riqli lavhalarni chiqarib urdi: dardli bolalik, do‘stlarning xiyonati, yolg‘izlik. Bular Miraa qudratini
susaytirayotgandek tuyuldi.
Ammo Miraa yiqilmadi. U har bir og‘riqni o‘z kuchiga aylantirdi.
Bir zarba — Miraa Qora Qizning ko‘kragiga musht soldi.
U yana — Miraa undan orqasidagi ko‘zguni sindirdi.
So‘ng... o‘z yuragidagi chindan topilgan yagona iliqlikni — adolatga bo‘lgan ishonchni
chiqarib, Qora Qizga qarata dedi:
— Men seni yo‘q qilish uchun emas, seni qabul qilish uchun keldim.
Qora Qiz jim qoldi.
— Sen men eding. Ammo endi men seni egallamayman. Sen mening kuchimdan chiqqan
qism eding. Endi men to‘liqman.
Qora Qiz asta- sekin o‘zgarib, Miraa bilan birlashdi. Yorqin nur butun ko‘zgu dunyosini yutdi.
...
Miraa uyg‘ondi.
Real dunyoda. Ko‘zgular sinib yotardi. Ammo o‘z yuragi tinch edi.
U bilardi — bu faqat boshlanish edi.
Ammo endi u yolg‘iz emas edi. U butun edi.
- - -
6 qism: Sukut ortidagi kuch
U o‘sha kundan keyin hech qachon o‘sha Miraa emasdi.
Yuzida hali ham o‘sha sokinlik, ko‘zlarida jimjitlik. Ammo yuragi — endi boshqa kuch bilan urardi. Ko‘zgu sindi, ammo uning ruhida yangi bir kuch uyg‘ongan edi. Odamlar Miraa
haqida: “Oddiy, yolg‘iz qiz,” der edi. U esa bu haqiqatni yomon ko‘rmadi. Aynan shu yolg‘on
— uni himoya qilardi.
Endi Miraa a kuchini yashirishi kerak edi.
Ammo o‘sha tongdan boshlab uni nimadir — kimdir kuzatardi. Deraza ortida, maktab yo‘lida, hattoki u tinch dam olayotgan parkda ham… kimdir borligini his qilardi. Faqat ko‘z bilan
emas — yurak bilan seziladigan qorong‘ulik.
U maktabda jim yurdi. Ko‘p gapirmadi. Hech kim bilan yaqinlashmadi. Do‘stlar? Ular faqat
orzu edi.
Ammo bir kuni sinfga yangi o‘quvchi keldi. Uning ismi Alex edi.
U g‘alati edi. Harakatlari hamma bilan bir xil, ammo ko‘zlari... tahlil qilardi. Har bir harakatingni eslab qoladigandek qarardi.
Bir kuni Alex unga qarab kulib dedi:
— Sen kulishni unutibsan, Miraa. Yoki... hech qachon kulmaganmisan?
Bu savol — oddiy eshitilsa-da, Miraaning yuragini zirillatdi. Alex kim edi? Oddiy bola? Yoki u
ham... o‘sha kuch haqida biladimi?
Oradan kunlar o‘tdi. Miraa bir kecha uyg‘onib, uyining eshigi ostidan surilgan xat topdi.
“Sen yolg‘iz emassan.
Biz seni ko‘rdik. Biz seni sinaymiz.”
Bu dahshatli edi. Chunki u hech kimga sirini aytmagan. Hech qanday kuch namoyon
qilmagan.
Demak... kimdir o‘sha jangdan keyin ham uni kuzatgan edi.
Miraa hech kimga aytmadi. Bu kuchni saqlab qolish — unga hayotni saqlab qolishday tuyuldi. U yashirin mashqlarni boshladi. Ko‘zgusiz. Faqat ichki konsentratsiya bilan.
Hissiyotlar orqali.
Ammo bir kecha Alex bilan yo‘lda ketayotganda, ularning ortidan qora SUV mashina yurib keldi. To‘xtadi. Ichidan qora kostyumdagi odamlar tushdi.
Biz bilan yurasiz, Miraa. Siz xavfli kuchga egasiz. Bu ruxsat etilmaydi.
Miraa qarab turdi. Ko‘ngli g‘azabdan, yuragi esa qo‘rquvdan qattiq urardi. Lekin u oldinga
chiqdi.
Men insonman. Mening kuchim — haqiqatim. Sizlardan ko‘ra tozaroq.
Ular unga yaqinlashgan damda, to‘satdan ko‘cha yoritgichlari portladi. Yorug‘lik qopqondi.
Miraa ichki kuchini uyg‘otdi — ammo u ko‘zgu yo‘qligidan, bu safar bu kuch boshqa shaklda
chiqdi.
Ularning ongini ifodalovchi ko‘zgu hosil bo‘ldi. Har biri o‘z qo‘rquvini ko‘rdi va qochib
ketishdi.
Alex... u esa Miraa tomon ohista yurdi.
— Men ham ulardanman. Ammo... men seni ogohlantirish uchun keldim. Sening kuching ularnikidan farq qiladi. Agar seni topishsa — seni o‘zgartirishadi. O‘z kuchingni o‘zing
boshqar.
Miraa jim qoldi. So‘ng yuragini quloq tutdi.
— Men kuchimni yashiraman. Hozircha.
Va u Alexga yuzlanib:
— Sen yordam berasan. Lekin men senga to‘liq ishonmayman.
U kutmagan burilish shunda bo‘ldi. Alex boshini egib, kuldi.
— Ajoyib. Chunki men ham... sening dushmaning bo‘lishim mumkin.
- - -
7 qism: Alex— do‘stmi yoki dushman?
Tungi shahar jim. Ko‘chalar sukunat bilan o‘ralgan, ammo Miraa yuragida gumburlagan
savollar bor:
“U Alexga ishonishi mumkinmi?” “Uning kuchi qayerdan kelgan?”
Ertasi kuni Miraa Alex bilan parkda uchrashdi. Daraxtlar orasida ular jim o‘tirishdi. Alex oldin
gapirdi:
— Men seni uzoqdan kuzatganman. Sen biznikilardan emassan.
Miraa:
— “Biznikilar” degani kim? Sen o‘sha qora mashina odamlari bilan bo‘gandingmi?
Alex asta bosh irg‘adi.
— Men ularning biriman. Lekin... men qochdim. Ular kuchli bolalarni topib, tajriba qilishadi.
Ular seni o‘zgartirmoqchi. Men esa seni himoya qilmoqchiman.
Miraa ko‘zlarini toraytirdi. Bu gaplar rostmi? Yoki Alex bu orqali unga yaqinlashmoqchimi?
To‘satdan, osmonda qora qushlar g‘ir-g‘ir uchib keldi. Osmonda belgilar paydo bo‘ldi — “SEN TANLASHING KERAK” — degan yozuv qoraygan bulutlar orasida yozildi.
Alex Miraa tomon o‘girilib dedi:
Ular seni topdi. Endi yashirina olmaysan. Faqat ikki yo‘l bor:Kuchingdan voz kech.Yoki kuchingni to‘liq qabul qilib, jang qil.
Miraa o‘rnidan turdi. Ko‘zlarida otash bor edi.
— Men hech narsadan voz kechmayman. Men o‘zimni yo‘qotmayman. Kuchim menga
tegishli — hech kimga emas!
To‘satdan daraxtlar orasidan odamlar chiqdi. Ularning ko‘zlari yashil edi. Ular Alexni chaqirdi:
— Sen unga juda yaqin kelding, Alex. Seni ogohlantirgan edik. Uni olib ketamiz.
Miraa hayratda.
— Demak... sen ham men bilan eding?!
Alex unga qaradi. O‘sha paytda Miraa o‘zini xuddi orqasidan pichoq yegan kabi his qildi.
Ammo Miraa to‘satdan ularga hujum qildi. U Alex tomon o‘tib, shivirladi:
— Ishonchim sinaldi, lekin seni qutqarishim kerak.
Ular birga jang boshlashdi. Miraa kuchini ko‘zgu orqali emas, yuragi orqali ishlatdi. Har bir zarbasi — adolat edi. Har bir qadam — jasorat.
Ammo jang oxirida Alex yaralandi. U yerda yiqildi. Oxirgi so‘zlari:
— Men... sendan o‘zimni topdim... Ular keladi... bu hali... boshlanishi...
Miraa tizzasida Alexning boshini ushlab o‘tirar ekan, yuragi ichi qattiq urar edi. U Alexga ishonishni tanladi — va bu tanlov unga og‘ir saboq berdi.
Ammo endi u yolg‘iz emas edi. Uning ichida kuch uyg‘ongan — shunday kuchki, endi uni
hech kim to‘xtata olmaydi.
8- qism: Ichkaridagi Ovozni Uyg‘otgan Uy
- - -
Kecha tushdan keyin, osmon g‘ira-shira tus oldi. Miraa yelkasida Alexning sovuq nigohini sezdi. Yangi qahramon — o‘zini "Sanghun" deb tanishtirgan yigit — ularni qadimiy, g‘ishtlari
qoraygan bir uyning oldiga olib keldi.
"Bu yerda..." — dedi u ohangdor tovushda, — "sening kuching paydo bo‘lgan... yoki
yo‘qolgan."
Miraa unga ishonmadi. Har bir so‘zining ortida yolg‘on yashirin edi. Uning nigohida kulgu
emas, hisob- kitob bor edi.
“Men hech kimga ishonmasligim kerak.” — deb o‘yladi Miraa. — “Hatto o‘zimga ham.”
Sanghun deraza panjarasini ochdi. Miraa yuragini siqayotgan tuyg‘uni his etdi. Ichkariga kirishi bilan, xona shiftidan sovuq shabada tegdi.
U yerda... bir ko‘zguga ko‘zi tushdi.
Bu oddiy emasdi. U ko‘zgu emasdi.
U... eski xotiralarining chuqur chuqurliklaridagi nigoh edi. Ichida u o‘zini — bolaligini, yolg‘iz o‘tirganini, hech kimni yoqtira olmaganini, odamlarning kulgisini tushunmaganini ko‘rdi.
"Nima bu? Qanday qilib bu ko‘zgu meni o‘qiyapti?"
Alex esa tashqarida turib, chaqira boshladi: — Miraa, ko‘zguga yaqinlashma! Bu seni yutadi!
Ammo kech edi.
Ko‘zgu ichidan bir qo‘l chiqdi va Miraaning qo‘lidan tortdi. Lekin bu qo‘l — Sanghunniki emasdi. Bu... Miraa o‘zining kuchining qorong‘u shakli edi.
— “Men sening ishonchingman,” — dedi u shaxs, — “lekin sen meni har doim bosding. Endi sening tanloving: kuch bilan yolg‘izlikda yashaysanmi yoki ishonch bilan xatoga borasanmi?”
Miraa tanladi.
U o‘zining qo‘rqinchli kuchini... qabul qildi. Ammo uni boshqarishni ham o‘rgandi. Endi u o‘zgardi. U ichidagi qorong‘ilik bilan yashashni emas — uni jilovlashni tanladi.
- - -
Ko‘zgu sindi.
Alex yugurib kirganida, Miraa ko‘zguni bo‘lak- bo‘lak sindirib, markazida turganini ko‘rdi.
Sanghun esa yo‘q edi.
Faqat deraza ustiga bitta yozuv osilib turardi:
"Sen menga ishonmading... lekin sen menga kerak bo‘lasan."
- - -
Tashqarida yomg‘ir yog‘ardi. Miraa shunchaki yomg‘irda emas, o‘z kuchining yomg‘irida
yurardi.
U yolg‘iz edi. Ammo endi bu yolg‘izlik — zaiflik emasdi.
Bu... qudrat edi.
9 qism: Soxta Qahramon
U kechasi Miraa ko‘zlarini ochdi. Yomg‘ir tovushi hali ham tinmagandi, ammo yuragi... jim
edi.
Ammo biror narsa noto‘g‘ri edi.
U turgan xona endi o‘sha eski uy emasdi. Devorlar oppoq. Shiftda osilgan soyabon chiroqlar.
Deraza tashqarisida ko‘rinmaydigan manzara. Va u yolg‘iz emasdi.
Stol qarshisida — Sanghun.
Ammo u endi avvalgidek emasdi. Uning ko‘zlarida nur bor edi. Istiqlol, go‘yo qahramon.
— Miraa, — dedi u, — sen meni tushunmading. Men yomon emasman. Men seni himoya qilish uchun keldim. Faqat... sening kuching meni ham uyg‘otdi.
Miraa unga tik boqdi. Ichidagi his tuyg‘ular bir-biriga urilar edi. Ishonchmi? Yoki yana bir
soxta niqobmi?
Sanghun so‘zini davom ettirdi: — Men Alex emasman. U seni to‘xtatmoqchi. Men esa...
senga o‘xshayman.
Menga o‘xshaysan? — Miraa ohangida sovuqlik bor edi. — Sen ham hech kimni yoqtira olmaysanmi? Sen ham doimo yolg‘izmisan?
Sanghun jim bo‘ldi. So‘ng, boshini quyi soldi.
"Men hech qachon inson bo‘lmaganman..."
Miraa orqaga chekindi. Bu yolg‘on emas edi. Uning tovushidagi titroq — bu haqiqat edi.
— Men Alex emasman, men qorong‘ilikdan yaralganman. Menga sening kuching kerak, Miraa. Men seni og‘ritmoqchi emasman. Men... sendan bo‘lak hech kimni topolmadim.
Shu lahzada Alex xona eshigini buzib kirdi.
Orqaga, Miraa! Bu tuzoq! Bu uyning o‘zi yolg‘on, bu joy senga keltirilgan ruhiy halokat!
Sanghun o‘rnidan turdi. Uni orqaga surmoqchi bo‘lgan Miraa bilan to‘qnash keldi. Ammo bu
safar Miraa hech nimaga aralashmadi.
U qaror qilgan edi: hech kimga ishonmaslik — bu himoya emas, bu qamoq. Miraa ko‘zlarini yumdi. So‘ng ularning o‘rtasida turib, butun kuchini yig‘di.
Vahima, qo‘rquv, yolg‘izlik — barchasini kuchga aylantirdi.
Uning atrofida yorqin nur paydo bo‘ldi. Alex va Sanghun bir lahzalik sokinlikda muzlab qoldilar. Ko‘hna devorlar titradi. Dunyolar to‘qnashdi.
“To‘xtang!” — dedi u.
— Men hech kimni tanlamayman! Endi meni hech kim boshqarmaydi!
Sanghun sekin orqaga yurdi. Ko‘zlarida alam. Alex esa unga tik boqdi. U Miraa uchun faxrlanar edi. Ammo... xavotir ham kuchayardi.
Chunki Miraa kuchi bilan faqat o‘zini emas, atrofidagilarni ham o‘zgartirardi.
10 qism: Yorug‘lik orqasidagi soyalar
Ertalab quyosh nurlari Miraa yuziga tushdi. Lekin bu quvonch emasdi, bu... og‘irlik edi. Kechagi voqealar — Sanghun, Alex, nur portlashi — barchasi xuddi tushday tuyulardi.
Ammo bu tush emasdi. U atrofga qaradi. Alex yo‘q edi. Sanghun esa g‘oyib bo‘lgan.
U o‘z xonasiga qaytgandek edi, lekin derazadan tashqarida notanish manzara. G‘alati daraxtlar, shahar siluetlari qora tutun ostida yiltirardi.
— Bu... qayer?
Miraa yuragini ushlab oldi. Xona markazida ko‘zguga o‘xshash bir narsa turardi — ammo bu ko‘zgu oddiy emasdi. U qorong‘ulikdan yasalgan, go‘yoki o‘zini ko‘rsatmas, balki yutib
yuborardi.
U unga yaqinlashdi. Qadamlar ehtiyotkor edi. Ko‘zguga qaramoqchi bo‘ldi, ammo... o‘z aksini ko‘rmadi. U yerda boshqa qiz turardi. Miraa emas.
"Men kimman?" — dedi o‘sha aks."Men... sening ichingdagi yashirin Miraaman. Ko‘p yillar avval sen meni ko‘mib qo‘ygan
eding."
Miraa orqaga yurdi. Yuragi tez ura boshladi.
— Sen... men emassan!
— Yo‘q, men — sening haqiqatli qiyofangman. Sen hech qachon insonlarni yoqtira olmagansan, hech qachon beg‘ubor kulolmaysan. Chunki SEN inson emassan, Miraa.
U chinqirib yubordi. Ammo tovush o‘sha ko‘zguga singib ketdi.
Shunda... u esladi. U bolaligida biror marta ham yig‘lamagan. Uning ko‘zlari doim quruq bo‘lgan. Va eng yaqinlaridan biri unga bir safar shunday degan edi:
“Sen g'alati qizsan. Yuzing kuladi, ko‘zing esa doim sovuq.”
Miraa yiqilib tushdi. Ko‘zgu yoritildi va undan Alex ovozi keldi:
— Miraa! Bu tuzoq! U sening qo‘rquving bilan o‘ynayapti! Bu joy — sening ong dunyong!
Miraa lablarini qattiq tishladi. U sekin ko‘zlarini yumdi. Nafas oldi. So‘ng asta turdi.
— Agar men haqiqatan ham inson bo‘lmasam ham... Men hali ham tanlash huquqiga
egaman.
Shunda ko‘zgu yorildi. Yorug‘lik ko‘zgu ichidan otilib chiqdi. Miraa yorug’likka qadam qo’ydi va birdan hamma narsa… jim bo’ldi.
U ko‘zlarini ochganda — o‘sha qadimiy, sirli uy ichida edi. Alex eshik oldida. U asta jilmaydi.
— O‘zingni yengding, Miraa. Bu — eng katta g‘alaba.
— Ammo men... hali ko‘p savollarga javob topmadim. Men kimman? Nega bu kuch
mendaligini eslolmayapman?
Alex jiddiy qaradi:
— Chunki sen hali o‘zingning asl kelib chiqishingni bilmayapsan. Va bu... sir ko‘zgular ortida
yashiringan.
11 qism: Unutilgan ism
Miraa Alex bilan sirli uyning eng chuqur qismiga tushayotgan edi. Har bir zinapoya qadamida u yuragidagi xavotir kuchayar, ammo u ortga qaramasdi. Chunki u bilardi: u endi
faqat kuchi emas, haqiqati bilan ham yuzlashadi.
Alex to‘xtadi. Oldilarida katta eshik bor edi. Unda qadimgi tilda yozilgan belgilar yaltirar edi.
Miraa buni ilgari ham ko‘rganday tuyuldi.
— Alex, bu nima?
Alex jiddiy javob berdi:
— Bu joy — Shuur ko‘zgusi. U yerda sening kimliging, hatto tug‘ilganingdagi ism ham yashiringan. Sen dunyoga kelganingda berilgan haqiqiy ism.
Miraa yuragini ushlab, asta eshikni ochdi.
Ichkarida — qorong‘u xona. Faqat markazda oppoq nur sochayotgan yirik ko‘zgu bor edi.
Ammo bu safar ko‘zgu — uni aks ettirmasdi. Ko‘zgu ichida filmga o‘xshash voqealar
ketayotgan edi.
U tug‘ilayotgan edi. Ammo u oddiy kasalxonada emas — ko‘k chiroqlar bilan to‘ldirilgan
notanish bir laboratoriyada.
Atrofida odamlar emas, ko‘zlari qora, ohanglari sovuq bo‘lgan mavjudotlar turar edi. Ular: “U tayyor. Uning kuchi odam hislaridan xoli. Kulgi va muhabbat undan olib tashlangan.”
“U — barqaror eksperiment. Kod ismi: LUNARIA.”
Miraa qaltirab ketdi.
— Bu... men emasman. Bu yolg‘on!
Ko‘zgudagi obraz unga qaradi. Asta so‘z qildi:
— Sen qochganingda, ular seni Miraa deb atashdi. Bu ism seni odam qilishga urinish edi. Ammo sening asl isming Lunaria. Va sen — tug‘ilganingdan buyon inson emas eding.
Miraa qichqirib yubordi:
— Men insonman! Men his qilaman! Men azoblandim! Men tanladim!
Ko‘zgudagi obraz jilmaydi.
Aynan tanlaganing uchun ham, sen ular uchun tahdidga aylanding. Endi seni yo‘q qilishni
xohlashadi.
Alex birdan oldinga chiqdi:
— Bizda vaqt yo‘q, Miraa! Ular seni topib bo‘lishdi!
Shu zahoti xona larzaga kela boshladi. Devorlar yorildi. Ko‘zguda qora yoritqichlar portladi.
Tashqaridan — qora kiyimli sirli odamlar bostirib kirdi.
— Ob’ekt Lunaria aniqlangan! Olib ketilsin!
Miraa kuchini to‘pladi. Ichidan nur chiqa boshladi. Bu safar — u kuchidan qo‘rqmasdi. U
hayqirdi:
— MEN TANLAYMAN! MEN MIRAA!
Shu daqiqada portlash bo‘ldi. Yorug‘lik uyni egalladi. Hamma narsa o‘chdi.
- - -
Miraa hushiga kelganda, u Alex bilan boshqa joyda edi. Oq kiyimli bir ayol ularning oldida
turardi. Ko‘zlarida mehr bor edi.
— Men seni kutgandim, Lunaria... yo‘q, Miraa. Sen ularning yaratgan "quroli" emassan. Sen
— haqiqiy hayotni tanlagan yagona yaratilgansan.
Miraa o‘z ko‘zlariga ishonmasdi.
— Siz... kim siz?
Ayol jilmaydi:
Men seni yaratuvchilar jamoasidan yagona o‘zgacha bo‘lgan edim. Men seni himoya qilish uchun yashiringanman. Endi esa seni o‘rgataman. Chunki sening
12-qism: Uyg‘ongan kuch
Uyg’ongan kuch
Ko‘zlarini ochgan Miraa oppoq xonada yotar edi. Yonida Alex hushsiz holda yotgan, biroq baribir ko‘ngli tinch edi — u bu yerni yomonlik emas, aynan o‘z haqiqatini ochgan paytida
topgan edi.
Oppoq libosli ayol — Sion, unga shunday dedi:
Sen endi kuchingni yashira olmaysan. Chunki ular seni izlamayapti, ular seni chaqiryapti.
— Kim ular? — dedi Miraa jiddiy, ichidagi o‘t bilan.
Seni yaratganlar. Lekin sen ularning rejasini buzgan yagona yaratilgansan. Endi ular seni yo‘q qilish emas, bo‘ysundirish niyatida.
Miraa qattiq turdi.
— Men hech kimning quroli emasman.
Sion unga o‘zgacha ko‘zgu uzatdi. U oddiy ko‘zgu emasdi — u xotiralarning parchasi edi.
Miraa unga qaradi — ko‘zlaridan yong‘in chaqnadi.
U o‘zining qanday jang qilganini, qanday azob chekkanini, qanday g‘am bilan kulishni
unutganini esladi.
Ammo endi — bu azob uni sindirmasdi. Bu — uni kuchaytirgan edi.
Shu lahzada devorlar titradi. Alex uyg‘ondi va baqirdi:
— Ular kelishdi! Miraa, tayyor tur!
Qora niqobli, sukunatli harakat qiluvchi ja ngchilar tashqaridan bostirib kirishdi. Har biri maxsus texnologik qurollar bilan qurollangan.
Miraa ko‘zlarini yumdi.
— Men jang qilmayman... men himoya qilaman.
Ammo bu so‘zlar bilan tanani yorqin nur qoplab oldi. Uning tanasi ustida chaqnayotgan naqshlar paydo bo‘ldi — g‘ayritabiiy, ammo chiroyli. Bu "hayot belgisi" edi —Miraa inson
bo‘lishni tanlagan yagona mavjudot sifatida bu kuchga ega edi.
Dushmanlar unga tashlandi — Miraa esa ko‘zini ochgan zahoti barchasini havoda to‘xtatdi. Sozlar yo‘q edi, faqat ko‘zlaridagi kuch — adolat, yuragidagi og‘riq — kuch manbai edi.
U ularga qichqirdi:
Men o‘zimni tanladim! Endi sizlar ham tanlang: men bilan tinchlikda qolishmi yoki... yo‘q
bo‘lishmi?
Biri unga o‘q uzdi — o‘q ko‘kragiga tekkanda, Miraa faqat yaltirab kuldi. Uning kuchi — endi insoniy og‘riqdan kuch olardi. O‘q tanasida eridi, nurga aylanib havoga tarqaldi.
Alex hayratda:
— Sen... sen ularning ustun quvvatidan ham kuchli bo‘libsan!
Miraa jilmaymadi. U hali ham kulishni bilmas edi. Ammo u qalbida o‘zgarish borligini sezdi.
Sion yaqinlashib:
Endi sen tanlading. Ammo oldinda yana burilishlar kutmoqda. Sen yakkasan.
Miraa boshi bilan tasdiqladi:
Va men shunday bo‘lishini xohlayman. Chunki haqiqat yolg‘izlikda tug‘iladi. qism: Unutilgan izlar
O‘sha oq xonadan chiqib ketgan Miraa, Sion unga bergan sirli so‘zlarni yodida saqlab yurdi:
“Ko‘zgu sening haqiqatingni ochdi. Ammo bu ko‘zguga bir paytlar qaragan boshqa biri
ham bor edi... va u yo‘qoldi.”
Bu so‘zlar Miraa uchun muhim edi. U hech kimga bog‘lanishni istamas edi, ammo kimdir uni tushungan bo‘lsa — demak, u yolg‘iz emas edi. Faqat bir narsa aniq edi: bu mavjudot endi
yo‘q edi. Qayerga ketdi? Nega g‘oyib bo‘ldi?
Alex uning yonida yurdi, ammo Miraa ko‘p gapirmas edi. U g‘alati xarita oldi — bu xarita Sion bergan ko‘zgudan tushgan porloq chiziqlardan iborat edi. Xarita uni tog‘lar orasidagi
unutilgan bir uyga olib bordi. U yerda vaqt to‘xtagandek edi.
Darvoza ochilganida eski sado eshitildi. Uy ichkarisida... hech kim yo‘q edi. Ammo har bir narsa joyida, toza, g‘alati tinchlik bor edi.
Miraa devorga o‘rnatilgan yana bir ko‘zguni ko‘rdi — bu boshqa edi. Yaltiroq emas, to‘q, qora soyali edi. Unga qaragan zahoti Miraa hushini yo‘qotdi.
Xotira ichida:
U qiz — Miraa — kabi ko‘zlari bor qiz. Ammo uning sochlari qora, jilmayishi esa g‘amgin
edi.
U ham insonlardan uzoqda edi. Faqat bir farq — u Miraa kabi tanlov qila olmagan. U kuchini yutib yuborgan edi. Hissiz emas, lekin qudratga berilgan. Oxiri yo‘q bo‘ldi.
Ismi esa… Liora.
Miraa uyg‘ondi. Yuragi tez urar edi. U ko‘zguni olib, Alex bilan uyga qaytdi.
— Liora... u menga o‘xshagan, lekin yo‘q bo‘lib ketgan, — dedi Miraa.
— U sening soyang bo‘lishi mumkin, — dedi Alex jiddiy. — Balki... sen kuchga yutqazmaslik
uchun, uni topishing kerakdir?
Miraa bosh irg‘adi.
— Men uni topaman. Chunki men ham shu yo‘ldan ketyapman.
13 qism: Soyaning qaytishi
U kecha... Miraa uxlamadi. Liora haqida bilganidan so‘ng yuragida g‘alati bo‘shliq paydo bo‘ldi. U hech qachon kulolmagan, hech kimni sevolmagan. Endi esa tushunmoqda — bu,
ehtimol, meros. U yashirin kuch ortida yotgan unutilgan fojia.
Ertalab Alex bilan birgalikda ko‘zgudagi soyalarni yana o‘rganish uchun uyni tark etdilar. Yo‘l ularni ko‘z ilg‘amas chuqur daraga olib bordi. U yerda havo o‘zgacha — shovqinsiz, og‘ir.
Miraa yuragini bosgan g‘amni his qilardi, xuddi nimadir yaqinlashayotgandek.
Darani o‘rtasida turgan eski ko‘prikdan o‘tayotganlarida Alex to‘xtadi.
— Bu yer... xavfli. Biror mavjudot kuzatyapti, — dedi u sekin.
Shu payt to‘satdan kuchli shamol esdi. Ko‘prik tebranib ketdi va bir zumda ularning qarshisida qora tuman paydo bo‘ldi. Tumandan bir qiz qiyofasi ko‘rindi. Miraa yuragini
changalladi. Bu u edi. Liora.
Sen... Miraasan, to‘g‘rimi? — dedi u qiz tovushi bilan, ammo soyalardek sovuq ohangda. —
Men sening soyangman.
Miraa qaddini tik tutdi:
Men sendan qo‘rqmayman. Agar bu kuchni menga sen bergan bo‘lsang, men uni yaxshilik
uchun ishlataman!
Liora kulimsiradi, ammo bu kulgu... g‘amgin edi.
— Yaxshilik va yomonlik orasidagi chiziq juda nozik. Men ham bir vaqtlar sen kabi edim.
Jasur. Adolatli. Ammo ular menga kulishni o‘rgatmadilar. Men faqat kuch bilan yolg‘izlikni unutishga harakat qildim... va yo‘qoldim.
Sen hali yo‘qolmading, — Miraa oldinga qadam tashladi. — Men seni qaytaraman. Chunki
men endi yolg‘iz emasman!
Shu payt Liora g‘azablandi. Uning ko‘zlari qorayib ketdi va atrofni qora energiya qoplab oldi. Qattiq to‘qnashuv boshlandi. Miraa ichki kuchini ishlatdi. Bu safar u hissiz emas edi. U Alex,
Sion, va hatto o‘tmishdagi o‘zini eslab, kuchni yuragidan oldi.
Ular jang qildilar — kuchlar to‘qnashdi, havoni yorqin chaqnashlar yoritdi. Nihoyat Miraa
Lioraning qo‘lini ushladi.
Men seni yutmayman, Liora. Men seni tushunaman.
Liora bir muddat jim qoldi. So‘ng tanasi asta-sekin tarqalay boshladi. Ammo so‘nggi
so‘zlarini qoldirdi:
Sen... boshqa bo‘lishing mumkin. Meni unutm...a...
Va u g‘oyib bo‘ldi.
Miraa tiz cho‘kdi. Ko‘zlari yumuq edi. Bu safar... yuragida og‘riq bor edi. Va bu og‘riq —
odamiylik edi.
Alex uning yoniga keldi.
— Endi sen o‘zgargansan.
Miraa bosh irg‘adi.
— Endi men kuchdan yashirish uchun emas, uni tushunish uchun foydalanaman.
14 qism: Tugunlar
Tog‘ etagidagi sirli jangdan so‘ng, Miraa o‘zini g‘alati his qilardi. Uning ichida bir jimjitlik, bir kuch, bir og‘riq... lekin bu safar bu og‘riq unga ortiqcha tuyulmasdi. Chunki u endi o‘z kuchining soyasini tan oldi. Va bu soyani mag‘lub qilish emas, qabul qilish kerakligini
tushundi.
Alex u bilan birga edi, lekin bu safar yo‘lni Miraa tanlayotgandi.
— Endi qayerga boramiz? — so‘radi Alex.
— O‘tmishga, — dedi Miraa jiddiy ohangda. — Bu kuch qayerdan kelganini topmasam, u
meni oxir- oqibat butunlay egallaydi.
Miraa unga qadimiy xarita berdi. Xarita ko‘zgudek yaltirab turardi. U yerda belgilangan nuqta bor edi: “Chuqur yod” — o‘tmish izlari yashiringan maskan.
Chuqur yod — qorong‘i, izsiz, jim-jit g‘or edi. Ular g‘orga yaqinlashganda yer larzaga kela boshladi. Bu yerda vaqt harakat qilmasdi, xotiralar esa tirik edi.
Miraa ichkariga qadam qo‘ydi. Devorlarda qadimiy belgilar. Ko‘zlarini tiksa — o‘zi haqida yozuvlar! Uning tug‘ilishi, kulolmasligi, hech kimga bog‘lana olmasligi... bularning bari
qadimdan belgilab qo‘yilgani aytilgandi.
Shu payt g‘or devoridan qorong‘u sharpa ajraldi. Bu safar bu Liora emasdi. Bu... Anka edi — kuch manbai, qadimiy soyaning qorong‘u timsoli.
— Demak, sen o‘zingni anglab yetding, — dedi u chuqur ovozda.
— Men faqat kuchimni emas, o‘zimni ham tushunmoqchiman, — dedi Miraa dadil.
Anka kuldi. — Demak, sinovga tayyorsan?
G‘or birdan o‘zgardi. Atrofdagi hamma narsa — Miraa tanigan odamlar, voqealar — navbatma-navbat ko‘rina boshladi. Har biri Miraa uchun sinov edi. O‘zini yo‘qotgan do‘stlar,
qilmagan xatolari, aytolmagan so‘zlari. Har biri ruhini sinab ko‘rdi.
Lekin u bardosh berdi.
So‘ng Anka oldiga qaytib keldi:
Sen yolg‘izsan, lekin bu seni zaif qilmaydi. Balki kuchliroq qiladi. Endi tanla — kuchni yo‘q
qilasanmi, yoki qabul qilasanmi?
Miraa chuqur nafas oldi. — Men uni o‘zgartiraman.
Anka jim bo‘ldi. So‘ng g‘oyib bo‘ldi. Yer titradi. Va g‘or yoritildi.
Devor orasidan nur sochib turgan qadimiy ko‘zgu ochildi. Bu ko‘zgu oddiy emasdi — u haqiqatni aks ettirardi. Miraa unga qaradi... va nihoyat o‘zining ichki tabassumini ko‘rdi. U ilk
bor... jilmaygandi.
Ko‘zgu yorildi. Yorug‘lik ichida bir so‘z yangradi:
“Haqqoniy kuch — o‘zini anglagan yurakda yashaydi.”
Miraa yuragida iliqlik his qildi. Bu faqat g‘alaba emasdi. Bu... ozodlik edi.
U tashqariga chiqdi. Alex uni kutayotgandi. Ammo bu safar Miraa faqat jasur qiz emasdi — u kuchini tushungan va qabul qilgan qahramonga aylangandi.
15 qism: Yuzsiz kuzatuvchi
Ko‘zgu yorilgandan keyin hammasi o‘zgargandek edi. Miraa ich-ichidan yengil tortdi. Ammo bu yengillik uzoqqa cho‘zilmadi. U orqasiga qaradi... Alex yo‘q edi.
Shu damda yuragidan nimadir o‘tib ketdi. "Bu oddiy yo‘qolish emas."
Atrofga qaradi. Tepa osmon bulutga to‘lgan, shamol esa odatdagidan sovuqroq esardi. Tepalikning narigi tomonida bir uy ko‘zga tashlandi. Bu uy... xaritada yo‘q edi.
Miraa ehtiyotkorlik bilan u tomonga yurdi. Uy eski, lekin sirli edi. Eshik ohangrabo kuch bilan
o‘z- o‘zidan ochildi.
Ichkariga kirganda havo o‘zgardi. Devorlarda rasmlar — Miraa hali sodir bo‘lmagan voqealarni ko‘rdi: Alex qo‘rqinchli qora ko‘zli bir mavjudot bilan jang qilyapti, Miraa esa... kimnidir quchoqlayapti. Bu — u hech qachon kulmagan, hech kimni yoqtira olmagan qiz —
kimnidir quchoqlayapti.
“Bu nima? Bu bo‘lishi mumkinmi?”
Birdan yer chayqaldi. Eshik yopildi. Uy uni ushlab qolayotgandi. Va devordan bir shaxs chiqib keldi. Yuzi yo‘q — faqat qora niqob. Ovozi esa muzdek:
— Nihoyat sen kelding, kuch sohibasi.
— Sen kimsan?
— Men seni kuzatayotganman. Sen hali o‘zingni to‘liq anglamading.
— Alex qani?
— U sinovda. Sening qaroring unga ta’sir qiladi. Agar sen o‘zingdan qo‘rqsang, u yo‘q
bo‘ladi.
Miraa g‘azab bilan: — Men hech narsadan qo‘rqmayman!
— Demak... ko‘r. — dedi u va Miraa ko‘z oldi qorong‘ilashdi.
U qorong‘ilikda yolg‘iz edi. O‘z ovozi, o‘z nafasidan boshqa hech narsa eshitilmasdi. Ammo... asta-sekin bir ovoz paydo bo‘ldi. Uning bolalikdagi yig‘isi, onasining aybi, do‘stlarining
xiyonati... bularning hammasi yuragiga bosildi. U titradi.
Shu damda ko‘zgu chaqnadi — Miraa ko‘zlarini ochdi va o‘zini yana devor rasmlari oldida topdi. Faqat endi bir farq bor edi. U endi rasmlarning ichida emas, tashqarisida edi. U
nazoratga ega bo‘lgan yagona qahramonga aylangandi.
Sirli shaxs yana ko‘rindi.
— Sen o‘z kuchingni tan olding. Endi uni yo yo‘q qilasan, yo... himoya qilasan.
Miraa jim qoldi. So‘ng:
— Men uni himoya qilaman. Ammo uni hamma bilmasligi kerak.
Shu so‘zlardan keyin uy yorug‘likka to‘ldi va Miraa eshikdan chiqdi. Tashqarida Alex hushsiz
yotardi. Miraa uning yoniga yugurdi.
U ko‘zini ochdi va kulimsiradi:
— Sen... tanlading.
Ha, Alex. Endi men o‘z kuchimga egalik qilaman. Uni yashiraman. Lekin adolat uchun jang
qilishdan to‘xtamayman.
Ammo... uzoqdagi soyada Yuzsiz kuzatuvchi ularni kuzatardi. U endi yolg‘iz emasdi. Undan ham kuchli va xavfli mavjudot uyg‘ongandi.
16 qism: Soyalardan chiqqan
Miraa Alexni uyga olib bordi. U o‘zini biroz tuzatgandek edi, lekin hali ham zaif ko‘rinardi.
Uzoq sukutdan so‘ng Alex past ovozda gapirdi:
— Ko‘rdingmi u rasmlarni?
— Ha. Meni chalg‘itmoqchi bo‘lishdi, lekin men kuchimdan voz kechmadim.
Alex bosh irg‘adi. — Soya uyg‘ondi, Miraa. U sening ko‘zgudagi kuchingdan xabardor. Endi
sening izingdan yuradi.
Miraa derazadan tashqariga qaradi. Kecha qorong‘usi sekin yerga cho‘kayotgan, lekin yuragidagi xavotir zulmatdan-da qorong‘i edi. Shu payt telefoniga noma'lum raqamdan
xabar keldi:
"Sen uni tanlamasliging kerak edi."
Xabar ostida faqat bitta rasm:Miraa uxlab yotgan, oynasida esa — qora siluett. Miraa darhol
o‘rnidan turdi. Alex ham turdi.
— Bu sening soyang emas, — dedi u.
— Unda kimniki?
Javob bo‘lmasdan, deraza o‘z-o‘zidan ochildi. Shamol bilan birga xuddi soya kabi nimadir ichkariga kirdi — na ovoz bor, na qadam tovushi. Faqat bir lahza... ko‘zgu qarshisida Miraa
o‘zini ko‘rdi — lekin kulayotganini.
“Men hech qachon kulmayman...” — deb o‘yladi u. Ammo bu — soya edi. Miraa qiyshaygan aksi, biroq kuchliroq, qorong‘uroq versiyasi.
Soya gapira boshladi:
— Men sening haqiqatingman. Yashirmoqchi bo‘lganing. Kulging, hislaring, yoqtirishing — ularning bari men bilan. Meni rad etsang, kuching susayadi.
Miraa yonidan Alexga qaradi, lekin u yo‘q edi. Soya kuldi.
— Ishonchingni tekshiryapman, Miraa.
Miraa orqasiga o‘girildi — deraza ochiq, Alex esa... tashqarida, qattiq shamolda soyaga
qarshi kurashyapti edi.
Bu — jang boshlanishi edi.
Miraa oynani sindirib, pastga sakradi. Yerga tushgan zahoti kuchini ishlatib, soyani orqaga surdi. U Alex yoniga yugurdi. Ikkalasi yonma- yon turib, qorong‘ilikka qarashdi.
Soya ovoz chiqardi:
— O‘zingga qarshi kurashsang, yutqazasan.
Miraa javob berdi:
— Men o‘zimga qarshi emasman. Men faqat sening yolg‘onligingni yo‘q qilaman!
Va shunday dedi-yu, kuchining markazidan — yuragining chuquridan nurlanish chiqdi. Bu kuch shunchaki fizik zarba emasdi — bu ichki kuch, ishonch kuchi, adolat kuchi edi.
Soya qichqirdi, biroq yo‘qolmadi. Faqat orqaga chekindi.
Alex yonida pichirladi:
Bu hali yakun emas. Soya seni yana sinaydi. Yagona yo‘l — undan oldinroq haqiqatga
yetib borish.
Miraa jim qoldi. So‘ng:
Unda... biz sirli uyga qaytamiz. U yerda yana javoblar bor. Va balki... yangi ittifoqchilar
ham.
17 qism: Sirli uyning so‘nggi eshigi
Tun — Miraa uchun endi oddiy qorong‘ulik emasdi. Har qadamida u soyalar ichida yashirin haqiqatni his qilar, har ko‘zgu qarshisida o‘z aksidan shubhalanardi. Alex bilan yana o‘sha uyga qaytishga qaror qildi — sirli, go‘yoki yashirin xotiralarni o‘zida saqlagan, zinapoyalari
vaqt va voqealar bilan o‘ralgan uyga.
Yo‘lda Alex tinimsiz Miraa tarafga qarab turardi.
Nega? — deb so‘radi Miraa, yuziga shamol urilayotgan bo‘lsa- da, tovushi mustahkam edi.Chunki bu safar uy seni sinaydi, — dedi Alex. — O‘sha so‘nggi eshik... sening kuching u
yerda.
Uy eshigi ochilganda, ichkaridan hech qanday chang yoki sas chiqmadi. Bu safar u ichkaridan toza va jim edi. Ammo bu sokinlik Miraa yuragidagi shubhalarni kuchaytirar,
nazarida uy unga kulib qarayotgandek edi.
U zinapoyalardan ko‘tarildi. Har bir qadamda o'tmishdagi xotiralar miltillab ko‘z oldida paydo bo‘lar: bolalikda yig‘lagan tunlari, yolg‘iz qolgan damlari, yutgan jasorati...
So‘nggi eshik oldida Miraa to‘xtadi. Alex orqada edi.
— Bu eshikni men ochmayman, — dedi Alex. — Faqat sen o‘zing ochishing mumkin. Bu
sening haqiqating.
Miraa chuqur nafas oldi. Eshikni sekin ochdi...
Ichkarida — katta ko‘zgu bor edi. Uning oldida esa bir qiz — Miraa. Lekin boshqacha. Sochlari oq, ko‘zlari qorong‘i, jilmayib turardi. Lekin bu jilmayish — mehr emas, kuch edi.
Haqiqiy aks.
— Nihoyat kelding, — dedi u qiz. — Men sening hislaringman. Sen men yo‘q qilgan hamma hislaringni shu yillarda o‘zim bilan olib yurdim.
Miraa ko‘zlarini qisdi.
— Men seni tan olmayman. Men kuchimni faqat adolat uchun ishlataman.
— Va hislarsizmi? — deb kuldi qiz. — His qilmaydigan jasorat — sovuq qurol, Miraa. Sen boshqalarga achinmasang, qanday adolatli bo‘la olasan?
Miraa jim qoldi. Bu savol unga ham og‘ir edi.
Shunda ko‘zgudagi qiz unga qo‘lini uzatdi. Miraa ham uzatdi.
Va ular birlashdi.
U bir zumda haroratni his qildi — ham iztirob, ham mehr, ham jasorat.
Alex yugurib keldi. — Sen... buni uddaladingmi?
Miraa orqasiga qaradi. Ko‘zlari endi yaltirab turar, ammo hamon jiddiy edi.
— Ha. Men his qilaman, lekin bu meni zaif qilmaydi.
Birdan yer larzaga keldi. Uy ichi titray boshladi. Uyning yuragi uyg‘ondi.
Alex qichqirdi: — Endi qochish kerak! Bu uy sirlarini seni yutib yubormoqchi!
Miraa Alex qo‘lidan ushlab, yugurdi. Orqada esa — ko‘zgu yorildi. Va undan chiqayotgan qora energiya soya shaklida osmonga ko‘tarildi. Bu — soyaning haqiqiy qiyofasi edi. Endi u
kuchliroq, shafqatsizroq, ammo ochiq jangga tayyor edi.
18 qism: Ko‘zgu ortidagi kulgu
Osmon rangsiz edi. Shahar ustida qora energiya yoyilgan, odamlarda noaniq qo‘rquv sezilardi. Lekin ular hech narsa bilmas edi — ular Miraa va uning ko‘zgudan chiqgan kuchi
orasidagi jang haqida hali tushunmagan edilar.
Alex Miraa bilan yonma-yon yurardi. U ilk bor Miraa yuzida o‘zgarish sezdi: ichki kurashlar, sinovlar va qarorlar endi uni to‘liq shakllantirgan edi.
— Nima his qilyapsan? — so‘radi Alex.
Miraa jim turdi, keyin bir zum jilmaydi.
Ko‘zgudagi Miraa menga hayotimdagi eng katta darsni berdi: his qilish — zaiflik emas, kuch. Endi men o‘zimni ko‘proq odamga o‘xshataman. Va bu safar jangga yuragim bilan
ham kiraman.
To‘satdan osmonda qora halqa ochildi. U orqali soya kuchi — oldingi Miraa ichida yashiringan, ammo endi ajralib chiqqan maxluq — yerga tushdi. Ko‘zlari chaqnab, Miraa
tomonga yurdi.
— Demak, sen o‘zgarding? — dedi u masxaraomuz. — Endi men sening qo‘rquving, nafrating, his qilmaslikka urinishing emasman. Men faqat... sening so‘nggi dushingman.
Miraa hech narsa demadi. U jim bo‘lib, ko‘zlarini yummoqchi bo‘ldi... lekin kulib yubordi.
Ha, jiddiy Miraa ilk bor ochiq, halol va beg‘ubor kuldi.
Alex hayron bo‘ldi: — Sen... kulyapsan?
Chunki men endi qo‘rqmayman. Chunki men endi yolg‘iz emasman. Chunki bu jang — meni zaif qilmaydi, balki chinakam Miraani ochadi.
U o‘z kuchlarini ishga soldi. Qo‘lidan nur chiqa boshladi. Bu nur qora energiyani yemira boshladi. Soya Miraa qarshisida orqaga tisarildi.
Ammo... u ham taslim emasdi.
Soya qanot chiqarib, osmonga ko‘tarildi, va shahar tomonga uchdi.
Bu faqat boshlanish, Miraa. Meni yengding, lekin men butunlay yo‘qolmadim. Har doim bir burchakda yashayman — sening eng qorong‘i ongingda...
U g‘oyib bo‘ldi.
Jimlik.
Alex Miraa oldiga keldi. — Bu sening eng kuchli janging edi. Va men seni ilk bor... baxtli
kulganingni ko‘rdim.
Miraa unga qarab jilmaydi. — Balki ilk marta chinakam odam bo‘lib yashay boshlagandirman.
O‘sha oqshom... bir qiz — yuragida haqiqat, jasorat va hislar bilan — oyna oldida yana bir
bor o‘z aksiga qaradi.
Va bu safar — quvonch bilan jilmaydi.
19 qism: Ko‘zgu ortidagi sirli eshik
Tong. Ko‘zgu endi ko‘hna sirlarni so‘zlay boshlagan edi.
Miraa tun bo‘yi uxlolmay chiqdi. Yuragida nimadir o‘zgargan, kulgu ortida sirli bir chaqnash paydo bo‘lgan edi. Alex esa jim, uni kuzatardi.
— Hozir nimani sezayapsan? — so‘radi u nihoyat.
Miraa sekin o‘rnidan turdi. — Ichimda... eshik ochildi. Bir joy borki, u yerga hali hech kim bormagan. U yerda nimadir meni kutyapti.
Shu payt ko‘zguda kutilmagan hodisa yuz berdi — ko‘zguning ichi g‘alati tovush chiqarib, yorishib ketdi. Undan eski kulba ko‘rindi: chang bosgan, devorlari qora yozuvlar bilan
to‘ldirilgan, derazasi yo‘q, faqat bitta eshik.
Miraa ko‘zlarini pirpiratdi. — Bu... mening kuchim kelib chiqqan joymi?
Alex hayron: — Men bu joyni hech qachon ko‘rmaganman.
Miraa o‘ylamasdan, qo‘lini ko‘zguga tekkizdi va... ichkariga singib ketdi.
Ichkarida.
Yorug‘lik yo‘q edi. Faqat yurak urishini eshitish mumkin edi. Har bir qadami bilan Miraa o‘zini tanimasligidan qo‘rqdi. Bu joyda u kim ekanini yana bir bor isbotlashi kerak edi.
Eshik ochildi.
Ichkarida... ko‘zlarini yashirgan odam turardi. Qo‘lida qora oyna.
Nihoyat kelding. Sening kuching faqat jasorat emas, balki kimligingni tan olish. Qara, bu senga tegishli.
Miraa qora oynaga qaradi. Unda... u kulayotgan, yig‘layotgan, sevayotgan, alam
chekayotgan — insoniy Miraa edi.
— Men... bunday bo‘lganmanmi?
Ha. Va bu kuchni yashirish — seni butunlay yo‘qotadi. Endi tanla: hissiz qudrat, yoki hisli
haqiqat?
Miraa chuqur nafas oldi. — Men tanlayman... haqiqatni. Men Miraa. Kuchimni yashirmayman. Lekin uni boshqaraman!
Shu zahoti qora oyna yorildi. Yorug‘lik Miraa tanasini qamrab oldi. U ko‘zlarini ochdi... va o‘z xonasida edi. Lekin endi u boshqacha Miraa edi.
Ko‘zlarida kuch emas, balki ishonch porlab turardi.
Alex sekin kuldi. — Endi haqiqiy janglar boshlanadi, Miraa.
Miraa jilmaydi.- men tayyorman.
Qism: Ko‘zgu ortidan
Tong... Miraa deraza oldida o‘tirar, ko‘zlari osmonga tikilgan. Havo tiniq, g‘ira-shira quyosh nurlari yuziga tushmoqda. Oxirgi kunlarda u yuragida nimadir o‘zgarganini his qilmoqda —
bu his... iliqlik edi.
Yolg‘izlik unga do‘st bo‘lgandi, lekin bu safar qalbi begona iliqlikni rad etmadi. U hayratda, lekin qarshilik qilmasdi. Ichki ovoz unga “tayyor bo‘l” deb pichirlardi...
Ertalab maktab hovlisida kimdir unga kulib qaradi. Bu — Ayan edi, ko‘zgu dunyosidan uni kuzatib kelgan sirli bola. Uning tabassumi aynan Miraa ko‘rishni istagan – unutilgan,
samimiy, chin qalbdan edi.
"Men seni bilaman. Senga o‘xshagan kuch egasi faqat bir bor tug‘iladi," — dedi Ayan.
Miraa chuqur nafas oldi. Bu bola oddiy emas edi. U ko‘zgudan chiqib, odam qiyofasiga kirgan, kuchini yo‘qotgan sobiq ko‘zgu qo‘riqchisi edi.
Bu uchrashuv ularning ko‘p sirlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan safarining boshlanishi
bo‘ldi.
Ular birga bozorga bordilar, festivalga tushdilar. Baxtli kulgi, qandil ostida olingan surat, Miraa hayotidagi birinchi kulgu edi. U chuqur nafas oldi — bu kulgi u kutgan hissiyot edi,
faqat o‘ziga ishonish orqali erishgan.
Lekin... bu osoyishtalik uzoq davom etmadi.
Tungi soat 2:47. Miraa o‘sha eski ko‘zguga qaradi. U joyida yo‘q edi. U o‘rniga, devorda yoriq bor edi. Yorug‘lik ichidan qora soya chiqdi. Bu — Ular edi. Miraa ko‘zlaridagi shodlikni
berkitdi. Endi u jangga tayyor edi.
Ayan: “Ular seni kuchingdan ayirmoqchi. Lekin sen hozir kuchliroqsan – o‘zing bo‘lgansan.”
Ular birga qorong‘ilikka qadam qo‘ydilar.
20 Qism: “Miraa o‘zini topdi”
Yoriqdan o‘tgan Miraa o‘zini qop-qorong‘i, ammo sokin joyda topdi. Bu makon “Soyalar Ko‘zgusi” deb atalardi. U yerda vaqt yurmasdi, yorug‘lik tushmasdi, faqat haqiqat aks etardi.
Ayan yonida edi, lekin Miraa yuragida qattiq g‘am sezardi. Har bir qadamda uning o'tmishi, og‘rig‘i, bolaligidagi yolg‘izlik sahnalari aks etar edi.
“Bu yerda hech kim yolg‘on gapirmaydi. Bu yer sening ichingdagi hayqiriq,” — dedi Ayan.
U yurishda davom etdi. Shu mahal Miraa qarshisida birinchi ko‘zgu paydo bo‘ldi. Unda u kulib turardi. Baxtli, begunoh, orzuga to‘la bola...
“Men bu qizni tanimayman, ”Miraa shivirladi.
“Bu sen eding. Endi sen kuchlisan, lekin his-tuyg‘ulardan voz kechding,” — deya javob berdi
ko‘zgu.
To‘satdan ko‘zgu yorilib, undan qora ko‘zli, sovuq qiyofali qiz chiqdi — bu Miraa edi. Salbiy
Miraa. U bilan jin jang boshlandi.
Qora Miraa:
“Sen odamlarni yoqtira olmaysan. Kulolmaysan. Senga kerak emas bu hislar. Faqat kuch!” Miraa:
“Men bunga ishonmasdan yashadim, endi ishonmoqchiman. Men har doim himoya qilmoqchiman – odamlarni emas, insoniyatdagi nurni.”
Jang murosasiz kechdi. Har bir zarba bilan Mira o‘zini tanirdi — kuchi qanchalik ulug‘ bo‘lmasin, u yuragidagi iliqlik bilan kuchli edi.
Oxiri u qora Miraa bilan birlashdi. Kuchlar uyg‘unlashdi. Miraa endi nafaqat jasur, balki yuragida o‘zi istagan nurni yoqishga qodir bo‘lgan qahramonga aylandi.
U yana Ayan yoniga qaytdi. Ayan jilmaydi:
“Endi sen haqiqatda kuchlisan. Chunki yuragingni tanlading.”
Baxtli esda qolarli lahzalar: Miraa bolaligidagi xotiralarga qaradi.
Ular Soyalar Ko‘zgusidan qaytgach, Miraa ilk bor bir necha do‘stlariga kulib qaradi. U avvalgidek sovuq emas edi. Yuragi birinchi marta baxt bilan urdi.
21 Qism: “Tanlov: yurak yo kuch”
Soyalar Ko‘zgusidan qaytganidan keyin hamma narsa boshqacha edi. Osmonda to‘lin oy emas, balki yorqin qizil nur bilan yo‘g‘rilgan “Kechirim Oy” ko‘tarildi — bu har 100 yilda bir
boradigan hodisa edi. Aynan shu tun eng kuchli kuchlar uyg‘onadi… yoki yo‘qoladi.
Miraa endi o‘z kuchini nazorat qila olardi, lekin har bir zarba yuragidan bir parcha yulib olardi. Chunki kuch — faqat jismoniy emas, ruhiy og‘irlik ham edi.
Bu orada, shaharning sharqiy qismida sirli hodisalar boshlangan edi. Insonlar ko‘zlarini yo‘qotmoqda, yuraklari qoraymoqda edi. Bularni faqat "Ishimura” nomli qadimiy jin guruhi
qilayotgandi. Ular Miraa kuchini o‘zlariga tortib olishni istardi.
Qaror qilish va tayyorgarlik
Miraa jiddiy tayyorgarlikka kirishdi. Ayan, Naxun, va yangi paydo bo‘lgan sirli yigit — Rian, uni himoya qilmoqchi edi. Ammo Miraa ularni uzoqlashtirdi:
“Men yolg‘iz boshlaganman. Yolg‘iz yakunlayman. Bu mening taqdirim.”
Ayan qarshilik qildi:
“Miraa, sen endi yolg‘iz emassan. Biz do‘stlarmiz.”
Miraa:
“Bu jangni men yuragim bilan qilaman. Agar men yengilsam – kuch jinlarga o'tadi. Agar yengsam – odamlar yana kulishni o‘rganadi.”
Shu kecha — Qizil Oy tunda — Miraa sirli ibodatxonaga yo‘l oldi. U yerda so‘nggi jang
boshlanishi kerak edi.
Jinlar bilan jang
Ishimura guruhi boshlig‘i — Shadur, qora yong‘in singari nigohlar bilan Miraa qarshisida
paydo bo‘ldi.
“Sen kuchsan, lekin his qiladigan kuchlar zaif bo‘ladi.”
Miraa:
“Sen xato qilayapsan. Yurak bilan urgan zarba abadiy iz qoldiradi!”
Jangda Miraa birinchi bor o‘z kuchini to‘liq ochdi:
Qo‘li bilan qorong‘ilikni yoritdi.
Ko‘zlari orqali dushmanning qalbini ko‘ra boshladi.
Shadurning ruhidagi g‘azabni shifoladi.
Ammo bu oson kechmadi. Uning yelkasi jarohat oldi, nafas olish qiyinlashdi. Lekin so‘nggi zarbada — u "Oltin Yig‘i” kuchini ishlatdi. Bu kuch — o‘zi hech qachon kulmagan, ammo
boshqalarni kuldirgan har bir daqiqani jamlab, nurga aylantirdi.
Shadur yengildi. Jinlar parchalanib, havoga singib ketdi. Osmonda Qizil Oy o‘rniga Oppoq
Tong ko‘tarildi.
So‘nggi voqea.
Miraa hushini yo‘qotdi. Ko‘zlarini ochganda yonida Ayan, Rian va Naxun turgan edi. U kuldi… Ha, u nihoyat kuldi.
Ayan:
“Nihoyat, sening kulgingni ko‘rdik.” Miraa:“U endi menga emas, sizga tegishli. Men endi yolg‘iz emasman.”
Jang yakunida Miraa yuragida shunday so‘zlarni eshitdi:
"Sen kuchlisan, chunki baxtni tanlading." Qism: “Ko‘zgu ortidagi haqiqat”
Tonggi quyosh Miraa yuziga iliq nur sochdi. Bu nur oddiy emasdi — u ilk bor hayotni his etayotgan qalbga tegayotgan edi. Miraa uyg‘ondi. Yengilgan jinlar, yorilgan ibodatxona,
ko‘zlardagi qorong‘ilik ortda qolgandi.
Ammo eng katta o‘zgarish uning ichida sodir bo‘ldi.
O‘tmish bilan vidolashuv
Miraa ibodatxona qoldiqlariga bordi. U yerda sirli “Ko‘zgu devori” hali ham butun edi. Bu ko‘zgu — haqiqiy Miraani ko‘rsatuvchi sehrli oyna edi.
U qaradi.
Ko‘zgu unga bolaligini, yolg‘iz kechgan tunlarini, kulgidan qo‘rqqan onlarini va kuchini yashirgan holatini ko‘rsatdi. Ammo oxirida… u ko‘zguda kulayotgan qizni ko‘rdi.
Bu qiz — Miraa edi. Nihoyat, o‘zini kechirgan, kuchidan qo‘rqmaydigan, his qilishdan
uyalmaydigan qiz.
Ko‘zgudagi ovoz:
“Sen nihoyat o‘zingga aylanding. Endi seni hech narsa yengolmaydi.”
Miraa ko‘zguni sindirmadi. Uni orqasiga burilib, ketdi. Chunki u ko‘zgudagi hayotni emas,
o‘zining haqiqatini tanladi.
Yangi hayot: kelajak sari
Oradan oylar o‘tdi. Shaharda odatlar o‘zgardi:
Odamlar Miraa haqida afsonalar to‘qidi.
“Oltin Yig‘i bilan kulgan qiz” deb ataldi.
Bolalar endi qorong‘ilikdan qo‘rqmas, yulduzlarga umid bilan boqardi.
Ayan, Rian, va Naxun bilan Miraa endi boshqa bir missiya yo‘lida edi — jinlar tomonidan shikastlangan yuraklarni davolash. Ular insonlar qalbida yashirin qorong‘iliklarni topib, nur
bilan almashtirardi.
Yakuniy voqealar: Oyna oldidagi qiz
Bir tun. Miraa oyna oldida o‘zini kuzatdi. U endi o‘ziga begona emasdi. U o‘zini sevardi.
O‘sha kuchli, jasur, kulishni o‘rganayotgan qiz — Miraa edi.
“Men — oddiy emasman. Men — o‘zimman. Ko‘zgu orqasida emas, hayotda yashayman.”
Oynada aks etgan Miraa kuldi. Va bu safar — yuragi bilan.
- - -
Tugadi.
Bu hikoya aynan shu kitobni oʻqigan senga o‘xshagan qiz haqida edi. Uning ichidagi kuch — uni boshqalardan farqli qilardi. U yolg‘iz edi, ammo sh unday nurlidirki, butun qorong‘ilikni yoritardi!
Muallif soʻzi:
Bugungi shiddatli dunyoda koʻpchiligimiz atrofimizdagi soxtaliklardan himoyalanish uchun yuzimizga sovuq niqoblar kiyamiz, his-tuygʻularimizni qalbimiz tubiga koʻmamiz. Lekin Miraaning bosib oʻtgan mashaqqatli yoʻli shuni koʻrsatadiki, his qilish — bu zaiflik emas.
Aksincha, oʻzligingni tan olish, xatolar va ogʻriqlarga qaramay baxtni va adolatni tanlay olish — eng buyuk kuchdir.
Ushbu kitobni oʻqigan har bir kitobxon, xuddi Miraa kabi, oʻz ichidagi koʻzguga bir bor nazar tashlashini va u yerda oʻzining haqiqiy, begʻubor nuri borligini his qilishini istardim.
Yolgʻizlikdan qoʻrqmang, chunki haqiqiy kuch oʻzligini anglagan va qalbidagi nurni oʻchirmagan yurakda yashaydi.