
"Oy Soyasidagi Ruh” Fantastik-afsonaviy hikoya
Yomg‘ir hidi singib ketgan o'sha tun Raya umrining ikki qismga bo'linishini hali bilmasdi.
Birinchi qism — Jake bilan.
lkkinchisi esa... uning ruhini izlash bilan.
Tungi shahar ustida moviy tuman suzardi. Ko‘chalardagi lampalar xuddi suv ostidagi yulduzlardek miltirab turardi. Raya eski kutubxonadan chiqayotganida, yo'lning narigi tomonida yana o‘sha bolani ko'rdi.
Jake.
Har doimgidek qora hudili, parishon sochlari va g‘alati ko'zlari bilan.
U boshqalarga o'xshamasdi.
Jake odamlarning ichidagi hislarni ko'ra olardi. Kim yolg'on gapiryapti, kimning yuragi siniq, kim o'lish arafasida — bularni uning ko'zlari aytib berardi.
Raya esa... ruhlarni eshita olardi. Faqat buni hech kim bilmasdi.
so'radi Jake birinchi marta.
Raya muzlab qolgandi.
Kimlarni?
Jake asta osmonga qaradi.
Ketolmay qolganlarni.
qolishdi.
Ammo shaharda g'alati voqealar boshlangandi.
Odamlar izsiz yo'qolardi.
Ularning ko'zlari ichi bo’m—bo’sh edi. Go‘yo ruhi tortib olingandek.
Eski afsonaga ko‘ra, har yuz yilda "Oy Darvozasi” ochilar ekan.
U boshqa dunyo bilan bizning olam orasidagi yo‘l edi.
Va agar u to'liq ochilsa...
tiriklar bilan o'liklar dunyosi aralashib ketardi. Jake bu afsonani juda yaxshi bilardi.
Chunki uning oilasi asrlar davomida Darvoza qo'riqchilari bo'lgan.
Ammo eng dahshatlisi boshqa edi.
Tunlarning birida Raya tush ko'rdi. Qorong‘u ko'l.
Suv ustida oq kiyimdagi qiz.
Va uzoqda Jake... asta—sekin yo‘qolib borardi. Raya cho‘chib uyg'ondi.
O‘sha zahoti telefon jiringladi.
Jake.
Raya... agar men yo‘qolsam, meni unutma.
Nima deyapsan o'zi?!Va'da ber.
Jake!
Lekin aloqa uzilib qoldi.
Ertasi kuni shahar markazida osmon yorildi.
Haqiqiy ma'noda.
Qora yoriq ichidan sharpalar oqib chiqardi. Odamlar qochardi. Mashinalar to'qnashardi. Havo qichqiriqlarga to'lgandi.
Jake esa yolg'iz o‘sha yoriq qarshisida turardi.
Raya yugurib bordi.
Jake unga qarab kulimsiradi.
Juda sokin. Juda charchagan kulgu edi bu.
Men qo'rqmayapman, Raya.
Boshqa yo‘li bordir!Yo‘q.
Yoriq ichidan minglab qora qo'llar chiqib, shahar tomon cho'zilardi.
Jake qo'lini ko'ksiga qo'ydi.
Va Raya ilk bor uning yuragi ichida yonayotgan nurni ko'rdi.
Jake odam emasdi.
U Darvoza uchun yaratilgan tirik muhr edi.
Agar men qolsam, hamma o'ladi.Agar sen ketsang—chi?!.. Jake indamadi.
Faqat Raya tomon yurdi.
Peshonasini uning peshonasiga tekkizdi.
Va shivirladi:
Ruhim seni tark etmaydi.
Keyin...
u yoriq ichiga qadam tashladi. Osmon oppoq yorug'likka to'ldi. Raya qichqirdi.
Butun shahar jim bo'lib qoldi. Va Jake... g'oyib bo'ldi.
Oradan oylar o‘tdi.
Hech kim Jake degan bolani eslamasdi. Go‘yo u hech qachon mavjud bo'lmagandek. Faqat Raya eslardi.
Faqat u.
Ba'zan yomg'irli kunlarda yonidan tanish hid o'tardi.
Ba'zan esa uxlab qolayotganida kimdir sochini silayotgandek tuyulardi.
Ammo Jake hech qachon to'liq ko'rinmasdi. Bir kuni Raya ko‘l bo'yiga bordi.
Tuman qalin edi.
Va suv ustida odam silueti paydo bo'ldi.
Jake.
Raya nafasi ichiga tushib ketdi.
Bu... senmisan?.. Jake unga yaqinlashdi.
Ammo tanasi oy nuridan yasalgandek
shaffof edi.
Men uzoq qololmayman.Sen o'lganmisan?.. Jake biroz o‘ylanib turdi.Ruhlar o'lmaydi.Nega faqat men seni ko'ra olaman? Jake kulimsiradi.Chunki sen hali ham meni sevishga jur'at
qiladigan yagona odamsan.
Shamol kuchaydi.
Jake tanasi mayda yorug'liklarga parchalanishni boshladi.
Raya qo‘lini uzatdi.
Bu safar u Jake qo'liga tegdi. Muzdek edi.
Ammo haqiqiy.
Ketma...
Jake ko'zlarini yumdi.
Men ketmaganman.
Va u yana tuman ichida yo'qoldi.
Shundan keyin Raya bir narsani tushundi.
Ba'zi insonlar o‘lgandan keyin ham yo'q bo'lib ketmaydi.
Ular...
kimningdir yuragida yashashda davom etadi.
Ammo har safar oy to'lishgan tunlarda, ko'l ustida ikkita soya ko'rinardi.
Biri tirik qizniki. Ikkinchisi esa...
allaqachon bu dunyoga tegishli bo'lmay qolgan bolaniki.
2—qism — Ko'rinmaydiganlar shahri
Jake yo'qolganidan keyin Raya o'zgardi.
U endi odamlarning yuziga emas... soyalariga qaraydigan bo‘lib qolgandi.
Chunki ba'zan inson soyasi uning o‘ziga tegishli bo'lmasdi.
Kuzning sovuq oqshomlaridan biri edi.
Shunda Raya bir narsani sezdi.
Bekatda turgan ayolning soyasi... harakat qilmayotgandi.
Ayol esa qimirlardi.
Ammo yerga tushgan qora soya qimirlamasdi.
Raya yuragi muzlab ketdi.
Sekin boshini ko‘tardi.
Va soya asta unga qarab BURILDI. Ayol emas.
Soyaning o'zi.
Raya ortga tisarildi.
Atrofdagi hech kim buni ko'rmasdi. Faqat u.
Shu payt qulog‘i tagida tanish ovoz eshitildi.
— Qarama unga.
Jake.
Raya tez ortiga o'girildi.
Jake bekatning eng qorong'u burchagida turardi. Oqartirilgan oy nuri uning tanasidan o'tib ketayotgandek edi.
Jake?!Past ovozda gapir.Sen qayerda eding?! Jake javob bermadi.
Uning ko'zlari o'sha soyaga tikilgandi.
Ular seni payqay boshladi.Kimlar?..
Jake sekin shivirladi:
Ko'rinmaydiganlar.
Shu kecha Jake Raya'ni shaharning eski qismiga olib bordi.
U yer tashlandiq edi.
Eski teatrlar, singan oynalar, zanglagan ko'cha chiroqlari...
Ammo Raya u yerda nimadir borligini his qilardi.
Havo tirikdek edi.
Bu joy nima o'zi? Jake to'xtadi.
Ruhlar oralig'i.
Tushunmadim.
Men ketganimdan keyin Darvoza to'liq yopilmagan.
Raya jim qoldi.
Jake davom etdi:
Ba'zi mavjudotlar o‘tib kelishga ulgurgan.
Sharpalarmi?
Yo‘q... ular bundan ham yomonroq. Birdan yuqoridan g‘alati ovoz eshitildi. Go‘yo kimdir ship ustida emaklayotgandek. Raya boshini ko'tardi.
Va muzlab qoldi.
Lekin uning yuzi yo'q edi. Faqat bitta qizil ko'z.
U Raya'ga tikilib turardi. Keyin...
kuldi.
Ammo uning og'zi yo'q edi.
— QOCH! — deb baqirdi Jake. Mavjudot tomdan sakradi.
Raya yugurdi.
Orqadan temir tirnalganiga o'xshash ovoz ketardi. Ko‘chadagi lampalar birin—ketin o'chardi.
Jake esa ular orasida paydo bo’lib—yo’qolardi. Go‘yo bu dunyoda to‘liq mavjud emasdek.
U nima o'zi?!U seni sezgan!Nega meni?! Jake indamadi.
Raya birdan to'xtab qoldi.
Jake... sen nimanidir yashiryapsan. Shunda Jake ham sekin to‘xtadi.
Yomg'ir uning shaffof tanasidan o'tib ketardi.
Raya nafasi tiqilib qoldi.
Nima?..Agar sen uyg'onsang... Darvoza yana ochiladi.
Shu payt yer titradi. Eski teatr devori yorildi.
boshladi.
Raya qo‘rqib ortga chekindi.
Va devor ichidan ayol ovozi eshitildi.
Jake...
Jake qotib qoldi.
Raya esa birinchi marta uning yuzida haqiqiy qo'rquvni ko'rdi.
Devordan oppoq ayol silueti chiqdi.
Ko'zlari bo’m—bo‘sh edi.
Sen qaytishing kerak... Jake pichirladi:Yo‘q...
Ayol sekin kuldi.
Raya Jake tomon qaradi.
Bu nima degani?..
Jake unga qarashdan qochdi. Ammo ayol javob berdi.
Agar u oy tugashidan oldin o‘z dunyosiga
qaytmasa...
Ayolning yuzi birdan dahshatli shaklga kirdi.
U MONSTRGA aylanadi.
Raya nafasi to‘xtab qolgandek bo'ldi. Jake esa asta boshini egdi.
Va ilk bor Raya uning qo‘llari qorayishni boshlaganini ko'rdi...
3—qism — Qorayib borayotgan ruh
Yomg'ir to'xtagandi.
Ammo eski teatr ichidagi havo hali ham nam va sovuq edi.
Devordan chiqayotgan oq ayol sekin Raya tomon suzib ketardi. Uning oyoqlari yerga tegmasdi. Oqartirilgan yuzida esa tirik odamga xos hech qanday hissiyot yo q edi.
Faqat bo'shliq.
Jake Raya'ni ortiga tortdi.
Unga yaqinlashma. Ayol kuldi.Hali ham uni himoya qilmoqchimisan?
Jake indamadi.
Ammo Raya uning qo‘llari tobora qorayib borayotganini ko'rardi. Tomirlariga o'xshash
qora chiziqlar barmoqlarigacha yoyilgandi. Go‘yo ichida nimadir uyg'onayotgandek.
Jake... senga nima bo‘lyapti?.. Jake javob bermoqchi bo'ldi.
Lekin birdan boshi og'rib ketgandek devorga suyandi.
Ko'zlari bir lahzaga qizarib ketdi.
Va teatr ichidagi barcha lampalar portlab o'chdi.
Qorong‘ilik.
Faqat oy nuri.
Va nimadir nafas olayotgandek ovoz. Raya qo‘rqib ortga chekindi.
Jake?..
Sukunat.
Keyin qorong'ilik ichida ikkita qizil ko‘z
ochildi.
Raya yuragi muzlab ketdi.
Bu Jake edi.
Ammo... ayni paytda Jake emasdi ham.
Uning atrofidan qora tutun chiqardi. Yelkalari ortida sharpasimon soyalar qimirlardi. Go‘yo yuzlab ruhlar uning ichida qamalib qolgandek.
Jake boshini ushladi.
Ket... Raya...
Ovozi ham o'zgarib ketgandi.
Ikki xii ovoz birga gapirayotgandek. Oq ayol esa mamnun kulardi.
Ko'rdingmi? U allaqachon parchalanishni
boshlagan.
Jim bo'l! — deb baqirdi Raya.
Ayol birdan uning oldida paydo bo'ldi.
Juda yaqin.
Ruhlar dunyosida uzoq qolgan qo'riqchilar oxir—oqibat "Yutuvchi”ga aylanadi.Yutuvchi?..Ular boshqa ruhlarni yeb yashaydigan mavjudotga aylanishadi.
Raya dahshat bilan Jake tomon qaradi. Jake tiz cho'kib qolgan, nafasi titrardi. Birdan teatr ichi silkindi.
Pol ostidan qora qo'llar chiqib, Jake'ga yopisha boshladi.
Go‘yo uni pastga tortayotgandek. Jake og'riqdan qichqirdi.
Raya o'ylamasdan yugurib borib uning qo'lidan ushladi.
Va shu zahoti... hamma narsa o‘zgardi.
Raya o'zini boshqa joyda ko'rdi. Cheksiz qora suv.
Osmonda esa ulkan oy.
Suv ichida minglab odam soyasi suzib yurardi.
Va o'rtada kichkina Jake turardi.
Yosh bola holida.
Yolg‘iz.
Raya sekin unga yaqinlashdi.
Jake?..
Bola boshini ko'tardi. Ko'zlarida yosh bor edi.
Men uyga qaytmoqchiman... Raya yuragi siqilib ketdi.Bu joy nima?..
Orqadan ovoz eshitildi.
Uning ruh qafasi. Raya o'girildi.
Orqasida uzun oq kiyimli kampir turardi.
Sochlari suv ustida suzardi. Ammo eng dahshatlisi... uning ko'zlari yo‘q edi.
Faqat oppoq bo'shliq.
Siz kimsiz?..Men Darvoza xotirachisiman. Kampir Jake'ga qaradi.Bu bola o‘lgan kuni ruhi ikki bo'lakka
bo'lingan.
Raya qotib qoldi.

Bir qismi insonligicha qolgan. lkkinchi qismi esa Darvoza ichida qolib ketgan.
Raya sekin Jake'ga qaradi. Demak...
uning ichidagi monstr doim mavjud bo'lgan.
Uni qutqarishning yo‘li bormi?
Kampir jim qoldi.
Keyin asta bosh irg‘adi.
Bor.
Raya umid bilan oldinga yurdi.
Qanday?!
Kampir oyga qaradi. Va pichirladi:
Yo‘qolgan ruh qismini topish kerak.Qayerdan?
Kampirning oppoq yuzi qorong'ulashdi.
O'liklar shahridan.
Shu zahoti suv ostidan yuzlab qo'llar chiqib Raya'ning oyoqlaridan ushladi.
Va uzoqdan Jake'ning dahshatli qichqirig'i eshitildi...
4—qism — O‘liklar shahri Raya qichqirib yubordi.
Muzdek qo‘llar uni qora suv tubiga tortardi.
Nafasi bo’g’ziga tiqildi. Atrof qorong‘ulashib, faqat oy nuri suv ichiga singib tushardi.
Birdan tanish ovoz yangradi.
Raya! Ko‘zlaringni och!
Jake...
Raya qo‘llarini silkitdi. Oqartirilgan nur suvni yorib o‘tdi va qora qo'llar birdan kulga aylanib tarqaldi.
U ko'zini ochganida yana eski teatr ichida
edi.
Nafasi tezlashgan, peshonasini sovuq ter bosgandi.
Jake esa uning yonida tiz cho‘kib turardi. Ammo uning ahvoli yanada og'irlashgandi.
Qora tomirlar endi bo'ynigacha ko'tarilgan, ko'zlaridagi moviy rang asta—sekin qizil tusga kirayotgandi.
Sen yaxshimisan? — deb so'radi Jake. Raya indamay unga qarab turdi.Men hammasini ko'rdim... Jake boshini egdi.Demak, endi sen ham haqiqatni bilasan.Sening ruhing ikkiga bo'lingan...
Jake achchiq kuldi.
Teatr ichidagi oppoq ayol allaqachon g‘oyib bo'lgandi.
Faqat yerda bitta qora pat yotardi. Jake uni qo'liga oldi.
Rangsiz chehrasi birdan jiddiylashdi.
Yomon bo‘ldi...Nima bo'ldi?Ular bizdan oldin yo'lni topishibdi.Kimlar?
Jake asta pichirladi.
Qarg'a qirollari.
Afsonaga ko'ra, O'liklar shahriga boradigan yo'lni faqat Qarg'a qirollari qo'riqlardi.
Ular odam emas edi. Ruh ham emas.
Ular unutilgan xotiralardan yaralgan mavjudotlar edi.
Kimki O’liklar shahriga kirsa, avval o'zining eng og'riqli xotirasidan voz kechishi kerak edi.
Aks holda...
hech qachon qaytib chiqolmasdi.
Jake va Raya tong otguncha shaharning chekkasiga yo'l olishdi.
U yerda yuzlab yillardan beri tashlab ketilgan temiryo‘l bekati bor edi.
Bekat xaritada yo'q.
Uni faqat ruhlarni ko'ra oladiganlar topa olardi.
Tuman orasidan qora poyezd paydo bo'ldi. Na mashinist bor.
Na yo'lovchi.
Faqat qoramtir oynalar. Eshik o'zi ochildi.
Jake chuqur nafas oldi.
Shu poyezd bizni O'liklar shahriga olib boradi.
Vagon ichi g‘alati darajada jim edi. Devorlarda eski suratlar osig'liq turardi. Raya ularga qaradi...
va yuragi to'xtab qolgandek bo'ldi. Suratlarning birida...
u o'zi turardi. Yana birida... Jake.
Keyingisida esa...
ular hali boshidan kechirmagan voqea tasvirlangandi.
Raya oq ko'ylakda yig'lab o'tirardi.
Jake esa...
qora monstrga aylangan holda unga qarab turardi.
Bu qanday bo'lishi mumkin?.. Jake suratga tikildi.
ko'rsatadi.
Lekin...
ularni o'zgartirish mumkinmi yoki yo'qmi... hech kim bilmaydi.
Poyezd birdan qattiq to'xtadi. Eshiklar sekin ochildi.
Tashqarida ulkan darvoza turardi.
Darvozaga qadimiy yozuv bitilgandi:
"lchkariga kirgan inson o zi bilan birga faqat bitta narsani olib chiqishi mumkin."
Nihoyat keldingiz...
lkkalasi birdan ortiga o'girildi.
U yerda oppoq sochli, taxminan o'n oIti yoshlardagi noma'lum qiz turardi.
U jilmaydi.
Va Jake'ga tikilib dedi:
— Men seni yuz yildan beri kutyapman...
5—qism — Oqartirilgan qiz
Shamol birdan to'xtadi.
Darvoza ortidagi sukunat quloqni teshib yuboradigan darajada og'ir edi.
Oppoq sochli qiz ularga qarab tabassum qildi.
Ammo bu tabassumda iliqlik yo‘q edi.
Go‘yo u tabassum qilishni unutib qo'ygandek.
Jake esa bir qadam ortga chekindi.
— Bu... mumkin emas...
Qiz boshini biroz egdi.
Nega? Meni unutdingmi?Yo‘q...
Jake titrab ketdi.
Sen o'lgansan.
Raya hayrat bilan ularga qarab turardi.
Jake... bu kim?
Jake javob berishga ulgurmay, qizning o‘zi gap boshladi.
Mening ismim Luna.
Raya hayron bo'ldi.
"Ham" degani nima? Luna kulimsiradi.Jake mendan keyingi qo'riqchi. Jake ko'zlarini yumdi.
istamasdi.
Luna sekin ularga yaqinlashdi.
Qadam tashlagan joyida oppoq gullar ochilib, keyin bir lahzada kulga aylanardi.
Jake...Sen hali ham o'zingni ayblayapsanmi? Jake indamadi.
Luna chuqur xo'rsindi.
Unga aytmadingmi?
Raya yuragida g'alati xavotir uyg'ondi.

Jake sekin boshini chayqadi.
Yo‘q...Aytma...
Ammo Luna uning gapiga quloq solmadi.
Yillar oldin Darvoza birinchi marta ochilganda...Uni yopish uchun ikkita qo'riqchi kerak edi.Men va Jake.
Raya diqqat bilan tinglardi.
Lekin oxirgi lahzada...
Luna Jake'ga tikildi.
U meni qutqardi.
Jake ko'zlarini yerga qadadi.
Va buning evaziga uning ruhi ikkiga bo'linib ketdi.Men esa...
Luna mayin jilmaydi.
O'sha kuni o‘ldim.
Raya jim qoldi.
Endi u tushundi.
Jake faqat dunyoni emas...
Bir insonni ham qutqargan edi.
Lekin evaziga o'zi hech qachon tinchlik topolmagan.
Shu payt yer yana titradi.
Darvoza ortidan minglab qarg‘alar osmonga ko'tarildi.
Ularning qichqirig‘i butun shaharni larzaga soldi.
Luna birdan jiddiylashdi.
U kelyapti...
Jake nafasi ichiga tushdi.
Yo‘q...Bu qadar tez emas...
Darvoza asta—sekin ochildi.
lchkaridan ulkan qora tuman ko‘tarildi. Tuman ichida esa...
ikki qavatli uydek baland mavjudot ko'rindi. Uning tanasi qarg‘alardan iborat edi.
Har safar qanot qoqsa, yuzlab qora patlar yerga yog'ilardi.
Ammo eng qo‘rqinchlisi...
uning yuzi yo'q edi.
Faqat bitta ulkan qizil ko‘z.
U Raya tomon tikildi.
Va butun O'liklar shahri bo'ylab aks sado bergan ovoz yangradi.
Nihoyat... Darvoza Kaliti topildi... Raya qotib qoldi.Men... Kalit emasman! Mavjudot kuldi.Yo‘q...Sen hali eslolmayapsan, xolos. Jake darhol Raya oldiga o‘tdi.
Uning qo‘lida moviy nurdan yasalgan qilich paydo bo‘ldi.
Luna ham ikki qo'lini ko'tardi va oppoq muhrlar havoda porlay boshladi.
Jake past ovozda dedi:
Raya... endi orqaga yo‘l yo'q. Bu jangda...
yutqazsak, na tiriklar dunyosi, na ruhlar
olami saqlanib qoladi.
Shu zahoti qora mavjudot ulkan qo'lini
ko'tarib, ularga zarba berdi. Jake Raya'ni itarib yubordi.
Portlashdan keyin atrofni chang bosdi. Chang tarqalganida esa...
Raya dahshatdan qotib qoldi. Jake... yo‘q edi.
Faqat yerda uning moviy nur sochayotgan
marjoni yotardi...
6—qism — Yo‘qolgan ruhning ovozi
Chang asta—sekin tarqala boshladi.
Raya qaltirayotgan qo'llari bilan oldinga yurdi.
Jake...?
Javob yo'q.
Faqat yerda moviy nur sochayotgan marjon
yotardi.
Raya uni qo'liga oldi.
Marjon kaftiga tegishi bilan butun tanasidan iliq nur o'tdi.
Shu payt qulog‘i ostida tanish ovoz eshitildi.
Men tirikman...
Raya darhol ortiga o'girildi. Hech kim yo'q.
Jake?!Meni qidirma... Men bu yerda emasman. Luna tezda Raya oldiga yugurib keldi.U bilan gaplashyapsanmi?Ha... ovozini eshityapman! Luna chuqur xo'rsindi.Demak, juda kech qolmabmiz.Nima bo'ldi o'zi?!
Luna yerga tushgan qora patni qo'liga oldi.
Qarg'a Podshohi uning ruhining ikkinchi qismini uyg'otdi.
Raya hech narsani tushunmayotgandi.
Oddiy qilib ayting!Jake endi ikki joyda.Bir qismi seni himoya qilayotgan ruh.Ikkinchi qismi esa...
Luna gapini tugatolmadi.
Birdan osmonni dahshatli bo'kirish larzaga soldi.
Qarg'alar bir vaqtning o'zida havoga ko'tarildi.
Tuman ichidan ulkan qora siluet chiqdi. Raya nafasini ichiga tortdi.
Bu...
Jake edi.
Lekin u avvalgi Jake emasdi. Bo'yi daraxtlardan baland.
Orqasida qora qanotlar. Ko'zlari qip—qizil.
Butun tanasini qora zirh qoplagan.
Qo‘lida esa ulkan qilich.
Ammo uning yuzida hech qanday hissiyot yo q edi.
U hech kimni tanimasdi.
Jake! — deb baqirdi Raya. Mavjudot sekin boshini unga burdi. Bir necha soniya...
Go‘yo uni eslayotgandek bo‘ldi. Ammo keyin sovuq ovoz yangradi.
Jake... bu ism endi menga tegishli emas. Raya yuragi siqilib ketdi.Men seni qaytaraman!Qaytarolmaysan.Men endi Bo'shliq Qo‘riqchisiman. Luna dahshat bilan pichirladi:Yo‘q...U juda tez o'zgaryapti.
Shu payt marjon yana porlay boshladi.
Ichidan Jake'ning haqiqiy ovozi eshitildi.
Raya... menga quloq sol...Men hali ham ichkaridaman...Lekin uzoq emas...Agar qora qismim meni yutsa...Men seni ham tanimay qolaman. Raya ko'ziga yosh oldi.Men seni qutqaraman!Har qanday holatda ham!
Jake'ning qora qismi birdan qilichini ko‘tardi. Yer yorilib ketdi.
zanjirlar chiqib, Raya tomon otila boshladi.
Raya qochishga ulgurmay qoldi.
Nur ichidan Jake'ning shaffof ruhi paydo bo'ldi.
U Raya bilan qora Jake o'rtasiga turdi. Bir tomonda...
nur.
Ikkinchi tomonda... zulmat.
lkkalasi ham bir xii yuz. Bir xii ko'z.
Ammo biri mehr bilan qarardi. lkkinchisi esa nafrat bilan.
Shunda qora Jake ilk bor hayrat bilan
pichirladi:
.Sen hali ham yo'q bo‘lmagan ekansan? Shu zahoti haqiqiy Jake javob berdi:Men yo'q bo'lmayman... toki meni eslaydigan bitta yurak qolsa ham.
Qora Jake kuldi.
Unda kel...Qaysi birimiz haqiqiy Jake ekanimizni hal
qilamiz.
Ikki Jake bir—biriga qarab qadam tashladi...
Va butun O'liklar shahri kuchli zilzila bilan larzaga keldi.
7—qism — Ikki Jake
O‘liklar shahri larzaga kelardi.
Osmondagi ulkan oy yorila boshladi. Oqartirilgan nur bilan qora zulmat bir—biriga aralashib, butun shaharni qoplab oldi.
Bir tomonda haqiqiy Jake.
Ikkinchi tomonda uning qorong'u qismi.
lkkalasi ham bir—biriga tikilib turardi.
Go‘yo bitta ruh o'z soyasi bilan yuzma—yuz ketgandi.
Qora Jake qilichini yerga urdi.
Yer yuzlab bo'laklarga bo‘linib ketdi.
Sen kuchsizsan.Seni faqat bitta qizning xotirasi ushlab turibdi.
Haqiqiy Jake kulimsiradi.
Balki.Ammo ba'zan bitta xotira minglab la'natlardan kuchliroq bo'ladi.
Shu zahoti u nurdan yasalgan qilichini chiqarib, oldinga otildi.
Ikki qilich to‘qnashgan zahoti osmonda chaqmoq chaqnadi.
Raya va Luna kuchli zarbadan ortga uloqtirildi.
Atrofdagi binolar birin—ketin qulab tushardi.
Har bir zarbada Jake'ning o'tmishidan lavhalar paydo bo'lardi.
Kichkina Jake... Yolg‘iz o‘tirgan bola...
Darvoza qo'riqchisiga aylangan yigit... Va nihoyat...
Raya bilan ilk uchrashuvi.
Go‘yo butun hayoti jang maydonida namoyon bo'layotgandi.
Birdan Qarg'a Podshohi baland ovozda kuldi.
Ajoyib...Bir ruh o’z—o‘zi bilan urushmoqda.Ammo ikkalangiz ham yutqazasiz. U ulkan qo'llarini osmonga ko'tardi.
Shu zahoti minglab qarg‘alar havoda aylana boshladi.
Ular qora girdob hosil qildi. Girdob markazidan esa... katta qora kristall tushib keldi. Luna birdan oqarib ketdi.
Yo‘q...U Unutish Toshini chaqirdi... Raya hayron bo'ldi.U nima?
Lunaning ovozi titrardi.
Kim bu toshga tegsa...
eng qadrli insonini butunlay unutadi. Qarg'a Podshohi qo'lini silkidi.
Kristall to‘g’ri Raya tomon uchdi. Jake buni ko'rib baqirdi:
RAYA, TEGMA!
Ammo juda kech edi.
Kristall Raya'ning peshonasiga tegdi. Ko‘z oldi qorong'ulashdi.
Birdan...
hamma xotiralari birin-ketin yo'qola boshladi. Kutubxona...
Yomg‘ir...
Eski teatr...
Jake...
Uning ismi...
Ovozi...
Kulishi...
Hammasi tuman ichida erib borardi. Raya asta ko'zlarini ochdi.
Atrofga hayron qaradi.
Men...
qayerdaman?..
Uning qarshisida ikki notanish yigit jang qilardi.
Biri nurdan. Biri zulmatdan.
Lekin ularning hech birini tanimasdi. Jake qotib qoldi.
Yo'q...Raya...Menga qara!
Raya unga sovuq nigoh tashladi.

kimsiz?
Bu savol haqiqiy Jake uchun qilich zarbasidan ham og'irroq edi.
Uning qo‘lidagi qilich parchalanib ketdi. Qora Jake esa kulib yubordi.
Ko'rdingmi?Sening eng katta kuching... endi seni tanimaydi.
Shu payt osmon yana yorildi.
Ammo bu safar undan qora mavjudot emas...
Oppoq nur tushdi.
Nur ichidan uzun oq plash kiygan, yuziga kumush niqob taqqan sirli jangchi sekin yerga qo'ndi.
Hatto Qarg‘a Podshohi ham bir qadam ortga chekindi.
Niqobli jangchi Raya tomon qaradi. Va qat'iy ovozda dedi:
Uni eslatishning faqat bitta yo'li qoldi... Jake hayrat bilan pichirladi:

8—qism — Unutilgan afsona
Shamol ham to'xtadi.
Qarg'a Podshohi birinchi marta qo'rqqandek ortga chekindi.
Oppoq plashli, kumush niqob taqqan jangchi oy nurida sokin turardi. Uning qo'lida uzun kumush nayza bor edi. Nayzaning uchidan mayda moviy uchqunlar sochilib turardi.
Jake asta pichirladi:

Niqobli jangchi boshini sekin ko'tardi.
Juda uzoq kutdim, Jake.
Raya esa hech narsani tushunmayotgandi.
Siz... kimsiz?
Jangchi unga tikildi.
Meni Aster deb atashgan.Men Darvoza qo'riqchilarining oxirgi ustoziman.
Raya yana o'sha savolni berdi:
Jake kim?
Bu so‘z Jake yuragiga yana bir bor og'ir zarba bo‘ldi.
Qarg'a Podshohi baland kuldi.
Juda kech, Aster.Qizning xotirasi allaqachon o'chirildi. Aster boshini chayqadi.Yo‘q.Xotiralar o'chirilmaydi...Ular faqat qulflanadi. Raya hayron bo'ldi.Demak... men eslay olamanmi? Aster jiddiy ohangda javob berdi:Faqat bitta usul bilan. U qo‘lini ko'tardi.
Havoda oltin rangli qadimiy belgi paydo bo'ldi.
Har bir insonning yuragida Ruh Bog'i bo'ladi.Agar u yerga kira olsang, yo'qolgan xotiralaringni qaytarishing mumkin.
Jake birdan xavotir bilan dedi:
Yo‘q! Bu juda xavfli!
Aster unga qaradi.
Men bilaman.Chunki uning yuragini endi u emas... boshqasi qo'riqlayapti.
Shu payt Raya ko‘ksini ushladi. Yuragi tez ura boshladi.
Ko'kragidan mayin moviy nur chiqib, havoda aylana boshladi.
Nur asta—sekin eshikka aylandi. Lekin...
Eshik oppoq emas edi.
Uning yarmi oppoq... Yarmi esa qora edi.
Qarg'a Podshohi mamnun kuldi.
Ko'rdinglarmi?Men uning qalbiga allaqachon kirib bo‘ldim.
Birdan eshik o’z-o‘zidan ochildi.
lchkaridan sovuq shamol esdi.
Ammo bu oddiy joy emasdi. Ichkarida...
Raya bolaligidagi hovli turardi. Eski daraxt.
Yog'och belanchak. Onasi ekkan gullar.
Hammasi xuddi kechagidek.
Bu mening...Ha.
Aster bosh irg‘adi.
Bu sening yuraging.
Raya sekin ichkariga qadam qo'ydi. Jake ham ortidan yurmoqchi bo‘ldi. Ammo ko‘rinmas devor uni to‘xtatdi.
Qanchalik urinmasin, ichkariga kira olmadi. Aster og'ir xo'rsindi.
Bu yo‘lni u yolg'iz bosib o'tishi kerak. Jake mushtini qisdi.Uni yolg'iz tashlab ketolmayman!Ba'zi janglarda... hatto eng yaqin inson ham yordam bera olmaydi.
Raya hovli ichida yurar ekan, birdan bolalarning kulgisi eshitildi.
U o'girildi.
Belanchakda ikki bola o'tirardi. Ulardan biri...
kichkina Raya edi. lkkinchisi esa...
kichkina Jake. Raya qotib qoldi.
Yo‘q...Bu bo‘lishi mumkin emas...
Axir ular ilk bor kutubxonada uchrashgandi. Unda nega...
bolaligida birga o'ynashgan? Kichkina Jake kulib dedi:
Sen yana meni unutdingmi, Raya? Shu payt osmon qorayib ketdi.
Hovlining narigi chetida ulkan qora eshik
ochildi.
Undan sovuq ovoz yangradi:
Bu safar uni mendan tortib ololmaysan... Qora eshik ichidan kimdir chiqdi.
Uning yuzi Raya'nikiga aynan o'xshardi. Lekin ko'zlari qip—qizil edi.
U jilmaydi.
— Men... sening unutilgan qismingman.
9-qism — Unutilgan qism
Raya qotib qoldi.
Uning qarshisida turgan qiz... xuddi oynadagi aksiga o'xshardi.
Bir xil yuz.
Bir xil soch.
Faqat bir farq bor edi.
Uning ko‘zlari qorong'u qizil rangda yonardi. Va tabassumi... insonnikiga o'xshamasdi.
Sen... kimsan?
Qiz boshini sa\ egdi.
Men senman.Yo'q...Sening yuraging yashirib qo'ygan qisming.
Raya bir qadam ortga chekindi.
Bu yolg'on.
Qiz kuldi.
Unda nega bolaligingni eslay olmaysan?Nega Jake bilan ilk uchrashuvingni kutubxona deb o‘ylaysan?
Raya jim qoldi. Haqiqatan ham...
Bolaligi xuddi tuman ichidagidek edi.
Ko'p narsalar yo‘q edi.
Shu payt kichkina Jake belanchakdan tushdi. U Raya oldiga yugurib keldi.
Qo‘lida yog'ochdan yasalgan kichkina tulki bor edi.
Esladingmi?
Raya o'yinchoqqa tikildi. Yuragi tez ura boshladi.
Ko'z oldiga parchalar kelardi.
Yomg'ir...
Kulgi...
Eski daraxt...
Va...
Raya! Yugur!
Birdan hamma narsa o'zgardi.
U o'zini o'n yil avvalgi tunda ko'rdi.
U va Jake hali bolalar edi.
Ular aynan shu hovlida o'ynashayotgandi.
Birdan osmon yorildi.
Qora darvoza ochildi.
Ichidan qora mavjudot chiqdi.
U to‘g’ri Raya tomon tashlandi.
Ammo kichkina Jake uni itarib yubordi.
O‘zi esa qora mavjudot zarbasini qabul qildi. Shu lahzada oppoq nur portladi.
Va Aster paydo bo'ldi.
U Raya peshonasiga qo'lini qo'ydi.
Uni unutishing kerak...Aks holda ular seni topadi. Shundan so'ng Raya hushini yo'qotdi. Xotira tugadi.
Raya tiz cho'kdi. Ko'zlaridan yosh oqardi.
Demak...Biz avval ham uchrashganmiz... Qizil ko‘zli Raya bosh irg'adi.Ha.Jake seni bir marta emas... Ko'p marta qutqargan.Har safar sening xotirang o'chirib tashlangan.
Tashqarida Jake hammasini his qilardi. U ko'rinmas devorni mushtlardi.
Raya...

Eslagin...
Shu onda marjon yorqin nur sochdi.
Raya yuragiga tanish ovoz yetib bordi.
> "Men seni birinchi ko'rgan kunimni emas... seni hech qachon unutmagan kunlarimni eslayman."
Bu Jake edi.
Uning haqiqiy ovozi. Raya asta o‘rnidan turdi.
U qizil ko‘zli o'ziga qaradi.
Nega menga bularni ko'rsatyapsan? Qizning tabassumi birdan yo'qoldi.Chunki...Men ham ozod bo'lishni istayman.Men yovuz emasman.Men... sening qo'rquvingman.Sen meni yillar davomida yuragingning
eng qorong'u joyiga qamab qo'ygansan. Raya ilk bor uning ko'zlarida nafrat emas... Yolg‘izlikni ko‘rdi.
Shu payt butun Ruh Bog'i titradi.
Asterning ovozi tashqaridan yangradi:
Raya! Tezroq! Vaqt tugayapti! Osmon yorildi.
Qora qo'llar hovliga yopirildi.
Qarg'a Podshohi yurak olamiga kirib kelgandi.
Uning ulkan soyasi daraxtlarni yutib yuborardi.
Endi ikkalangiz ham meniki bo'lasiz! Raya orqasiga qaradi.
Bir tomonda kichkina Jake. lkkinchi tomonda qizil ko‘zli o'zi. U birdan qaror qildi.
U qizil ko‘zli qizning qo'lidan ushladi.
Sen mening dushmanim emassan.Sen ham mening bir qismimsan.
Shu zahoti butun Ruh Bog'i oppoq nurga to‘ldi.
Qizil ko‘zli qiz tabassum qildi.
Va asta—sekin Raya bilan birlashib ketdi. Raya barcha xotiralarini qayta his qildi. U Jake bilan bolalikdan tanish edi.
U uni har safar qutqargan edi. Va eng dahshatlisi...
Darvozani ochadigan Kalit Jake emas... Rayaning o'zi edi.
Shu payt Aster dahshat bilan baqirdi:
Raya! Orqangga qara! Raya sekin ortiga o'girildi.
Qarg'a Podshohi uning qarshisida turardi. Ammo u yolg'iz emas edi...
Uning yonida qora zirh kiygan Jake tiz
cho‘kib turardi.
Bu safar u boshini ko‘tardi. Ko'zlari butunlay qizil edi. Va u sovuq ovozda dedi:
Endi men seni himoya qilmayman... Men
seni Darvozaga olib boraman.
10—qism — Oxirgi Darvoza
O‘liklar shahri qulayotgandi.
Osmon parchalanib, ulkan oy minglab bo'laklarga ajraldi. Oqartirilgan nurlar bilan qora zulmat bir—biriga qorishib ketgan edi.
Qarg'a Podshohi Darvoza oldida turardi. Uning ortida esa...
qora zirh kiygan Jake. Ko'zlari hali ham qizil. Ammo bu safar... u jim edi. Raya unga yaqinlashdi.
Luna va Aster bir ovozda baqirishdi:
YO'Q! YAQINLASHMA!
Ko'zlariga tikildi.
Men seni yana yo'qotmayman.
Qora Jake qilichini uning bo‘yniga tiradi.
Raya mayin kuldi.
Bo'lishing shart ham emas.Chunki sen... uning og’rig’isan.
Qarg'a Podshohi g'azab bilan baqirdi:
Uni tinglama!
SEN MENIKISAN!
Jake og'riqdan tiz cho'kdi.
Shu lahzada Raya uning qo'lidan ushladi. Ularning kaftlari tegishi bilan...
butun olam oppoq nurga to‘ldi.
Raya yana bir xotirani ko'rdi.
Bu oxirgisi edi. Yillar oldin...
Darvoza ochilgan tun.
Qarg'a Podshohi aslida Raya ortidan kelgandi.
Chunki Darvozaning haqiqiy Kaliti uning yuragida tug'ilgandi.
Jake esa buni bilib...
o'z ruhini qurbon qilgan.
Shu sababli Darvoza yopilgan.
Ammo Jake hech qachon ozod bo'lmagan. Nur so‘ngach, Raya yig‘lab yubordi.
Hammasini yolg'iz ko'taribsan... Jake asta ko'zlarini yumdi.
Qizil ko‘zlar ichida yana moviy rang chaqnadi.
Juda qisqa.
Lekin yetarli edi.
.Raya...
Bu haqiqiy Jake edi.
Qarg'a Podshohi g'azabdan butun shaharni larzaga soldi.
Agar u ozod bo'lsa... men yo‘q bo'laman! U ulkan qora mavjudotga aylandi.
Qanotlari osmonni yopib yubordi.
Minglab qarg‘alar bo'ronday aylana boshladi. Aster nayzasini ko'tardi.
Luna muhrlarni uyg'otdi.
Ammo hech biri uni to'xtata olmadi. Shunda Jake sekin Raya tomon burildi.
Bu safar uning ko'zlari yana o‘sha tanish moviy rangga qaytgandi.
U jilmaydi.
Huddi kutubxonada ilk uchrashgan kunidek.
Esingdami...Men senga bir va'da bergandim.
Raya ko'z yoshlarini artdi.
"Ruhim seni tark etmaydi..."
Jake bosh irg'adi.
Va'damni buzmayman.
U Raya qo‘liga moviy marjonni qo'ydi.
Endi navbat meniki.Yo‘q!Boshqa yo‘l topamiz!
Jake boshini sekin chayqadi.
Ba'zi eshiklar...
faqat ichkaridan yopiladi.
U Raya peshonasiga qo'lini qo'ydi.
Shamol birdan to'xtadi.
Vaqt ham to‘xtagandek bo'ldi. Jake ortiga burildi.
Va yolg'iz o'zi Darvoza tomon yurdi. Qarg'a Podshohi unga tashlandi.
Lekin Jake to‘xtamadi.
Har qadami bilan tanasi moviy nurga aylanib borardi.
Darvozaga yetganida u ortiga oxirgi marta qaradi.
Raya yig‘lab turardi. Jake esa kulimsiradi.
Bu xayrlashuv emas.
Shu so'zlardan keyin u Darvoza ichiga qadam qo'ydi.
Moviy nur butun osmonni qopladi.
Qarg'a Podshohi dahshatli qichqiriq bilan nur ichida yo'q bo'lib ketdi.
Darvoza sekin yopildi. Va...
hammasi jim bo'ldi.
Oradan bir yil o'tdi.
Shahar yana odatdagi hayotiga qaytgandi. Hech kim O'liklar shahrini eslamasdi.
Luna va Aster ham g'oyib bo'lishgandi. Faqat Raya...
Har oy to'lin oy chiqqan kechasi ko'l bo'yiga kelardi.
U hali ham marjonni bo‘ynida taqib yurardi. Bir kuni shamol mayin esdi.
Ko'l yuzida mayda to'lqinlar paydo bo'ldi.
Raya tabassum qildi.
Sen keldingmi?..
Orqasidan tanish ovoz eshitildi.
Men va'damni unutmadim.
Raya sekin ortiga o'girildi. Oy nuri ostida Jake turardi. Avvalgidek shaffof.
Avvalgidek sokin.
Ammo bu safar yuzida qayg‘u yo'q edi. Raya unga yaqinlashdi.
Bu safar qancha qolasan? Jake osmonga qaradi.Tong otguncha.
lkkalasi ko‘l bo'yida yonma—yon o'tirishdi. Ular ko'p gapirmadi.
Bunga hojat ham yo'q edi.
Chunki ayrim insonlar uchun eng qimmatli lahzalar — sukutda o'tadi.
Tongning ilk nurlari ko'rina boshlaganda Jake asta—sekin shaffoflashdi.
Ketishidan oldin u shunday dedi:
> "Inson tanasi yo‘qolishi mumkin. Ammo uni chin dildan sevgan qalb bor ekan, ruhi hech qachon yolg'iz qolmaydi."
U yorug'lik zarrachalariga aylanib osmonga
singib ketdi.
Raya esa boshini ko‘tardi. Oy endi yo'q edi.
Ammo uning yuragida bir narsa aniq edi.
Bu hikoya fojia bilan tugamagan.
Bu hikoya... va'da bilan tugagan edi.
TAMOM
—Muallif so'zi—
Qadrli kitobxon,
Siz mutolaa qilmoqchi bo'lgan ushbu sahifalarda yomg'ir hidi singgan tunlar, sini soyalar va tiriklar olamini tark etgan bo‘lsa—da, sevishdan to'xtamagan qalb qissasi yashiringan. "Oy Soyasidagi Ruh" shunchaki xayolot mahsuli emas, balki "Sevgi o‘limdan
kuchlimi?" degan qadimiy savolga qidirilgan hissiy javobdir.
Jake va Raya bilan birga qorong'u va sirlarga to'la dunyoga qadam qo'yar ekansiz, har birimizning ichimizda nur va zulmat kurashi borligini, ba‘zan bitta yorqin xotira eng og'ir la'natlarni ham parchalab yuborishga qodirligini his qilasiz deb umid qilaman. Oy to'lishgan tunlarda, ko‘l bo'yida miltiragan o‘sha chiroqlar sizning ham qalbingizni yoritsin.
Ushbu 10 qismli fantastik hikoyani yozishda meni doimo bir o y ilhomlantirdi: inson o‘zi yaxshi ko'rgan insonini qutqarish va asrab qolish uchun qay darajagacha borishi mumkin? Jake o'zini butun dunyo uchun tirik muhr qilib qurbon qildi, ammo Raya uning ruhini qorong'u Bo'shliqdan qaytarish uchun O'liklar shahrigacha borishga jur'at etdi.
Bu voqea — unutilish toshlariga, ayriliq va dahshatli monstrlarga qarshi chiqa olgan va eng qorong‘u zulmatda ham bir-birini eslab qolgan ikki yurak haqida. Mening xayolot dunyimga xush kelibsiz. Umid qilamanki, bu asar mutolaasidan so ng siz ham yaqinlaringiz va ularning xotirasini yanada ko‘proq qadrlay boshlaysiz.
Zur ekan judaa fantastic hikoyalarni sevaman
Yoqqanidan xursandman hali yangilari yana chiqadi 🩵
Judaaa ham ajoyib menga shunaqa fantastik asarlar yoqadi🥰
Yoqqanidan xursandman hali yangilari yana chiqadi🩵
juda ajoyib ekan toʻgʻrisi yigʻlab yubordim menga juda yoqdi 🥹🥹
Yoqqanidan xursandman 🩵 yana yangilarini chiqaraman ularni ham oʻqib koʻring 💙