MUQADDIMA
2— qism.
Yashash nuqtasi almashdi degani hayot,dunyo qarash,ôzlik almashdi degani emas.
Ba'zilar umrbod tirik,soğlom,baquvvat va yosh tana bilan yashash bu fantastika , eng katta omad deya hitob qilsa,men aksini aytgan bôlardim.
Umrboqiylik bu— jahannam.Ha bu dôzaxdek gap, faqat u yondirmaydi.Inson mazza qilib yashaydi istagan ishini qila oladi,pul topa oladi,ilm oladi,kôngil hushlik qiladi,keyinchi?Keyin nima bôladi?Zerikadi.Dunyoni yetmish marotaba aylanib chiqsada zerikadi,chunki hammasini kôrdi,yashadi.Yemaganini yedi,ichmaganini ichdi,kiydi,bordi,keldi,gôzal qiz-ayollar bilan birga bôldi,nayinki tôyib ketti.Kunlar-tunlar,yillar bir zaylda ôtadi,yer shari bir maromda aylanadi.Odamlar tuğilib,yetiladi,oila quradi,kichik umrini mazmunli yaqinlari bilan ôtqazib ,vaqti-soati yetganda bu foniy dunyoni tark etadi.Umrboqiylar esa yashayveradi-yashayveradi.Tasavvur qiling bir kôchadan hech ôtmagansiz,doim ôsha kôchadan ôtgingiz kelgan,u kôcha qayerga olib borishini,qayerda tugashini bilmaysiz.Va kirganingizni sizga juda ajabtovur kôrinadi,yuraverasiz ,siz bu kôchani bilmaganingiz uchun ham qizi tuyiladi,zavq bilan yurishda davom etasiz va u kôcha tugaydi.Orqangizga qarasangiz ne-ne ichingizda ôtgan hayajonlarni kôrasiz, va shu yerda kôcha oxirida u tugadi.Bu oddiy insonlarning umri.Umrboqiylarda esa,u kôchada bir kishi qayta-qayta yuravergandek gap , albatta ,boshida qiziq tuyiladi, bora-bora bir xillikdan zerikadi.Bir marta borib qaytgan qancha zavq beradi-yu,hadeb ôsha kôchadan ôtib-qaytaverishchi,ôlgudek bezor qiladi.
Yangi mashina sotib olgan Botirxoning orzular ichra bir orzusi amalga oshdi,meniki esa amalga oshish arafasida.Necha yil yashabmanu olgan bilimlarimni kimgadir ulashishni hech hayolimga keltirmagan ekanman,nafs ortidan quvib,havoyi pullarni tôplab nimaga erishdim?Hattoki 5 yil ilgari hozir biz kelgan shaharcha ichidan bir kôzga kôringan bino sotib ola olmadim.Sabab bitta !
Men u binoni sotib olaman,gullab-yashnataman,ôz vaqtida mashhurlikka erishadi va nari beri 15 yilda bu bino yopilishi zarur.Sababkim , shubhasiz,qisqa muddat ichida chôqqiga chiqish ortida nima borligiga hamma qiziqadi,ayniqsa bizning dushmanlar.Inson bôlsang mayliga,bizdaqa iblissifat la'natga uchragan chala insonlar qôlga tushushi osson.Shu sabab shaharning bir chetidan hech kimning hayolining kôchasiga kelmaydigan joydan bir bôsh qavat izlab ,oxiri topdim.Ôsha joyni mahalliy yashovchilar bôshatib qôygan bôlsa shu bugun joylashish ehtimolim bor.Bunaqa narsalarga qiziqmagan Botirxon meni ôquv markaz tashkil etishimga qarshi bôlmay,sherik bôlamiz degan sôzimga bosh silkidi xolos.Bizning sharoitda oddiydan oddiy inson bôlish eng afzali.Botirxon meni gaplashilgan kvartiraga tashlab ôzi shahardan yashash joy izlashga chiqib ketti.Havo anchagina sovuq bôlib,tanamdan deyarli muzdek harorat ôtmasada bôynimdan sharf ôtqazib boğlab olgan edim,egnimda malla palto , tashqaridan panaga kirgunimcha qor parchalari sochlarimga qônib hôl qilishga ulgirgan edi.Ikkinchi qavatga chiqarkanman gala-ğovur ,taraqlagan ovozlar eshitilar ,sokin yôlaklar mudroğiga rahna solardi.Ikkinchi qavatga chiqib ayni vaqtida kelganimni sezdim,dilimga yengillik yugurib,ozmoz labimga kulgu yugurdi.Men besh yil muqaddam bôshashini kutgan ôsha kvartira bugun bôshagan edi.Ijarachi bilan gaplashish kerak,darhol.Biroq mebellarni kôtarib boshqa manzilga ôtqazayotgan yigitlarga qarab yurub , men olishni istagan kvartiraga bir kôz tashlagim keldi.Ular meni kôrib salom-alik qilishdi,garchi tanimasalarda.
—Ehtiyot bôling devorga tegmasin,juda omonat kreslo— degan mayin ayol kishining ovozidan e'tiborimni uy ichidan olib yôlak chetida kichik qizchaning qôlidan tutgan juvonga kôzim tushdi.Ha,esladim,bu ôsha ayol.Besh yil oldin men mana shu juvon bilan gaplashib ketgan edim,ôshanda u oğir oyoq,qorni dôppayib qolgan , mana shu men turgan uy ostonasida eri uyda yuqligini aytib, menga telefon raqamini bergan edi.Yonidagi qizcha esa balkim ôsha vaqt onasining qornida bôlgan. Davomi...
Eski uyining oldida meni kôrib qolgan ayol zum men tomonga qarab qoldi.Darhaqiqat , yôlaklar nim qoronğu bôlib,chiroq ôchgan shekilli odam odamni yaqin bormasa taniy olmasdi.Kimligim allanechuk qiziq tuyuldimi,ayol qarab turarkan , men qôzğalib u tomonga yaqinlashdim.
—Assalomu aleykum— dedim hurmat yuzasidan garchi mendan kôrinish jihattan va umiman olganda ancha kichikligiga qaramay.
—Assalomaleykum , yaxshimisiz?—dedi juvon yaqin kelib oldimga.
—Yaxshi,raxmat.Meni tanimadingiz choği—dedim samimiy ohangda .Ayol 26 yoshlar atrofi bôyi uzun , uzun sochlari ôrilgan bôlib peshonasidagi sochlari parishon turar,gapimdan picha jilmayib ,sochlarini quloği ortiga ôtqazdi.
—Yôq,bôldi,tanidim sizni.Qanchadir yil avval uy haqida gaplashgan edik, hôjayinimni raqamlarini bergan edim —Dedi juvon eslab.Qarasam, oldidagi qizchasi oyisini qôlidan tutgancha burnichasi oqqancha menga pasttan devga qaragandek boshini kôtarib qiziqsinib termulib turardi.Yuzlari lôppi, kôzlari esa oyisiniga ôxshagan qop-qora va dumaloq edi.Shiringina.
—Shunaqa,mana nihoyat egalik menga ôtish arafasida — dedim men.
—Tabliklayman ,—deb ayol biroz jim qoldi ,sông—biz uzoqqa emas shu ikkita eshik nariga kôchdik, sizga qônğiroq qilaman deb yurgan edi mulla akam —dedi u shoshib.
—Yôğe, unda ôzim qila qolaman.Hali qilmagan edi—dedim va — mayli soğ bôling ,— deb hayrlashgan bôldimda , meni jilmayib kuzatib turgan qizaloqqa kulib qôygancha nariga ôtib kettim.
Juvonning gapi rost chiqdi,erining akasi ,ijarachi , meni raqamimni izlab turgan ekan.Ôzim qônğiroq qilganimdan kôngli kôtarilib , quyuq salomlashdi.Bekorga oğzi quloğida emasda,arzimagan narxga sotiladigan uyini katta summaga sotib olyapman.Aslida besh yil avval kelib ishimni boshlashim kerak edi,ukasi harbiy bôlgani uchun, xotinim kôchada qoladi,oğir oyoq,dedi va shunga ôxshash muammolarini aytib mana besh yilgacha kôchishni chôzdi.Ijarachi bilan gaplashib bôlgan ham edimki Botirxon uy topganini aytti,menga ikki bekat naridan,ôziga esa shahardan sal uzoqdan olganini bildirdi.
Ishlarim ôz-ôzidan yurushib ketganidan mamnun kôchaga chiqdim.
Nega davomi chiqmepti
Hoz joylayman