O'rta asrlar. Gullab-yashnagan saltanatlardan biri, go'zalligi bilan dunyoga tanilgan bo'riodamlar shahri.
Bozor bo'ylab, qizil yopinchiq taqib olib, yuzini mato bilan yashirib, aylanib yurgan qizga hamma tabassum ila bosh egib ketardi. Hamma bu qizni jondan ortiq sevar va eng adolatli malika derdi. Go'zalligi tillarda doston bo'lgan malika Jasmin.
- olmalar qanchadan? - rastalardan birida to'xtab, bir qizil olmani qo'liga oldi.
- besh tangadan. - qari chol o'rnidan turib, dedi.
- bizgachi?
- el qatori, malikam. - qiz mamnun kuldi. Va yo'lida davom etdi.
Yura turib, boshqa rasta oldida to'xtadi. Unga anqayib, qarab turgan yigitga qaradi.
- olmalar qanchadan?
- a? - yigit dovdiradi. - yuzingizni ko'rsatsangiz hammasi tekinga jonimni ham beraman.
Qiz kulib yubordi. Yon-atrofga qaradida, yuzidagi qizil matoni asta tushirdi. Yigit bir ko'rdiyu, qotib qoldi. Tezda matoni yana yuziga tutgan qiz rastadagi olmalardan birini oldida, mato tagidan olmani tishladi.
Yana biroz aylanib, xalq bilan suhbatlashgach, oldiga ikki soqchi keldi. Ikkisining ham qo'lida kichik saqdiqlar bo'lib, ularga odamlar fikr va iltimoslarini yozishadi. Malika ularni o'qib, xalqqa nima kerak bo'lsa, yetkazib berishga harakat qiladi.
- yeg'dingizmi? - so'radi malika.
- yeg'dik.
- saroyga qaytamiz. Aravamni keltiring.
Bozor tashqarisida aravasini kutib turgan malika oldiga ikki qizcha kelib to'xtadi. Malikaga shirinlik berishdida, yana yugurgancha ketishdi.
Ha, bu mamlakatda bu malikani sevmagan odam yo'q.
Arava katta saroy oldida to'xtadi. Bog'da to'lgan gullar ichidan o'tib kelayotgan malikaning quyoshda tovlanayotgan qora sochlariyu, moviy ko'zlariga mast bo'lmagan odam yo'q.
Bog'da ayalanib yurarkan, uzoqdan ikki joriya bilan yurgan, binafsha ko'ylakdagi qizga ko'zi tushib, yengil uh tortdi. Hozir asabi buzilishiga tayyorlanib turarkan, o'sha qiz allaqachon uning oldiga yetib keldi.
- yana bozorlarda aylanib kelyabsanmi? - qora qoshini ko'tarib, gapirgan qizga qaradi Jasmin. Bu qizning jigarrang ko'zlarida ayyorlik, yuzida esa bezlik bor.
- saroyimdan tashqariga chiqmay, o'zim mazza qilib yashasamu, xalqim qiynalsa, malikalik nomimga to'g'ri keladimi? Zotan bu marhum otamning shahri.
- isyon qilmoqchimisan? - kuldi.
- isyon qilsam, malikalik noming qolmasligini ikkimiz ham yaxshi bilamiz, Afra. - qizning yuzi oqarib ketdi. Ammakivachasi tomonidan saroydan haydalishini tasavvur qilib yubordi.
- yaxshisi hayolga berilma. Ahir yaqinda turmushga chiqasan. Tayyorgarlik ko'r. - vaziyatdan chiqishga urindi.
- turmushga chiqishga kelsak, yaxshi ham gapirding. Qo'shni shahar malikalaridan biri o'tinchining o'g'li bilan pinxona uchrashib yurganmish. Eshitdingmi?
Shu gapni eshitishi bilan Afraning yuzidagi qo'rquv eng baland cho'qqiga chiqdi. O'tgan kechada, shahar tashqarisida sevgilisi bilan uchrashgani yodiga tushib ketdi.
Jasmin ham g'olibona tabassum qilib qo'ydi. Bog' oralab, saroy ichiga kirib ketdi.
Katta saroy ichida yurib, har qadamda soqchilarni ko'rish mumkin bo'lgan yo'lak, yani qirol xonasi joylashgan joy.
Malikalardan farqli Jasmin hozir oddiy ipak matodan tikilgan ko'ylakda, bemalol yurib keldi. Saroy ichiga nurga to'lgan, tashqaridagi sayrayotgan qushlar ovozi shundoq eshtilib turardi.
Malika shu yo'lakdan o'tishini bilgan soqchilar, devor tomonga o'girilib oladi.
Jasmin bir eshik oldida to'xtadi. Taqillatishi bilan ichkaridan kirish buyrug'i keldi.
Ichkariga kirib, yuzidagi matoni tushirish barobarida tazim qilarkan, qirol u tomon keldi.
- hayrli kun, amaki. - qirol uning peshonasidan o'pib qo'yib, yotog'oning bir chetiga o'tirdi.
Jasmin esa yerga yozilgan kichik ko'rpalar ustiga joylashdi.
- chaqirtiribsiz? - jiddiylik, o'ziga hos ohang bilan so'radi.
- shahzoda Murod keyingi hafta saroyga tashrif buyurishini aytdi. O'sha kecha unashtirilishingizni taklif qildi. Senga maqulmi, shuni so'ramoqchi edim.
- sizga maqul bo'lsa, menga ham maqul, qirolim.
- Afrani ham sendek nufuzli joyga uzatsam qaniydi. Lekin negadir hamma shahzodalar uni emas, seni so'rashadi.
- vaqti kelib, u ham o'z baxtini topadi.
Qirol mayus tabassum bilan Jasminning yuzini silab qo'ydi.
- og'am senga juda yaxshi tarbiya bergan. O'zi tirik bo'lsaydi, sendan mamnun bo'lardi. Mayli, sen boraqol, ishlaring ham ko'pdir.
Jasmin o'rnidan turib, tazim qilgancha xonadan chiqib ketdi. Yo'lakdan chiqishda, Jasminni ko'rib, ensasini qotirgan Afraga qarab qo'ydida, saroyning boshqa tarafiga o'tib ketdi.
Doim kuy yangrovchi joriyalar xonasi yonidan o'tarkan, kirishga qaror qildi.
Malika kelayotganini eshitgan hamma joriyalar o'rinlaridan turishdi. Malika Afra doim "shovqinni yeg'ishtir!" deya koyigani sabab musiqa ham to'xtab qolgandi.
- davom eting. - dedi Jasmin va chekkadagi joylardan biriga o'tirdi. Joriyalar yuzida hursandchilik bilan kuylashni boshlashdi.
O'rtaga tushib, raqsga tushayotgan qizlar malikani chorlashdi. Chunki hamma bilardi bu go'zal qomatli qiz chiroyli raqsga tushadi. Ammo ko'p o'ynayvermaydi.
Biroz yalinishgandan so'ng o'rtaga tushgan Jasmin ustidagi yopinchiqni yechib, chetroqqa otib yubordi. Oppoq, ipak matoda o'ynarkan, qizlar o'rtani bo'shatib, endi Jasminni tomosha qilishardi.
Uzoq vaqt joriyalar bilan suhbatlashib o'tirgan qiz, xonasi tomon ketdi. Bu tarafda biror erkak kishi yo'q. Malikalar yotoqxonasi shu yerda edi.
Aslida saroyda ikki malika bor edi holos.
Biri marhum qirolning qizi Jasmin bo'lsa, ikkinchisi hozirgi qirolning qizi Afra.
Ular umuman boshqacha edi. Qarindosh bo'lishlariga qaramay, ko'rinishdan tortib, fel-atvorgacha umuman boshqacha.
Afra o'zining hukmronligidan rohatlangan holda hammaga zahrini sochar, yangi qoidalar yaratishga, uni hamma hurmat qilishiga harakat qilardi. Hamma uning aytganini qilishi uchun har xil vaxshiyliklar qilardi. Ammo Jasminga qaratilgan hurmat unga xech qachon berilmasdi. Vaholanki Jasmin otasi o'lgandan beri Afradan bir pog'ona pastda edi.
Hamma qo'shni shaharlar bu qirollik bilan do'stlik shartnomasi tuzishidan eng katta sabab Jasmin bo'lib, ko'p shahzodalar uni yoqtirib qolgan. Hatto yuzini xech kim ko'rmagan bo'lsa ham. Agar orada nikoh bo'lsa, kelishuv umuman buzilmaydi. Va shu fikrga tayanib qolgan shahzodalar, kelishuv tuzgach, malikaga og'iz solishadi.
Bo'yi baland, qosh ko'zlari go'zal malika boylikka o'ch bo'lmagani uchun shahzodalarni yaxshilab kuzatadi. Ohirgi kelgan yigit unga har taraflama yoqqani uchun unga rozi bo'ldi.
Ammo shahzodalarda boshqa tanlov, yani malika Afra ham bor edi. Bu kibrli, o'ta ketgan hudbin malikani xech kim umrini birga o'tkazish uchun orzu qilmasdi. Qanchalik hashamdor liboslar kiysada, yuziga yuqib ketgan bezligi qizni hunik ko'rsatardi. Undan tashqari yuqorida aytilgandek, o'rmonlarda yashirincha yigitlar bilan tunni o'tkazadigan bu malika umuman nafsining quli edi.
Balki shuning uchun uni yuvintiradigan joriyalar tanasidagi erkaklardan qolgan izlarni ko'rib, Jasminni pok deyishar? Qilayotgan ishlaridan habar topsa otasi butun qirollikni shubhasiz Jasminga vasiyat qilib qoldiradi.
Aynan shundan qo'rqadigan Afra esa hayollarida nimalarnidir reja qilib yurardi. Bu ayyor miyyaga keladigan jirkanch fikrlarni xech kim hatto tahmin ham qilolmasdi.
Masalan bugun sirli ravishda malika Afradan dushman qirollik shahzodasiga maktub ketgan.
Aytgancha, hammaga ayonki, bo'riodamlar va vampirlar umuman bir-birini yoqtirmas, asrlar mobaynida dushman bo'lib kelishgan. Keyinchalik bu qirolliklar o'rtasidagi urushga aylandi.
Bu aynan o'sha, bo'lib o'tganiga yuz yil bo'lgan bo'lsada, hamon odamlar tilidan tushmaydigan, shahzoda Alisher yani vampirlar shahzodasi va malika Jasminning otasi o'rtasidagi urush edi. Malika Jasmin shu urushda otasidan ayrildi. Keyin esa xalqlararo tinchlik o'rnatildi.
Bu bo'riodamlar va vampirlarning eng kuchli qirolliklari o'rtasidagi urush edi. Shundan so'ng Jasminning yuragida ilk nafrat hissi uyg'ondi. Bu o'sha shahzoda Alisherga qaratilgan nafrat edi. Kun kelib, turmushga chiqsa va yana oldingi qudratiga ega bo'lsa albatta shu shahzodani o'ldirishni yuragiga tugib qo'ydi.
Ammo Afra unga maktub jo'natishga ojizlik qiladi. Shuning uchun maktub unga ketmadi.
Vampirlar saltanati. Shahzoda Alisher hukmronlik saroyi.
O'rmondan farqi yo'q bu shahar fayzsiz va qorong'u edi. Qon daryo bo'lib oqadigan bu saltanat qirolidan ayrilgan ilk kecha.
Zaharli, qora daryoga qarab turgan shahzoda yeg'lash uchun o'zida yetarlicha kuch topolmadi. Vaholanki u bugun otasidan ayrilgan. Qirollik uniki bo'lgani uchun sevinmasdi, otasi o'lganidan hafa edi albatta. Lekin yeg'lash u uchun emasdi. Tik qaraganingda yeb yuboray deydigan qizg'ish jigarrang ko'zlari uzoqlarga termular, g'amdan ko'ra jahl hissini tuyardi.
Yelkasi ustiga nozik, oppoq qo'l keldi. Darrov ortga qaramadi. Uzoq hayollari yeg'ilib, so'ng ortidagi ayolga qaradi.
Bo'yi baland, qora matoli kiyim kiygan qiz shahzodanikiga o'xshash yuzidan yeg'lagani shundoq ko'rinib turardi. Uzun kipriklari ostidagi sarg'ish ko'zlar shahzodaga tikilardi. Huddi "vaqt bo'ldi" degandek bosh qimirlatib, akasini qo'lidan ushladi. Qorong'u xona markazidagi tobut tepasiga olib bordi. Shahzoda Alisher so'nggi marotaba otasining yuziga qaradida, tobutni yopdi.
Qiz yeg'lab yubormaslik uchun ko'zlarini qattiq yumib, ochdiyu, ko'ylagi etagini tepib yuborib, yerga o'tirdi. Akasi poyida tiz cho'kdi.
- yangi qirolga sharaflar, yangi qirolga sharaflar, - Alisher qulog'iga ishonolmasdi. Singlisiga g'alati qarab, shunchaki turardi. - yangi qirolga sharaflar.
- o'rningdan tur, Daryo. - past ovozda dedi.
Daryo boshini tik tutgancha o'rnidan turdi. Alisher uning asta peshonasidan o'pdi.
- xalqingiz sizni kutyabdi, qirolim!
Butun shahar yeg'ilgan saroy hovlisidagi hamma qirolini chiqishini kutib, ayvonga ko'z tikkandi. Yosh qirol chiqishi bilan hamma birdan tazim qildi.
- YANGI QIROLGA SHARAFLAR, YANGI QIROLGA SHARAFLAR, YANGI QIROLGA SHARAFLAR!
Boshqa taraf oynasidan qarab turgan Daryo esa yuzida tabassum va faxr bilan akasini kuzatardi.
Qisqa vaqt shu yerda turib, so'ngra kirib ketgan Alisher oldiga xizmatkor bosh ekkancha kelib, tazim qildi.
- qirolim, qo'shni davlat qiroli sulton Kamoldan sizga maktub keldi.
Xizmatkor qo'lidagi dumaloq, hashamdor idishni olib, o'zini jo'natib yuborgan Alisher xonasiga kirdi. Avvalgidan farqli endi oddiy stoli o'rnida taxt turardi. Taxtiga o'tirib, maktubni ochdi.
"Birodarim, qirol Alisher. Otangiz o'lgani uchun taziyamni bildiraman va shu bilan taxtingiz bardavom bo'lishini tilayman. Oldingidan farqli endi ko'p ko'rishmayotgan bo'lsakda, yaqin kunlarda oldingizga borishni va sizga kichik hadiya berishni niyat qildim. Umid qilamanki, yaqin fursatda uchrashamiz."
Bolalikdan eng yaqin do'sti bo'lgan Kamol o'zidan farq qilmasdi. Yovuzlik, vaxshiylik va qudrat olamida ularga teng keladigani yo'q. Ikkisining kuchlari teng bo'lgani uchunmi qirolliklari ham juda yaxshi kelishishardi. Bir-birining oldiga tez-tezda kelishni kamda qilishmasada, Kamol ancha avval taxtga o'tirgani sabab uncha ko'p ko'risholmaydigan bo'lishdi. Albatta yosh qirolga saltanatni o'rganishiga ko'p vaqt kerak.
Va hozir Kamol aytgan hadiya oddiy narsa emasligini bilgan Alisher beehtiyor tabassum qildi. Aslida nima ekanini bilmasa ham do'sti unga zerkarli narsa olib kelmasligiga amin edi.