
"ISMSIZ O'RMON"
1—qism — Tushda boshlangan yo‘l
"Agar bir kuni tushingizda noma'lum o'rmonni ko‘rsangiz, uyg'onganingizdan keyin bu haqda hech kimga aytmang.
Chunki o‘rmon sizning ovozingizni eslab qoladi."
— Eski afsona.
2027—yil.
Kechasi soat 03:15.
Yigirma yoshli Aren dahshat bilan uyg‘onib ketdi.
Nafasi tezlashgan.
Yuragi ko'kragini yorib chiqay derdi. U yana o'sha tushni ko'rgandi.
Cheksiz o'rmon... Qora daraxtlar...
Va uzoqda tuman orasida tik turgan odam.
Bu safar u odam birinchi marta gapirdi. Juda sekin.
Go'yo shamol pichirlayotgandek.
— ..Aren...
Yigit muzlab qoldi.
U hech qachon tushida o'z ismini eshitmagan edi.
Ertalab hammasini oddiy tush deb unutishga harakat qildi.
Telefonini oldi.
Do'stlari yozgan xabarlar. Universitet.
Oddiy hayot. Hammasi joyida edi. Lekin...
Hammomga kirganda u oyoq kiyimining tagida qora loy borligini ko‘rdi.
Nam.
Yangi.
U hayron bo'ldi.
— Kecha umuman tashqariga chiqmagan edim—ku...
Loyni yuvib tashladi.
Lekin kanalizatsiyaga tushayotgan suvdan g'alati hid keldi.
Nam tuproq hidi.
Go‘yo yomg‘irdan keyingi o'rmon. Oradan ikki kun o'tdi.
Aren yana o‘sha tushni ko‘rdi.
Bu safar u o'rmon ichida yurardi. Atrof mutlaqo jim.
Qushlar yo'q. Hasharotlar yo'q.
Hatto shamol ham esmasdi. Faqat daraxtlar.
Juda baland.
Juda qora.
Birdan uning ortidan kimdir yugurayotgandek ovoz eshitildi.
U ortiga o'girilmoqchi bo'ldi.
Shu payt qayerdandir ayol ovozi yangradi. Juda yaqin.
Ortingga qaramagin...
Aren qotib qoldi.
Kim?!
Javob kelmadi.
Faqat yana o‘sha ovoz. Bu safar yanada xavotirli.
lltimos... ortingga qaramagin...
Aren uyg'onib ketdi.
Peshonasi sovuq terga botgandi. Derazadan tong yorishayotgan edi. U chuqur nafas oldi.
Hammasi tush...
Shu payt...
TAQ... TAQ... TAQ...
Derazaga kimdir uch marta taqillatdi. Aren asta boshini burdi.
U uchinchi qavatda yashardi.
Deraza tashqarisida esa...
hech kim bo'lishi mumkin emas edi. Yana.
TAQ... TAQ... TAQ...
Bu safar ovoz sekinroq eshitildi.

tirnoq bilan oynani tirnayotgandek. Aren yurib borib pardani chetga surdi. Tashqarida...
hech kim yo'q edi.
Lekin deraza oynasining tashqi tomonida bitta jumla yozilgan edi.
Nam loy bilan.
"MEN SENI TOPDIM."
Arenning nafasi ichiga tushib ketdi.
U shosha—pisha derazani ochdi. Tashqarida hech kim yo'q.
Faqat pastdagi asfalt...
Va asfalt ustida...
nam oyoq izlari.
Uchinchi qavat derazasidan boshlangan.
Va hech qayerga olib bormaydigan oyoq izlari.
"Soat 03:13"
"Qora o‘rmon" "Derazadagi yozuv" Hech narsa chiqmadi. Faqat bitta eski forum.
Oxirgi xabar 11 yil oldin yozilgan edi.
Unda atigi bitta jumla bor edi:
"Agar qora loyni ko'rgan bo‘lsangiz... endi yugurishning foydasi yo'q."
Forum egasining profili ostida esa bitta yozuv turardi.
"Foydalanuvchi 5 kundan keyin bedarak yo'qolgan."
2—qism — Yo'qolganlar ro'yxati
Arenning qo'llari qaltirardi.
Kompyuter ekranida o‘n bir yil oldin yozilgan forum xabari ochiq turardi.
"Agar qora loyni ko'rgan bo‘lsangiz... endi yugurishning foydasi yo'q."
Pastroqda esa yana bir izoh bor edi. Uni avval sezmagan edi.
"Agar hali tush ko'rayotgan bo'lsang,
uchinchi kechagacha vaqting bor."
Xabar sanasi... 2016—yil 17—oktyabr. Muallif esa...
Bedarak yo'qolgan.
Aren forumni pastga aylantirdi.
Boshqa foydalanuvchilar ham yozishgan edi.
Lekin ularning deyarli hammasining profili ostida bir xii yozuv turardi.
"Hisob faol emas."
"Foydalanuvchi bedarak yo‘qolgan."
"Profil o‘chirildi."
Go‘yo bu forumga yozgan odamlarning hammasi...
birin—ketin g‘oyib bo'lgandi. Birdan monitor miltilladi.
Ekrandagi barcha yozuvlar o‘chirilib ketdi.
Oq fonda faqat bitta jumla paydo bo‘ldi.
"NEGA HALI HAM UYINGDASAN?"
Aren stulidan sapchib turdi.
Klaviaturani urdi. Yozuv o'chmadi.
Keyin yana bitta satr paydo bo‘ldi.
"MEN ESA ALLAQACHON ESHIGING OLDIDAMAN."
TOK... TOK... TOK...
Eshik taqilladi.
Uyning ichi jimib qoldi. Aren nafasini ushlab turdi. Yana.
TOK... TOK... TOK...
Bu safar sekinroq. Ammo aniq eshitildi.
— Kim?..
Hech kim javob bermadi.
Aren asta eshik teshigidan tashqariga qaradi.
Yo'lak bo’m—bo’sh edi.
Hech kim yo'q.
U yengil nafas oIdi. Ammo ko‘zi yerga tushdi. Eshik tagidan...
ichkariga nam qora loy kirib kelayotgandi.
Go‘yo eshik ortida loyga belangan kimdir tik turgandek.
Aren eshikni ochishga jur'at qilolmadi.
Telefonini oldi.
Politsiyaga qo‘ng’iroq qilmoqchi bo‘ldi.
Lekin...
telefon ekranida signal o'rnida bitta belgi paydo bo‘lgandi.
Oddiy daraxt belgisi.
Hech qachon ko'rmagan.
Telefon o’z—o’zidan yozishni boshladi.
"OCHMA."
Bir soniyadan keyin esa yozuv o'zgardi.
"AGAR OCHSANG, U KIRADI."
Aren birdan oshxonadan ovoz eshitdi.
Tom...
Tom...
Tom...
Go‘yo hozirgina nam oyoq bilan kimdir pol ustida yurgandek.
Lekin...
u uyda yolg'iz edi.
U sekin oshxona tomon yurdi.
Har qadamda yuragi tezroq urardi. Burchakka yetib borganda...
hech kim yo'q edi.
Faqat deraza oynasi bug‘lanib qolgan.
Bug’ ustiga esa kimdir barmog'i bilan yozib ketgandi.
"ORTINGGA QARAMA."
Arenning nafasi ichiga tushdi. Chunki bu yozuv...
uning orqasida turib yozilgan edi. U asta ko'zlarini yumdi.
Quloq solishga harakat qildi.
Sukunat.
Keyin...
Juda yaqin. Quloq tagida. Kimdir pichirladi. "...Aren..."
Bu ovoz...
uning marhum buvisining ovozi edi. Buvisi esa...
besh yil oldin vafot etgan edi.
Arenning butun tanasi muzlab ketdi.
U ortiga qarashni juda xohlardi.
Lekin tushidagi ogohlantirish yodiga tushdi.
"Ortingga qaramagin..."
uning yelkasiga muzdek qo'l tegdi.
3—qism — Ortingdagi narsa
Muzdek qo‘l...
Arenning yelkasiga sekin qo‘ndi.
Uning nafasi ichiga tushdi. Butun tanasi qotib qolgandi.
Quloqlari ostida yuragining urishi jaranglardi.
Urma...
Urma...
Urma...
Birdan buvisining ovozi yana eshitildi.
Juda mayin.
Juda tanish.
— Bolam... ortingga qara... Aren ko'zlarini mahkam yumdi. Yo'q.
Bu buvisi emas. Bo‘lishi mumkin emas. Bir necha soniya o'tdi.
Muzdek qo't asta yelkasidan sirg'alib tushdi.
Keyin...
Polda oyoq tovushlari eshitildi.
Qadam...
Qadam...
Qadam...
Kimdir uning orqasidan uzoqlashayotgandi.
Aren asta ko'zlarini ochdi.
Uy yana jimjit edi.
U sekin oldinga yurdi.
Derazaga yetib borgach, tashqariga qaradi. Ko'cha bo'sh.
Hech kim yo'q.
Shunda...
deraza oynasidagi aksida nimadir ko'rindi.
Uning orqasida...
uzun bo'yli, juda ozg'in odam silueti turardi. Yuzi yo'q.
Faqat qora bo'shliq.
Aren dahshat bilan ortiga o'girildi.
Hech kim yo'q.
Yana oynaga qaradi.
Siluet ham yo'qolgandi.
Tong otishi bilan u uydan chiqib ketdi.
Uyda qolishga jur'at etmadi.
Universitetga borgach, kechagi voqealarni hech kimga aytmadi.
Hamma odatdagidek kulardi.
Go‘yo dunyoda hech narsa bo‘lmagandek.
Faqat uning eng yaqin do'sti Miran uning rangiga qarab so'radi:
— Tinchlikmi? Kasalga o'xshab ketibsan.
Aren ikkilanib turdi.
Keyin hammasini aytib berdi. Tush.
Qora loy. Derazadagi yozuv. Eshik taqillashi.
Va...
orqasidagi mavjudot.
Miran kulib yubordi.
Sen dahshatli filmlarni ko'p ko‘ryapsan. Aren indamadi.
Shunda Miran telefonini chiqarib:
Mayli, bugun kechqurun uyingga boraman. Agar rostdan ham arvoh bo‘lsa,
selfi tushamiz.
Aren kulolmadi. Negadir...
ichida g'alati xavotir uyg'ondi.
Kechqurun Miran Arennikiga keldi.
lkkalasi ataylab chiroqlarni o‘chirib o'tirishdi.
Soat...
03:13
Hech narsa bo'lmadi. Miran kuldi.
Ko'rdingmi? Hammasi xayoting... Gapini tugatolmadi.
TOK... TOK... TOK...
Deraza taqilladi.
Bu safar ikkalasi ham eshitdi. Miranning kulgisi birdan yo‘qoldi.
.Bu nima edi? Yana.
TOK... TOK... TOK...
Aren derazaga yaqinlashdi. Pardani sekin ochdi.
Deraza tashqarisida... hech kim yo'q edi.
Miran yengil xo'rsindi.
Shamoldir...
Shu payt Aren pastga qaradi.
Deraza oynasining tashqi tomonida...
ikki dona kaft izi bor edi.
Uchinchi qavat balandligida.
Go‘yo kimdir tashqaridan oynaga ikkala qo'lini bosib turgandek.
Miranning yuzi oqarib ketdi.
Bu...
Bu qanday bo‘lishi mumkin?.. Birdan uning telefoni jiringladi. Noma'lum raqam.
U javob berdi.
Bir necha soniya jim turdi.
Keyin rangi oqarib, telefonni sekin tushirib yubordi.
Nima bo'ldi?!
Miran titrayotgan ovozda javob berdi.
Telefonda...
mening ovozim gapirdi.
U faqat bitta gapni aytdi. Arenning tomog‘i qurib ketdi.Nima dedi?..
Miran sekin boshini ko'tardi.
Ko'zlari dahshatdan katta ochilgandi.
"Endi u seni emas... ikkalangizni ham taniydi.''
Shu zahoti uyning barcha chiroqlari bir vaqtda o'chib qoldi.
Qorong‘ilik ichidan esa...
ikkita emas... uchta nafas olish ovozi eshitildi.
4-qism — Uchinchi nafas
Xona mutlaq qorong'ilikka cho‘mdi.
Na Aren...
Na Miran...
Hech biri qimirlay olmadi. Faqat nafas ovozlari.
Bittasi — Arenniki. Ikkinchisi — Miranniki. Uchinchisi esa...
Juda sekin.
Juda og'ir.
Go'yo kimdir uzoq yugurib kelgandek nafas olayotgandi.
Miran pichirladi:
Aren...U... qayerda?
Aren javob bera olmadi. Chunki uchinchi nafas...
endi uning qulog'i ostidan eshitilayotgandi.
Shu payt elektr qaytdi. Chiroqlar birdan yonib ketdi. lkkalasi ham atrofga alangladi. Uy bo’m—bo’sh.
Hech kim yo'q.
Miran titrab kulishga urindi.
K—ko'rdingmi...Hech narsa yo'q ekan...
Lekin Arenning nigohi devorga qadaldi. Devor oppoq edi.
Endi esa unda nam qora loy bilan yozilgan bitta jumla turardi.
"IKKALANGIZNI HAM SANADIM."
Shu lahzada Miran qichqirib yubordi.
Aren!
Uning qo‘li...
Uning chap qo‘lining kaftida kichkina qora belgi paydo bo‘lgandi.
Daraxtga o'xshash belgi.
Xuddi telefon ekranidagi belgining o'zi. Belgi bir necha soniya ichida yo'qolib ketdi. Ammo ikkalasi ham uni aniq ko'rgan edi.
Ertasi kuni.
Aren universitetga bordi.
Lekin Miran kelmadi.
Telefoniga qo‘ng’iroq qildi. "Abonent tarmoqdan tashqarida." Xabar yozdi.
Yetib bormadi.
U Miranning uyiga yugurdi. Eshikni onasi ochdi.
Ayolning ko‘zlari yig'idan qizarib ketgan edi.
Kechadan beri Miran uyga kelmadi...— Politsiya qidiryapti.
Arenning yuragi muzlab ketdi.
U Miran haqida o'ylab turganida...
Kechirasiz...Siz kimsiz?
Aren hayron bo'ldi.
Men Arenman.Miranning do'stiman.
O’g‘limning bunday do'sti bo'lmagan.
Aren cho'ntagidan telefonini chiqardi. Kecha Miran bilan tushgan suratni ochdi. Qo‘llari titrab ketdi.
faqat Aren turardi.
Yonidagi Miran...
yo'q edi.
Go‘yo u hech qachon u yerda bo‘lmagandek. Aren shosha—pisha universitetga qaytdi.
Guruhdoshlaridan so'radi:
Miran qani?
Hamma bir—biriga qarab kulimsiradi.
Miran?Bizning guruhda bunaqa odam o'qimaydi.Sen o'zingni yaxshi his qilyapsanmi? Arenning boshi aylanib ketdi.
Bu mumkin emas edi.
Kechagina u bilan birga dars qilgan edi.
Uyga qaytayotib u yo'l chetidagi gazeta do'koniga ko'zi tushdi.
Peshtaxtada eski, sarg'aygan gazeta yotardi. Sanasi...
2004—yil.
Birinchi sahifada katta sarlavha bor edi.
"ISMSIZ O'RMON YANA BIR INSONNI YUTDI."
Aren gazetani sotib oIdi.
lchkarida bedarak yo‘qolganlar ro'yxati bor edi.
lsmlar...
Rasmlar...
Sana.
U varaqlay boshladi. Birdan qo'llari qotib qoldi. Oxirgi sahifada...
bugungi sana yozilgan edi. 2027—yil.
Va ro'yxatning eng oxirida hali siyohi qurimagan bitta ism turardi.
AREN
Uning tagida esa mayda harflar bilan yozilgandi:
"Navbatdagisi allaqachon tanlangan."
Aren dahshat bilan gazetani qo'lidan tushirib yubordi.
Gazeta yerga tushishi bilan oxirgi sahifa o'z—o'zidan ag‘darildi.
Orqa tomonida esa bitta eski qora—oq surat bor edi.
Suratda tuman bosgan o'rmon. Daraxtlar orasida esa...
Arenning o'zi turardi.
Ammo surat 2004—yilda olingan edi.
O‘sha paytda Aren hali tug'ilmagan ham edi.
5—qism — Oqartirilgan surat Arenning qo'llari qaltirardi.
Yerga tushgan gazetani yana qo‘liga oldi.
Suratga tikildi.
Bu hazil bo'lishi mumkin emas edi. Suratning pastki burchagida aniq yozilgan
sana bor edi. 14—noyabr, 2004—yil. Ammo suratdagi bola... Arenning o'zi edi.
Bir xii yuz.
Bir xii ko'zlar.
Faqat sakkiz—to'qqiz yoshlar atrofida. Lekin Aren...
2007—yilda tug'ilgan.
— Bu... qanday bo'lishi mumkin?..
Birdan gazetaning sahifalari shamol bo'lmasa ham o z—o'zidan varaqlana boshladi.
Sharaq...
Sharaq...
Sharaq...
Oxirgi sahifaga kelganda to'xtadi.
Bu safar yangi jumla paydo bo'ldi.
Go‘yo siyoh hozirgina yozilayotgandek.
"SEN HECH QACHON TUG'ILMAGANSAN gi
Aren gazetani dahshat bilan yerga uloqtirdi. Atrofdagi odamlar esa...
hech narsani ko'rmayotgandek yurishda davom etishardi.
Go‘yo bu gazeta faqat unga ko'rinayotgandi.
Uyga qaytgach, Aren eski albomlarni qidira boshladi.
Bolalik rasmlari. Maktab bayramlari. Tug'ilgan kunlar.
Hammasi joyida edi.
Lekin bir narsa g'alati edi. Har bir suratning fonida... bir xii qora daraxt turardi.
Ba'zan uzoqda.
Ba'zan deraza ortida.
Ba'zan esa...
juda yaqin.
Aren ilgari bunga hech qachon e'tibor bermagandi.
U kattalashtirib qaradi. Daraxt ortida...
kimdir turardi.
Uzun bo'yli.
Ozg'in.
Yuzi qorong'ulik ichida.
Lekin...
har bir suratda u Aren tomonga qarab turardi.
Shu payt uy telefoni jiringladi.
Bu raqamni deyarli hech kim bilmasdi. Aren javob berdi.
Qarshi tomondan xirillagan erkak ovozi
eshitildi.
Nihoyat...Seni topdim.Kimsiz siz?!
Bir necha soniya sukut saqlandi. Keyin erkak sekin dedi:
Men...
bundan oldingi Arenman.
Arenning qo'lidan telefon sirg‘alib tushay dedi.
Nima dedingiz?..Vaqting juda oz.O'rmon seni hali olib ketmagan.Lekin u allaqachon seni almashtirishni boshlagan.
Aren ovozi titrab so‘radi:
Almashtirish?.. Erkak chuqur xo'rsindi.O'rmon odamlarni o'ldirmaydi.U ularning o'rniga boshqasini yaratadi.Har safar bitta Aren yo‘qoladi...Uning o'rniga yangi Aren keladi.Va hech kim buni sezmaydi.
Shu zahoti aloqa uzildi.
Telefon ekranida esa bitta koordinata paydo bo'ldi.
* 47.113° N
* 129.80ó° E
Va ostida bitta jumla.
"Agar haqiqatni bilmoqchi bo‘lsang, bugun yarim tunda kel."
Kechasi soat 25:58.
Aren koordinata ko'rsatgan joyga yetib bordi. Bu eski, tashlandiq temiryo‘l bekati edi.
Vagonlar zang bosgan.
Relslar ustini o't bosib ketgan.
Atrofni qalin tuman qoplagan.
Birdan tuman ichidan kimdir chiqdi. Yoshi qariyb elliklarda.
Sochlari oqarib ketgan.
Ko'zlari uyqusiz odamnikidek chuqur botgan. U Arenni ko‘rishi bilan muzlab qoldi.
Ko'zlariga yosh keldi. Va pichirladi:
Demak...Bu safar ham aynan men kabi boshlanibdi...
Aren asta yaqinlashdi.
— SÎİZ... I‹İI+ISİ Zî’
Erkak cho'ntagidan eski hamyon chiqardi.
Ichidan sarg'aygan shaxsiy guvohnomani uzatdi.
Aren uni ochdi.
Qo‘llari titray boshladi. Guvohnomadagi ism...
AREN
Rasm esa...
qarshisida turgan qari odamniki emas edi. Bu uning o‘z rasmi edi.
Shu payt relslar orasidan uzoq hushtak ovozi
eshitildi.
Ammo bu bekatdan...
qirq yildan beri birorta ham poyezd o'tmagan edi.
Tuman orasida esa asta—sekin...
boshladi.
Eshiklari o’z—o’zidan ochildi.
"...Uyga qayt..."
6—qism — Yo‘lovchilar
Qora poyezd shovqinsiz reis ustida sirg‘alib kelardi.
G‘ildiraklar aylanardi. Ammo...
hech qanday ovoz chiqmasdi.
Go‘yo relslar ham undan qo'rqayotgandek edi.
Eshik sekin ochildi. lchkaridan sovuq havo urildi.
Aren yonidagi qari odam uning bilagidan mahkam ushladi.
Ichkariga chiqma.Nega?
Qari odamning ovozi titradi.
Ular o'rniga boshqalarni qaytaradi.
Aren javob berishga ulgurmay qoldi. Poyezd ichidan bolakay ovozi eshitildi.
Aka...
Uyga ketmaymizmi?
Aren seskanib ichkariga qaradi.
Oxirgi o'rindiqda sakkiz yoshlardagi bola o'tirardi.
Yuzida mayin tabassum.
Qo'lida esa eski ayiqcha o'yinchoq. Qari odam birdan oqarib ketdi.
Yo'q...Yana u...
Aren hayron bo'ldi.
Siz uni taniysizmi?
Qari odam ko'zini boladan uzmay pichirladi:
Bu bola...
1983-yilda yo‘qolgan. Arenning yuragi tez urib ketdi.
Nima?!Bu mumkin emas.
Qari odam boshini chayqadi.
Ismsiz O'rmonda vaqt o'tmaydi.Kim kirsa...
Qaysi yoshda kirgan bo'lsa, o'sha holda qoladi.
Shu payt bola boshini ko'tardi.
Va asta jilmaydi.
Amaki...
Nega yig‘layapsiz?
Qari odamning ko'zlaridan yosh oqib tushdi.
Bu...
Mening ukam...
Birdan poyezd ichidagi barcha yo'lovchilar bir vaqtning o'zida boshlarini Aren tomonga burishdi.
Ularning soni o'ttizga yaqin edi.
Qariya.
Ayol.
Talaba.
Kichkina qiz.
Harbiy.
Hammasining ko'zlari oppoq. Qorachig‘i yo'q.
Va ular bir ovozda gapirishdi: "Yangi yo'lovchi keldi..."
Aren ortga chekindi.
Lekin qadam tovushi orqasidan eshitildi.
U burildi.
Bekat...
Yo'q edi.
Temiryo'l ham. Qari odam ham.
Atrofni faqat qalin o'rmon o'rab turardi. Qora poyezd esa...
endi daraxtlar orasida turardi.
Go'yo u hech qachon relsda yurmagan.
Poyezd eshigi sekin yopila boshladi.
Ichkaridagi bola oxirgi marta Aren tomonga qaradi.
Va juda sekin dedi:
"Agar bu eshik yopilsa... sening ismingni ham unutishadi."
Eshik "gurs" etib yopildi.
Shu zahoti o'rmon ichidan...
uzoq, cho'ziq hushtak ovozi yangradi. Bu safar esa...
hushtakka yuzlab odamlarning kulgisi aralashib ketgandi.
7—qism — O‘rmonning qoidalari
Qora poyezd g'oyib bo'ldi. Atrof yana sukunatga cho‘mdi. Aren yolg'iz qolgandi.
U endi shaharda emasdi.
Bu yer...
tushlaridagi o'sha o'rmon edi. Qora daraxtlar.
Qalin tuman. Nam tuproq hidi. Va...
mutlaq sukunat.
Bu sukunat shu qadar og'ir ediki, Aren o'z yuragi urishini ham eshitardi.
U telefonini chiqardi. Signal yo'q.
Soat esa...
03:13.
Aren yurishni boshladi. Oradan besh daqiqa o'tdi. Yana telefoniga qaradi.
Hali ham...
03:13.
Yana yurdi.
Yana o'n daqiqa. Soat o'zgarmagan.
Go‘yo bu o'rmonda vaqt ham adashib qolgan edi.
Birdan daraxt tanasiga mixlangan eski yog'och taxtani ko‘rdi.
Undagi yozuv deyarli o'chib ketgan.
Lekin o‘qish mumkin edi. "ISMSIZ O'RMON QOIDALARI"
Ortingga qaramagin.
Ismingni baland aytma.
Agar yig'layotgan bolani ko'rsang, yoniga borma.
Agar daraxtlar saning ismingni bilsa... yugurma.
Eng muhimi... agar o‘rmon seni kechirsa ham, sen o'zingni kechirma.
Oxirgi qoida ostida esa qon bilan
yozilgandek ko'ringan yana bir jumla bor edi. "Men beshinchi qoidani buzdim..."
lmzo yo q edi.
Aren taxtaga tikilib turganida... orqasidan shox sinish ovozi eshitildi. Qars...
Keyin yana.
Qars...
Kimdir daraxtlar orasida yurardi. Lekin qadam tovushi g'alati edi. U odamga o‘xshab yurmasdi.
Har uchinchi qadamdan keyin... to'xtardi.
So'ng yana yurardi.
Qars... Qars... Qars... Sukut.
Qars... Qars... Qars...
Aren sekin ortga tisarildi.
Shunda tuman orasidan qizaloq chiqdi.
Taxminan yetti yoshda.
Oppoq ko'ylak kiygan.
Qo‘lida matodan tikilgan qo‘g’irchoq. Uning yuzi pastga qaratilgan edi.
Qizaloq yig‘layotgandi. Juda sekin.
— Onamni topolmayapman... Arenning yuragi ezildi.
U bir qadam oldinga tashladi.
Ammo...
uchinchi qoida yodiga tushdi.
"Agar yig‘layotgan bolani ko‘rsang, yoniga borma ''
U to‘xtadi.
Qizaloq esa yig'lashdan to‘xtab qoldi. Sekin boshini ko‘tardi.
Arenning nafasi ichiga tushdi.
Qizning ko'zlari yo'q edi. Faqat bo’m—bo’sh qorong‘ulik. U tabassum qildi.
Juda keng.
Inson og'zidan kengroq.
— Nega kelmading?..
Ovozi endi bolaniki emasdi.
Bir vaqtning o'zida o'nlab odam gapirayotgandek eshitildi.
Shu zahoti butun o'rmonda daraxtlar
shitirlay boshladi.
Go‘yo shamol esayotgandek. Lekin...
havo qimirlamasdi. Aren yuqoriga qaradi. Va qotib qoldi.
Daraxtlarning barglari yo'q edi.
Ular...
minglab mayda qora qo'llar edi. Shoxlardan osilib turgan.
Va hammasi...
Arenni ko‘rsatib turardi.
Keyin o'rmonning o‘zi gapirdi.
Ovoz qayerdan kelayotganini bilib bo'lmasdi.
Go‘yo har bir daraxt bir vaqtning o'zida pichirlardi.
"...Aren. ''
Yana.
"...Aren. ''
Va keyin yuzlab ovoz birlashdi.
"...BIZ SENING ISMINGNI ESLAB QOLDIK..."
Yer qimirlay boshladi.
Daraxtlarning ildizlari tuproq ostidan ilonlardek chiqib, Arenning oyoqlari tomon sudralardi.
Aren ortga chekinmoqchi bo'ldi.
Ammo ortida...
haligi qizaloq turardi.
U endi yig'lamasdi.
Faqat jilmayib turardi.
Va qo‘lini asta Aren tomonga cho'zdi.
Endi sen ham daraxt bo‘lasanmi?..
Shu onda uzoqdan kimningdir baqirig‘i eshitildi.
YERGA YOT! HOZIR!
Aren o'ylashga ulgurmay o'zini yerga tashladi.
Keyingi lahzada uning boshi ustidan kumush rang o q uchib o'tdi.
U qizaloqqa tegdi.
Qizning tanasi qichqiriq bilan qora tutunga aylanib, havoga sochilib ketdi.
Aren ortiga qaradi.
Tuman orasidan uzun qora plash kiygan,
yuziga niqob taqqan noma'lum ovchi chiqib kelayotgandi.
U qo‘lidagi kamonni tushirmay, sovuq ohangda dedi:
"Sukut saqla. U hali seni to‘liq ''
t
Uyg O magan.
8—qism — Ism Yig'uvchi
Kumush o q tekkan zahoti qizaloqning tanasi tutunga aylandi.
Lekin u qichqirib yo'qolmadi. U kuldi.
Juda baland.
Juda g'alati.
Kulgi butun o‘rmon bo'ylab aks—sado berdi. Keyin esa...
hammasi yana jim bo'ldi.
Niqobli ovchi kamonini tushirmadi.
Uning ko'zlari qora niqob ortidan ham sovuq chaqnardi.
O'rningdan tur.Aren asta o'rnidan turdi.Siz... kimsiz?Ovchi javob bermadi.
U daraxtlarga qarab quloq soldi. Go'yo nimanidir eshitayotgandek. So'ng pichirladi:
U uyg'onyapti...Kim?
Ism Yig'uvchi.
Aren bu nomni birinchi marta eshitayotgandi.
U nima?
Ovchi sekin boshini ko'tardi.
Odamlar lsmsiz O‘rmonni la'nat deb
o‘ylashadi.
O‘rmonning o'zi begunoh.Eng dahshatlisi...
— uning egasi.
Shu payt uzoqdan qo’ng’iroq ovozi eshitildi. Dong...
Dong...
Dong...
Bu cherkov qo’ng‘irog’iga o'xshardi.
Har bir zarbdan keyin daraxtlar sal egilib, yana tiklanardi.
Go'yo ular ham qo’ng‘iroqni tinglayotgandek. Ovchi shosha boshladi.
Vaqtimiz tugayapti.Meni kuzat.Ortimdan yur.Lekin...Nima bo'lsa ham...Mening ismimni so‘rama.
Aren hayron bo'ldi.
Nega?
Ovchi bir zum jim qoldi. Keyin juda sekin javob berdi.
Chunki...Men uni unutganman. Arenning yuragi siqildi.O‘z ismingizni unutganmisiz? Ovchi kuldi.
Lekin bu kulgi quvonchli emasdi.
Yo'q.Uni u olib qo'ygan.Bu o'rmonda eng qimmat narsa hayot emas.Ism.
Ular tuman ichidan yurishda davom etishdi.
Birdan Aren daraxtlarning birida g'alati narsani ko'rdi.
Daraxt po‘stlog’iga minglab ismlar o'yib yozilgandi.
Ba'zilari eski. Ba'zilari yangi. Mira
Kay Leya Yuna Va...
eng pastida...
hali yangi o'yilgan yozuv.
AREN.
Yo'q...
Bu mumkin emas...
Aren qo'li bilan o'z ismini artmoqchi bo'ldi. Ovchi baqirib yubordi.
TEGMA!
Ammo kech edi.
Aren barmog'ini daraxtga tekkizgan zahoti...
butun o‘rmon titrab ketdi.
Yer ostidan g'alati ovoz keldi.
Go‘yo juda katta narsa uyg‘onayotgandek.
Daraxtlarning orasidagi tuman asta—sekin chekina boshladi.
Qorong‘ulik ichidan ulkan siluet ko'rindi.
Avval oyoqlari. Keyin uzun qo‘llari. Keyin...
boshi.
Lekin uning yuzi yo‘q edi. Yuzi o'rnida...
minglab ismlar aylanib yurardi.
Har bir ism porlab, keyin yo'qolardi.
Ular orasida Aren bitta ismni aniq o'qidi.
MIRAN.
Keyin yana biri.
BUVISI.
Va... birdan... AREN.
Ism porlagan zahoti ulkan mavjudotning boshi sekin Aren tomonga burildi.
Uning ovozi momaqaldiroqdek butun o'rmonni larzaga soldi.
"MEN... SENI... ESLAYMAN..."
Ovchi rangi oqarib ketdi.
U bir qadam ortga chekindi.
Va hayotida birinchi marta qo‘rqayotgandek pichirladi:
"Yugurma... Agar yugursang, u seni ovlaydi..."
Ammo aynan shu lahzada Arenning oyog'i ostidagi quruq shox...
QARS! ...deb sinib ketdi. Ulkan mavjudot sekin jilmaydi. Va pichirladi:
"Endi o'yin boshlandi."
9—qism — lsmsizlar ibodatxonasi
Quruq shoxning sinish ovozi butun o'rmon bo'ylab tarqaldi.
QARS...
Bir lahza. lkki lahza. So‘ng...
hamma daraxtlar bir vaqtning o‘zida Aren
tomonga burilgandek bo'ldi. Ularning shoxlari shitirlamasdi. Lekin...
ular nafas olayotgandi.
Ulkan mavjudot bir qadam tashladi. Yer larzaga keldi.
Ikkinchi qadam.
Daraxtlarning po’stlog‘i yorila boshladi. Uchinchi qadam.
Tuman qonga o'xshash qizg'ish tusga kirdi.
Ovchi kamonini tortdi.
Qo‘lidagi uchta kumush o‘q bir paytda uchib ketdi.
Shuuu...!
O‘qlar mavjudotning ko'ksiga tegdi.
Lekin...
ular go‘yo suvga tekkandek ichiga singib ketdi.
Hech qanday jarohat qolmadi.
Mavjudot sekin boshini egdi.
Go‘yo kulayotgandek.
Kechikding...
uning ovozi daraxtlarning orasidan emas...
Arenning boshidan eshitildi.
Nima?..Men seni...
tug'ilganingdan oldin ham bilardim...
Arenning quloqlaridan qon sizib chiqdi. U tiz cho'kdi.
Ovchi uning qo'lidan tortdi.
Yugur!Axir...Hozir!
lkkalasi tuman ichiga qarab yugurishdi. Lekin orqalaridan qadam tovushi kelmasdi. Bu yanada dahshatli edi.
Mavjudot...
ularni quvlamayotgandi.
U ularning qayerga borishini bilardi.
Bir necha daqiqadan so‘ng ular ulkan tosh darvoza oldiga yetib kelishdi.
Darvozaga hech qanday yozuv bitilmagan edi.
Faqat minglab kaft izlari.
Katta.
Kichik.
Qari.
Bola.
Go‘yo yuzlab odamlar chiqishga uringan.
Ammo... ichkaridan.
Ovchi kaftini darvozaga qo'ydi. Tosh sekin gumburlab ochildi. lchkaridan sovuq shamol urildi. Bu...
yer ostidagi ulkan ibodatxona edi.
Har bir ustunda ism o'yib yozilgan. Ba'zilari o'chib ketgan.
Ba'zilari esa xuddi hozir yozilgandek yangi.
Aren devorga yaqinlashdi. Shunda nafasi ichiga tushdi.
Devorning o'rtasida ulkan xarita bor edi.
Unda dunyoning turli mamlakatlari belgilangan.
Har bir belgi ustida son yozilgan.
Yaponiya — 45
Turkiya — 11
Braziliya — 28
O‘zbekiston — 7
Aren hayron bo'ldi.
Bu sonlar nima? Ovchi indamadi.
U faqat sekin javob berdi:
Hozir...
tirik qolganlar soni.
Nima deganingiz bu?..Har bir mamlakatda lsmsiz O‘rmonni ko'rgan odamlar bor.Ular yashirinib yurishadi.Chunki...
ularning ismlari allaqachon o’g’irlangan.
Arenning yuragi tez urib ketdi.
Demak...Men yolg‘iz emasman? Ovchi bosh irg'adi.Yo‘q.Lekin ularning deyarli hammasi...
oxir—oqibat...
unga qaytadi.
Shu payt ibodatxona tubidan bolakayning kulgisi eshitildi.
Aren ovoz kelayotgan tomonga yurdi.
Tor yo'lak.
Qorong‘u xona. Xonaning o‘rtasida... eski quduq.
Quduq ichidan bolalar ovozi chiqardi.
Yordam bering...Juda sovuq...Men uyga ketmoqchiman... Aren quduq ichiga qaradi.
Va dahshatdan qotib qoldi. Quduq tubida...
suv yo'q edi.
U yerda...
minglab odamlarning yuzlari devorlarga yopishib turardi.
Ular tirik edi.
Ko'zlarini ochib, Aren tomonga qarashardi. Hammasi bir vaqtda qo'llarini cho‘zdi.
Bizni eslab qol...lltimos... ismimizni unutma...Shu lahzada Aren ular orasida tanish yuzni ko'rdi.
Miran.
U ham devorga yopishib qolgan edi.
Ko'zlari yoshga to'lgan.
U zo’rg’a lablarini qimirlatdi. "Aren... bu ovchiga ishonma..." Aren dahshat bilan ortiga burildi. Ammo...
ovchi yo‘q edi.
Uning o'rnida faqat yerga tushgan qora niqob yotardi.
Niqobning ichki tomoniga esa bitta ism o'yib yozilgandi.
"AREN."
Ibodatxona ichida birdan o'sha tanish ovoz yangradi.
Bu safar juda yaqin.
Juda sokin.
Go‘yo kimdir Arenning yelkasiga engashib gapirayotgandek.
*”"Endi tushundingmi?.. Bu yerga seni men olib kelmadim ''
KELASAN."
10—qism — Birinchi Aren
Ibodatxona yana jimib qoldi.
Aren qo'lidagi qora niqobga tikilib turardi. Ichki tomonida bitta ism o'yilgan edi.
AREN.
Uning qo‘llari titray boshladi.
Bu... qanday bo'lishi mumkin?..
Quduq ichidagi Miran yana baqirdi.
Aren!Uni taqma!lltimos!
Aren javob berishga ulgurmadi.
Niqob birdan qizib ketdi.
Go‘yo ichida yurak urayotgandek edi.
Dup...
Dup...
Dup...
Keyin u o’z—o’zidan havoga ko'tarildi.
Va sekin...
Arenning yuziga yopishdi.
Birdan hamma narsa o'zgardi. Atrofdagi ibodatxona g'oyib bo‘ldi. Qora o'rmon ham.
U o'zini keng dashtda ko'rdi.
Osmon moviy.
Quyosh charaqlab turardi. Bu yer qo'rqinchli emasdi. Aksincha...
juda tinch edi.
Uzoqda daraxt tagida bir bola o'tirardi.
Taxminan o‘n yoshda.
Qo'lida yog'ochdan yasalgan kichkina qush. Bola kulib Aren tomonga qaradi.Nihoyat kelding. Aren yaqinlashdi.Sen kimsan? Bola jilmaydi.Men...
birinchi Arenman.
Arenning nafasi ichiga tushdi.
Birinchi?..Ha.Sendan oldin ham Arenlar bo'lgan.Sendan keyin ham bo'ladi.Men esa...
eng birinchisi edim.
Nima deyapsan?..
Bola yerga bitta chiziq chizdi. Keyin uning yoniga yana bitta.
Yana.
Yana.
Nihoyat yuzlab chiziqlar paydo bo'ldi.Har bir chiziq...
bitta Aren.
Har safar biri yo'qoladi.Yangi biri tug'iladi.Lekin ular... aslida bitta odam.
Arenning boshi aylanib ketdi.
Bu mumkin emas!Mening ota-onam bor!Bolaligim bor! Bola xafa kuldi.Hammasi bor.Chunki...
o‘rmon sen uchun ularni yaratgan. Shu zahoti osmon qoraya boshladi.
Bola kulishni bas qildi.
U kelyapti.Kim?
Bola asta boshini ko'tardi. Ko'zlarida qo'rquv paydo bo'ldi.
Men ham uning ismini ayta olmayman.Chunki...
u ismni eshitgan odamni hech qachon qo‘yib yubormaydi.
Birdan dasht yorilib ketdi.
Yer ostidan ulkan qora ildizlar chiqdi. Ular bolani o'rab oldi.
Aren yugurdi.
Yo'q!
Lekin kech edi.
lldizlar bolani qorong'ilikka torta boshladi. Bola qo‘lini uzatdi.
Aren!Esingda tut!O'rmonning egasi...
hech qachon odam bo'lmagan!
Shu zahoti bola qorong'ilik ichida g'oyib bo'ldi.
Aren ko'zini ochdi.
U yana ibodatxonada edi.
Qora niqob yerga tushib sinib ketgan. Quduq...
bo'sh edi.
Miran ham yo'q.
Ovchi ham.
Go‘yo ular hech qachon bu yerda bo'lmagandek.
Lekin ibodatxonaning eng oxirida...
ilgari bo‘lmagan ulkan tosh eshik paydo bo'lgandi.
Eshik asta—sekin ochildi.
Ichkaridan juda qadimiy, chuqur ovoz
yangradi.
"Oxiri sen qaytding..."
Aren yuragi tez urib, eshik ichiga qaradi. Ichkarida hech kim yo'q edi.
Faqat bitta ulkan daraxt. Ammo bu oddiy daraxt emasdi.
Uning tanasi odam yuzlaridan iborat edi. Minglab yuzlar.
Kulayotgan.
Yig'layotgan.
Yalinayotgan.
Va daraxtning eng tepasida... hali ham tirik odam osilib turardi. U sekin boshini ko'tardi.
Bu...
Arenning otasi edi.
Ammo Arenning otasi unga bolaligida vafot etgan deb aytilgan edi.
Otasi ko'zlarini zo‘rg‘a ochdi va pichirladi:
"...Qoch... U hali seni haqiqiy isming bilan chaqirmadi..."
Shu zahoti daraxtning barcha yuzlari bir vaqtda ko'zlarini ochdi.
Va bir ovozda kulib yubordi.
11—qism — Haqiqiy ism
Daraxtning barcha yuzlari birdaniga kuldi.
Bu kulgi...
odamnikiga o‘xshamasdi.
Go‘yo minglab tomoq bir vaqtda kulayotgandi.
Ibodatxona devorlari larzaga keldi. Aren esa qotib qolgandi.
Uning nigohi faqat bitta odamda edi.
Otasi.
Daraxt shoxlariga zanjir bilan osilgan.
Oriq.
Rangi oqarib ketgan. Lekin tirik.
Dada...
Otasi zo’rg’a boshini ko'tardi.
Yaqinlashma...U seni shuni kutyapti...
Aren uning oldiga yugurmoqchi bo'ldi.
Shu zahoti yer ostidan qora ildizlar chiqib, oyog'ini mahkam ushlab oldi.
Harakat qilishning iloji yo'q edi.
Shu payt daraxt tanasida yoriq paydo bo'ldi. Yoriq sekin kattalashdi.
Ichidan uzun bo‘yli odam chiqdi. U qora kiyimda edi.
Yuzi esa...
mutlaqo yo'q edi. Na ko'z.
Na og‘iz.
Na burun.
Faqat silliq oq teri.
Lekin u gapirganda ovoz har tomondan
eshititdi.
Nihoyat...Oxirgi Aren...
Mavjudot asta Aren tomon yurdi.
Har qadam bosganida daraxtlarning yuzlari birma-bir ko'zlarini yumardi.
Go'yo ular undan qo'rqardi.
Sen...
Ism Yig'uvchimisan? Mavjudot boshini qiyshaytirdi. Bir necha soniya jim turdi.
So'ng...
birinchi marta kuldi.
Yo'q.Ism Yig‘uvchi...
faqat mening xizmatkorim. Arenning tanasi muzlab ketdi. Demak...
bundan ham dahshatliroq narsa bor edi.
Unda sen kimsan?
Mavjudot sekin qo'lini ko'ksiga qo'ydi.
Men...
Unutilganlarning Podshosiman.
Men odamlarning ismlarini olmayman.Men...
ularni mavjud bo'lmagan qilaman.
Shu lahzada daraxtdagi yuzlar birma—bir gapira boshladi.
Men shifokor edim...Men uyimga qaytmoqchi edim...Mening qizim meni kutyapti...

Har bir ovoz yurakni ezardi.
Otasi ko'zini yumib pichirladi.
Unga ishonma...U yolg‘on gapiradi...
Podsho kuldi.
Yolg'onmi?
U qo‘lini havoda silkidi. Ibodatxona g'oyib bo'ldi.
Aren yana o‘z shahrida turardi. Odamlar ko‘chada yurardi.
Mashinalar o'tardi. Hammasi odatdagidek.
Qaragin.Seni kim tanir ekan?
Aren birinchi bo'lib ko'chadagi ayolga yugurdi.
Kechirasiz!
Ayol unga befarq qaradi.
Siz kimsiz?
U do‘kon egasiga bordi.
Men Arenman!
Do'konchi boshini chayqadi.
Birinchi marta ko'ryapman.
U uyiga yugurdi.
Eshikni onasi ochdi.
Ayolning chehrasi begona edi.
Kechirasiz, kimni qidiryapsiz?
Arenning ko'zlari yoshga to'ldi.
Ona...
Bu men—ku...
Ayol ortiga chekindi.
Men sizni tanimayman.
Eshik yuziga yopildi.
Podshoning ovozi yana yangradi.
Ko'rdingmi?Men hali hech narsa qilganim yo'q.Bu...
shunchaki senga kelajakni ko‘rsatdim.
Agar haqiqiy ismingni topsam...
butun dunyo seni hech qachon bo'lmagandek unutadi.
Shu payt otasi bor kuchi bilan baqirdi:
AREN! QULOQ SOL!Sening isming...AREN EMAS!
Butun ibodatxona larzaga ketdi.
Podshoning yuzi bo'lmasa ham, u g'azablanganini sezish mumkin edi.
JIM BO'L!
Qora ildizlar otasining bo'yniga o‘raldi. U nafas ololmay qoldi.
Lekin oxirgi kuchini yig'ib yana baqirdi:
Gapi tugamadi.
Qora ildizlar uni butunlay o‘rab oldi.
Shu lahzada ibodatxonaning eng chekkasidan yana bir ovoz eshitildi.
Juda tanish ovoz.
U gapini tugatolmadi... Aren sekin ortiga o'girildi. Qorong‘ulik orasidan...
qari Aren chiqib kelayotgandi. Lekin bu safar u yolg‘iz emas edi. Uning orqasida...
yana o'nlab Arenlar turardi. Har biri boshqa yoshda.
Bola.
O‘smir.
Yigit.
Qariya.
Ularning hammasi bir ovozda shunday dedi: "Biz sendan oldingi Arenlarmiz."
15—qism — Oxirgi Ism
Ibodatxona qulay boshlagandi.
Shiftdagi ulkan toshlar birin—ketin yerga qular, daraxtning ildizlari esa butun zalni o'rab olayotgandi.
Aren nafasi bo’g’ilib atrofga qaradi. Qari Aren...
va undan oldingi barcha Arenlar...
g'oyib bo‘lgandi.
Faqat ularning oxirgi so‘zlari devorlar orasida aks—sado berardi.
"Uni ismi bilan chaqirma..."
Unutilganlarning Podshosi sekin oldinga yurdi.
Har qadamida daraxtdagi yuzlardan bittasi kulga aylanardi.
Go‘yo u o'z kuchini qurbonlari hisobiga olardi.
U Arenning qarshisida to'xtadi.
Endi sen yolg'izsan. Aren qo'lini musht qildi.Men sendan qo'rqmayman.
Podsho birinchi marta baland kuldi.
Qo'rqishing shart emas.Sen allaqachon menga tegishlisan.
Shu payt Arenning chap qo'lidagi daraxt belgisi qizib ketdi.
Belgi asta—sekin harakatlana boshladi. U oddiy tamg'a emas edi.
ildiz edi.
Qora tomirlar qo‘li bo‘ylab yuqoriga ko'tarilardi.
Bilagiga.
Yelkasiga.
Bo‘yniga.
Har bir soniyada ular yuragiga yaqinlashardi.
Podsho pichirladi:
O‘rmon seni ichkaridan o'stiryapti.
va sen ham daraxtlardan biriga aylanasan.
Ko‘z oldi qorong'ilashdi.
kimdir uning yelkasiga qo‘l qo'ydi.
Bu safar qo'l muzdek emasdi. ltiq edi.
Tanish edi.
Aren ortiga qaradi.
Lekin u endi daraxtga zanjirband emasdi. U shaffof edi.
Go‘yo ruhga aylangandek.
Dada...
Otasi jilmaydi.
Men tirik emasman, o’g’lim.Men seni oxirgi marta ko'rish uchun qoldirilgan xotiraman.
Arenning ko'zlariga yosh keldi.
Unda... sizni qutqara olmaymanmi?
Otasi boshini sekin chayqadi.
Yo‘q.Lekin sen boshqalarni qutqarishing mumkin.
Otasi cho'ntagidan eski yog'och tumor chiqardi.
Uni Arenning kaftiga qo'ydi.
Tumorda qadimiy yozuv bor edi.
"Ism eslanar ekan, ruh yo'qolmaydi."
Aren yozuvga tikildi.
Birdan uning xayoliga Miran keldi.
Buvisi.
1983—yilda yo'qolgan bola.
Daraxtdagi minglab yuzlar...
Ularning hammasi bitta narsani iltimos qilgandi.
"Bizni eslab qol..."
Shunda Aren nihoyat tushundi. O‘rmon odamlarni tanasidan emas... xotiralardan o'chirardi.
Podsho ilk bor ortga chekindi.
Yo‘q...Sen buni tushunmasliging kerak edi... Aren asta o'rnidan turdi.
Qo‘lidagi tumor oppoq nur socha boshladi.
U baland ovozda baqirdi:
MIRAN!
Ibodatxona larzaga keldi.
Qorong'ulik orasidan bitta yuz porladi.
BUVIJON!
Yana bir yuz yorishdi.
Mira!Leya!Kay!
Har bir aytilgan ism bilan daraxtning shoxlari quriy boshladi.
Minglab yuzlar uyg'onib, ko'zlarini ochdi. Ular endi yig'lamasdi.
Ular...
eslanayotgandi.
Podsho g'azab bilan qichqirdi.
TO'XTAT!
Butun ibodatxona qorong'ilik bilan to'ldi. Lekin kech edi.
Har bir eslangan ism uning kuchini kamaytirardi.
Uning tanasi yorila boshladi.
Yuzsiz chehrasida ilk marta yoriqlar paydo bo'ldi.
Yoriqlar ichidan...
minglab pichirlovchi ovozlar chiqardi. "Biz... qaytdik..."
Shu onda ibodatxonaning eng tubidan ulkan gumburlash eshitildi.
Yer yorildi.
Daraxtning ildizlari ostidan...
ulkan tosh eshik ko'tarila boshladi.
Otasi dahshat bilan Aren tomonga qaradi.
Yo‘q...Bu eshik ochilmasligi kerak edi... Aren hayron bo'ldi.Nega?
Otasi titroq ovozda javob berdi:
"Chunki Ismsiz O'rmonning haqiqiy egasi bu emas..."
U barmog‘i bilan Unutilganlarning Podshosini ko'rsatdi.
"...Bu ham atigi qo'riqchi." Tosh eshik to‘liq ochildi.
Ichkaridan esa...
juda katta bir ko'z sekin ochildi. Uning qorachig'i yo'q edi.
Faqat cheksiz zulmat.
Va u birinchi marta Aren tomonga qarab...
ko'zini pirpiratdi.
14—qism — Ko'z Ortidagi Narsa
Ibodatxona ichida mutlaq sukunat hukm surdi.
Hech kim nafas olishga ham jur'at qilmasdi.
Ulkan tosh eshik ortidagi Ko'z asta pirpiradi. Bir marta.
Ikki marta.
So‘ng...
u Arenga tikildi.
Shu lahzada Arenning boshi ichida minglab ovozlar portladi.
Ular baqirmasdi. Ular shunchaki... eslayotgandi.
Aren ko'zlarini mahkam yumdi. Lekin foydasi bo'lmadi.
Ko'z uning ongiga kirib ulgurgan edi.
Birin—ketin begona xotiralar paydo bo‘la boshladi.
Qadimiy shaharlar.
Qor bilan qoplangan tog'lar.
Yuz minglab odam.
Va...
ulkan daraxt.
Daraxt shoxlarida butun boshli shahar osilib turardi.
Har bir uy... har bir inson...
daraxtning bir qismi edi.
Shunda noma'lum ovoz yangradi. Juda sokin.
Juda chuqur.
"Bu... birinchi dunyo edi..." Aren asta ortiga qaradi.
Otasi ham, Podsho ham qimirlay olmasdi. Go'yo vaqt to'xtab qolgandi.
Faqat Ko'z gapirardi.
"lnsonlar ismni o'ylab topgan kun... ular meni yaratishdi."
"Har aytilgan ism mening ichimda iz qoldirdi."
"Har unutilgan ism esa... menga aylandi." Aren hech narsani tushunmayotgandi.
— Sen... kimsan?.. Ko'z sekin yumildi. Keyin yana ochildi.
Bu safar uning qorachig'i ichida butun galaktika aylanayotgandek edi.
"Men ism emasman."
"Men unutishman."
Shu zahoti Unutilganlarning Podshosi tiz cho‘kdi.
U birinchi marta bosh egdi.
— Hazrat...
Ko'z unga ham qaramadi. Go‘yo u oddiy xizmatkor edi. Aren birdan nimanidir payqadi.
Podshoning bo‘ynida zanjir bor edi.
Juda ingichka.
Lekin u...
Ko‘zning ichidan chiqib turardi.
Demak...
Podsho erkin emas edi. U ham asir edi.
Otasi zo’rg’a ovoz chiqardi.
Aren...Endi tushundingmi...U bilan urushib bo‘lmaydi.Chunki...
u tirik mavjudot emas.
Birdan butun ibodatxona qorong'ulashdi. Ko'zning atrofi yorila boshladi.
Yoriqlar ichidan... uzoq qo'llar chiqdi. Juda uzun.
Juda ozg'in.
Har bir qo‘lning kaftida...
bitta odamning yuzi bor edi.
Ular devorlarga yopishib, sekin sudralardi. Minglab.
O‘n minglab.
Cheksiz.
Ko'z yana gapirdi.
"Meni hech kim mag'lub eta olmaydi.'
"Har bir unutilgan inson esa... menga qaytadi."
Arenning yuragi muzlab ketdi.
Bu mavjudotni qilich bilan ham, o'q bilan ham yengib bo'lmasdi.
Chunki u...
insonlarning unutishi bilan kuchayardi.
Shu payt qo‘lidagi yog'och tumor qattiq yorisha boshladi.
Tumordagi yozuv o'zgardi.
llgari unda:
"Ism eslanar ekan, ruh yo'qolmaydi." deb yozilgan edi.
Endi esa ikkinchi qator paydo bo‘ldi.
"Ammo ismni bergan odam uni qaytarib ham olishi mumkin."
Arenning ko'zlari katta ochildi.
Otasi ham bu yozuvni ko‘rib dahshatga tushdi.
Yo‘q...Yo‘q, bu mumkin emas... Aren titroq ovozda so'radi:Nima mumkin emas?.. Otasi javob bermoqchi bo'ldi.
Lekin Unutilganlarning Podshosi undan ham oldin pichirladi.
Bu safar uning ovozida qo'rquv bor edi.
"...Agar sen haqiqiy ismingni eslasang..."
"...lsmsiz O'rmon yo'q bo'ladi." Shu lahzada Ko'z birinchi marta... g'azablandi.
Ibodatxona ustidagi barcha toshlar yorilib ketdi.
Va Arenning qulog'i ostida juda tanish ovoz yangradi.
Bu ovozni u bolaligidan beri eshitib kelardi. Bu...
onasining ovozi edi.
Ammo u faqat bitta jumlani aytdi:
"Aren... bu sening haqiqiy isming emas..."
15—qism — lsmi yo‘q bola Ibodatxona qulayotgandi. Ko'z ochiq edi.
Unutilganlarning Podshosi ilk bor ortga
chekingandi.
Eslagin!Senga bu ismni men bermaganman!
Aren boshini changalladi.
Boshi yorilib ketayotgandek og‘rirdi.
Xotiralari bir—biriga aralashib ketdi.
Bolalik. Maktab. Onasi.
Buvisi.
Hammasi...
bir lahzada parchalana boshladi.
Shunda u juda eski bir xotirani ko'rdi.
Yomg'ir yog'ayotgan tun.
Beshik.
Yangi tug'ilgan chaqaloq.
Onasi uni bag‘riga bosib yig'layapti.
Otasi esa deraza ortidagi qorong'u o'rmonga qarab turardi.
Birdan deraza ortidan pichirlagan ovoz keldi. "Ismini ayting..."
Otasi javob bermadi. Ona ham indamadi.
Ovoz yana takrorlandi. "Ismini ayting..."
Otasi chaqaloqni quchog‘iga oldi. Va juda sekin dedi:
Bu bolaning hali ismi yo'q.
Shu zahoti deraza ortidagi qorong'ulik chekina boshladi.
Aren dahshat bilan ko'zlarini ochdi.
Hali...
ismi yo'q?..
Otasi bosh irg‘adi.
Ko‘zlarida yosh qalqirdi.
Sen tug'ilgan kecha...
O'rmon seni olib ketgani kelgan.
Chunki har tug'ilgan bolaning ismini u eshitadi.Ismni eshitgan zahoti... uni umr bo'yi kuzatadi.Shuning uchun biz seni uch kun davomida ismsiz saqladik.
Aren hayratdan qotib qoldi.
Unda... ”Aren" ismi-chi?
Otasi ko'zini yumdi.
Uni...
o'rmonning o'zi senga berdi.
Shu zahoti Ko'z dahshatti qichqirdi. Butun ibodatxona larzaga keldi.
”JIM BO'L!"
Aren endi hammasini tushundi.
U hech qachon "Aren” bo'lmagan. Bu ism...
uni topish uchun qo'yilgan tamg‘a edi.
Shuning uchun har safar O'rmon uni topa olgan.
Qo'lidagi yog'och tumor yorilib ketdi. Ichidan kichkina oq tosh chiqdi.
Tosh ustida faqat bitta belgi bor edi.
Na harf.
Na raqam.
Shunchaki...
bo'shliq.
Otasi jilmaydi.
Mana...
Sening haqiqiy isming.
lsmi yo‘q odamni...
hech kim chaqira olmaydi.
Aren oq toshni kaftiga mahkam siqdi. Sekin boshini ko'tardi.
Va birinchi marta Ko'zga tik qaradi.
Sen meni topa olmaysan. Ko‘z g'azab bilan titradi. ”MEN SENI ESLAYMAN!”
Aren boshini chayqadi.
Yo'q.Sen faqat **Aren”*”ni eslaysan.Men esa...
u emasman.
Shu zahoti oq tosh yorqin nur taratdi.
Daraxtlarning tanasidagi barcha ismlar birin-ketin o'chib ketdi.
Miran.
Kay.
Leya.
Yuna.
Barcha ismlar osmonga oq qushlar kabi ko'tarildi.
Daraxtlar parchalanib kulga aylandi.
Quduqdagi yuzlar ozod bo'ldi.
Ular tabassum bilan osmonga singib ketishdi.
Miran Aren tomonga qaradi.
Rahmat...
Va u ham yorug'likka aylandi.
Unutilganlarning Podshosi zanjirlarini uzishga urindi.
Ammo kech edi.
Ko'z ortidagi zulmat yorila boshladi. Ming yillar davomida yig'ilgan unutish... parchalana boshladi.
Ko'z oxirgi marta Aren tomonga qaradi.
Unda endi na g‘azab... na nafrat bor edi.
Faqat...
bo'shliq.
So‘ng u sekin yumildi. Va abadiy g'oyib bo'ldi. Oradan bir yil o'tdi.
Hech kim lsmsiz O'rmon haqida eslamasdi.
Go‘yo u hech qachon mavjud bo'lmagandek.
Faqat bitta eski temiryo'l bekati saqlanib qolgan edi.
Odamlar u yerdan shoshilib o'tishardi. Chunki ba'zan...
tuman tushgan kechalarda... uzoqdan poyezd hushtagi eshitilardi. Ammo u yerda reis yo'q edi.
Bir kuni bekat yoniga yosh bola keldi.
Temiryo‘l chetida oppoq tosh yotardi.
Unda faqat bitta belgi bor edi.
Bola uni qo'liga oldi.
Atrofga qaradi.
— Kim tashlab ketdi ekan?..
Shamol mayin esdi. Juda uzoqdan...
kimningdir ovozi eshitilgandek bo'ldi. "Ismingni ehtiyot qil..."
Bola cho‘chib ortiga qaradi.
Hech kim yo'q edi. Faqat tuman orasida...
bir lahzaga qora plash kiygan notanish
odamning silueti ko‘rindi. U sekin ortiga burildi.
Va tuman ichida g'oyib bo'ldi.
Qo‘lida esa...
eski yog'och tumor bor edi. TAMOM.
Ba'zi afsonalar tugamaydi. Ular faqat keyingi odamni kutadi.
Muallif so'zi
Ba'zi hikoyalar o'qib bo‘lingach unutiladi.
Ba'zilari esa kitob yopilgandan keyin ham inson bilan yashashda davom etadi.
"lsmsiz O'rmon" shunday hikoyalardan biri.
Bu hikoyadagi joylar, mavjudotlar va voqealar xayol mahsuli. Ammo uning asosiy g‘oyasi haqiqatga yaqin: inson faqat nafas olayotgani uchun emas, balki uni eslaydiganlar borligi uchun ham yashaydi.
Har bir ism ortida bir xotira yashaydi. Har bir xotira ortida esa bir inson.
Bir kun kelib hamma narsa unutilishi mumkin. Ammo umid, sadoqat va xotira eng qorong‘u zulmatga ham qarshi tura oladi.
Shunday ekan, bu hikoyani o'qiyotganingizda faqat sahifalarga emas,
balki o z xotiralaringizga ham nazar tashlang.
Balki... kimdir hamon sizning uni eslashingizni kutayotgandir.
Yoqimli mutolaa tilayman.
— Muallif Nigina—
Zur hikoyalar joylarkansiz
Yoqayotganidan xursandman 🩵