Kirish.
Sohilga kelganimda vaqt peshindan o'tgandi. Sohil bo'yi sokin va tinch edi. L... da bundan ham sokinroq maskan yo'q. Deyarli har kuni bo'sh vaqtimni shu sohilda o'tkazaman. Bu joyga boshqa idamlar unchalik ham kelavermaydi. Shu sabali bu yerni yoqtiraman. Aslini olganda gavjum joylarni xushlamayman. Yo'q shunchaki... bunday joylar menga to'g'ri kelmaydi. Shunday qilib qirg'oq men uchun eng qadirli makon. Bu sirli dunyoyimga, to'rt tomoni daraxt bilan qoplangani uchun faqatgina o'rmonni o'rtasidan o'tgan so'qmoq bilan yetib kelsa bo'ladi va avvallari kichik qayiqlar uchun to'xtash joyi vazifasini o'tagan. Keyinchalik suv ko'paygan va odamlar bu yerdan ko'chib ketishgan. Va qirg'oq kimsasiz qolgan.
Shu yerda kitob o'qishni yoqtiraman. Gohida musiqa eshitaman yoki rasm chizaman. Aslida rasm chizishga usta emasman. Chizganlarim ham chiroyli chiqmaydi. Lekin baribir bu ish menga yoqadi. Muhimi bu meni tinchlantiradi.
Kecha maktabda geografiya fanidan Amerika qit'asining xaritasini chizish topshiriq qilib berilgan edi. Yuqori maktab o'quvchisi bo'lganim uchun hozirgi baholarim keljakdagi hayotim uchun muhim rol kasb etarmush. Bu kattalarning fikri. Menimcha kelajakda bu fanlarni menga keragi bo'lmaydi. Ammo xaritani allaqachon tugatdim.
Baholarimdan xavotir olganim uchun emas balki yuqorida aytganimdek chizishni yoqtirganim uchun. Endi albomimni yopdim degan edim hamki telefonim jiringladi. Viktorya. Yopishqoq va o'zini meni dugonam deb o'ylaydigan sepkilli qiz. Bilmadim. Lekin men unga dugona ekanligimga shubxam bor. Unga qachondir menga yaqin insondek muomala qilganimni eslol mayman. Lekin bu qiz mendan doim xavotirlanib yuradi. Mana hozir ham telefonni qulog'imga olib borishim bilan o'sha tashvishli ovoz so'roqqa tutdi.
-Alo? Lyusi? Qayerdasan? Yana sohil bo'yidamisan? - javobimni kutib ham o'tirmay gapirishda davom etti - Axir aytgandimku bugun bazmga boramiz deb!
- Viktorya, men yo'q dedim. Meni tinch qo'ysangchi.
- Hech nimani eshitishni hohlamayman. Tezda kel! Yoki boshqa yigitlar bilan ketishim mukin!
Telefonni o'chirdi. Yaramas qiz. O'zini xavfga qo'yish bilan qo'rqitadi. Nima men buni qo'riqchisimanmi? Lekin unga nimadir bo'lsa yotoqxonaga uni o'rniga boshqa qiz joylashtirishadi. Bu yana yangi bosh og'riq. Buni ustiga tekin oshpazimdan ham ayrilib qolishni istamayman. Qanday ko'ndirishni biladida.
Narsalarimni ryukzagimga soldim. Kelgan so'qmog'imdan daraxtlar oralab "Oltin Qanot Akademiyasi" deb yozilgan bino yonidagi qizlar yotoqxonasi orqa tomoonidan chiqdim.
Meni shu yerlarda ushlab turgan yagona narsa. Sehrgarlik Akademiyasi. Yer yuzidagi yagona o'zgacha qobilyatga ega o'smirlar va bolalarni o'qitadigan maktab va Akademiya. Qishloq va shaharlardan yiroqda joylashganligi sabab kamdan kam begonalar keladi. O'quvchilar orasida har bir millatdan bolalar bor. Har birining o'ziga hos sehrli qobiliyatlari mavjud. Shamol yaratuvchilar, vaqtlar aro sayohat qila oladiganlar, hayvonlar bilan gaplashadiganlari, ko'zga qarab fikr o'qiydiganlar, ko'zi bilan buyumlarni bir joydan boshqa joyga ko'chira oladiganlar va hatyo bo'rituslar o'qitiladi. Ular uchun qobiliyatlarini rivojlantirish usullari haqidagi fanlar kiritilgan. O'zlari kabi qobiliyatga ega o'qituvchilar tayinlangan. Menda esa eng noyob qobiliyatlardan biri mavjud. Yaqin yaqingacha yo'q bo'lib ketgan deb hisoblangan Prometeylardanman. Hatto menga o'xshaganlar qaqnus qushi avlodi deb aytilgan afsonalar ham bor. Lekin olovni hali to'laqonli boshqara olmayman. Umuman olganda men yerdagi yagona Prometeyman.
O'quv yili ikki chorakdan iborat. Qish va yoz fasillarida bir oy tatil beriladi (bayram kunlarini hisobga olmaganda) va o'quvchilarga o'z uylaariga, oilalari bag'riga qaytishga ruhsat beriladi. Men esa tatilni shu yerda o'tkazaman. Meni uyim ham, ota-onam ham shu maktab. Chunki chaqaloqligimda katta darvoza oldida maktab direktori va mening o'gay onam bo'lmish Merry topib olgan va asrab olgan. Umrimning o'n besh yili mana shu panjaralar ortida o'tgan. To'g'ri meni uyim shu maktab lekin baribir uni juda yomon ko'raman.
Yotoqxonaga kirganimda qorovul Janob Jeffers qariyalarga xos bo'lmagan o'ktam tabassum bilan kutib oldi. Yoshi bir joyga borib qolgan bo'lsa ham ancha baquvvat inson.
- Bugun havo bulutli-a? Sohil ancha salqin bo'lsa kerak? - dedi qayerdan kelayotganimni taxmin qilib.
- Aksincha. Juda yoqimli havo. - dedim sezilar sezilmas jilmayib. - Aytgancha, Janob Jeffers.
- Eshitaman, kichik Xonim?
- Bugan qizlar qandaydir bazim borishar ekan. Ammo soat deyarli 8:30 bo'ldi. - maktab yotoqxonasidan soat 9 dan keyin chiqib ketish mumkin emasdi.
- Aa bumi.. Merry xonim soat o'n birgacha ruhsat bergan. Yil oxiri bo'lganligi sababli wizlarga biroz erkinlik berishdi. - kuldi Jano Jeffers.
- Tushunarli...
Merryni bunaqa odati yo'q edi. Demak Viktorya bilan til biriktirib meni bazimga olib borishmoqchi. Ko'ramiz. Xonaga kirishim bilan ag'dar-to'ntar qilingan kiyim jovoniga ko'zim tushudi. Viktoryaning doimo yorqin ranglar bilan liq to'la turadigan javoni. Ustiga to'q ko'k rangdagi poshnalari ko'rinadigan darajada uzun ko'ylak kiyib olgan, to'lqinsimon sochlarini yoyib olgan qiz hali ham javondan nimadir qidiryapti.
- Baribir menga mosini topa olmaysan. - dedim beparvolik bilan ryukzagimni bir chetga qo'yib. Men hech qachon bunday narsalarga qiziqmaganman. Tabiiyki meni shkafimda deyari birortayam ko'ylak yo'q. Faqat keng hoodielar va fudbolkalar.
- Ataylab shunday qilasanmi? Axir kecha aytgandimku bugun birga boraylik deb! - lip etib o'rnidan turgan qiz men tomon sapchidi.
- Men ho'p dedimmi?
- yo'q...
- Unda meni tinch qo'y.
- Lyusi... Men bilan boraqol. Axir dugonamizku! - ko'ndirmoqchi bo'ldi u.
- Bir xonanda yashashimiz dugona ekanimizni anglatmaydi. - ustimdagi hudini yechib javonga soldim va unga o'grildim.
- Ammo naq 7 yildan buyon birga yashaymiz. Bu yaqin ekanimizni bildiradi!
- Veronika. Bas qil... - shunda ham to'xtamadi.
- Unda Vladik bilan yolg'iz ketaman.
- Aslo! - beiztiyor ovozim balandladi. Viktorya esa g'alabani isini sezib jilmaydi. Uh tortdim. - Men mana bu uzun latta puttalaringni kiymayman.
- Albatta! - quvonchdan sakrab yuboray degan qiz to'q qizil rangdagi bejirim ammo oddiy ko'ylak tomon intildi.