Xadicha yoshligida onasidan ayrilgan va natijada oʻgay ona qoʻlida qolgandi. U juda chiroyli, aqlli va Allohni tanigan farosatli qiz edi. Oʻgay onasi yosh qizda buncha sabr qayoqdan kelganligiga hayron boʻlar, oʻz qizi Gulrux nega unday chiroyli emasligiga ichi yonardi. Xadicha 18ga endi toʻlgan boʻlsa ham sovchilarni keti uzilmasdi. Oʻgay ona va qizi esa hasaddan kuyib yonishardi. Oʻhay ona bir kuni Xadichani mahalladagi bir bezoriga berib yuborishga koʻndirdi. Ammo Xadicha hech qanday qarshilik koʻrsatmadi. U bularni hammasi Allohni istagi bilan boʻlayotganiga va har narsada 1 hikmat borligiga ishonardi. Uning robbisiga boʻlgan sevgisi va ishonchi cheksiz edi...
* * *
Xadicha Hakimbeyga turmushga chiqdi. U Xadichani ichib kelib har kuni ursa ham Xadicha unga yaxshi munosabatda boʻlar, unga va qaynota, qaynonasiga qarshi bosh koʻtarmasdi. Kunlar oʻtdi, oylar oʻtdi vanihoyat Xadicha uchun taskin bera oladigan jajjigina qizaloq tugʻildi. U Xadichaga oʻxshab juda chiroyli edi ayniqsa koʻzlarini rangi oʻzgacha edi. Koʻzlari dengizni aks ettirib turardi. Bu esa uning chiroyiga chiroy qoʻshardi. Xadicha qizini ismini nima qoʻyishni oʻyladi. Shu payt xayoliga Jasmina ismi keldi va u qizining ismini Jasmina deb qoʻydi. Xadicha siqilgan paytlar qizi bilan ovunar, uni oppogʻim, najotkorim, Jasminim deb erkalardi.
Qizaloq ancha ulgʻaydi. Deyarli hamma narsani tushunadigan boʻlib qoldi. Otasi ichib kelib onasini urgan paytlari otasidan qattiq ranjirdi. Baʼzi paytlar xonasiga qamalib 2-3kun onasi bilan gaplashmasdi ham. Jasmin kundan kunga goʻzallashib borar shu bilan birga qoʻrs, mehrsiz va hissiz boʻlib borardi. Bir kuni dadasi ichib kelib yarim tunda Xadichani doʻppposladi. Ertalab uni koʻzi, yuzlari koʻkarib chiqqandi. Jasmin ancha katta qiz boʻlib qolgandi allaqachon 2-sinfni bitirayotgandi. U oyisini yuzlarini mehr bilan ohista silab qoʻydi. Xadicha qizi qachon oxirgi marta unga mehr bilan boqqanini eslolmasdi.
-Oyi, nega bularni hammasini tashlab keta qolmaymiz. Axir men sizni bu ahvolda koʻrishni istamayman. Nega biz hamma kabi baxtli yashamaymiz.
-Biz ketib qolsak bobong bilan buving yolgʻiz qolishadiku axir ular ancha qarib qolishgan.
deb qizini ovutardi. Jasmin onasidan:
-oyii nega meni ismimni Jasmin qoʻygansiz deb soʻradi.
Xadicha:
-sening isming jannatdagi gulni maʼnosini bildiradi derdi...
DAVOMI BOR...
❤️