Ibrohim bugun bir yahshi voqeaga guvoh boʻldi. Bunday voqealarga u ilgari kitoblar oʻqiganda gina duch kelardi, lekin bugun oʻzi bilan sodir boʻldi. Bugun maktabdan uyiga kelganida Ibrohim uyida har doimgidek hech kim yoʻqligini koʻrdi. Ust boshini alishtirdi keyin esa choylanib oldi.
Soʻngra dadasi va oyisi aytgan ishlarni qilishga kirishdi. Bu ishlar roʻyxati ichida uyiga yaqin boʻlgan eski supermarketga uy roʻzgʻori uchun kerakli bo’lgan mahsulotlarni olib kelishi ham kerak edi.
Ibrohim supermarket tomon yoʻl oldi. U mahallasi koʻchasidan ketib borardi. Yoʻlda bir qari buviga duch keldi. Buvi yoʻl chekkasidagi bir daraxt soyasida kunning issigʻidan saqlanib dam olib oʻtirardi. Ibrohim buvi yonidan oʻta turib:
- Assalomu aleykum - deya salom berib oʻtdi. Buvi Ibrohimnimg salomiga:
- Vaalaykum assalom bolam - deya alik oldi.
Ibrohim buvining alik olgandagi holidan aniq holdan toyganliklarini sezdi. Ibrohim agar uy ro’zgoridan pul ortsa bu pullarni shu buvi uchun suv olib berishni diliga tugib qo’ydi.
U yo’lda davom etdi. Supermarketga kirib sotuvchi bilan salomlashib ro’yhatdagi mahsulotlarni birma-bir ola boshladi. Sotuvchi bu Ibrohimning
qoʻshnisi edi ularning eski supermarketi bor edi. Ibrohim ro’yhatni o’qib turar qoʻshnisi esa esa bu mahsulolarni bor yoki yo’qligini aytib va olib kelib kassa stoli ustiga tahlardi. Ibrohim so’ngi mahsulot nomini aytdi va sotuvchi uni olib kelgani tomon ketdi.
Ibrohim stol ustidagi mahsulotlarni ko’rib, eh… buviga suvga uchun pul qolmasa kerak deya o’yladi. Sutuvchi kelib mahsulotlarni hisoblab shuncha bo’lganini aytib mahsulotlarni salafanlarga sola boshladi. Ibrohim cho’ntagidagi pulni chiqarib sanay ichida sanay ketdi. Sanab bo’lgach ota onasi tashlab ketgan pullar sotuvchi aytgan pullardan ozgina kamligiga guvoh bo’ldi. Ibrohim bu holatdan uyala va terga bota boshladi. Va birdan sotuvchi ozining mahalladoshi ekanligi esiga tushdi va o’yladi menga qarzga berar dadamni yahshi tanisa qarz daftariga yozib qoysa kerak ahir bu supermarketdan oldinlari qarzga ham narsa olib turardik deya.
Qolidagi bor pulni sotuvchiga tutqazdi. Sotuvchi pullarni sanab shuncha yetmayitganligini aytdi. Ibrohim esa:
- Shu yetmayotgan pulni qarz dftariga yozib qo’ying. - deya aytdi. Sotuvchi stol tortmasidan qarz daftarini oldi.
- Kim edi dadangami? - dedi sotuvchi. Ibrohim ha deya dadasini ismni aytdi.
- Boldi topdim. Sotuvchi ibrohimnig dadasini ismini yoniga shunch qarzi bor deya yozib qoydi.
- Rahmat aka charchamang uydagilarim ishdan kelganda birinchi bo’lib qarzni tolashga kelaman. - deya supermarketdan tashqariga chiqdi.
Tashqariga chiqdiyu boyagi buvi esiga tushdi. Endi nima qildim suv olib bersam oʻzimga savob tegardi bitta yahshilik qilgan boʻlardim axir. Balki doʻkonga qaytib borib suvni qarzga olsam mikan deya oʻyladi Ibrohim.
Ibrohim ortiga qaytdi doʻkonga kirib:
- Aka menga yana bir nima kerak edi.
- Hoʻp kerak nima ekan?
- Suv olmoqchidim qarzga boya yoʻlda bir buviga duch kelgandim, bechora buvi kun issigʻida holi toyib qolganga oʻxshardi. Agar pul ortiq qolsa suv olib beray deb oʻylagandim aksiga olib pul ortmadi shunga bitta suv bering qarzga.
- Haaa seni chundim yahshi oʻylabsan hozirgi kunda yoshi ulugʻlarga yahshilik qilish yahshi, shuningchun men ham senga bir yahshilik qilmoqchiman qarshi emasmikan?
- Yoʻq, qanday - sotuvchi suv olish uchun muzlatgichga tomon yurdi va:
- Mana olaqol buviga tezroq olib borib bergin.
- Pulini… - deyishi bilan gapini tugatmasidan.
- Puli kerak emas bu mendan senga, sen bir yahshilik qilmoqchi boʻlibsan.
- Rahmat aka rahmat - dedi-yu doʻkondan chiqib buvi tomon yoʻl oldi.
Ibrohim juda xursand edi, bu aslida juda arzon turadigan shu suv ham Ibrohim uchun katta yahshilikdek koʻrinardi.
U buviga yaqinlashib qoldi buvi hali ham oʻsha daraxtning tagida oʻtirardi. Buvining peshonasidagi ter issiqda yaltirardi, qurib qolgan oʻgʻizlari yorila boshlagandi.
Ibrohim yana buviga yaqinlashib dedi:
- Assalomu aleykum buvijon yahshimisiz, charchamadingizmi koʻrinishingizdan holdan toyganga oʻxshaysiz.
- Ha bir oz charchaganga oʻxshayman bolam.
- Haaa shuning uchun sizga suv olib kelgandim. - deya qolidagi suvni olib buviga uzatdi. Buvi esa:
- Rahmat bolam rahmat rosa chanqagandim, seni oʻstirgan ota onangga ming rahmat. Sen menga bir yahshilil qilding Olloh senga ming qilib qaytarsin iloyim. - deya Ibrohimni duo qilib qoʻydi.
Ibrohim oʻzida yoʻq xursand boʻlib ketdi, bu qilgan yaxshiligi ayniqsa buvining ota onangga degan joylaridan juda quvonardi.
Uyga qaytgan ota onasini ishdan kelganligini koʻrdi. Ularning yoniga yugurib borib ular bilan koʻrishib bugun buvi bilan sodir boʻlgan voqeani joʻshib aytib berdi.
Ota onasi Ibrohimning bu ishni qilganidan juda quvondilar va oʻgʻlidan faxrlanishdi.
Ibrohim yana koʻchaga chiqdi va supermarket tomon qarzni toʻlashga gʻurur bilan ketdi.