Barcha qiladigan ishlarimiz asosida ikki motiv yotadi: buyuklik istagi va jinsiy mayl.
- Zigmund Freyd.
Reygar Panzram shiftga tikilgancha jim yotib uygʻotgʻichning jiringlashini kutardi. Axiyri kutishdan ham zerikib oʻrnidan turib ketdi. Bir-ikkita tanasini chiniqtiradigan har kunlik rutinaga aylanib qolgan yengil mashqlarni bajarayotgan vaqtda, kichik tortmali javoncha ustida, yarim toʻldirilgan stakandagi suvning yonginasida turgan telefoni jiringladi. Ekranda "Tuxum sarigʻi" nomli kontaktni aylanib oʻtishini koʻrgani bois, juda sekinlik bilan harakatga keldi.
— Hayrli tong, Reggi. - qurilmaganing u tomonida quvnoq ovoz eshitildi.
Panzram uning ismini qisqartirgan odamni oʻlgudak yomon koʻradi. Biroq u qachonlardir birga ishlagan boʻlim rahbari va ancha yillik doʻsti boʻlgani uchun Kim Bleyzerga eʼtiroz bildirmasdi. Yoʻq, aslida bundan foyda yoʻqligini bilardi. Bleyzer odamlarning asabini oʻynashni kanda qilmaydigan odamlar turiga mansub edi.
— Kallayu sahardan nima gap, Kim? - soat endigina beshdan ikki daqiqa oʻtgan, uygʻotgʻich esa besh yarimda jiringlashi kerak edi.
— Yana bitta topildi. . . — quvnoq doʻstini ovozi jiddiylashgandak tuyuldi, Panzramga — Reggi ishni oʻz boʻyningga olishing kerak.
— Tennischining oʻldirgan xotini ishichi?
— Reggi, doʻstim seni yaxshi bilaman, qotilni topib boʻldingku.
Bleyzer uni "sirini" fosh qilib qoʻygandi.
— Ishning narxi baland. Xullas kel, kutaman.
Panzram unga aniq javob berishga ulgurmay, Bleyzer telefonni qoʻyib boʻlgandi. Panzram ishdan boʻshab ketganiga 4 yil boʻlishiga qaramay u yerda ishlashni norasmiy ravishda davom ettirayotgandi. Bu unga yoqmasada qulogʻigacha qarzga botgan, bundan tashqari ruhiy tomonlama sogʻlida katta muammolar sababli majbur boʻlayotgandi. Bleyzer barcha qiyin va nisbatan havf-hatarli ishlarni uning zimmasiga yuklar, shunga yarasha moʻmaygina haq ham toʻlardi. Chunki doʻsti buncha pulni rad etilmasligini yaxshi bilardi.
Davomi jarayonda.