
LUNARIS: TUSHLAR SALTANATI
1—qism — Har safar seni unutaman...
"Ba'zi sayohatlar yo'l bilan emas, birinchi tush bilan boshlanadi."
Lyra bolaligidan beri bir xii tushni ko'rardi. Bu tush hech qachon o'zgarmasdi.
Har safar u oppoq bulutlar ustida turardi.
Uzoqda esa osmonda suzayotgan ulkan orol ko'rinardi.
Orol markazida kumush rang saroy osmonga qad ko'targan.
Uning atrofida esa minglab mayda nur zarralari kapalakdek uchardi.
Lekin eng g'alati narsa...
har safar kimdir uni chaqirardi. Juda sokin.
Juda mayin ovoz.
"...Kel..."
"...Lyra..."
U ovoz qayerdan kelayotganini topolmasdi. Har safar orol tomon yugurardi.
Ammo yetib borishga oz qolganda... hammasi qorong'ilashardi.
Va u uyg'onardi.
Bu tush o'n yildan beri takrorlanardi.
Shu sabab Lyra uni oddiy tush deb hisoblamay qo'ygandi.
U har safar uyg'ongach, tushida ko'rgan joylarni daftariga chizardi.
Suzuvchi orollar. Kumush saroy.
Moviy daraxtlar.
Va...
yuzini hech qachon ko'ra olmagan qora plashli yigit.
Bugun ham u yana o'sha rasmni chizayotgan edi.
Onasi eshikni taqillatdi.
Lyra, nonushta tayyor.Hozir tushaman. Lyra daftarini yopdi.
Lekin yopishidan oldin bitta narsani payqadi. Kecha chizmagan bitta belgi paydo bo'lgandi.
Daftarning oxirgi sahifasida oppoq siyoh bilan yozilgan edi:
"Bugun kechikma."
Lyra hayrat bilan yozuvni siladi. Yozuv o'chmadi.
Go'yo u doim shu yerda bo'lgandek edi. O'sha kuni hammasi odatdagidek o'tdi.
Ammo tun tushishini Lyra negadir intiqlik
bilan kutardi.
U yuragining tubida nimadir o'zgarishini his qilayotgandi.
Nihoyat...
u uxlab qoldi.
Ko'zini ochganda... yana o'sha bulutlar. Lekin bu safar...
hammasi boshqacha edi.
U orol chetida emas, ulkan kutubxona ichida turardi.
Kutubxonaning devorlari yo'q edi.
Faqat cheksiz osmon.
Kitob javonlari esa havoda suzib yurardi.
Har bir kitob atrofida mayda yulduzlar aylanardi.
Lyra hayrat bilan atrofga qaradi.
Shu payt orqasidan oyoq tovushi eshitildi.
Tak...
Tak...
Tak...
Kimdir sekin yaqin[ashardi.
Lyra ortiga burildi. Qora plash kiygan yigit. Qo'lida eski kitob.
Ko'zlari moviy osmondek tiniq.
U Lyra tomonga qarab kulimsiradi.
Go'yo uni juda uzoq vaqtdan beri kutayotgandek.Nihoyat...Kelding.
Lyra bir qadam ortga chekindi.
Siz... kimsiz?
Yigit kulib boshini egdi.
Men...
Kael.
Bir necha soniya ikkalasi ham indamay turishdi.
So'ng Kael chuqur xo'rsindi.
Demak...Bu safar hammasini boshidan boshlaymiz. Lyra hayron bo'ldi.Nimani?
Kael ko'zlarini yumdi.
Go'yo bu javobni aytish unga og'irlik qilayotgandek.
Keyin sekin dedi:
Chunki sen... har safar uyg'onganingda meni unutasan.
Shu zahoti kutubxonadagi minglab kitoblar o’z—o’zidan ochilib ketdi.
Sham ol kuchaydi.
Va uzoqdan sirli qo’ng’iroq ovozi yangradi. Dong...
Dong...
Dong...
Kaelning chehrasi birdan jiddiylashdi. U Lyra tomon qo'l uzatdi.
Yugur!
Lyra nima bo'layotganini tushunmasdi.
Ammo kutubxona polida ulkan qora yoriq
paydo bo'ldi...
...va uning ichidan nimadir ko'tarila boshladi.
2—qism — Tushlarning qo'riqchisi
"Ba'zan javob topishdan oldin, omon qolish kerak bo'ladi."
Qora yoriq tobora kattalashardi.
Kutubxonaning oppoq poliga zulmat yoyildi.
Havoda uchib yurgan kitoblar birin—ketin yerga qulardi.
Go'yo butun Lunaris nimadandir qo'rqayotgandi.
Kael Lyra tomon qo'lini uzatdi.
Lyra! Tez!
Lyra bir lahza ikkilanib turdi.
Lekin yoriq ichidan chiqqan uzun qora qo'lni
ko'rishi bilan yugurib borib Kaelning qo'lidan ushladi.
Shu za hoti...
yer ostidan ulkan maxluq chiqdi.
U odamga ham, hayvonga ham o'xshamasdi. Tanasi tutundan iborat.
Ko'zlari esa oitin rangda yonardi. Uning ortidan qora patlar to'kilardi. Lyra qo'rqib pichirladi:
Bu... nima? Kael javob berdi:Soya Yutuvchi.U tush ko'rayotgan inson larning qo'rquvidan oziqlanadi.
Maxluq dahshatli bo'kirib yubordi. Kutubxona larzaga keldi.
Kael belidagi kumush xanjarni sug'urdi.
Xanjar oy nuridek yaltirardi.
Lyra hayrat bilan qaradi.
Sen... jang qilasanmi? Kael kulib qo'ydi.Majbur bo'lsam.Lekin bugun jang qilish niyatim yo'q. U Lyra tomon qarab dedi:Menga ishon.
Keyin u Lyra bilan birga javonlar orasiga yugurdi.
Ular yugurayotganida Lyra bir narsani payqadi.
Kitoblarning muqovasida odamlarning ismlari yozilgan edi.
"Emma."
"Daniel."
"N\ina." "Raiden" Minglab.
Millionlab.
Kael yugurishda davom etib javob berdi:
Har bir insonning tushlari.Har bir kitob...
Lyra hayratdan to'xtab qoldi.
Demak... mening ham kitobim bormi?
Kael unga qarab qo'ydi.
Bor.Lekin...
uni hech kim ochmasligi kerak.
eshitildi.
Kael atrofga qaradi.
So'ng uzoqda porlab turgan eshikni ko'rsatdi.Ana u yer!Faqat shu eshik bizni olib chiqadi! Ular bor kuchlari bil an yugurishdi.
Lekin Lyra to'satdan to'xtab qoldi. Ko'zi bitta kitobga tushgandi.
Muqovasida oitin harflar bilan yozilgan edi: LYRA
Kitob o’z—o’zidan ochildi. lchidagi sahifalarda...
Lyra hali ko'rmagan voqealar tasvirlangan edi.
Unda Kael bilan birga osmondagi ko'prikdan o'tayotgani...
Muz saroyida kulayotgani... Va oxirgi sahifada...
Kael yolg'iz turardi. Lyra esa...
yo'q edi.
LYRA!
Kaelning baqirig'i uni o'ziga keltirdi. Soya Yutuvchi endi juda yaqin edi.
Kael yugurib kelib kitobni shartta yopdi.
Uni o'qima! Lyra hayratlandi.Nega?
Kaelning ovozi bu safar odatdagidan past chiqdi.
Chunki...
Lunarisdagi kelajakni oldindan bilgan odam uni o'zgartira olmaydi.
Bir lahza ikkisining ko'zlari to'qnashdi. Shu payt eshik o'z—o'zidan ochildi. lchkaridan oppoq nur taraldi.
Kael chuqur nafas oldi.
Nihoyat...Biz ularga yetib keldik.
Lyra hayron bo'ldi.
Ularga?
Kael javob berishga ulgurmadi.
Ularning peshonasida oy shaklidagi belgi porlardi.
Ular bir ovozda shunday dedi:
"Lunarisning Yo'lboshlovchilari seni kutayotgan edi, Lyra..."
Lyra hayratdan qotib qoldi.
"Meni?.. Ular mening ismimni qayerdan biladi?"
3—qism — Yo'lboshlovchilar
"Ba'zi eshiklar seni yangi dunyoga olib boradi. Ba'zilari esa sen haqingdagi haqiqatni ochadi."
Oppoq nur asta—sekin so'ndi. Lyra ko'zlarini qisib oldi.
Uning qarshisida uch kishi turardi. Hammasi oppoq libosda.
Orqalarida kumush rang qanotlar. Qo'llarida esa billur tayoq.
Ularning ko'zlari g'alati edi.
Go'yo ichida mayda yulduzlar charaqlayotgandek.
Lyra beixtiyor Kaelning ortiga o'tdi.
Ular... kim?
Kael boshini egib javob berdi.
Lunaris Yo'lboshlovchilari.Ular bu dunyoga kirgan har bir ruhni kuzatishadi.
Uchovidan eng kattasi oldinga chiqdi.
Uning uzun oppoq sochlari shamolda hilpirardi.
U Lyraga mehr bil an tikildi.
Nihoyat seni uyg'oq holda ko'ryapmiz.
Lyra hayron bo'ldi.
Uyg'oq?..Men axir tush ko'ryapman-ku. Ayol mayin jilmaydi.Yo'q.:Sen shunchaki ux[ayapsan.Ammo ruhing uyg'oq. Lyra bu gapni tushunmadi. Shu payt Kael gapni bo'ldi.Vaqtimiz kam.Soya Yutuvchi ortimizdan keladi. Yo'lboshlovchitar birdan jiddiy tortishdi. Utardan biri osmon tomonga qaradi.Kech qoldik...
Birdan kutubxona tepasidagi bulutlar ikkiga yorildi.
Ulkan qora qushlar osmondan tushib kela boshladi.
Ularning patlari tutunga o'xshardi. Ko'zlari esa qip—qizil edi.
Lyra qo'rqib Kaelning qo'lidan ushladi.
Bular ham... Soya Yutuvchimi? Kael boshini chayqadi.Yo'q.Bular...
Tush Qarg'alari.
Ular yo'lini yo'qotgan tushlarni yutadi. Qarg'alar soni tobora ko'payardi.
Osmon qorayib ketdi.
Yo'lboshlovchilar tayoqlarini osmonga ko'tarishdi.
Billur tayoqlardan kumush nurlar otilib chiqdi.
Bir zumda kutubxona atrofini yorug’ gumbaz o'rab oldi.
Qarg'alar gumbazga urilib ortga qayta boshladi.
Lekin...
gumbazda mayda yoriqlar paydo bo'layotgandi.
Kael chuqur xo'rsindi.
Uzoq ushlab turolmaydi.
Shunda Yo'lboshlovchi ayol Lyra oldiga keldi. Qo'lida kichkina billur marjon bor edi.
Marjon ichida oppoq oy nuri aylanardi.
Qo'lingni uzat.
Lyra sekin qo'lini uzatdi.
Ayol marjonni uning kaftiga qo'ydi.
Shu za hoti marjon ko'k rangda porlab ketdi.
Mumkin emas...Demak...Bashorat rost ekan. Lyra hayron bo'ldi.Qanday bashorat?
Ayol javob berish o'rniga Kaelga qaradi.
Sen hali unga hech narsa aytmabsan. Kael indamadi.
Ko'zlarini yerga tikdi.
Shu payt gumbaz katta shovqin bil an yorildi. Sharaaaq!
Qarg'alar ichkariga yopirildi. Kael Lyra oldiga o'tdi.
Orqamdan yur!
Ular kutubxonaning eng yuqori qavatiga qarab yugurishdi.
Narvonlar esa o'z—o’zidan joyini almashtirar, yo'llar chalkashib borardi.
Lyra nafasi bo’g’ilib so'radi:
Biz qayerga ketayapmiz?
Kael javob berdi:
Oy Minorasiga.Agar u yerga yetib borsak...hammasini tushuntiraman.
Nihoyat ular eng yuqori qavatga chiqishdi.
U yerda faqat bitta narsa bor edi. Katta dumaloq deraza.
Deraza ortida esa...
Lunarisning butun dunyosi ko'rinardi.
Suzuvchi orollar. Kumush daryolar.
Bulutlar orasidagi shaharlar. Va juda uzoqda...
osmonga qadar cho'zilgan ulkan daraxt. Uning shoxlari yulduzlarga tegib turardi. Lyra hayrat bilan pichirladi:
Nahotki... bularning hammasi tush bo'lsa...
Kael derazaga tikilib qoldi.
So'ng juda sekin dedi:
"Yo'q, Lyra..."
"Aslida odamlar tush ko'rmaydi..."
"Ular har kecha shu yerga kelishadi."
Lyra javob berishga ulgurmay, deraza ortidagi ulkan daraxt ichidan moviy nur chaqnadi.
Va butun Lunaris bo'ylab qadimiy, jarangdor ovoz yangradi:
"Oy Vorisi topildi..." Kaelning yuzi oqarib ketdi.
U Lyra tomonga dahshat bil an qaradi.
Ular... seni topishdi.
4—qism — Oy Vorisi
"Ba'zi taqdirlar tanlanmaydi. Ular seni tug'ilishingdan oldin tanlaydi."
Butun Lunaris jimib qoldi.
Faqat o'sha ovoz takrorlanardi. "Oy Vorisi topildi..."
"Oy Vorisi topildi..."
Osmondagi yulduzlar ham go'yo Lyra tomon burilgandek edi.
Lyra esa hech narsani tushunmay turardi.
Kael..."Oy Vorisi" nima degani? Kael javob bermadi.
Uning nigohi uzoqdagi ulkan daraxtga qadalgan edi.
Go'yo u nimadandir juda qo'rqayotgandi. Shu payt Yo'lboshlovchilar tiz cho'kishdi. Ular boshlarini egib, Lyraga ta'zim qilishdi. Lyra hayratdan ortga chekindi.
Yo'q... bunday qilmang!
Oppoq sochli ayol mayin ovozda dedi:
Bu bizning tanlovimiz emas.Bu...
Lunarisning tanlovi.
Birdan Lyra qo'lidagi billur marjon havoga ko'tarildi.
Marjon ichidagi oy nuri tobora yorqinlashardi.
Keyin u mayda bo'laklarga ajraldi. Bo'laklar Lyra atrofida aylana boshladi. Va bir lahzada...
ular oppoq tayoqqa aylandi.
Tayoqning uchida yarim oy shaklidagi billur porlardi.
Lyra qo'rqib uni ushlab oldi.
Shu zahoti uning oyoqlari ostida kumush rang sehrli belgi paydo bo'ldi.
Kael pichirladi:
Bu...Oy Asosi.Uni ming yildan beri hech kim uyg'ota olmagandi...
Lyra tayoqqa hayrat bil an qaradi.
Men buni xohlamadim—ku...Nega aynan men? Javobni hech kim bermadi. Chunki shu onda...
osmon yorildi.
U avval yo'q edi.
Saroy go'yo zulmatning o'zidan qurilgandi.
Uning eng baland minorasida esa qora libos kiygan kimdir turardi.
U juda uzoq bo'lsa ham...
Lyra uning o'ziga qarab turganini his qildi.
Notanish odam qo'lini ko'tardi.
Birdan butun osmon qorayib ketdi. Qora patlar yomg'ir kabi yog'a boshladi. Kaelning chehrasi o'zgardi.
Yo'q...U bunchalik tez kelmasligi kerak edi... Lyra shivirladi:Kim u?
Kael bir necha soniya jim qoldi. So'ng juda past ovozda dedi: "Morvus..."
"Orzusiz Podsho."
Morvus jilmaydi.
Uning ovozi butun Lunaris bo'ylab yangradi. "Nihoyat..."
"Men seni ming yil kutdim, Oy Vorisi."
Shu za hoti Lyra qo'lidagi tayoq kuchli porladi. Lekin g'alati narsa yuz berdi.
Tayoqdan chiqqan nur...
Morvusga emas... Kaelga qarab otildi.
Kael og'riqdan tiz cho'kdi.
Uning bilagida ilgari ko'rinmagan qora belgi paydo bo'ldi.
Lyra dahshat bil an uning yoniga yugurdi.
Kael!Senga nima bo'ldi?
Kael qo'lini yashirishga urindi. Lekin kech edi.
Yo'lboshlovchilar bu belgini ko'rib, qo'rquv bilan bir—biriga qarashdi.
Ulardan biri titroq ovozda dedi: "...Bu mumkin emas..."
"...Morvusning la'nati..." Kael boshini egdi.
U hech narsani inkor etmadi.
Faqat sekin ko'zlarini yumdi.
Lyra esa hayrat va xavotir bil an unga tikilib turardi.
"Kael mendan nimani yashiryapti?"
Uzoqda esa Morvusning kulgisi yana butun Lunaris bo'ylab aks—sado berdi...
5—qism — Unutilgan va'da
"Ba'zi yaralar tanada emas, taqdirda qoladi." Lunaris ustiga sukunat cho'kdi.
Lyra hali ham Kaelning bilagidagi qora belgiga tikilib turardi.
Belgi oddiy tamg'a emasdi.
U tirikdek asta—sekin harakatlanardi.
Go'yo qora siyoh tomirlari Kaelning qo'li bo'ylab yuragiga qarab sudralayotgandi.
Lyra xavotir bilan so'radi:
Bu... og'riyaptimi?
Kael qo'lini yengining ichiga yashirdi.
O'rganib qolganman.Endi sezmayman ham.
Lekin uning ovozi yolg'on gapirayotganini bildirib turardi.
Yo'lboshlovchilarning eng kattasi oldinga chiqdi.
Bu safar uning nigohi Kaelda emas... qo'rquv bil an Lyra da edi.
Biz uni darhol Oy Ma'badiga olib borishimiz kerak.
Lyra hayron bo'ldi.
Nega?
Ayol javob bermadi. Faqat bitta jumla aytdi.
"Morvus seni topishidan oldin."
Shu payt osmon yana qorayib ketdi.
Morvus hali ham uzoqdagi qora saroy tepasida turardi.
U qo'lini ko'tardi.
Va Lunarisning barcha soyalari bir nuqtaga yig'ila boshladi.
Ular birlashib...
ulkan qora bo'riga aylandi. Bo'ri ko'zlarini Lyraga qadadi. So'ng dahshatli uvilladi.
Kael birdan Lyra oldiga o'tdi.
Qochamiz!Hozir!
Ular Oy Minorasidan pastga qarab yugurishdi.
Narvonlar o’z—o’zidan aylanishda davom etardi.
Har bir qadamda Lunaris o'zgarayotgandek tuyulardi.
Lyra nafasi bo’g’ilib so'radi:
Nega u meni quvlayapti? Kael bir lahza jim qoldi.
So'ng dedi:
Chunki sen...Oy Vorisisan.U esa buning sodir bo'lishini ming yil kutgan.
Ular tashqariga chiqishlari bilan ulkan ko'prik paydo bo'ldi.
Ko'prik bulutlar ustidan o'tardi. Pastda esa cheksiz osmon.
Lyra ehtiyotkorlik bilan qadam tashladi.
Bu ko'prik yiqilib ketmaydimi? Kael kulib qo'ydi.Lunarisda ko'priklar toshdan emas.lshonchdan quriladi.Qo'rqsang... u parchalanadi.
Lyra chuqur nafas oldi.
Shu zahoti ko'prik yanada mustahkam porlay boshladi.
Lekin orqadan bo'rining bo'kirig’i eshitildi.
Ular ortiga qarashdi.
Qora bo'ri ularga tomon yugurardi.
Har bir qadami bilan ko'prik ortidagi yo'l qorayib borardi.
Kael shivirladi:
— Yetib keldi... Birdan bo'ri sakradi.
Lyra qo'rquvdan ko'zlarini yumdi. Ammo zarba bo'lmadi.
Ko'zini ochganda...
Kael uning oldida turardi.
Qora bo'ri esa Kaelning yelkasiga chang solgandi.
Kael og'riqdan tishini tishiga bosdi. Lekin Lyrani ortiga o'tkazmadi.
Yugur! — dedi u.Men seni tashlab ketmayman!Bu buyruq emas...
Kael kulishga urindi.
Bu... iltimos.
Shu onda Kaelning qora belgisi kuchli porladi.
Bo'ri birdan ortga chekindi.
Go'yo u Kaeldan qo'rqayotgandek edi. Lyra buni ko'rib hayratlandi.
"Nega Morvusning maxluqi undan qo'rqyapti?"
Kael esa ko'zlarini yumib pichirladi: "lltimos... hali emas..."
Bo'ri birdan tiz cho'kdi.
Go'yo kimningdir oIdida bosh egayotgandi. Morvusning ovozi yana osmondan yang radi. "Yetar..."
"Hali vaqti kelmadi."
Bo'ri qora tutunga aylanib g'oyib bo'ldi. Lyra yengil nafas oldi.
Lekin Kael...
hamon qimirlamay turardi.
Uning yelkasidan qon tomchilardi.
Shu payt Lyra qo'lidagi Oy Asosi o'z—o'zidan porlay boshladi.
Tayoqdan chiqqan oppoq nur Kaelning yarasiga tegdi.
ketdi.
Ikkalasi ham hayratda qoldi. Kael asta Lyraga qaradi.
Sen...Shifobaxsh sehrni hali o'rganmaganding—ku...
Lyra boshini chayqadi.
Men hech narsa qilmadim. Tayoqning o'zi...Shu payt Oy Asosida qadimiy yozuv paydo
bo'ldi.
Faqat Lyra uni o'qiy oldi. Unda shunday yozilgan edi:
"Oy Vorisi o'z kuchini yo'qotmaydi...
...agar uning yonida Qasamyod Qo'riqchisi tursa."
Lyra sekin boshini ko'tardi.
Kael..."Qasamyod Qo'riqchisi" kim?
Kaelning yuzidagi tabassum asta yo'qoldi. U uzoqqa tikildi.
Va juda sekin javob berdi:
"...Men."
Lekin u aytmagan yana bir haqiqat bor edi...
Qasamyod Qo'riqchisining taqdiri Oy Vorisini himoya qilish edi. Hatto buning evaziga o'z hayotini qurbon qilishi kerak bo'lsa ham.
ó—qism — Yulduzlar poyezdi
"Ba'zi yo'llar manzilga emas, taqdirga olib boradi."
Tong otishiga hali ancha bor edi.
Ammo Lunaris osmonida minglab yulduzlar avvalgidan ham yorqinroq porlardi.
Kael va Lyra bulutlar ustidagi tor yo'ldan indamay ketishardi.
Nihoyat Lyra jimlikni buzdi.
Kael...Senga bitta savol bersam bo'ladimi? Kael kulimsiradi.Sen baribir so'raysan.Demak, bo'ladi.
Lyra ham kulib yubordi.
Bu ularning birinchi marta birga kulishi edi.
Qasamyod Qo'riqchisi degani nima? Kaelning qadami sekin lashdi.
U uzoqqa tikildi.
Qadim zamonlarda Oy Vorisini himoya
qilish uchun maxsus qo'riqchilar tanlangan.
Ular umrining oxirigacha Vorisni yolg'iz qoldirmaslikka qasam ichishgan.
Lyra bosh irg'adi.
Demak... sen meni bolaligimdan taniysanmi?
Kael javob bermadi.
Faqat ko'zlarini boshqa tomonga olib qochdi. Bu javobning o'zi yetarli edi.
Shu payt uzoqdan hushtak ovozi eshitildi.
Fuuuuuuu...
Lyra hayron bo'lib atrofga qaradi.
Bu nima?
Kaelning yuzida ilk bor quvonch paydo bo'ldi.
Zo'r!Yetib ulguribmiz.
Bulutlar orasidan oppoq poyezd paydo bo'ldi. Uning g'ildiraklari yo'q edi.
U yulduzlardan yasalgan relslar ustida suzib kelardi.
Har bir vagondan mayin oitin nur taralardi.
Poyezdning old qismida kumush harflar bilan yozilgandi:
YULDUZLAR YO'LI
Lyra hayrat bilan pichirladi:
Tushlar olamida ham poyezd bormi? Kael kuldi.Bu oddiy poyezd emas.U Lunarisning yetti qirolligi orasida yuradigan yagona transport.
Eshik sekin ochildi.
lchkaridan oq sochli, quvnoq bir choi chiqdi.
Ko'k formasi yulduzchalar bilan bezatilgan
edi.
U Kaelni ko'rishi bil an kulib yubordi.
Ha—a! Kael!Yana muammoga aralashibsanmi?
Kael yelkasini qisdi.
Bu safar ayb mendamas. Cholning nigohi Lyraga tushdi. Uning tabassumi bir zumda yo'qoldi.Voy...Demak...
Oy Vorisi...
Chol darrov bosh egdi.
Mening ismim Orin.Men Yulduzlar yo'lining kuzatuvchisiman.Marhamat, ichkariga.
Poyezd ichiga kirishlari bilan Lyra yana hayratda qoldi.
Derazalar tashqarini emas... odamlarning tushlarini ko'rsatardi.
Bir derazada kichkina qiz uchar varrak
uchirayotgandi.
Boshqasida chol yoshlikdagi uyini ko'rib yig'lardi.
Yana bir derazada esa kimdir eng katta orzusiga erishgan lahza aks etardi.
Lyra derazaga yaqinlashdi.
Bular... haqiqiymi? Orin jilmaydi.
Har kecha millionlab tushtar mana shu yo'l
orqali Lunarisga keladi.
Poyezd sekin harakatlana boshladi.
Birdan chiroqlar lipilladi.
Yana bir marta.
Va butun vagon qorong'ulashdi. Orinning chehrasi jiddiylashdi.
Yo'q...
Kael o'rnidan sakrab turdi.
Nima bo'ldi?
Orin derazaga qarab qotib qoldi.
Kimdir...Yulduzlar yo'liga kirib kelibdi. Shu za hoti poyezd qattiq silkindi. Booom!
Lyra muvozanatini yo'qotib Kaelga urildi. Derazalardan biri chil—chil sindi.
Sovuq shamol ichkariga yopirildi. Tashqarida esa...
osmon bo'ylab ulkan qora ajdar uchib kelardi.
Uning qanotlari yulduzlarni berkitib yuborgandi.
Ajdarning ko'zlari qoramtir binafsha rangda yonardi.
Va uning orqasida...
qora zirhli bir chavandoz o'tirardi. Kaelning yuzi oqarib ketdi.
U pichirladi:
"...Qora Chavandoz..." Orin da hshat bilan dedi:
Morvus o'zining eng kuchli ovchisini yuboribdi...
Qora Chavandoz qilichini ko'tardi.
Va poyezdga qarab uchib kela boshladi...
7—q ism — Qora Chavandoz
"Eng xavfli dushman seni yomon ko'rgani uchun emas, seni juda yaxshi bilgani uchun qo'rqinchli bo'ladi."
Qora ajdar osmonda aylana boshladi.
Har safar qanot qoqganida yulduzlar xiralashardi.
Yulduzlar yo'li birinchi marta titrayotgandi.
Poyezd ichidagi barcha yo'lovchilar derazadan tashqariga vahima bilan qarashardi.
Orin shivirladi:
Bu bo'lishi mumkin emas...Yulduzlar yo'liga hech kim bostirib kira olmasdi.
Kaelning nigohi Qora Chavandozdan uzilmasdi.
Demak...
— Kimdir ichkaridan yordam beryapti. Ajdar poyezd yoniga kelib qoldi.
Chavandoz qilichini osmonga ko'tardi. Qilichning tig'i qora olov bil an qoplandi. Keyingi lahzada...
BOOOM!
Ajdar dumini poyezdga urdi.
Oxirgi vagon relsdan uzilib, cheksiz osmon tomon qulay boshladi.
Yo'lovchilarning qichqiriqlari Lunaris bo'ylab yangradi.
Lyra qo'rquvdan derazaga yopishdi.
Ular yiqilib ketishyapti!
Kael bir soniya ham o'ylamadi.
U yugurib favqulodda eshikni ochdi.
Men ularni olib kelaman!
Lyra uning qo'lidan ushlab qoldi.
Yo'q! Bu juda xavfli!
Kael unga kulib qaradi.
Men seni yolg'iz tashlab ketmayman.Va'da beraman.
Shu so'zlarni aytib u sakrab ketdi. Lyra deraza yoniga yugurdi.
Kael havoda erkin qulab borayotgan vagon ustiga tushdi.
U qo'lini ko'tarishi bilan kumush rang zanjirlar paydo bo'ldi.
Zanjirlar vagonga o'ralib, uni yana reis tomon torta boshladi.
Lekin...
Qora Chavandoz Kaelning oldida paydo bo'ldi.
Ularning orasida atigi bir necha qadam qolgandi.
Chavandozning yuzi dubulg'a ortida ko'rinmasdi.
Faqat uning sovuq ovozi eshitildi.
Kael...Sen yana Oy Vorisini himoya qilyapsanmi? Lyra hayratdan qotib qoldi.
"U Kaelni taniydimi?" Kael javob bermadi. Faqat qilichini chiqardi.
Ikkalasi bir—biriga tashlandi. Chaaang!
Qilichlar to'qnashgan zahoti butun osmonni chaqmoq yorib o'tdi.
Kael tez va epchil harakat qilardi.
Lekin Qora Chavandoz undan ham kuchli edi. Bir zarba...
Ikkinchi zarba...
Uchinchi zarba da Kael ortga uchib ketdi. Lyra beixtiyor baqirib yubordi.
KAEL!
Shu lahzada uning qo'lidagi Oy Asosi kuchli
nur socha boshladi.
Nur to’g'ridan—to’g'ri Kael tomon uchdi. Kaelning qilichi oppoq rangda porlab ketdi. U birdan kuchliroq bo'lib qolgandek edi.
Qora Chavandoz birinchi marta ortga chekindi.
Demak...Oy Vorisi uyg'onyapti...Juda yaxshi...
Chavandoz sekin dubulg'asini yecha boshladi.
Kaelning ko'zlari katta ochildi.
Yo'q...Buni qilma...
Lyra ham unga tikildi. Dubulg'a yerga tushdi. Va...
Qora Chavandozning yuzini ko'rgan Lyra
nafasi ichiga tushib ketdi. Chunki...
u odam...
Kaelning aynan o'ziga o'xshardi. Bir xil ko'zlar.
Bir xil soch.
Hatto yuzidagi kichkina chandiq ham bir xil edi.
Faqat uning ko'zlari qoramtir binafsha rangda yonardi.
Lyra hayrat bilan pichirladi:
Bu...Bu qanday bo'lishi mum kin? Qora Chavandoz sovuq kuldi. U Kaelga qarab sekin dedi:
"Mendan qancha qochma..."
"Axir men... sening unutilgan o'tmishing man." Kaelning qo'lidagi qilich titray boshladi.
Uning yuzida Lyra ilgari hech qachon ko'rmagan qo'rquv paydo bo'ldi.
8—qism — Unutilgan xotira
"Eng og'riqli haqiqat — sen unutgan haqiqatdir."
Poyezd ichida sukunat hukm surardi. Lyra nafas ham ololmay qoldi.
Qora Chavandoz...
Kaelning aynan o'ziga o'xshardi. Farqi faqat bitta edi.
Kaelning ko'zlari moviy edi.
Chavandozning ko'zlari esa zulmatdek qora—binafsha rangda yonardi.
Kael qilichini mahkam ushladi.
Jim bo'l...Sen mavjud emassan. Qora Chavandoz kuldi.
Bu kulgi sovuq edi.
Men mavjud emasmanmi?Unda nega meni ko'rib qo'llaring titrayapti?
Kael indamadi.
Lyra esa ikkalasiga navbatma—navbat qarardi.
Kael...U kim?Bir necha soniya hech kim javob bermadi.
So'ng Chavandozning o'zi gap boshladi.
Men...
Noctisman.
Kaelning unutilgan yarmi. Lyra hayrat bilan Kaelga qaradi. Kael ko'zlarini yumdi.Go'yo bu ismni yana eshitishni hech qachon
istamagandek.
Yolg'on...Sen yo'q bo'lib ketgansan. Noctis kuldi.Yo'q.Meni sen yo'q qilmagansan.Sen...
meni unutgansan.
Birdan Kae[ning boshi qattiq og'rib ketdi. U tiz cho'kdi.
Ko'z oldida notanish manzaralar paydo bo'la boshladi.
Qadimiy Lunaris...
Yomg'ir... Yonayotgan saroy... Va...
kichkina Kael.
U yolg'iz emasdi.
Yonida yana bir bola turardi. Uning yuzi...
Noctisniki edi.
lkkalasi kulib yugurishardi.
Kael qo'llari bilan boshini ushladi.
Bu...Mumkin emas... Noctis sekin yaqinlashdi.
Biz bir vaqtlar... bir odam edik.
Bir odam?.. Noctis bosh irg'adi.
eng kuchli Qo'riqchi bo'lgan.
Ammo u qalbida ikkita yo'l tug'ilgan.Yorug'lik...Va zulmat.
U qo’[ini Kaelga uzatdi.
Yorug'lik undan ajralib chiqdi.Zulmat esa...men bo'ldim.
Poyezd yana qattiq silkindi. Ajdar yana hujum qilayotgandi. Orin baqirdi:
Tezroq!Ko'prik qulayapti!Lyra derazadan qaradi.
Yulduzlardan yasalgan relslar birin—ketin
parchalanardi.
Agar ular tez orada manzilga yetmasa... hamma cheksiz osmonga qulab tushardi. Noctis asta ortga chekindi.
Men bugun jang qilish uchun kelmadim. U Lyraga tikildi.Men faqat seni ogohlantirgani keldim.Kaelga ishon.Lekin...
uning o'tmishiga hech qachon ishonma.
Shu zahoti Noctis qora tutunga aylandi.
Ajdar ham ko'z ochib yumguncha g'oyib bo'ldi.
Poyezd ichida yana sokinlik hukm surdi. Lekin Kael hanuz qimirlamasdi.
Uning ko'zlaridan bitta yosh tomchisi oqib tushdi.
Lyra sekin uning yoniga o'tirdi.
Kael...Hammasi joyidami? Kael uzoq jim qoldi.
So'ng juda past ovozda dedi:
Men...
Shu payt poyezd hushtak chaldi. Oldinda ulkan darvoza ko'rindi.
Darvoza oppoq billurdan qurilgan edi.
Uning tepasida qadimiy yozuv porlardi:
ORZULAR BOG'I
Orin yengil tabassum qildi.
Yetib keldik...Lekin ehtiyot bo'linglar. Lyra hayron bo'ldi.Nega?
Orinning chehrasi jiddiylashdi. U darvozaga tikilib sekin dedi:
"Bu bog'da gullar emas... odamlarning orzular i o'sadi."
"Va qurigan har bir gul... bir insonning so'nggi umididir."
Lyra yuragida g'alati og'irlikni his qildi. U hali bilmasdi...
Orzular Bog'ida uni nafaqat yangi sirlar, balki o'z taqdiri bilan bog'liq eng og'riqli haqiqatlardan biri kutayotgandi.
9—qism — Orzular Bog'i
"lnsonning eng go'zal orzusi ham, eng og'riqli armoni ham bir gulga aylanishi mumkin."
Poyezd sekin to'xtadi. Eshiklar shovqinsiz ochildi.
Lyra birinchi bo'lib tashqariga qadam qo'ydi. Va... nafasi ichiga tushib ketdi.
Bu joyni so'z bilan ta'riflab bo'lmasdi. Cheksiz dalalar.
Har tomonda turli rangdagi gullar. Ba'zilari oydek oppoq.
Ba'zilari moviy.
Ba'zilari esa oltindek tovlanardi. Eng g'alati tomoni...
Har bir gulning ichida kichkina nur porlab turardi.
Go'yo ularning qalbi bordek.
Bu yer...Juda chiroyli... Orin mayin kuldi.Bu Lunarisning eng muqaddas joyi.Orzular Bog'i.
Lyra eng ya qin gulga qo'lini uzatdi.
Ammo Kael darhol uning bilagidan ushladi.
Lyra hayron bo'ldi.
Nega?
Kael gulga tikilib javob berdi.
Chunki bu oddiy gul emas.Kimningdir orzusi. Lyra qo'lini tortib oldi. Shu payt shamol esdi.
Ming lab gullar bir vaqtning o'zida tebrandi.
Va...
go'yo kimdir pichirlayotgandek ovozlar
eshitildi.
Men shifokor bo'lishni xohlayman...Dadam yana kulishini istayman...Dunyoni kezishni orzu qilaman...Uni yana bir marta ko'rishni istayman... Lyra ko'zlarini katta ochdi.Bu...
odamlarning ovozimi? Orin bosh irg'adi.
Har bir gul ichida bitta orzu yashaydi.Orzu amalga oshsa... gul osmonga ko'tariladi.Agar inson orzusidan voz kechsa... gul so'lib qoladi.
Lyra atrofga qaradi.
Bir chekkada faqat qurigan gullar o'sardi. Ular qoramtir tusga kirgan edi.
Atrof juda sovuq edi.
Lyra yuragida g'alati og'riq sezdi.
Bu gullarning egalari—chi? Orin ko'zlarini yumdi.Ular hali tirik.Lekin...
ular endi hech narsani orzu qilmaydi. Kael indamay yurardi.
Birdan u to'xtab qoldi. Ko'zlari bir gulga qadaldi. Moviy rangli kichkina gul.
Kaelning chehrasi oqarib ketdi.
Yo'q...
Lyra uning yoniga bordi.
Nima bo'ldi?
Kael javob bermadi.
Faqat gul oldida tiz cho'kdi.
Gulning tagidagi billur lavhada bitta ism yozilgandi.
KAEL
Lyra hayrat bilan unga qaradi.
Bu...
sening orzuingmi? Kael sekin bosh irg'adi. Ammo gul...
asta—sekin so'lib borayotgandi. Lyra yuragi siqildi.
Nega u so'lyapti? Orin chuqur xo'rsindi.Chunki u o'z orzusidan voz kechishni boshlagan.
Kael sekin kuldi.
Lekin bu kulgida quvonch yo'q edi.
Men allaqachon bilardim.Mening orzuim amalga oshmaydi.
Shu payt Lyra uzoqroqda juda g'alati bir gulni ko'rdi.
Boshqa gullardan ancha baland.
Kumush va moviy rangda porlardi.
Uning atrofida esa mayda yulduzlar aylanardi.
Lyra unga yaqinlashdi. Lavhada yozilgan ismni o'qidi. LYRA
Ammo...
g'ayrioddiy narsa yuz berdi.
Gulning tagida odatda orzular yoziladigan joy bo'sh edi.
Hech qanday orzu yozilmagandi. Faqat qadimiy yozuv bor edi.
"Bu gul hali ochilmagan taqdirga tegishli." Lyra pichirladi:
Ochilmagan... taqdir?
Birdan gul kuchli nur socha boshladi. Bog’ titrab ketdi.
Shamol kuchaydi.
Va gul ichidan billur kapalak uchib chiqdi. U Lyra atrofida bir necha marta aylanib...
to'g’ri bog'ning markaziga qarab uchib ketdi. Orinning yuzi oqarib ketdi.
Yo'q...
Kael ham darhol o'rnidan turdi.
U...
Uni uyg'otdi...
Lyra hayrat bilan so'radi:
Kimni?
Shu lahzada butun bog’ larzaga keldi. Yer yorildi.
Bog' markazidagi ulkan daraxtning ildizlari orasidan qadimiy tosh eshik asta—sekin ochila boshladi.
lchkaridan esa ming yillardan beri hech kim eshitmagan ovoz yangradi:
"Oy Vorisi... nihoyat qaytding..."
Lyra va Kael bir—biriga qarashdi. Ular hali bilmasdi...
bu eshik ortida Lunaris tarixini butunlay o'zgartiradigan sir yashiringan edi.
10—qism — Ming Yillik Darvoza
"Har bir afsonaning ortida yashiringan haqiqat bo'ladi. Ammo ba'zi haqiqatlar ming yil davomida qulflanadi."
Qadimiy tosh darvoza gumburlab ochildi. Grrrrr...
Orzular Bog'i bo'ylab kuchli sham ol esdi. Ming lab gullar bir vaqtning o'zida bosh egdi. Go'yo ular kimnidir kutayotgandek.
Billur kapalak esa darvoza ichiga kirib ko'zdan g'oyib bo'ldi.
Lyra yuragining urishi tezlashdi.
Ichkarida... nima bor?
Orin javob bermadi.
Uning chehrasi hech qachon bunchalik jiddiy bo'lmagandi.
Kael esa qilichining dastasini mahkam ushladi.
Men bu joyni faqat afsonalarda o'qiganman...U yerga hech kim kirmagan.
Lyra sekin birinchi qadamni tashladi. Darvoza ortida uzun yo'lak boshlanardi. Devorlari oppoq billurdan.
Shiftda esa yulduzlar oqar suv kabi oqib
turardi.
Har bir qadam bosilganda yo'lak ostida kumush rang naqshlar yonardi.
Go'yo yo'lning o'zi Lyrani tanigandek. Yo'lak oxirida ulkan zal bor edi.
Zalning markazida esa...
osmon bilan tutashib ketgandek ulkan
daraxt o'sardi.
Lekin bu ular ilgari ko'rgan daraxt emasdi. Bu daraxtning tanasi billurdan.
Shoxlarida esa barg emas...
minglab mayda oynalar osilib turardi.
Har bir oynada boshqa insonning hayoti aks etardi.
Lyra eng yaqin oynaga qaradi.
Unda kichkina qiz otasi bil an kulayotgandi.
Keyingi oynada esa bir askar urushdan uyiga qaytayotgan edi.
Yana bir oyna da... Lyra o'zini ko'rdi.
Lekin u yolg'iz emasdi. Yonida Kael turardi.
Ikkalasi kulib osmonga qarashardi. Lyra hayrat bilan oynaga yaqinlashdi.
Bu...
kelajakmi?
Birdan...
Chiiirrr!
Oyna yori[ib ketdi.
lchidagi tasvir g'oyib bo'ldi. Kael darhol Lyrani ortga tortdi.
Tegma!Bu Taqdir Oynalari.Ba'zilari o'tmishni... ba'zilari kelajakni ko'rsatadi.
Shu payt zal tubidan og'ir qadam tovushi eshititdi.
Tak...
Tak...
Tak...
Qorong'utik orasidan oppoq libos kiygan qariya chiqib keldi.
Uning uzun sochlari yerga tegib turardi.
Qo'lida bi[lur hassa. Ko'zlari esa... mutlaqo ko'r emasdi.
Ularda butun osmon aks etayotgandek edi. Qariya Lyra oldida to'xtadi.
Va sekin jilmaydi.
Oy Vorisi qaytdi.
Siz kimsiz?
Qariya hassasini yerga urdi. Butun zal nurga to'ldi.
Men...
Lunarisning birinchi qo'riqchisi. Kael chuqur ta'zim qi[di.
Eldrin kulimsiradi.
Yo'q.Men tirik emasman.Men faqat...
Lunarisning xotirasiman.
Lyra hech narsani tushunmay qoldi.
Demak... siz ruhmisiz?
Eldrin bosh irg'adi.
Ming yildan beri seni kutyapman. Lyra hayrat bilan so'radi:Meni?Nega?
Eldrin javob berish o'rniga hassasini ko'tardi. Zal markazida ulkan billur shar paydo bo'ldi. Shar ichida qadimiy manzara ko'rinardi.
Lunaris...
Lekin u vayron bo'layotgandi.
Osmondan qora olov yog'ardi.
Odamlar qochardi.
Va...
Oy Vorisi qilich ko'targan bir yigit bilan jang qilardi.
Lyra diqqat bilan qaradi. Yigitning yuzi aniq ko'rinmadi. Ammo qo'lidagi qilich...
Kaelnikiga aynan o'xshardi. Lyra hayrat bilan pichirladi:
Bu...
Kael emasmi?
Eldrinning nigohi jiddiylashdi.
Yo'q...Bu voqea hali sodir bo'lmagan.Bu...
kelajakning ehtimollaridan biri. Shu lahzada zal larzaga keldi. Billur shar qorayib ketdi.
lchidan Morvusning kulgisi yangradi.
"Juda kech, Eldrin..."
Eldrinning yuzi bir zumda o'zgardi.
U Kael va Lyraga qarab baland ovozda dedi: "Qochinglar!"
Zalning poli yorildi.
to'g’ridan—to'g’ri Lyrani ushlab oldi.

LYRA!

Kael bor ovozi bilan baqirdi.Lyra qora zulmat ichiga tortila boshladi.
Eng dahshatlisi esa...
'
Uni tortayotgan qo
inson qo'liga o'xshardi.
11—qism

Zulmat lchidagi Ovoz
"Ba'zan seni qutqaradigan qo'l yorug'likdan emas, lshonchdan uzatiladi."
LYRA!
Kaelning ovozi butun zal bo'ylab jarangladi. U bir lahza ham ikkilanmadi.
Lyra qora zulmat ichiga tortilayotganini ko'rib, uning ortidan sakradi.
Kael, yo'q! — Orin baqirdi. Ammo kech edi.
lkkalasi ham qora girdob ichida g'oyib bo'lishdi.
Lyra ko'zlarini ochdi.
Atrof mutlaqo qorong'i edi. Na osmon.
Na yer.
Na shamol.
Faqat cheksiz sukunat...
Go'yo bu yerda vaqtning o'zi ham to'xtab qolgandi.
Kael?..
Hech qanday javob ketmadi. Lyra asta yurishni boshladi.
Har bir qadami ostida qora suv halqa bo'lib tarqalardi.
Lekin suvning tubi ko'rinmasdi. Birdan...
kimdir kuldi. Juda tanish kulgi.
Nihoyat...Yana uchrashdik.
Lyra ortiga o'girilib qotib qoldi. Uning qarshisida...
Morvus turardi.
Qora plashi shamolsiz ham hilpirardi.
Ko'zlari zulmat ichida binafsha olovdek yonardi.
Lekin...
u Lyra tasavvur qilganidek dahshatli emasdi. Uning chehrasida g'alati sokinlik bor edi.
Morvus yaqinlashdi.
Qo'rqyapsanmi? Lyra ortga chekindi.Meni bu yerdan chiqar!
Morvus jilmaydi.
Chiqasan.Lekin avval...
bir narsani ko'rishing kerak.
U barmoq larini bir—biriga urdi. Atrofdagi zulmat oynaga aylandi.
Oyna ichida kichkina qiz yugurib yurardi. Uning qo'lida billur kapalak.
Yuzidagi tabassum juda tanish edi.
Lyra sekin pichirladi.
Bu...Menman...
Morvus bosh irg'adi.
Ha.
Yonida esa yoshroq Kael kulib turardi. lkkalasi birga daraxt ekishardi.
Bir-birlarini quvlashardi.
Go'yo ular bolalikdan tanishdek. Lyra ko'ztarini katta ochdi.
Yo'q.:Bu bo'lishi mumkin emas.Men Kaelni hech qachon ko'rmaganman.
Morvusning tabassumi yo'qoldi.
Chunki...
kimdir xotiralaringni o'chirgan.
Bu so'zlar Lyraning yuragiga o'qdek sanchildi.
Kim?
Morvus javob bermadi.
"Eldrin."
Lyra ishonmadi.
Yolg'on!Eldrin bizga yordam beryapti! Morvus chuqur xo'rsindi.Men seni aldashim mumkin.Lekin...
xotiralar aldamaydi. Oyna yana o'zgardi.
Bu safar unda Eldrin ko'rindi.
U Lyra va Kaelning peshonasiga qo'lini qo'ygandi.
So'ng...
ikkalasi ham hushini yo'qotdi.
Va ularning atrofida minglab yorug' xotiralar kapalaklarga aylanib uchib ketdi.
Lyra dahshat ichida ortga chekindi.
Nega?..Nega bunday qilgan? Morvusning nigohi uzoqqa qadaldi.Chunki...
agar sen hammasini eslab qolsang... bashorat muddatidan oldin amalga oshadi. Shu payt uzoqdan kimdir baqirdi.
LYRA!!
Bu Kaelning ovozi edi. Morvus kulimsiradi.
U seni topibdi.Lekin vaqt tugayapti.Keyingi safar uchrashganimizda... men senga eng katta sirni aytaman. Lyra qoshlarini chimirdi.Qanday sir?
Morvus unga tikilib, juda sekin dedi:
"Sen Lunarisni qutqarish uchun tanlanmagansan..."
"...sen uni uyg'otish uchun tanlangansan." Birdan qora olam yorilib ketdi.
Oppoq nur ichkariga yorib kirdi.
Kael yugurib kelib Lyraning qo'lidan mahkam ushladi.
Seni topdim!
Ular birga nur tomon sakrashdi.
Morvus esa ortda qolib, sirli tabassum bilan kuzatardi.Yuguraveringlar...Baribir oxir—oqibat...
Oy Daraxti oIdida yana uchrashamiz.
Lyra va Kael ko'zlarini ochishganda yana billur zalda edilar.
Eldrin og'ir nafas olib turardi.
Go'yo u ularni qaytarish uchun butun kuchini sarflagandek.
Lekin Lyra endi avvalgidek emasdi.
Uning xayolida bitta savol tinmay aylanardi.
"Nega men va Kael bolaligimizni eslamaymiz?"
Shu payt...
zal devoridagi barcha Taqdir Oynalari bir vaqtning o'zida chil—chil sinib ketdi.
Har bir siniq oynadan bittadan billur kapalak uchib chiqdi.
Ular zal markazida aylana boshlashdi.
Va bir ovozda pichirlashdi:
"Oy Daraxti uyg'onmoqda..." Kaelning chehrasi oqarib ketdi. U juda yaxshi bilardi...
Agar Oy Daraxti uyg'onsa, Lunarisning taqdiri ortga qaytmaydigan yo'lga kiradi.
12—qism Oy Daraxtining Uyg'onishi
"Har bir dunyoning yuragi bo'ladi. Agar u uyg'onsa, hech kimning taqdiri avvalgidek qolmaydi."
Billur kapalaklar zal bo'ylab aylanishda davom etardi.
Ular qanot qoqgan sar i havoga mayda kumush zarralar sochilardi.
Birdan...
hammasi bir nuqtada to'xtadi. Va bir ovozda pichirlashdi:
"Oy Daraxti seni kutmoqda..."
Lyra yuragining tez urayotganini his qildi.
Meni?
Kapalaklar javob bermadi.
Ular zalning narigi tomonidagi ulkan eshikka qarab uchib ketishdi.
Eshik ilgari yo'q edi.
Go'yo hozirgina paydo bo'lgandek. Eldrin chuqur xo'rsindi.
Endi ortga yo'l yo'q...
Kael darhol uning oldiga bordi.
Uni u yerga olib borolmaymiz!Hali juda erta!
Eldrin boshini sekin chayqadi.
Endi buni men ham to'xtata olmayman.Lunaris o'zi qaror qildi.
Lyra ularga qarab hayron bo'ldi.
Hech kim javob bermadi.
Bu safar jimlikning o'zi javob edi. Eshik asta ochildi.
lchkaridan oy nuridek oppoq yo'l cho'zildi.
Yo'lning ikki tomonida billur daraxtlar saf tortgan.
Ularning barglari shamolsiz ham jaranglab turardi.
Har bir tovush... qo'shiqdek eshitilardi.
Ular yo'ldan yurishda davom etishdi. Bir necha daqiqadan so'ng yo'l tugadi. Va Lyra uni ko'rdi.
Bu...
oddiy daraxt emasdi.
U osmondan ham baland edi. Tanasi kumush rang.
Shoxlari butun Lunaris uzra yoyilgan.
Har bir bargi ichida bittadan yulduz porlardi.
lldizlari esa bulutlar orasidan o'tib, cheksiz bo'shliqqa singib ketgandi.
Bu...
Oy Daraxti edi.
Lyra beixtiyor unga yaqinlashdi.
Daraxt ham xuddi uni kutayotgandek mayin porlay boshladi.
Shu payt uning qulog'iga tanish ovoz eshitildi.
"...Lyra..."
U atrofga qaradi. Hech kim yo'q edi. Yana o'sha ovoz.
"...Uyga xush kelibsan..." Lyra nafasi ichiga tushdi.
— Kim?
Bu safar javob daraxtning o'zidan keldi. Barg lari birgalikda shivirladi.
"Men seni hech qachon unutmaganman..." Lyra qo'lini asta daraxt tanasiga tekkizdi.
Shu za hoti...
ko'z oldi oqarib ketdi.
U o'zini boshqa joyda ko'rdi. Lunar is.
Ammo ming yil avvalgi Lunaris.
Hamma joy yorug’. Odamlar kulardi.
Bolalar osmonda uchayotgan kapalaklarni
quvlardi.
Va...
Oy Daraxti ostida ikkita bola o'tirardi. Biri Kael.
Ikkinchisi...
Lyra.
lkkalasi ham kichkina edi. Kael kulib dedi:
Bir kun kelib ikkovimiz ham Lunarisni himoya qilamiz!
Kichkina Lyra kulib qo'lini uzatdi.
Va'da?
Kael uning kichkina barmog'ini ushladi.
Va'da.
Birdan manzara o'zgardi.
Osmon qoraydi.
Qora olov yog'a boshladi. Morvus qo'shinlari hujum qildi. Hamma qochardi.
Kichkina Lyra yig'lardi.
Kael esa uning oldida turardi.
Shu payt Eldrin kelib ikkalasining peshonasiga qo'lini qo'ydi.
Kechiringlar...Boshqa ilojim yo'q...
Yorug' kapalaklar uchib chiqdi.
Lyra ko'zlarini ochdi. Ko'zlaridan yosh oqardi.
Men...Esladim...
Kael hayrat bilan unga qaradi.
Nimani?
Lyra titroq ovozda javob berdi.
Biz...llgari uchrashganmiz. Kaelning ko'zlari katta ochildi.Mumkin emas...Shu onda Oy Daraxti kuchli nur tarata
boshladi.
Butun Lunaris larzaga keldi.
Osmonda qadimiy belgilar paydo bo'ldi. Eldrin dahshat bilan yuqoriga qaradi.
Yo'q...Bashoratning ikkinchi qismi boshlandi... U gapini tugatishga ulgurmadi.
Oy Daraxtining tanasida ulkan yoriq paydo bo'ldi.
Yoriq ichidan esa...
qora emas...
oppoq nur chiqdi.
Nur asta—sekin inson qiyofasini ola boshladi. Uzun oq sochlar.
Oy nuridan to'qilgan libos.
Ko'zlari esa butun osmon kabi moviy edi. U asta ko'zlarini ochdi.
Va to'g’ridan—to'g’ri Lyraga qarab dedi: "Men seni ming yil kutdim..."
"Qizim..."
Lyra qotib qoldi.
— ...Qizim?
Oy Daraxti ichidan chiqqan sirli ayol kim edi? Va nega u Lyrani "qizim" deb chaqirdi?
13—qism — Oy Malikasi
"Ba'zi haqiqatlar seni ozod qiladi. Ba'zilari esa butun taqdiringni o'zgartiradi."
Butun Lunaris jimib qoldi.
Oppoq nur ichidan chiqqan ayol asta—sekin yerga tushdi.
Uning har bir qadami ostida kumush gullar ochilardi.
Shamol esa go'yo unga ta'zim qilayotgandek mayin esardi.
Ayolning ko'zlari Lyra dan uzilmasdi. Uning nigohida sog'inch bor edi.
Juda uzoq yillik sog'inch... Lyra esa qimirlay olmasdi.
İZ...Kimsiz?
Ayol kulimsiradi. Ko'zlarida yosh miltilladi.
Men...Selestis.Oy Daraxtining qo'riqchisiman. Eldrin darhol tiz cho'kdi.
Orin ham bosh egdi.
Kael esa hayrat ichida turardi.
Selestis...Axir siz afsonalarda yo'qolgan deb yozilgansiz.
Ayol sekin bosh chayqadi.
Men yo'qolmaganman.Men...
Oy Daraxti bil an birga uxlaganman. Lyra oldinga bir qadam tashladi.
Unda...Nega meni "qizim" dedingiz? Selestis chuqur nafas oldi.Chunki...Sen mening qonimdan emassan.Ammo...
mening tanlovimsan. Lyra tushunmadi.
Tanlov?
Selestis Oy Daraxtiga qaradi.
Ming yil oldin Morvus bilan urush boshlanganda, Lunaris halokat yoqasiga kelgandi.Shunda Daraxt mendan bitta Voris tanlashni so'radi.Men...
hali tug'ilmagan qalblar orasidan bittasini tanladim.
U asta Lyraning yuragiga qo'lini qo'ydi.
O'sha qalb... sendiki edi.
Birdan Oy Daraxtining barglari qattiq shivirlay boshladi.
Go'yo ular xavf sezgandek.
Kael qilichini sug'urdi.
Kimdir kelyapti. Osmon yorildi.
Lekin bu safar Morvus emas edi.
Bulutlar orasidan yuzlab billur kapalaklar uchib tushdi.
Ular Selestis atrofida aylanishdi. Birdan kapalaklar qorayish ni boshladi. Bittasi.
Ikkinchisi.
Uchinchisi...
Bir necha soniya ichida oppoq kapalaklarning hammasi qora rangga kirdi.
Selestisning chehrasi jiddiylashdi.
Yo'q...Juda kech.
Qora kapalaklar birlashib ulkan girdob hosil qildi.
Girdob ichidan tanish kulgi yangradi.
Demak...Sen uyg'onding, Selestis.
Morvus sekin zulmat orasidan chiqib keldi.
Ammo bu safar u yolg'iz emasdi. Uning ortida...
o'n ikki qora libosli odam turardi.
Har birining yuzida oq niqob.
Qo'llarida uzun qilich.
Eldrin dahshat bilan pichirladi:Soya Kengashi...Ularni yana ko'raman deb o'ylamagandim.
Morvus jilmaydi.
Men urushgani kelmadim. U Lyraga tikildi.Men...
o'zimga tegishli narsani olib ketgani keldim. Kael darhol Lyraning oldiga o'tdi.
Bir qadam ham yaqinlashma.
Morvus kulib yubordi.
Sen haligacha uni himoya qilaman deb o'ylaysanmi?Kael...Sen unga eng muhim haqiqatni aytmading. Lyra hayrat bil an Kaelga qaradi.Qanday haqiqat? Kaelning qo'llari titrardi. U gapirmoqchi bo'ldi... Lekin ovozi chiqmadi.
Morvus esa sekin dedi:
"Oy Vorisini faqat bitta odam uyg'ota oladi..."
"...va faqat o'sha odam uning kuchini butunlay yo'q qilishi ham mumkin."
Morvus barmog'i bil an Kaelni ko'rsatdi. "O'sha odam... Kael."
Lyra qotib qoldi.
Nima?..
Kael ko'zlarini yumdi.
U bu haqiqatni endi yashira olmasdi.
Shu payt uning bilagidagi qora tamg'a yana porlay boshladi...
...va bu safar u tirsagidan yelkasigacha yoyildi.
Kael og'riqdan tiz cho'kdi.
Morvusning tabassumi esa yanada kengaydi. "Endi tanlov vaqti yaqinlashmoqda..."
14—qism — Oxirgi Qasam
"Ba'zi qasamlar hayotni saqlab qoladi. Ba'zilari esa uni qurbon qilishni talab qiladi."
Oy Daraxti ostidagi havo og'irlashib ketdi. Kael hanuz tiz cho'kkancha nafas olardi.
Bilag ida gi qora tamg'a tobora kengayardi.
Go'yo zulmat uning tanasini asta—sekin egallayotgandi.
Lyra qo'rquv bilan uning yoniga yugurdi.
Kael!Senga nima bo'lyapti? Kael zo’rg’a jilmaydi.Menga emas...Qasamim tugayapti.
Morvus oldinga bir qadam tashladi.
Soya Kengashining o'n ikki a'zosi ham bir vaqtning o'zida qilichlarini sug'urishdi.
Yer qaltiray boshladi.
Selestis hassasini ko'tardi.
Oppoq nur ularni o'rab oldi.Morvus!Bu joy urush uchun emas.
Morvus kuldi.
Men ham urushni istamayman.Men faqat taqdirni o'z joyiga qaytarmoqchiman.
Lyra Morvusga tikildi.
Nega meni bunchalik xohlaysan?
Morvusning javobi kutilmagan edi.
Chunki...Men seni yo'q qilishni emas... qutqarishni istayman.
Hamma jimib qoldi.
Hatto Kael ham boshini ko'tardi.
Eldrin g'azab bilan hassasini yerga urdi.
Yetar!Yana yolg'onlaring ni boshlama! Morvus chuqur xo'rsindi.Sizlar ming yil davomida bitta haqiqatni yashirdingiz.
U Lyraga qaradi.
Agar Oy Vorisi to'liq uyg'onsa... Lunaris saqlanib qoladi.Ammo...
insonlar dunyosi yo'qoladi. Lyra yuragi muzlab ketdi.
Nima dedingiz?..
Shu zahoti Oy Daraxtining shoxlari orasida tasvirlar paydo bo'ldi.
Lyra o'z uyini ko'rdi. Onasini...
Ukalarini... Ko'chalarni...
Hammasi asta—sekin billurga aylanayotgan
edi.
Selestis ko'zlarini yumdi. U buni inkor etmadi.
Lyra titroq ovozda so'radi:
Demak...Men uyg'onsam... hamma yo'q bo'ladimi? Hech kim javob bermadi. Jimlikning o'zi javob edi. Kael asta o'rnidan turdi.
Uning yuzida og'riq bor edi. Lekin ko'zlari qat'iy edi.
Lyra.Menga qara. Lyra unga yuzlandi.
Kael cho'ntagidan kichkina kumush marjonni
chiqardi.
Bu o'sha birinchi uchrashuvdagi bi[lur marjon edi.
Buni eslaysanmi? Lyra bosh irg'adi.Ha.
Kael marjonni uning kaftiga qo'ydi.
Agar men bo'lmasam... buni asra.
Lyra kulimsirashga urindi.
Nega unday deyapsan?Sen ham men bil an ketasan—ku. Kael javob bermadi.
Faqat ko'zlarini bir lahzaga yumdi.
Birdan qora tamg'a uning butun qo'liga tarqaldi.
Osmonni momaqaldiroq yorib o'tdi. Selestis da hshat bilan baqirdi:
Yo'q!Oxirgi Qasam uyg'onyapti! Morvusning tabassumi yo'qoldi.
U birinchi marta xavotir bilan Kaelga qaradi.
Kael...Buni qilma!
Kael qilichini yerga sanchdi.
Oy Daraxti va qora tamg'a bir vaqtning o'zida porlay boshladi.
U juda sekin, ammo aniq ovozda qadimiy qasamni aytdi:
"Oy Vorisini hayotim evaziga bo'lsa ham himoya qilaman..."
"Qalbim so'nsa ham..."
"Ruhim yo'lini yo'qotmasa ham..."
"Men uni hech qachon yolg'iz qoldirmayman."
Qasam tugashi bilan... yer larzaga keldi.
Kaelning tanasi dan oppoq nur ko'tarildi. Lyra dahshat bil an uning qo'lidan ushladi.
Kael!To'xta!
Kael unga qarab mayin kuldi.
Bu uning eng sokin tabassumi edi.
Kechir...Men bu qasam ni... ming yil oldin ichganman.
Shu zahoti uning tanasi mayda yorug’ zarralarga aylana boshladi.
Lyra yig'lab yubordi.
Yo'q!Seni yana yo'qotmayman!
Kael qo'lini uzatdi.
Ammo barmoqlari allaqachon nurga aylanayotgan edi.
Uning so'nggi so'zlari shamol bilan birga eshitildi:
"Lyra..."
"Agar bir kun meni ko'ra olmasang ham..."
"...Oy nuriga qarag in."
"Men o'sha yerda bo'laman."
Kaelning tanasi butunlay yorug'likka aylanib, Oy Daraxti tomon ko'tarildi.
Lyra esa ko'z yoshlarini to'xtata olmasdi. Morvus boshini egdi.
U ham bu manzarani sukut bil an kuzatardi. Va shu on...
paydo bo'ldi.
U Kaelga juda o'xshardi.
Ammo endi u inson emas edi... Lunarisning Abadiy Qo'riqchisi edi.
15—q ism — Oy Nuridagi Va'da (Yakun)
"Haq iqiy yakun — bu hikoyaning tugashi emas. Kimningdir qalbida abadiy yashab qolishidir."
Oy Daraxti ustida suzib turgan oppoq nur asta—sekin osmon sari ko'tarildi.
Lyra qimirlay olmasdi.
Ko'z yoshlaridan atrof xiralashib ketgandi.
U kaftida Kael bergan kumush marjonni mahkam ushlardi.
Yo'q...Bu tush bo'lishi kerak... Shamol mayin esdi.
Go'yo kimdir uning sochlarini silagandek. Butun Lunaris sukutga cho'mdi.
Soya Kengashining a'zolari qilichlarini yerga qo'yishdi.
Morvus esa birinchi marta bosh egdi.
U...
haqiqiy Qo'riqchi bo'ldi. Selestis ko'zlarini yumdi.
Ming yildan beri hech kim Oxirgi Qasamni
oxirigacha bajara olmagandi.
Shu payt Oy Daraxtining barcha barglari bir vaqtning o'zida porlab ketdi.
Osmondagi qora bulutlar tarqala boshladi. Yulduzlar yana ko'rindi.
Qurigan gullar yana ochildi.
Suzuvchi orollar asta—sekin o'z joyiga qaytdi. Lunaris qutqarilgandi.
Ammo...
Lyra uchun bu g'alaba emasdi. Oradan bir necha kun o'tdi.
Lunaris yana avvalgidek yashnay boshladi. Bolalar yana billur kapalaklarni quvardi.
Yulduzlar poyezd i yana qatnay boshladi. Orzular Bog'ida yangi gullar ochildi.
Lekin...
Oy Daraxti ostida har kuni bitta qiz o'tirardi. Lyra.
U har kuni osmon tomonga qarardi.
Go'yo kimnidir kutayotgandek.
Bir oqshom...
Oy odatdagidan ham yorqin edi.
Lyra sekin pichirladi.
Sen aytganding...Oy nuriga qaragin...Men o'sha yerda bo'laman... Shu zahoti shamol esdi.
Oy nuri yerga tushdi.
Va uning ichida...
tanish siluet paydo bo'ldi. Kael.
Lekin u avvalgidek emasdi. Tanasi oppoq nurdan iborat edi.
Ko'zlari esa yulduzdek charaqlardi. Lyra o'rnidan turdi.
Kael...
Siluet jilmaydi.
Ammo bir og'iz ham gapirmadi. U faqat qo'lini yuragiga qo'ydi. So'ng osmonga ishora qildi.
Lyra yuqoriga qaradi.
Oy atrofida minglab billur kapalaklar uchardi.
Kaelning ruhi esa a sta—sekin ular orasiga qo'shilib ketdi.
Yo'qolishidan oldin uning ovozi shamol bilan birga eshitildi.
"Men ketganim yo'q..." "Meni sevgi emas..."
"Sening ishonching tirik tutadi." Yillar o'tdi.
Lunar is haqida afsonalar avloddan—avlodga o'tdi.
Odam lar Oy Daraxti haqida gapirishardi. Oy Vorisi haqida ham.
Ammo eng mashhur afsona bitta edi.
Har to'lin oy kechasida, yuragi pok inson Oy
Daraxti ostida tursa, oppoq kiyimdagi bir yigitning siluetini ko'rishi mumkin.
U adashgan larga yo'l ko'rsatadi...
Umidini yo'qotganlarga esa yana orzu qilishni eslatadi.
Uni hamma bitta nom bilan atardi. Lunarisning Abadiy Qo'riqchisi.
Oradan yana ko'p yillar o'tdi. Lyra qarib qolgan edi.
Bir kuni u yana Oy Daraxti ostiga keldi. Qo'lida o'sha eski kumush marjon.
U uni daraxt ildizlari yoniga ehtiyotkorlik bilan qo'ydi.
Kulimsiradi.
Men va'damni bajardim...Endi navbat seniki.
Shu onda mayin shamol esdi.
Kimdir uning yelkasiga qo'l qo'ygandek bo'ldi.
Lyra ortiga o'girilganda... hech kim yo'q edi.
Ammo oy nurida ikkita soya yonma—yon
tushib turardi.
Biri — Lyra.
Ikkinchisi esa... Kaelniki.
Lyra ko'zlarini yumib kuldi.
Bilardim...Sen baribir va'dang ni buzmaysan. Oy nuri yanada yorqinlashdi.
Va ikkala soya ham asta—sekin nurga aylanib, yulduzlar sari ko'tarildi.
Yakuniy satr
"Ba'zi muhabbatlar birga yashash bilan emas, bir—birini abadiy asrash bilan o'lchanadi.
Va ba'zi qo'riqchilar hech qachon ketmaydi...
Ular har safar oyga qaragan qalblarda
yashashda davom etadi."
Tamom. @
Mualtif so'zi
Har bir inson hayotida shunday tahzalar bo'ladiki, u qaysi yo'lni tanlashni bilmay qoladi. Ba'zan esa javobtarni tashqaridan emas, o'z qalbidan izlaydi. "Tushtar sattanati: Lunaris" aynan mana shu izlanish haqida yozilgan hikoyadir.
Bu asar faqat sehr, afsona yoki mo'jizatar haqida emas. U orzularni yo'qotmaslik, va'daga sodiq qolish, do'stlik, fidoyitik va eng muhimi, umid haqida.
Lyra va Kaelning sayohati menga shuni eslatdi: ba'zan eng katta qahramonlik g'alaba qozonish emas, balki boshqalar baxtli bo'lishi uchun o'zini qurbon qila olishdir. Haqiqiy qo'riqchi qilichi bilan emas, qaïbi bilan himoya qiïadi.
Agar bu hikoyani o'qib, bir tahza bo'lsa ham o'zingizni Lunaris osmoni ostida his qilgan bo'lsangiz, Oy Daraxtining shivirlashini eshitgandek bo'lsangiz yoki Kael va Lyraning taqdiriga befarq qolmagan bo'lsangiz, demak bu hikoya o'z manzitiga yetib borgan.
Ehtimol, har safar to'lin oyga qaraganingizda, siz ham bir narsani eslaysiz:
Bu hikoya yakuntandi.
Ammo har bir tugagan ertak kabi, u ham kimningdir qalbida yashashda davom etadi.
Muallif—Cleo Maren
Oʻqishga arzidi juda ajoyib 👏
Hali yangilari chiqadi 🩵