Mafiyalar hayoti
Tungi shahar jimjit edi. Faqat uzoqdan mashinalar shovqini va ba’zan o‘ q ovozlari eshitilardi.
Bu shaharda hech kim hammaning ustidan hukmronlik qila olmasdi. Lekin bitta ism bor edi – bu ism har qanday jinoyatchi tilida cho‘ qqilarni zabt etgan edi: Jeha.
U 21 yoshda. Yosh bo‘ lishiga qaramay, butun bir mafiyaviy imperiyani boshqara olardi – "Shadow Wolves" nomi bilan tanilgan guruh. Ular ko‘ cha savdolari, qurol ayirboshlari va sirli odam yo‘qolishlarining ortida turardi. Ammo Jeha o‘ z guruhini shunchaki jinoyat uchun
emas, tartib va qasddan qurilgan qonun uchun yaratgan edi. Unga sodiq bo‘ lganlar uni qiroldek ko‘rardi. Dushmanlari esa... undan faqat o‘ limni kutardi.
O‘ sha kecha u o‘z ofisining tomida turib, pastga – shahar ko‘chalariga qarardi. Yonida esa doimiy himoyachisi – Riko, kuchli va sodiq, ammo sirli yigit, sukunatda turardi.
— "Don Karlos harakatga o‘ tayotgan ko‘rinadi", — dedi Riko ohangsiz ovozda.
Jeha uning gapidan ko‘ zlarini uzmadi. — "Biz undan oldin harakat qilamiz", — deb javob berdi u. — "Bu shaharni men tartibga solaman, u emas."
Shu orada pastdan notanish bir qiz guruh uyi yaqinidan o‘ tib ketdi. U ataylab o‘ sha yo‘lni tanlagandek edi. Jeha uning ko‘ zlariga bir lahza qaradi – o‘sha nigohda nimadir bor edi.
Yashirin, sirli, ammo o‘ ziga tortuvchi.
Jeha bilmasdi — bu qiz uning hayotini o‘ zgartiradigan eng xavfli dushmanga aylanadi... yoki ehtimol... yuragining egasiga.
U qiz shaharning eng xavfli hududlaridan biriga hech qanday qo‘ rquvsiz kirib kelgan edi. Qorong‘ u, sovuq tunda u yurishini sekinlashtirmasdan davom ettirar, yonidan o‘tgan erkaklar unga tikilardi, lekin hech kim yaqinlashishga jur'at qilmasdi. Uning nigohi – jasorat va sir bilan to‘ la edi.
Uning ismi Selina edi. Rasmiy ravishda u jurnalist sifatida tanishtirilardi, ammo bu faqat niqob edi. Aslida u yashirin politsiya agenti edi. Uning vazifasi oddiy emas: Shadow Wolves guruhiga yaqinlashish, ichki ma'lumotlarni to‘ plash va ularni qulatish.
Ammo Selina bu vazifa oson bo‘ lmasligini bilardi. Ayniqsa, guruh rahbari – Jeha bilan ish yuritish...
U Jeha yashaydigan bino yaqinida to‘ xtadi. Yonidan qorong‘ ida bir narsa o‘tib ketdi – ehtimol pichoq, ehtimol shunchaki soyalar. Ammo u shubhalanmadi. Yon daftarchasini chiqardi va nimalarnidir yozdi.
Shu payt, u ortiga qaradi. Qorong‘ ilikdan bir ovoz eshitildi.
"Bu hudud xavfli, xonim."
Selina cho‘ chib ketmadi. Asta orqasiga o‘ girildi. Uning qarshisida Jeha turardi. Ko‘ zlari o‘tkir, nigohi aniqlik bilan to‘la edi. Ammo u tabassum bilan qarardi – bu tabassum xavfli edi.
"Men xavfdan qo‘ rqmayman," — dedi Selina ishonch bilan.
Jeha unga yaqinlashdi. — "Unda siz noto‘ g‘ri joydasiz."
Ular bir-biriga tikilib turishdi. O‘ sha daqiqada ularning orasida nimadir boshlangandek edi. O‘ yinmi? Yo‘ q, bu hayot va o‘lim o‘yini edi.
Jeha hech narsa demay ortga burildi.
"Ertaga yana shu yerda bo‘ ling," — dedi u, uzoqlasharkan.
Selina nigohini uzmadi. O‘ sha paytda u shuni angladi: bu vazifa nafaqat xavfli, balki yuragi uchun ham sinov bo‘ladi...
Erta tong. Quyosh hali chiqmagan, ammo Jeha allaqachon uyg‘ onib bo‘lgan edi. U har kuni tongda guruh qarorgohining yuqori qavatida yakkama-yakka mashq qilar, aqlini va tanasini birday tik tutar edi. Chunki u bilardi: zaiflik – o‘ lim demak.
Shadow Wolves – bu shunchaki guruh emasdi. Bu tizim, bu hukmronlik edi. Uning a’zolari qasamyod bilan sodiqlik bildirgan, har bir topshiriqni so‘ zsiz bajargan. Har bir a’zoning o‘ z roli bor edi.
Jeha bu ertalab o‘ zining ishonchli 4 odamini yig‘di:
Riko – jimjit, lekin qat’iy. Jehaning soyasi.Liana – guruhdagi yagona snayper qiz. Sovuq, hisob- kitobli.Taren – muhandis va texnologiya bo‘ yicha mutaxassis. Har qanday kuzatuvni buzib, har qanday kamerani ko‘ ra oladi.Mek – kuchli va ba'zida boshqacha fikr yurituvchi jangchi.
Jeha ularning qarshisida turdi.
"Don Karlos bizga qarshi harakat boshlamoqchi. Bu safar ular bizni emas, biz ularni yo‘ q qilamiz."
Hamma jim turdi. Faqat Riko chuqur nafas oldi.
"Ularning oxirgi yuk mashinasini yo‘ qotdik. Taren, izini top."
Taren noutbukni ochdi, bir necha soniyada xarita paydo bo‘ ldi. U boshini ko‘ tardi:
"Mashina yo‘ qolgan joy – shaharning janubiy sanoat zonasi. Bu yerda ular yangi bazani ochmoqchi bo‘ lishi mumkin."
Jeha asta jilmaydi. — "Unda bugun kechqurun – yuramiz."
Lekin shu payt eshik ochildi. Ichkariga Liana kirdi.
"Kecha tunda sen aytgan qiz... hozir parkda yolg‘ iz yuribdi."
Jeha hech narsa demadi. U o‘ sha begona qizni – Selinani yana bir marta ko‘rishni xohlardi.
Nima uchundir...
Riko esa bu gapni eshitgach, jilmaydi. Ammo bu tabassum – oddiy emasdi. U go‘ yo bir sirni yashirayotgandek ko‘rinar edi...
Kech tushgan edi. Shahar yana o‘ zining qorong‘u libosini kiyib olgan, jimjitlikda faqat mashinalar ovozi va uzoqdagi sirenalar eshitilardi. Jeha va uning odamlari harakatga tayyorlanar, Taren esa oxirgi joylashuv koordinatalarini tekshirib chiqayotgan edi.
Ammo hech kim bilmasdi — guruh ichkarisida xiyonat urug‘ i allaqachon ekilgan edi...
- - -
O‘ sha paytda Mek yolg‘izgina podvaldagi qurol xonasida o‘tirardi. U o‘ z oldida telefonni qo‘yib, kim bilandir shivirlay boshladi:
“Ular ertaga harakat qilishadi. Yuk mashinasiga hujum rejalashtirilgan. Sen meni aytgan joyda kut.”
Uning ko‘ zlarida ehtiyotkorlik, lekin charchoq bor edi. U nimadandir charchagandi — balki yolg‘ ondan, balki xavotirdan. Telefonni o‘ chirib, chuqur nafas oldi. Lekin eshik orqasida kimdir turardi.
Liana.
U hech qanday tovush chiqarmasdan chetda turar, har bir so‘ zni eshitgandi. Uning yuragi tez ura boshladi. Endi bitta savol boshida aylanar edi:
“Mek bizga xiyonat qilayaptimi?”
- - -
Shu orada Jeha park tomon yo‘ l olgan. U Selinani yana bir bor ko‘ rmoqchi edi. U ichki bir hissiyot bilan harakat qilardi — xuddi yuragi unga nimadir demoqchidek.
Selina esa uni kutayotgandi. U hozircha rol o‘ ynardi — oddiy jurnalistdek. Ammo yuragida ham boshqa bir his uyg‘ ongandi. Jehaning nigohi... uning so‘ zsiz kuchi uni o‘ziga tortayotgan edi.
"Siz meni kuzatyapsizmi?" — dedi Selina jilmayib."Men hech narsani tasodifan qilmayman," — deb javob berdi Jeha.
Ular uzoq gaplashmadi. Faqat ko‘ zlarda gaplar aytilmasdan qolaverdi. Ammo Selina bilardi
bu yigit oddiy emas. U uni qulatishga yuborilgan odam edi... lekin yuragi unga qarshi harakat qilmoqda edi.
- - -
Oradan bir soat o‘ tdi. Liana darhol Ricoga bo‘ lib o‘tgan narsalarni aytib berdi. Riko esa jiddiy qiyofada turardi.
“Agar Mek xiyonat qilayotgan bo‘ lsa, Jeha bu haqda bilishi kerak.”“Lekin u ishonadi unga,” — dedi Liana, — “Agar bu rost bo‘ lsa... biz ichkaridagi o‘rgimchakni yo‘q qilishimiz kerak.”
Riko boshini egdi. — "Demak, bu safar biz uni jim-jim aniqlashimiz kerak. Jeha bilmasin — hozircha."
Ular orqada nima bo‘ layotganini Jehadek o‘tkir inson ham bilmasdi. Balki, yuragini Selina chalg‘ ityaptimi, balki ichki tuyg‘ulari xiyonatni seza boshlaganmidi...
Tunda Shadow Wolves qarorgohida havo g‘ alati edi. Hamma jim. Har bir a'zo nimadandir xavotirda, go‘ yoki bir portlash yaqinlashayotganini sezayotgandek.
Liana va Riko bir necha soatdan beri kuzatuv kameralari yozuvlarini tahlil qilayotgandi. Nihoyat ular kerakli parcha topishdi.
Mek — telefon orqali noma’lum raqamga ma’lumot uzatayotgan edi. Aynan o‘ sha vaqtda Jeha missiyani tayyorlayotgan edi. Buni ko‘ rgan Liana nafasini ichiga yutdi.
“Bu aniq xiyonat,” — dedi Riko sovuq ohangda. — “Lekin Jeha bilmasligi kerak. Hozircha.”
Liana unga hayron qaradi. — “Nega? Axir bu guruhga tahdid!”
Riko ko‘ zlarini yumdi. — “Agar Jeha bu haqda bilsa, o‘ z qo‘li bilan Mekni yo‘q qiladi. Lekin men... men unga boshqa yo‘ l ko‘rsatmoqchiman.”
Liana bir muddat jim qoldi. U Riconing nigohida nimanidir ko‘ rgandek bo‘ldi — shubha, azob, balki afsus. Balki Riko bilan Mek o‘ rtasida ham sirli bir o‘tmish bormidi?
- - -
O‘ sha kecha Jeha yana Selina bilan uchrashdi. Ular bu safar parkda emas, shahar chekkasidagi eski ko‘ prik ostida edi. Jeha doim xavfsiz joy tanlardi. Biroq Selina borgan sari uning ishonchini qozonayotgan edi.
“Nima uchun menga ishonayapsan?” — so‘ radi Selina.
Jeha bir lahza jim qoldi. So‘ ng... — “Ko‘zlaring yolg‘on gapirmaydi.”
Selina ichkarida titrardi. Chunki u yolg‘ on gapirayapti. Lekin yuragi yolg‘ on emasdi.
Ular uzoq suhbatlashishmadi. Faqat ko‘ zlar... va jimlik. Va bu jimlikda yuraklar urayotgan edi.
- - -
Ertasi kuni tunda operatsiya boshlandi. Shadow Wolves mashina karvonini to‘ xtatish uchun yo‘lga chiqdi. Har bir narsa reja asosida bo‘ lishi kerak edi.
Lekin reja buzildi.
Kutilmaganda ularning joylashuvi dushmanlar tomonidan oldindan bilinib qolgan edi. O‘ q ovozlari, portlashlar... Riko ovoz kuchaytirgich orqali baqirdi:
“Bizga xiyonat qilishgan! Orqaga chekinglar!”
Jeha hayratda edi. U ko‘ zlarida shubha bilan atrofga qaradi. Taren jarohat oldi, Liana snayperga qarshi kurashayotgan edi. Faqat Mek ko‘ rinmasdi.
Va nihoyat — Mek bir yerdan chiqdi. Uning usti loy, ko‘ zlarida vahima.
“Men... men ularni ko‘ rdim! Bizga tuzoq qo‘ yishgan!”
Jeha uning nigohiga tikildi. Va birinchi marta... shubha yuragiga kirib keldi.
- - -
Qarorgohga qaytgach, Riko yonida Liana bilan Jehani yolg‘ iz oldi.
“Men bilaman kim xiyonat qilganini.”
Jeha unga tik qaradi.
“Gapir.”
Riko chuqur nafas oldi.
“Bu... Mek. Bizda dalillar bor.”
Jeha jim qoldi. Faqat nigohi o‘ zgardi — sovuq, o‘tkir, xavfli.
“Unda... bu kechasi tugaydi.”
Shadow Wolves qarorgohida so‘ nggi bir necha soatda havo yengil tortardi. Hamma nima bo‘ layotganini his qilgandi. Xiyonat — bu guruh ichida eng katta jinoyat edi.
Jeha Mekni yolg‘ iz chaqirdi. Ular qurol saqlanadigan podvalga tushishdi. Jehaning qo‘ lida oddiy qurol, ammo uning nigohi – bu har qanday o‘qdan keskinroq edi.
Mek jim turdi. Uning ko‘ zlarida mudofaa yo‘q edi. Faqat charchoq va... ko‘ ngil ezilishi.
“Nega?” — deb so‘ radi Jeha.
Mek chuqur nafas oldi. — “Men buni o‘ zim uchun emas qilganman. Meni shunchaki qo‘ rqitishgan. O‘ sha odamlar... ular oilamni tahdid qilishdi.”
Jeha qattiqroq turdi. — “Sen menga ishonmasdan, dushmanga bording. Biz ham sening oilang edik.”
Mek ko‘ z yoshlari bilan yerga qaradi. — “Men xato qildim.”
Jeha qurolni uning peshonasiga yaqinlashtirdi. Xona muzdek sukunatda edi. Nafaslar og‘ irlashgan, yurak urishlari eshitilarli darajada edi.
Ammo... barmoqlar harakat qilmadi.
Jeha qurolni pastga tushirdi.
“Bor. Lekin... endi bu guruhda joying yo‘ q. Bu kechasi seni oxirgi ko‘rishim bo‘ladi.”
Mek ortga yurdi. U biror narsa aytmoqchi edi, lekin so‘ zlar yetarli emasdi. U ketdi. Qorong‘ ilik ichiga singib ketdi.
- - -
Oradan bir necha soat o‘ tdi. Jeha tomda turib, shaharga qarardi. Selina sekin orqasidan keldi.
“Yaxshimisiz?” — deb so‘ radi u.
Jeha boshini qimirlatdi. — “Ba’zida dushman tashqarida emas, yuragingda yashirinadi.”
Selina jim qoldi. U bilardi bu gap faqat Mek haqida emasdi. Bu — o‘ ziga ham qaratilgan edi. Chunki har kuni u ham yolg‘ on hayot kechirayotgan, Jeha ishonchini yeb borayotgan edi.
Selina unga yaqinlashdi. — “Siz har doim bunday yolg‘ izmisiz?”
“ Yolg‘ izlik meni saqlab qolgan. Ishonch esa yo‘ q qilgan.”
Bu so‘ zlar Selinani larzaga soldi. Chunki u... uni yo‘ q qilishi mumkin bo‘lgan odam edi.
- - -
O‘ sha kechasi Liana va Riko Selinaning telefonini yashirincha tekshirishdi. Ular qiziquvchanlik emas, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi.
Va ular ko‘ rdi... Sirli chatlar, yuborilgan joylashuvlar, foto va ovoz yozuvlari.
Liana hushini yo‘ qotay dedi.
“Selina... ham... xiyonat qilayaptimi?”
Riko boshini egdi. — “Yana bir o‘ rgimchak.”
- - -
Ular hozirda buni Jeha aytishga ikkilanishmoqda. Chunki Jeha allaqachon buzilgan. Yana bir zarba... uni butunlay yanchib yuborishi mumkin.
Ammo haqiqat yashirinib turolmaydi.
Liana deraza oldida turib, Selinaning telefonidan topilgan chatlarga qarab o‘ tirar edi. Har bir satr yuragini kemirayotgandi. O‘ sha chatlar, o‘sha lokatsiya – aniq dalillar edi. Selina – Jehaning eng yaqin sirlarini biladigan, unga eng yaqin bo‘ lgan inson — aslida... dushman tomonda edi.
Riko ham jim. U doim sovuqqon bo‘ lishga harakat qilardi, lekin bu safar... yuragi siqilar edi.
“Biz bu haqda Jeha bilan gaplashishimiz kerak,” — dedi Liana.
Riko boshini ohista qimirlatdi. — “Lekin agar u bunga tayyor bo‘ lmasa-chi? Mekdan keyin... yuragi endi yana yorilishiga toqat qilolmaydi.”
Liana ham tushunardi. Jeha kuchli edi, ammo qalbi hamon yaralangan.
- - -
Selina esa o‘ sha kechani tunlar ekan, Jehaning yonida o‘zini boshqa odamga aylangan kabi his qilardi. Har bir ko‘ z qarashi, har bir jilmayishi – uni ko‘proq o‘ziga tortayotgandi.
“Men sizni avvalgi odamlarimdan boshqacha deb o‘ ylagandim,” — dedi Jeha, past ovozda.“Ammo endi ishonchimni kimga topshirishni ham bilmayman.”
Selina yuragini zo‘ rg‘a bosdi. Shu yerda, shu ondayoq hammasini aytgisi keldi. Men politsiyadanman. Meni sizga yuborishgan. Lekin endi… men sizni...
Yo‘ q, u jim turdi. Yana.
- - -
Ertasi kuni ertalab Liana qarorgohda yolg‘ izgina turgan Selinani ko‘rdi. Bu — imkoniyat edi. Ammo hamma narsani Jeha bilmasdan avval o‘ zi aniqlamoqchi edi.
“Selina,” — dedi u, sovuq ohangda. — “Men seni kuzatdim.”
Selina cho‘ chib tushdi. — “Nimani nazarda tutayapsiz?”
“Telefoningdagi yozuvlar, lokatsiyalar. Kimga ishlayotganingni aniq bilaman.”
Selina jim qoldi. Nigohlari yuragini fosh etayotgandek edi.
“Men... men boshlagan paytda bu faqat topshiriq edi. Lekin keyin... Jeha men kutmagan odam bo‘ lib chiqdi.”
Liana uni sinchiklab kuzatdi.
“Yuraging o‘ zgarishi — xiyonatingni yuvmaydi.”
Selina qo‘ llarini ko‘ksiga qo‘ydi. — “Meni ushlamoqchimisiz?”
Liana yoniga yaqinlashdi. — “ Yo‘ q. Men... seni tanlayman. Agar sen haqiqatdan kechgan bo‘ lsang, unda bu guruhni saqlash uchun men hamma narsa qilishga tayyorman. Lekin... agar yana bir yolg‘ on bo‘lsa — Jeha emas, men o‘ldiraman.”
- - -
O‘ sha oqshom Selina Jeha bilan parkda yana uchrashdi. Bu safar Selina qaror qilgan edi.
“Men senga bir sirni aytishim kerak... Men aslida...”
Jeha unga tik qaradi. Nigohida o‘ sha ibora — “Ko‘zlar yolg‘on gapirmaydi.”
Ammo aytishga ulgurmasdan... uzoqdan o‘ q ovozi eshitildi. Jeha Selinani yerga yiqitdi. Atrofda qorong‘ ilik, panalarda esa dushmanlar...
Tuzoq!
O‘ q ovozidan so‘ng atrof bir zumda jimjitlikka cho‘mdi. Jeha Selinani himoya qilib yerga yotqizgan edi. Ammo orqalaridan kelayotgan qadam tovushlari bu to‘ pponcha zarbasi yakun emasligini bildirardi.
Jeha tezda qurolini chiqardi va Selinaga qarab pichirladi:
“Hech qayoqqa qimirlamaysan. Hozir emas.”
Atrof qorong‘ i, daraxtlar orasida harakatlar bor edi. Ular kamida to‘ rt kishidan iborat edi – professionallar. Bu oddiy dushman emasdi. Bu — rejalashtirilgan tuzoq edi.
Jeha ularni birdaniga bartaraf eta olmasdi. U o‘ zi bilan ikkita o‘q-dorili qurol olgan edi.
Ammo yana... u hozir yolg‘ iz emasdi.
To‘ satdan daraxtlar orasidan Liana va Riko chiqib kelishdi. Liananing nigohi o‘ tkir edi, Riko esa orqadan yaqinlashayotgan dushmanni yengil harakat bilan yerga yiqitdi.
“Vaqtida yetib kelganmiz,” — dedi Liana, Selinaga o‘ tkir tikilib. — “Yana biror siring bormi?”
Selina yuragini bosib, faqat boshini egdi. U endi yashira olmas edi.
Ular dushmanlarni bartaraf etishdi. Ammo bu faqat boshlanish edi. Qaytib kelganlarida Jeha o‘ z xonasida Selinani yolg‘iz chaqirdi.
U uzoq qaradi. Selinaning nigohida yig‘ i bor edi. Haqiqat... tilida allaqachon tayyor edi.
“Men… Jeha… men bu guruhga aslida hukumat topshirig‘ i bilan kirganman. Menga seni fosh qilish buyurilgan edi. Ammo men... bu guruhni tanidim. Seni tanidim. Va buni endi davom ettira olmayman.”
Jeha bir muddat jim qoldi. Yuragida bir narsa ezildi, ammo ko‘ zlarida na qahr, na hayrat – faqat og‘riq bor edi.
“Demak, men hech qachon bilmaganman, kimga ishonishni.”
Selina yaqin keldi. — “Men endi tanlov qildim. Ular meni yo‘ q qilishsa ham, men senga xiyonat qilmayman. Men bu guruh bilan qolaman.”
Jeha qo‘ lida qurolni aylantirib turdi. Keyin uni stolga qo‘ ydi.
“Demak, biz yangi urush oldidamiz.”
Ertasi kuni Shadow Wolves a’zolari yig‘ ilishdi. Jeha nihoyat barcha sirlarni ochdi: Mekning xiyonati, Selinaning asl vazifasi va davlatning ular ustidan bosim o‘ tkazayotganini.
Ammo bu safar hamma jim emasdi. Hamma bir so‘ z aytdi:
“Jeha — biz sen bilanmiz.”
Bu endi oddiy guruh emas edi. Bu endi oila edi.
Ammo uzoqda, qora avtomobilda, Selinani kuzatayotgan bir odam telefon orqali gapirardi:
“U biz tomonda emas endi. O‘ ch olish vaqti keldi. Ularni butunlay yo‘ q qilamiz.”
Bu — So‘ nggi Urush boshlanishi edi.
Yangi tong... ammo yangi xavf bilan.
Jeha o‘ sha kechagi uchrashuvdan keyin to‘liq jim edi. Yuragida tugun, xayolida esa faqat bir savol: Ularni qanday saqlab qolaman?
Riko esa kompyuter ekranida ko‘ zlarini tikka ochdi. — “Jeha! Bu... bu haqiqiy urush e’lon qilgan hujjat. Hukumat ichkaridagi bir bo‘ linma — ‘Qora Ko‘z’ bizni terrorchi deb e’lon qilgan. Endi ular bizni qonuniy yo‘ l bilan o‘ldirishlari mumkin.”
Liana esa jim turmadi. — “Biz bu safar do‘ stimizni dushmandan ajrata olmasak, barchamiz halok bo‘lamiz.”
Jeha o‘ rnidan turdi. — “Bizga ichkaridan ma’lumot kerak. Qora Ko‘ zning harakatini oldindan bilish uchun... kimnidir ularning orasiga yuboramiz.”
Boshqa hech kim ko‘ nmasdi. Ammo Selina... asta oldinga chiqdi.
“Men boraman.”
Hammani jimlik bosdi. Liana unga qaradi — shubha bilan. Ammo Jeha qaror qildi:
“Sen hali isbotlamagan narsalaring bor. Bor, va bu guruhni qutqar.”
Bir hafta o‘ tdi.
Selina Qora Ko‘ z bo‘linmasi ichkarisida maxfiy agent sifatida qaytdi. Ular unga hali ishonmasdi, lekin uning ilgari bergan ma’lumotlari hali ham foydali edi. Va bu ishonchning qopqon bo‘ lishi ham mumkin edi.
Ammo Selina vaqt yo‘ qotmasdi. Har bir kamera, har bir yozuv — u barchasini maxfiy kanal orqali Riko va Jehaga uzatib turar edi.
Ammo bir kecha… Qora Ko‘ z yetakchisi — general Kyon unga qarab dedi:
“Sen Shadow Wolves’dagilarga xabar uzatyapsan, to‘ g‘rimi?”
Selina yuragi urib ketdi. Sovuq ter bosdi.
“Men endi ular bilan emasman,” — dedi u.
Kyon kuldi. — “Balki. Lekin biz sening bo‘ yningga to‘g‘ridan-to‘g‘ri portlovchi chip o‘rnatganmiz. Agar yana bir xato qilsang — yonasan.”
Selina jim bo‘ ldi. Bu endi o‘ yin emas edi. Bu — o‘ lim bilan raqs edi.
O‘ sha kech Jeha monitorga qarab o‘tirgan edi. Unga Riko orqali kelgan xabarda faqat 4 so‘ z bor edi:
“Ular hammasini biladi.”
Jeha o‘ rnidan turdi.
“Ular Selinani fosh qilishgan. Biz uni chiqarib olishimiz kerak.”
Liana esa qaror qildi: bu safar o‘ zi boradi. U hamon Selinaga ishonmasdi, lekin bu guruh bir-birini himoya qilmas ekan, hech qayerga bormasdi.
“Jeha, sen bu guruhni boshqar. Men uni olib chiqaman.”
Va kechasi, Qora Ko‘ z bazasiga kirib borayotgan qora soyalar orasida Liana bor edi.
Uning yonida — o‘ lim, ammo yuragida — sadoqat.
Ular do‘ stmi? Dushmanmi? Haqiqatnin g narigi tomonida nima kutmoqdA
Tungi soat 02:43. Qora Ko‘ z maxfiy bazasi.
Boshqa bunday operatsiyalarda Liana har doim ortda qolgan, zarur paytda harakat qilgan. Ammo bu safar u oldinda edi. U har bir qadamini aniqlik bilan qo‘ yar, yuragidagi xavotirni chuqur yutardi.
Baza ichiga kirish uchun maxsus kod kerak edi. Riko unga oldindan yuborgan kod — 317-KX
faqat bitta marta ishlaydi.
U ichkariga o‘ tdi.
Ko‘ r-ko‘rona yurarkan, harakatlarining tagida bitta maqsad bor edi — Selinani topish. Uning qayerda ushlab turilganini aniqlab, iloji boricha jim chiqib ketish.
Ammo... kutmagan hodisa yuz berdi.
- - -
Baza ichkarisida Selina allaqachon hibsga olingan edi. Qo‘ llari kishanli, oyoqlari qattiq bog‘langan. Ammo uning ko‘ zlarida qo‘rquv emas, umid bor edi. Chunki u kelishini bilar edi.
To‘ satdan eshik ochildi.
Liana.
“Men seni olib chiqaman,” — dedi u qattiq ohangda. Ammo Selina bosh chayqadi.“Bu tuzoq. Ular seni ham tutmoqchi.”
Liana stulni tepib yubordi va kishanlarni yechishga urindi.
“Men seni bu yerda qoldira olmayman. Jehaga va barchaga sodiqman. Boshida ishonmasdim, lekin endi... sen bizdandirsan.”
Ammo shu on...
Qora Ko‘ z askarlari ularni qurshab oldi. General Kyon eshikda paydo bo‘ ldi. Qo‘ lida qurol.
“Liana... men senga ishonardim,” — dedi u. — “Ammo sen ham ularning biriga aylanding, a?”
Liana asta orqaga chekinib, qo‘ lini quroliga uzatdi.
Selina esa past ovozda pichirladi: — “Yon cho‘ ntagingda kichik portlovchi bor. Riko
yuborgan. Faqat sen bilgancha faollashadi.”
Liana ko‘ z qisdi. — “Demak, o‘ yin tugadi.”
U portlovchini ishga tushirdi. Kichik portlash — diqqatni chalg‘ itdi.
Va ular — Liana va Selina — qochib chiqishdi. O‘ q yomg‘iridek yog‘di, ammo ular qorong‘ilikda ko‘zdan yo‘qoldilar.
- - -
Ertasi kuni Shadow Wolves bazasida ular sog‘-omon qaytishdi. Jeha Selinaga uzoq tikilib qaradi. So‘ ng Lianaga.
“Endi men ham ishonaman. Bu urushda biz faqat bir- birimizga suyanamiz.”
Ammo Riko ko‘ zlarini monitorga tikib qoldi.
“Bu hali hammasi emas. Qora Ko‘ z endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurishga qaror qilgan. Ular butun guruhimizni yovuz deb e’lon qilmoqchi.”
Jeha jim turdi. So‘ ng, qat’iy ovozda:
“Unda biz bu o‘ yinni o‘z qo‘limizga olamiz. Biz ularning qoidalari bilan o‘ ynamaymiz. Endi biz ularni fosh qilamiz.”
- - -
Ammo ularni kuzatayotgan yana kimdir bor edi…
“Ular birlashdi. Endi hammasini yo‘ q qilish uchun bizga yagona imkoniyat kerak...”
U odam qorong‘ ida yuzini ko‘rsatmasdi. Faqat bir so‘ z aytdi:
“Operatsiya: Soxta Haqiqat” boshlansin.”
Shadow Wolves bazasi. Ichkarida havo tarang, har bir nafas — og‘ ir.
Jeha, Liana, Selina va Riko bir stol atrofida yig‘ ilgan. Ekranda Qora Ko‘ zning ichki tizimi ochilgan. Ular Riko yordami bilan maxfiy “Soxta Haqiqat” operatsiyasi haqida kichik faylga duch kelishdi.
“Bu hujjatlar... ular butun haqiqatni o‘ zgartirishmoqchi. OAV orqali bizni terrorchi sifatida ko‘ rsatishadi. Keyin esa xalqni bizga qarshi qayrashadi,” — dedi Riko, ko‘ zlari ekranga mixlangan holda.
Jeha asta gap qotdi:
“Demak, biz ularni oldin fosh qilmasak, xalq bizdan yuz o‘ giradi. Qora Ko‘ z nafaqat bizni, balki butun mafiyani yo‘q qilmoqchi.”
Liana xotirjam gapirdi:
“Bitta yo‘ l bor: ichkariga yana kiramiz. Bosh ofis. Qattiq qo‘ riqlangan bo‘lsa ham — u yerda barcha haqiqiy hujjatlar bor.”
Selina boshini qimirlatdi.
“Men yo‘ lni bilaman. Ichkaridagi tunnel orqali kirish mumkin. Ammo u yerga borish... o‘ lim bilan barobar.”
Jeha jilmaydi.
“Unda boshlaymiz.”
- - -
Tunda, ular to‘ rt kishi — maxfiy kiyingan holda — Qora Ko‘z markaziy bosh ofisi yaqinidagi eski kanalizatsiya tunneliga tushishdi. Har bir qadam sirli shivirlar, devordagi g‘ ayrioddiy yozuvlar bilan to‘qnash keldi. Bu joy... ilgari kimlarnidir yutgan edi.
“Shovqin qilmang,” — pichirladi Selina. — “Bu yerda harakat sensorlari bor.”
To‘ satdan tunnel oxiridan yoritilgan yo‘lak ko‘rindi.
Jeha asta yelkasidagi qopdan kichik bir dron chiqarib, uni yo‘ lak bo‘ylab uchirdi. Kamera ko‘ rsatgan narsa esa barchani hayratga soldi:
> Ofis ichida ular nafaqat hujjatlarni, balki soxta videolarni tayyorlayotgan edi — montaj qilingan videolar, go‘ yoki Shadow Wolves fuqarolarga tahdid solayotgan holatlarni ko‘rsatardi.
“Bu... bu odamlar bizni yo‘ q qilish uchun butun haqiqatni soxtalashtiryapti,” — dedi Liana.
Ular yozuvlarni yuklab olishga urinishdi. Ammo ayni shu lahzada — xavfli signal yangradi.
“Kirish aniqlangan. Signalizatsiya faollashtirildi.”
Jeha baqirdi:
“Yugur! Riko, hujjatlarni yubor!”
Ammo Riko ichkarida qoldi. U signalni to‘ xtatishga urinar, ammo vaqt oz edi.
“Men chiqolmayman,” — dedi u mikrofonda. — “Bular muhimroq. Ularni olishsin, lekin
meni emas.”
Jeha bir zum jim qoldi. Ko‘ zlarida... og‘riq.
“Riko... sen bizning qahramonimizsan.”
Liana, Selina va Jeha chiqishga ulgurdilar. Orqada esa portlash...
- - -
Ertasi kuni butun dunyo ekrani qizib ketdi. Qora Ko‘ z fosh etilgan videolar, soxta montajlar butun tarmoqlarga tarqaldi. Odamlar hayratda: kim haqiqiy, kim soxta?
Ammo ular orasida faqat bir narsa aniq edi:
Shadow Wolves haqiqat uchun kurashdi.
- - -
Ammo bu hali so‘ nggi jang emas edi. Chunki... Qora Ko‘ z rahbari endi boshqa shaxsga murojaat qilgan edi:
“Endi men unga murojaat qilaman. Bizning so‘ nggi qurolimiz — 'Oltin Dushman' faollashsin.”
Qora Ko‘ zning yangi rahbari chuqur nafas oldi. Qarshisida ekranda bitta ism: “Oltin Dushman”.
“Uni uyg‘ oting. Shadow Wolves oxirigacha bormoqchi bo‘ lsa, biz ham rahm qilmaymiz,”dedi u qorong‘u xonada, telefonni qo‘lga olib.
- - -
Bu orada Jeha, Liana va Selina xavfsiz zonaga qaytgan edi. Rikoning fidoiyligi ularni larzaga solgan bo‘ lsa- da, endi ular birinchi marta xalq orasida qahramon sifatida tanildi.
Jeha sochlarini ushlab:
“Biz bir jangni yutdik, lekin urush hanuz davom etyapti.”
Shu payt kompyuter signal berdi. Ekranda notanish video paydo bo‘ ldi. Qora niqob taqqan odam:
“Jeha. Ko‘ rishganimizdan xursandman. Meni unutdingmi?”
Jeha yuragiga muz yugurganday jim bo‘ ldi. U ovozni tanigandi.
“Bu... bu mumkin emas,” — deb pichirladi u. — “Bu... JAKE...”
Liana hayron:
“Kim u?”
Jeha chuqur nafas oldi.
“Mening ukam. U bir paytlar men bilan edi. Men uni o‘ ylashimcha o‘ldi deb bilardim... lekin u ular tomoniga o‘tgan.”
- - -
Flashback (7 yil avval):
Jake va Jeha bir guruhda — doim birga jang qilishgan. Lekin bir kuni portlashda Jake bedarak yo‘ qoladi. O‘ shandan beri Jeha uni o‘lik deb bilgan. Ammo endi...
U Qora Ko‘ zga ishlayapti. Yana yomg‘ irli kechalardan biri edi. Video davom etadi:
“Endi sen haqiqiy kuch bilan to‘ qnashyapsan. Men sening zaif joyingni bilaman, aka.”
Jeha ko‘ zlarini yumdi.
“U meni faqat yuragim orqali yengmoqchi... bu urush endi faqat haqiqat va yolg‘ on o‘rtasida emas. Bu... aka- ukalik orasida.”
- - -
Shadow Wolves ichida taranglik. Hamma hushyor. Liana qattiq gapirdi:
“Jeha, agar u sening ukang bo‘ lsa... biz unga qarshi nima qilamiz?”
Jeha ohista, ammo qat’iy dedi:
“Agar u haqiqatan ham meni tanimasdan yovga aylangan bo‘ lsa... bu safar yurak emas, adolat g‘alaba qiladi.”
Shahar ustiga qora bulutlar yig‘ ildi. Shadow Wolves’ning oxirgi rejasi tayyor. Jeha, Liana va Selina, Jakega — ya’ni Oltin Dushmanga qarshi borishga qaror qilishdi. Bu jang — nafaqat kuch, balki yurak, o'tmish va kechirim haqida edi.
Jeha ukasining qayerdaligini bilardi. Qora Ko‘ zning eng sirli bo‘limi — “Yadro markazi”. Faqat kuch emas, aqldan ham foydalanish kerak bo‘ lardi.
Markazga yaqinlashishdi. Ichkariga kirish – o‘ lim bilan barobar. Lekin ular to‘ xtamadi.
Oxiri... nihoyat, eng chuqur qavatda, qorong‘ u zaldan bir siluet chiqdi. Oltin niqob, qora kiyim. Bu — Jake edi.
“Jeha. Sen baribir kelding. Bilardim,” — dedi u sovuq ovozda.
Jeha javob qildi:
“Men ukamni qutqarish uchun har doim qaytaman. Hatto u dushman bo‘ lsa ham.”
Jake bir zum jim qoldi, so‘ ng kulib qo‘ydi:
“Qutqarish? Men senga dushman emasman, Jeha. Men seni ortda qoldirdim. Sen meni o‘ lik deb o‘ylading... meni unutding!”
Jeha yuragini ushlab:
“Men seni hech qachon unutmadim. Har kecha... seni izladim.”
Lekin Jake allaqachon yuragini nafratga topshirgan edi.
To‘ satdan u hujum qildi. Ular o‘ rtasida mislsiz jang boshlandi. Kichkina ukalik tuyg‘ ular endi qattiq zarbalarga aylangandi. Liana va Selina markazni portlatish uchun vaqt sozlayotgan paytda, aka-uka o‘ rtasidagi kurash davom etardi.
Jeha Jakeni yerga qulatdi. Qon... ko‘ z yoshlarga aralashgan edi.
“Bu senga kerak emas, Jake. Biz yana birga bo‘ lishimiz mumkin,” — dedi u.
Jake hushsiz yotardi. So‘ ng, nihoyat, ko‘zlarini ochib pichirladi:
“Men... charchadim, aka... meni olib ket.”
Portlash oldidan Shadow Wolves markazdan chiqishga ulgurdilar. Qora Ko‘ z tizimi qulab tushdi. Haqiqat butun dunyoga yetib bordi. Jakie hushini yo‘ qotgan holda, Jeha yelkasida ko‘tarib chiqdi — o‘tmishni kechirib, yangi yo‘l tanladi.
3 oy o‘ tdi.
Shadow Wolves qonuniy kuchga aylandi. Jake maxfiy markazda tiklanmoqda. Jeha esa, nihoyat, tinchlikda...
Liana yonida, Selina esa yangi himoya tizimini boshqaradi. Riko xotirasi esa doim ular bilan.
Jeha oxirgi jumlani daftariga yozdi:
> “Ba’zan haqiqiy jang dushman bilan emas, balki o‘ z qalbing bilan bo‘ladi. Men g‘ alaba qildim — chunki yuragimni yo‘qotmadim.”
TAMOM
- - -
Muallif so‘ zi
Hayot har doim to‘ g‘ri va noto‘g‘ri yo‘llarni tanlash orasidagi tanlovlar bilan to‘la. “Mafiyalar hayoti” hikoyasi — bu shunchaki janglar, sirlar va mafiyalar haqida emas. Bu hikoya yurak, ishonch, xiyonat va kechirim haqida. Eng muhimi esa — kimligingni esdan chiqarmaslik haqida.
Jeha va Jake orqali biz aka-ukalik rishtalarining qanchalik nozik va chuqur ekanini ko‘ rdik. Do‘ stlik, sadoqat, qurbonlik — bu hikoyaning yuragini tashkil qildi. Riko kabi odamlar bor ekan, har qanday zulmatda ham nur topiladi.
Men, muallif sifatida, ushbu hikoyani yozar ekanman, siz kabi o‘ quvchilarimni yodda tutdim. Chunki har birimizda biror "Shadow Wolves" yashaydi — bizning ichki kuchimiz, adolatga intilishimiz, va haqiqiy biz bo‘ lishimiz uchun kurashimiz.
Agar siz bu hikoyadan biror ilhom, biror kuch yoki shunchaki bir damlik nafas oldingiz, demak bu asar o‘ z vazifasini bajardi.
Va esda tuting:
> “Ba’zan eng kuchli qurol — yurakdir. Yuragingizni hech qachon yo‘ qotmang.”
Hurmat bilan,

Haqiqiy mafiya hayoti drama qilsamii
Kino qilib olisharmikin a🩵😁