Hikoyani boshlaymiz
Aisha oddiy, mehribon oilada ulg‘aygan qiz edi. U bolaligidan juda qiziquvchan, kitob o‘qishni yaxshi ko‘radigan va yangi narsalarni o‘rganishga intiladigan qiz bo‘lgan .
Onasi unga doimo mehr bilan qarar, otasi esa qizining har bir orzusini tinglardi.
Aisha kichikligidan onasiga ko‘p savollar berardi.
— Ona, nega odamlar har xil bo‘ladi?
— Chunki Alloh har bir insonni o‘ziga xos qilib yaratgan, — derdi onasi.
Bu gap Aishaning yodida uzoq vaqt qolgan.
Yillar o‘tdi. Aisha ulg‘aygani sari o‘z e'tiqodiga ham jiddiyroq qaray boshladi. U hijob kiyishni o‘z xohishi bilan tanladi. Onasi esa qizining qarorini hurmat qilib, unga qo‘llab-quvvatlovchi bo‘ldi.
Aisha hijobda o‘zini xotirjam his qilardi. U uchun bu shunchaki kiyim emas, balki uning e'tiqodi va tanlovi edi.
Maktabda uning eng yaqin dugonasi Jasmin edi.
Ular juda boshqacha xarakterga ega bo‘lishsa-da, bir-birlarini yaxshi tushunishardi.
Bir kuni Jasmin Aishaning yoniga kelib:
— Aisha, senga bir gapim bor, — dedi sirli ohangda.
— Nima bo‘ldi?
Jasmin telefonini ko‘rsatdi.
Ekranda Seulning tungi manzarasi aks etgan edi.
— Koreyaga boramizmi?
Aisha bir necha soniya jim qoldi.
— Hazillashyapsanmi?
— Yo‘q! Ta'tilda birga boramiz. Men hammasini rejalashtirib qo‘ydim.
Aishaning ko‘zlari quvonchdan chaqnadi
Kareya uning ham uzoq vaqtdan beri ko‘rishni istagan joylaridan biri edi. Ammo u oilasining roziligisiz hech qayerga ketishni xohlamasdi.
Shuning uchun ikkalasi uylariga borib, ota-onalaridan ruxsat so‘rashdi.
Avvaliga Aishaning ota-onasi biroz xavotirlandi.
— Qizim, uzoq mamlakat. Hammasi joyidami? — deb so‘radi otasi.
— Ha, dada. Jasmin bilan birga bo‘laman. Mehmonxona, parvoz va boshqa hamma narsani oldindan rejalashtiramiz.
Onasi ham bir nechta savol berdi. Ular uzoq gaplashishdi.
Nihoyat, ota-onasi Aishaga ishonib, safarga ruxsat berishdi.
Aisha xonasiga yugurib kirib, Jasminga xabar yozdi:
“Ruxsat berishdi!”
Jasmin darhol javob berdi:
“Rostdanmi?! Unda Koreya, biz kelyapmiz!”
Shu kundan boshlab ular safarga tayyorgarlik ko‘ra boshlashdi.
Chamadonlar tayyorlandi, kerakli hujjatlar tekshirildi, sayohat rejasi tuzildi.
Nihoyat, uzoq kutilgan kun ham keldi.
Aeroportda Aisha oilasi bilan xayrlashib, chamadonini qo‘liga oldi.
Onasi uni bag‘riga bosib:
— O‘zingni ehtiyot qil, qizim.
— Albatta, ona.
Otasi esa:
— Qayerda bo‘lsang ham, o‘zligingni unutma, — dedi.
Aisha bosh irg‘ab, jilmaydi.
Jasmin uzoqdan:
— Aisha! Samolyotga kech qolamiz!
Aisha so‘nggi marta oilasiga qarab qo‘l siltadi.
U Jasminning yoniga borib, ikkalasi birga samolyot tomon yurishdi.
Samolyot osmonga ko‘tarilganda Aisha derazadan bulutlarga qaradi.
U hali bilmasdi...
Bu safar oddiy
sayohat bo‘lib qolmasligini.
Chunki Koreyada uni butunlay kutilmagan uchrashuv kutayotgan edi.