Doah chindan Sengwuni sevardi unga judayam bogʻlanib qolgandi...
Tushlik vaqti Doahning univerda darslari yakunlandi, xonaga univerdagi mashhur qiz Kim Yona korib keldi, Doah boʻlsa sekin bpshini boshqa tarafga qaratdi goʻyoki uni Yona koʻrmasligi uchun. Ammo Yona aynan uni oldiga qarab yura boshladi, va...
-Doah menga rahbar aytgan yuklanmalarni yubora olasanmi? deya soʻradi.
-Yuborildi deb javob qaytardi Doah.
Raxmat keyingi safar senga kechki ovqat olib beraman dedi va ketdi.
Toʻgʻri bu juda oddiy muloqot lekin Doah Yona bilan gaplashganida uni koʻrganida qandaydi oʻzi bilmaydigan aybdorlik hissini tuyardi. Bunga sabab balki, oʻtmishda oʻsha mashhur univerni goʻzal qizi Yona sabab boʻlgandir! Ochigʻi shundaki ular bir yuqori maktabda oʻqishgan va Han Doah Kim Yona tomonidan koʻp bora kamsitilgan, shunga qaramay nima uchun Yona univerda unga yaxshi munosabatda boʻlayapdi ekan?
Birozdan spng Doahning dugonasi unga rasm koʻrsatadi va ular Young Seongwu haqida gaplasha boshlaydilar. Doah rasmda Seongwuni qoʻlodan qandaydir qiz ushlab tushganini lekin qizni faqat qoʻli koʻrib qolganini koʻradi. Uyga qaytganda esa Seongwuga bu haqida hech narsa aytda olmaydi...
Yana bir narsani anglab yetadiki Seongwu oxirgi paytlar uyga umuman kelmayotganini sezib qoladi!