
IBLISLAR
1-qism — Taqiqlangan Eshik
"lblis hech qachon seni majburlamaydi. U faqat qulog\ngga pichirlaydi. Tanlov esa doimo seniki bo'ladi."
Qadim zamonlarda shunday afsona bo'lgan:
"Tog'lar orasidagi unutilgan vodiyda eshigi yo'q ibodatxona bor. Uni hech kim ocholmaydi. Chunki u tashqaridan emas... ichkaridan ochiladi."
Asrlar davomida bu afsonaga hech kim ishonmadi.
Uni bolalarni qo'rqitish uchun aytiladigan ertak deb o'ylashardi.
Ammo...
bir kecha hammasi o'zgardi.
Kuchli yomg'ir yog'ardi.
Shamol daraxtlarni ildizi bilan sug'urib tashlayotgandek uvillardi.
Elian eski yo'ldan yolg'iz qaytayotgandi.
Telefonida signal yo'q.
Mashinasi esa yo'lda buzilib qolgan edi.
Jin ursin...
U atrofga qaradi.
Tuman tobora quyuqlashardi. Shunda uzoqda xira chiroq ko'rindi.
Balki biror uy bordir...
U chiroq tomon yurdi.
Bir necha daqiqadan so'ng u ulkan, vayron bo'lgan ibodatxona oldida to'xtadi.
Devorlari mox bosgan. Ustunlari yorilgan.
Ammo g'alati tomoni...
unda eshik yo'q edi.
Faqat devorning o'rtasida qora toshdan ishlangan ulkan doira bor edi.
Doiraning markazida qadimiy yozuv o'yilgan edi:
"lchkariga kirishni istagan awal o'z qalbiga qarasin."
Elian kulimsiradi.
— Qanday g'alati joy...
U qo'lini toshga tekkizdi. GUMM!
Butun ibodatxona titradi.
Tosh doira ichidan qizil chiziqlar tarqala boshladi.
Shamol birdan to'xtadi.
Qushlarning ovozi ham eshitilmay qoldi. Go'yo tabiat nafasini ushlab turgandi.
Elian qo'lini tortib olmoqchi bo'ldi. Ammo kech edi.
Tosh ichidan juda past, ammo aniq ovoz
eshitildi.
"...Nihoyat..."
"...yana bir inson keldi."
Elian ortiga o'girildi. Hech kim yo'q.
Yana ovoz eshititdi. Bu safar...
uning ichidan.
"Qo'rqma..."
"Men sen emasman..."
"...lekin doim sen bilan yashaganman." Elian yuragi tez ura boshladi.
— Kim bor?!
Javob bo'lmadi.
Lekin tosh devorda ilgari bo'lmagan yoriq paydo bo'ldi.
Yoriq asta-sekin kengaydi... Va eshikka aylandi.
Asrlardan beri ochilmagan... Taqiqlangan Eshik.
Ichkaridan sovuq havo urildi.
Ammo eng qo'rqinchlisi bu emas edi.
odamlarning pichirlashi eshitilardi.
Minglab ovoz.
Ularning barchasi bir xil gapni takrorlardi:
"Biz seni kutgandik.. ''
Elian bir qadam ortga chekindi. Lekin birdan uning soyasi...
U esa qimirlamagandi.
Soya sekin boshini ko'tardi.
Elian soyasining ko'zlari ochildi.
"Endi ortga yo'l yo'q ''
2—qism — Soyaning Ismi
"Har bir insonning soyasi bo'ladi. Ammo ba'zida soya ham o'z egasidan qo'rqadi..."
Elian qotib qoldi. Yerda turgan soyasi... unga qarab jilmayardi.
Lekin u o'zi qimirlamagandi.
Soya esa boshini asta egib pichirladi: "Nihoyat... meni eshitadigan vaqt keldi."
Elian dahshat bilan bir necha qadam ortga
chekindi.
Ammo soya joyidan siljimadi. U yerda qolganicha kulardi.
Birdan ibodatxona ichidan qo'ng’iroq ovozi
eshitildi.
Dong...
Dong...
Atrofni qalin tuman qopladi.
Shamol yana esa boshladi. Lekin bu shamol sovuq emasdi.
Undan kuygan yog'och va eski kitoblarning hidi kelardi.
Elian o'zini ishontirishga urindi.
— Bu tush... Shunchaki tush...
Shu payt soya kulib yubordi.
"Yo'q..."
"Tushlar uyg'onganda tugaydi." "Sen esa endi uyg'oqsan."
lbodatxona ichidagi qorong'ilik asta—sekin
harakatlana boshladi.
Undan oq sochli, uzun qora kiyim kiygan bir choi chiqdi.
Qo'lida eski fonus. Bo'ynida yog'och tasbeh.
Ko'zlari esa juda g'amgin edi.
U Elianga yaqinlashib, past ovozda dedi:
Nega bu eshikni ochding, bolam?Elian hayron bo'ldi.Men...uni ochmadim.
Chol boshini chayqadi.
Yo'q.
Hech bir eshik o’z—o’zidan ochilmaydi.
Elian ichkariga qaradi.
Bu joy nima o'zi?Chol chuqur xo'rsindi.

lblislar ibodatxonasi.
Bu yerda tanalar emas... insonlarning gunohlari qamalgan. Elian kulib yubordi.Gunoh qamaladimi?
Choi unga jiddiy tikildi.
Gunoh hech qachon yo'qolmaydi.U faqat...
egasini kutadi.
Shu onda ibodatxona ichidan qora tutun chiqdi.
Tutun asta odam qiyofasiga kirdi. Ammo uning yuzi yo'q edi.
Faqat ikkita oppoq ko'z.
U Elianga tikilib turdi.
Va birdan...
uning ovozi bilan gapirdi.
"Men sendan nafratlanaman..." Elian dahshat bilan qotib qoldi. Bu gapni...
u bir necha yil oldin o'ziga aytgandi. Hech kim eshitmagan edi.
Cholning yuzi oqarib ketdi.
Yo'q...Juda erta... Elian titrab so'radi:Bu nima?
Chol javob berdi:
Bu oddiy iblis emas.Bu...
sening ichingda yashagan birinchi qorong'ulik.
Shu payt tutun ichidan yana to'rtta soya chiqdi.
Har biri boshqa ovozda pichirlardi. "Hasad..."
"Qo'rquv..."
"Yolg'on..."
"Kibr..."
Chol ko'zlarini yumdi.
Ular uyg'onyapti...Yetti lblisning birinchisi seni tanladi. Elian hayrat bilan so'radi:Nega aynan meni?
Choi javob bermoqchi edi.
Ammo birdan ibodatxona devorida qon rang harflar paydo bo'ldi.
"U — Oxirgi Kalit."
Shu zahoti barcha soyalar bir vaqtning o'zida Elianga qarab tiz cho'kdi.
Va bir ovozda dedilar:
"Xush kelibsan..." "...lblislar Shohi."
Elian ko'zlarini katta ochdi.
Nima?!
3—qism — Yetti Muhr
"lblisning eng xavfli quroli qo'rquv emas. U seni o'zingga ishontirib qo'yishidir."
Ibodatxona ichida mutlaq sukunat hukm surardi.
Faqat devorlardan tomayotgan suvning tovushi eshitilardi.
Tom...
Tom...
Tom...
Elian esa qimirlay olmasdi. Quloqlarida bitta jumla aylanardi. "...lblislar Shohi."
Yo'q...Siz adashdingiz...
Men oddiy odamman!
Soyalar birdan kulib yuborishdi.
Lekin ularning kulgisi insonnikiga o'xshamasdi.
Go'yo yuzlab odam bir vaqtning o'zida yig'layotgandek eshitilardi.
Oq sochli chol fonusini balandroq ko'tardi.
Men seni qo'rqitmoqchi emasman, Elian.Ammo afsonalar yolg'on gapirmaydi.
U devorga ishora qildi.
Mox bosgan toshlarda qadimiy rasmlar chizilgan edi.
Birinchi rasmda...
toj kiygan qora siluet.
Uning atrofida esa yettita mavjudot tiz cho'kib turardi.
Ikkinchi rasmda...
o'sha shohning yuzi parchalanib, minglab bo'laklarga ajralayotgandi.
Uchinchi rasm esa tugallanmagan edi. Unda faqat bitta yozuv bor edi.
"Shoh qaytganda, tanlov yana boshlanadi." Elian asta pichirladi:
Bu shoh...
kim?
Cholning javobi juda sokin bo'ldi.
Hech kim uning ismini bilmaydi.Chunki...
ism unutitsa, yovuzlik kuchsizlashadi.
Shu payt yer ostidan kuchli gumburlash eshitildi.
GUMM!
Ibodatxona silkinib ketdi.
Qora tutun devorlar orasidan ko'tarildi. Tutun ichida ulkan tosh sandiq paydo bo'ldi. Sandiqning yuzasida yetti muhr bor edi.
Har bir muhrda bittadan belgi. Ş G'azab.
jŞ Hasad.
@ Kibr.
@ Ochko'zlik.
@ Umidsizlik.
/Ø Yolg'on. @ Nafrat.
Cholning qo'li titray boshladi.
Yo'q...Muhrlar uyg'onyapti...
Birdan Elianning kafti achisha boshladi. U qo'liga qaradi.
Kaftida qora belgi paydo bo'layotgandi. Huddi kuygandek.
Belgi sandiqdagi birinchi muhr bilan bir xil edi.
Şı G'azab.
Bu nima?!
Cholning ovozi titradi.
Muhr seni tanladi.Agar yetti muhrning hammasi ochilsa... nafaqat sen...
balki butun insoniyat o'z qalbidagi qorong'ulik bilan yuzma—yuz qoladi.
Shu payt ibodatxonaning eng qorong'i
burchagidan qadam tovushi eshitildi. Tak...
Tak...
Tak...
Bu safar kelayotgan odam yashirinmadi. U yigirma yoshlardagi qiz edi.
Qora plash kiygan.
Yelkasida qadimiy kamon. Ko'zlari kumushrang.
U Elianga sovuq nigoh tashtadi.
Demak...
afsona rost ekan.
Elian hayron bo'ldi.
Sen kimsan? Qiz javob berdi:Mening ismim... Mira.Men **Sukunat Qo'riqchilari"**ning oxirgi
a'zosiman.
Va men bu yerga...
seni qutqarish uchun emas...
U kamonini sekin Elianga qaratdi. Ko'zlarida ikkilanish yo'q edi.
Faqat qat'iylik.
U oxirgi so'zini aytdi:
"...seni to'xtatish uchun keldim." Elian qotib qoldi.
Men nima qildim axir?! Mira kamon ipini tortdi.
Va juda sekin dedi:
"Hali hech narsa..."
"...lekin afsonaga ko'ra, sen qiladigan ish butun dunyoning taqdirini o'zgartiradi."
4—qism — Sukunat Qo'riqchilari
"Ba'zan seni qutqarmoqchi bo'lgan inson ham seng a qurol ko'tarishga majbur bo'ladi."
Miraning kamoni hali ham Elianga qaratilgan edi.
Shamol ibodatxona ichida uvillardi.
Qora tutun esa ularning oyoqlari atrofida ilondek aylanardi.
Elian asta qo'llarini ko'tardi.
Men bilan adashding.Men hech kimga yomonlik qilganim yo'q. Miraning nigohi o'zgarmadi.Hali yo'q.Ammo afsonalarda hammasi shunday boshlanadi.
Oq sochli chol oldinga chiqdi.
Mira!Kamoningni tushir.
Qiz cholga qarab bosh chayqadi.
U StOZ...
siz ham bilasiz.
Agar birinchi muhr uyg'ongan bo'lsa... ortga yo'l qolmagan.
Elian hayrat bilan so'radi:
Muhr deganingiz nima o'zi?
Choi og'ir xo'rsindi.
Ming yillar oldin...
insonlarning qalbidagi eng kuchli yetti gunoh alohida mavjudotlarga aylangan.
Ular urush boshlagan. Shaharlarni emas... qalblarni vayron qilgan.
Shunda qadimgi qo'riqchilar ularni mag'lub etib, Yetti Muhr ichiga qamashgan.
Lekin afsonada bitta jumla bor.
"Muhrlar faqat Kalit qaytganda ochiladi." Elian pichirladi.
Kalit...
menmi?
Choi indamadi.
Bu sukut javobning o'zi edi.
Shu onda ibodatxona devorlari yana qattiq titradi.
Birinchi muhr yorila boshladi. QARS!
Qizil nur butun xonani qopladi. Muhr ichidan qora tutun ko'tarildi.
Tutun asta—sekin odam qiyofasini oIdi. Uning ko'zlari olovdek yonardi.
Yuzida esa g'azabdan boshqa hech narsa yo'q edi.
U kulib dedi:
"Men... G'azabman."
Elian yuragida g'alati issiqlik sezdi.
Birdan bolalik xotiralari ko'z oldidan o'ta boshladi.
Otasining qattiq gaplari.
Yolg'iz qolgan tunlari.
Ichida yillar davomida yashirib kelgan alam... Hammasi birdan uyg'ondi.
Uning qo'llari titray boshladi. Ko'zlari qizarib ketdi.
Mira baqirdi:
Elian!Uning ovoziga quloq solma! Ammo G'azab iblisi kuldi. "Nega o'zingni tutib yuribsan?" "Senga ozor berganlarni esla..." "Ular kechirimga loyiq emas." Elian mushtini mahkam qisdi.
Kaftidagi qora belgi yanada yorqinlashdi.
lbodatxona tomida yoriqlar paydo bo'ldi. Har bir yoriqdan qora qo'llar chiqib kelardi.
Go'yo G'azab kuchaygan sayin, qamoqdagi
boshqa iblislar ham uyg'onayotgandi.
Mira hech ikkilanmay kamonidan kumush rang o'q uzdi.
Shuvvv!
O'q Elianning oyog'i oldiga sanchildi. Yerda yorqin doira paydo bo'ldi.
Doiradan chiqma!Bu seni bir muddat himoya qiladi!
Elian esa hanuz G'azabning ovozini eshitardi.
Shu payt ibodatxonaning eng yuqorisidan chuqur, ammo sokin ovoz yangradi.
Bu ovoz G'azabnikidan butunlay farq qilardi. Unda nafrat yo'q edi.
Faqat sovuq xotirjamlik.
"Yetar..."
Bir lahzada G'azab jimib qoldi.
Mira dahshat bilan osmonga qaradi.
Cholning qo'lidagi fonus yerga tushib ketdi.
Yo'q...U uyg'ondi...
Qora zulmat ichidan ulkan taxt ko'rindi.
Taxtda esa yuzi qorong'ilik bilan berkingan noma'lum zot o'tirardi.
Uning ko'zlari ko'rinmasdi.
Faqat lablarida sovuq tabassum bor edi. U Elianga tikilib, sekin dedi:
"Men seni kutganimga ming yil bo'ldi..."
"Xush kelibsan... mening vorisim." Elian yuragi tez ura boshladi.
Voris...?
Taxtdagi sirli zot sekin o'rnidan turdi.
Ibodatxonaning barcha shamlari bir zumda o'chdi.
Va qorong'ilik ichida faqat uning oxirgi gapi eshititdi:
"Endi haqiqiy sinov boshlanadi."
5—qism — Birinchi Gunoh
"Iblis seni o'zgartirmaydi. U faqat qalbingda allaqachon yashayotgan narsani uyg'otadi."
lbodatxona zulmatga cho'mdi.
Taxtda o'tirgan sirli zotning ko'zlari sekin ochildi.
Ular qizil ham emas, qora ham emas edi. Go'yo ichida butun tun yashayotgandek... cheksiz zulmat edi.
Elian uning nigohidan ko'zini uzolmasdi.
Sen... kimsan? Sirli zot kulimsiradi.Odamlar menga turli ismlar bergan.

Shayton.Iblis.Ammo mening haqiqiy ismim... unutilgan.
Mira birdan tiz cho'kdi.
Qo'lidagi kamon yerga tushdi.
Yo'q...Bu bo'lishi mumkin emas. Chol pichirladi:U...
Yettilikning Hukmdori.
Muhrlarning qo'riqchisi. Sirli zot taxtidan turdi.
Ammo yerga qadam bosmadi.
U havoda suzib Elianga yaqintashdi.
Qo'rqma.Men seni o'ldirmayman.Chunki sen...
meni ozod qiladigan oxirgi odamsan. Elian jahl bilan baqirdi:
Men hech kimni ozod qilmayman!
Shu zahoti uning kaftidagi muhr alangadek qizib ketdi.
@ G'azab.
Ko'z oldiga yana bolalik xotiralari keldi.
Bu safar yanada aniqroq.
U o'n yoshda edi.
Maktab hovlisi.
Bir bola uni yerga itardi. Atrofdagilar kulardi.
Elian esa indamay ketardi.
Lekin...
ichida bitta ovoz tug'ilgandi.
"Bir kun kelib, barchasi pushaymon bo'ladi..." Shu lahzada G'azab iblisi yana paydo bo'ldi.
U Elianning qulog'iga yaqintashdi. "O'sha alam hali ham ichingda." "Uni qo'yib yubor..."
"Men seni kuchli qilaman."
Elian ko'zlarini yumdi.
Mushtlari qattiq qisildi.
lbodatxona devorlarida yoriqlar ko'paydi. Mira baqirdi:
Elian!Nafasingni eshit!G'azabingni emas!
Sini zot esa indamay kuzatardi.
Go'yo bu sinov natijasini kutayotgandek. Birdan Elian chuqur nafas oldi.
Ko'zlarini ochdi.
U G'azab iblisiga tikilib dedi:
Ha...Men alam chekkanman.Lekin...
men alamim bo'lib yashashni xohlamayman. Bir lahzada hamma narsa jimib qoldi.
G'azab iblisi qichqirib yubordi.
Uning tanasi tutunga aylanib parchalana boshladi.
Yo'q!Sen meni rad eta olmaysan! Elian qat'iy ovozda dedi:Men seni yo'q qilmayapman.Men seni... kechiryapman.
Muhr yorqin nur bilan chaqnadi.
Şı belgisi asta—sekin Elianning kaftidan yo'qola boshladi.
Cholning ko'zlariga yosh keldi.
Ming yildan beri...
hech kim buni uddalay olmagandi. Mira hayrat bilan pichirladi:
Demak...
iblislarni yengishning yo'li... jang emas ekan.
Sirli zotning tabassum i yo'qoldi.
U birinchi marta jiddiylashdi.
Demak...
bashorat o'zgaryapti.
Ammo keyin u kulimsiradi.
Mayli.G'azab ketdi.
Lekin yana olti gunoh qoldi. U qo'lini ko'tardi.
lbodatxona markazidagi tosh sandiqning ikkinchi muhri asta—sekin yorila boshladi.
2 HASAD
Yer ostidan ayolning yig'isi eshititdi.
Sovuq ovoz butun ibodatxonaga tarqaldi. "Nega baxt doim boshqalarga nasib bo'ladi?" Mira dahshat bilan ortga chekindi.
Choi esa pichirladi:
Yo'q...Hasad eng ayyor iblis.U hech qachon hujum qilmaydi...U seni o'zingni boshqalar bilan solishtirishga majbur qiladi.
Ibodatxona qorong'iligidan oppoq libosdagi noma'lum qiz chiqdi.
Uning yuzi ko'rinmasdi.
Lekin u Elianga qarab qo'l uzatdi va sekin dedi:
"Meni tanimadingmi, aka?" Elian nafasi ichiga tushdi. Chunki...
uning hech qachon singlisi bo'lmagan.
6—qism — Hasadning Ko'zgusi
"Hasad boshqalarning baxtidan emas, o'z baxtingni ko'ra olmaslikdan tug'iladi."
Ibodatxonaga sovuq sukunat cho'kdi. Oppoq libosdagi qiz Elianga tikilib turardi. Uning yuzi tuman bilan berkingan edi.
Faqat ko'zlaridan yosh oqardi.
U yana pichirladi:
"Aka..."
"Nega meni yolg'iz qoldirding?"
Elian bir qadam ortga chekindi.
Men...Men seni tanimayman!
Qizning ovozi mayinlashdi.
Rostdanmi?Unda bolaligingni esla...
Shu zahoti Elianning atrofidagi olam o'zgardi.
lbodatxona yo'qoldi.
U eski uyining hovlisida turardi.
Yomg'ir yog'ardi.
Deraza oldida kichkina bola o'tirardi.
Bu...
yosh Elian edi.
Ammo uning yonida yana bir qizcha kulib
o'ynardi.
Elian hayrat bilan qaradi.
Bu bo'lishi mumkin emas...Men yolg'iz ulg'ayganman!
Mira ham bu manzarani ko'rib qoldi.
Bu Hasadning Ko'zgusi!U hech qachon haqiqatni ko'rsatmaydi.

qalbing orzu qilgan hayotni ko'rsatadi. Qizcha Elianning qo'lidan ushladi.
Agar men haqiqatan ham singling bo'lganimda...
hayoting boshqacha bo'larmidi? Elian javob bera olmadi.
Chunki...
ich—ichida u doim katta oila bo'lishini orzu qilgan edi.
Shu payt qorong'ilik orasidan Hasad iblisi chiqdi.
Uning yuzi yo'q edi.
Ammo tanasi minglab singan ko'zgulardan iborat edi.
Har bir bo'lakda Elianning boshqa hayoti aks etardi.
Birida u mashhur edi. Birida boy edi.
Birida baxtli oilasi bor edi. Iblis kuldi.
"Qara..."
"Bularning barchasi seniki bo'lishi mumkin edi."
"Ammo hayot boshqalarga ko'proq berdi." Elianning yuragi siqila boshladi.
U o'zini boshqalar bilan taqqoslagan kunlarini esladi.
"Nega aynan men?"
"Nega ularda bor, menda yo'q?"
Bu fikrlar ichida yana uyg'ona boshladi.
Kaftida ikkinchi belgi porladi.
7 Hasad.
Mira qo'rquv bilan baqirdi:
Elian!Uning gapiga ishonma!Hasad hech qachon to'ymaydi!
Sini Hukmdor esa uzoqdan kuzatardi.
Qani...Bu sinovdan ham o'ta olasanmi?
Elian ko'zgularga uzoq tikildi.
So'ng sekin boshini ko'tardi.
Ha...Hayotim mukammal emas.Ba'zida boshqalarga havas qilganman.Lekin...
ularning baxti mening baxtimni kamaytirmaydi.
Men o'zimdagi ne'matlarni qadrlashni
tanlayman.
Bir lahzada ibodatxona yorug'likka to'ldi.
Ko'zgular birin—ketin sinib tushdi. Hasad iblisi dahshatli qichqirdi. "YO'Q!"
U tutunga aylanib shamolga qo'shildi. Kaftdagi 7 belgisi ham yo'qoldi.
Choi quvonch bilan ko'zlarini yumdi.
lkki muhr...lkki gunoh yengildi.
Mira jilmaydi.
Endi tushundim...lblislarni qilich bilan emas...
qalb bilan yengish mumkin ekan.
Ammo shu zahoti butun ibodatxona larzaga keldi.
Qadimiy sandiqdagi uchinchi muhr asta—sekin yorila boshladi.
KIBR
Yer ostidan og'ir qadam tovushlari eshititdi.
Tak...
Tak...
Tak...
Qorong'ilik ichidan oitin zirhli, ulkan toj kiygan bir kishi chiqdi.
U hech kimga qaramadi. Faqat o'z aksini ko'rib kulardi.
Uning ovozi butun ibodatxonani larzaga
soldi.
"lnsonni yiqitadigan narsa kuchsizlik emas..."
.o’zini hammadan ustun deb bilishidir."
Sirli Hukmdor ilk bor tabassum qildi.
Mana...

Eng xavfli iblis uyg'ondi.
Elian esa uning ko'zlariga qarab, bu sinov avvalgilaridan ham og'ir bo'lishini his qildi...
7—qism — Kibr Toji
"Kibr seni baland ko'tarmaydi. U boshqalarni past ko'rsatgandagina o'zingni baland his qildiradi."
Ibodatxona yana qorong'ilikka cho'mdi.
Oltin zirh kiygan ulkan mavjudot sekin qadam tashlardi.
Har bir qadami bilan yer titrar, devorlardagi yoriqlar kengayardi.
Uning boshidagi tojdan qora tutun ko'tarilardi.
Bu...
Kibr iblisi edi.
U Elianga yaqinlashdi. Ammo hujum qilmadi. Faqat kulimsiradi.
"Sen boshqalarga o'xshamaysan." "Sen ulardan ustunsan."
Elian indamadi. Kibr davom etdi.
"lkki iblisni yengding."
"Boshqalar uddalay olmagan ishni qitding." "Demak... sen oddiy inson emassan."
Bu so'zlar Elianning yuragiga o'qdek sanchildi.
Ichida g'alati bir tuyg'u uyg'ondi. "Rostdan ham..."
"Men boshqalardan kuchliroqmanmi?" Kaftidagi uchinchi belgi asta porlay boshladi. @ Kibr.
Mira uning ko'zlariga qarab xavotirlandi.
Elian!Uning gaplarini eshitma!Kibr har doim... maqtovdan boshlanadi. Kibr iblisi qo'lini ko'tardi.
Birdan Elianning atrofida minglab odamlar paydo bo'ldi.
Ular qarsak chalishardi.
Qahramon!Najotkor!Faqat sen qodirsan!Seng a hech kim teng emas!
Bu ovozlar tobora balandlashardi.
Sirli Hukmdor uzoqdan jilmayib kuzatardi.
Har kim haqoratga bardosh bera oladi...Ammo...
maqtovga hamma ham bardosh bera olmaydi.
Elian atrofga qaradi.
Bir lahzaga ichida g'urur uyg'ondi. Lekin keyin...
u Miraga qaradi.
So'ng oq sochli cholga.
Ular bo'lmaganida u birinchi sinovdayoq yengilgan bo'lardi.
U chuqur nafas oldi.
Va Kibr iblisiga qarab dedi:
Yo'q.Men yolg'iz hech narsaga erishmadim.Meni yiqilmasligimga sabab...
yonimdagi insonlar bo'ldi.
Agar o'zimni hammadan ustun deb bilsam...
aslida eng katta mag'lubiyatim shu bo'ladi.
Shu zahoti toj yorilib ketdi.
QARS!
Kibr iblisi dahshatli qichqirdi.
Uning oltin zirhi qumga aylandi.
Tanasi esa shamolda tarqalgan tutunga aylanishni boshladi.
"Kamtarlik..."
"...bizning eng katta dushmanimiz..."
Va u butunlay g'oyib bo'ldi.
belgisi ham Elianning kaftidan o'chib ketdi.
Mira yengil nafas oldi.
Uchta iblis...Uchtasi ham mag'lub bo'ldi.
Choi esa aksincha, xavotir bilan osmonga qarardi.
Yo'q...Nimadir noto’g'ri.
Birdan ibodatxona devorlaridagi barcha mash'alalar o'z—o'zidan o'chdi.
Hamma yoqni mutlaq zulmat qopladi. So'ng...
kimningdir qarsak chalayotgani eshitildi. Chap...
Chap...
Chap...
Sirli Hukmdorning ortidan yana bir siluet
chiqdi.
Bu safar u iblisga o'xshamasdi.
U oddiy odam qiyofasida edi.
Qora kostyum kiygan.
Yuzida muloyim tabassum.
Ko'zlari esa g'ayrioddiy oq rangda edi.
U Elianga tikilib dedi:
"Ajoyib..."
"Sen kutilganimdan ham kuchliroq ekansan."
Elian hayron bo'ldi.
Sen ham iblismisan?
Notanish kishi kuldi.
Yo'q...lblislar mendan qo'rqadi.
Mira va oq sochli cholning yuzi oqarib ketdi.
Chol titroq ovozda pichirladi:
Mumkin emas...U qaytgan...
Mira asta ortga chekindi.
Elian...Qoch!Chunki u...
"...birinchi iblis emas."
"...u iblislarni yaratgan Zot." Notanish kishi tabassum qildi. Va sekin o'z ismini aytdi:
"Mening ismim... Azroel." Ibodatxona yana qattiq titradi. Elian esa bir narsani tushundi...
Haqiqiy voqea endi boshlanayotgandi.
8—qism — Azroelning Hukmi
"Yovuzlikning eng xavfli ko'rinishi g'azab emas. U o'zini haqiqat deb tanishtirganda boshlanadi."
Ibodatxona ichida mutlaq sukunat hukm
surardi.
Faqat notanish kishining qadam tovushi eshitilardi.
Tak...
Tak...
Tak...
Uning qora kiyimi shamol bo'lmasa ham sekin hilpirardi.
Ko'zlari oppoq.
Na qorachig'i bor, na rang. Faqat bo'shliq.
Elian bir qadam oldinga chiqdi.
Sen...
haqiqatan ham iblislarni yaratganmisan? Notanish kishi jilmaydi.
Odamlar afsonalarni eshitishni yaxshi
ko'radi.
Shuning uchun meni turli nomlar bilan
atashgan.
Yaratuvchi.Hukmdor.La'nat egasi.Lekin...
men utarning hech biri emasman. Mira asta pichirladi:
Unda sen kimsan?
Azroel qo'lini qadimiy sandiq tomon uzatdi.
Men...
muvozanat qo'riqchisiman.
Inson qalbida yorug'lik bo'lsa... zulmat ham bo'lishi shart.Men iblislarni yaratmaganman.Men faqat ularni... qamab qo'yganman.
Oq sochli chol chuqur xo'rsindi.
Demak...
eng qadimgi afsona noto'g'ri ekan. Azroel boshini qimirlatdi.
Yo'q.Afsona yolg'on emas.Faqat...
to'liq aytilmagan.
Shu payt sandiqdagi to'rtinchi muhr yorila boshladi.
@ Ochko'zlik.
Yer ostidan oltin tangalarning jarangi
eshititdi.
Butun ibodatxona bir zumda oltin, qimmatbaho toshlar va xazinalarga to'lib ketdi.
Har tomonda boylik.
Cheksiz boylik.
Elian hayrat bilan atrofga qaradi.
Bular... haqiqiymi?
Azroel javob berdi.
Agar sen ishonsang...
ha.
Qorong'ilik orasidan qimmatbaho libos kiygan bir odam chiqdi.
Uning barmoqlari uzuklarga to'la edi. Ko'zlari esa oltin rangda porlardi.
U kulib dedi:
"Hammasi seniki bo'lishi mumkin." "Faqat bitta shart bor..."
Elian jiddiy so'radi:
— Qanday shart?
Iblis sekin kuldi.
"Hech kim bilan bo'lishma."
Shu zahoti Elianning oldida yana bir manzara paydo bo'ldi.
Onasi og'ir kasal.
Shifokorlar yordam bera olmayapti.
Keyin esa stol ustida juda katta pul to'plami paydo bo'ldi.
Ovoz yana yangradi.
"Bu pul bilan hammani qutqarasan."
"Lekin evaziga bitta begunoh inson hamma narsasidan ayriladi."
Elian qotib qoldi.
Bu safar sinov boshqacha edi. Bu safar tanlov juda og'ir edi. Mira unga qarab dedi:
— Elian...
har bir yaxshi maqsad...
har qanday yo'lni oqlamaydi. Azroel esa sukut saqlardi.
U aralash madi.
Go'yo bu sinovning javobini faqat Elian topishi kerak edi.
Elian uzoq vaqt jim turdi. So'ng oltinlarga emas...
onasining aksiga qaradi. Ko'zlaridan yosh oqdi.
Men uni juda yaxshi ko'raman.Uni qutqarish uchun hamma narsani berishga tayyorman.
U bir lahza to'xtadi.
Lekin...
boshqa begunoh insonning baxti evaziga emas.
Agar men birovning hayotini buzib, o'zimnikini qursam...
men ham iblisdan farq qilmayman.
Bir zumda barcha oltinlar changga aylandi.
belgisi Elianning kaftidan o'chdi. Ochko'zlik iblisi og'riqdan qichqirdi. "lnsonlar bunday tanlovni qilmaydi!" Azroel esa ilk bor tabassum qildi.
Sen noto'g'ri aytding.Ba'zi insonlar qiladi.
Lekin shu payt ibodatxona tomidan qora qon tomchisi tushdi.
Tom...
Yana biri.
Tom...
Azroelning yuzi birdan jiddiylashdi. U osmonga qaradi.
Yo'q...U uyg'onibdi.
Mira hayrat bilan so'radi:
Kim?
Azroel sekin javob berdi. "lblislarning otasi emas..." "...insoniyatning birinchi gunohi."
Shu zahoti sandiqdagi beshinchi muhr o'z-o'zidan yorilib ketdi.
@ UMIDSIZLIK
Butun ibodatxonadagi chiroqlar birdan o'chdi.
Va zulmat ichidan bir bola yig'lay boshladi...
Bu yig'i shunchalik g'amgin ediki, uni eshitgan har bir insonning yuragida umid so'na boshlardi.
Elian esa ilk bor...
kurashishni emas, taslim bo'lishni istab qoldi.
9—qism — Umidsizlikning Ovozi
"Umidsizlik shunday zulmatki, u avval ko'zlarni emas, qalbni ko'r qiladi."
lbodatxona ichida kichkina bolaning yig'isi yangrardi.
Bu oddiy yig'i emas edi.
Uni eshitgan odamning yuragi og'irlashardi.
Go'yo barcha orzular birdaniga so'nayotgandek.
Elian tizzalari ustiga cho'kdi. Nafas olishi qiyinlashdi.
Ichida bitta ovoz tinmay takrorlanardi. "Baribir uddalay olmaysan..."
"Harakat qilishning foydasi yo'q..." Mira ham boshini egib qoldi.
Qo'lidagi kamon yerga tushdi.
Men...
juda charchadim...
Oq sochli choi esa ko'zlarini yumdi.
Bu...
Umidsizlik iblisi.
U qilich bilan hujum qilmaydi.U insonni o'z orzularidan voz kechishga majbur qiladi.
Shu payt zulmat ichidan kichkina bola chiqdi.
Uning kiyimlari yirtilgan. Yuzi ko'rinmasdi.
Faqat ko'zlaridan qora yosh oqardi. U Elianga yaqintashdi.
Nega kurashyapsan?Oxiri baribir yutqazasan.Hamma bir kun unutiladi.Umid qilishning nima foydasi bor?
Elian javob bera olmadi.
Chunki bu savollarni u o'ziga ham ko'p marta bergan edi.
Azroel oldinga chiqdi.
Bu safar uning ovozi juda sokin edi.
Elian...
Men senga yordam bera olmayman.
Bu sinovni faqat... qalbing yenga oladi. Bola yana qo'lini uzatdi.Kel...Shunchaki dam ol.Endi og'riq bo'lmaydi.Endi kurash ham bo'lmaydi.
Elian ko'zlarini yumdi.
Shu onda u onasining tabassumini esladi.
Bolaligidagi kulgularni.
Yo'lida uchratgan yaxshi insonlarni.
Miraning unga ishongan nigohini.
Va ichida juda mayin bir ovoz eshititdi.
"Qorong'i tun ham bir kun tongga aylanadi."
Elian sekin o'rnidan turdi.
Ko'zlarida yana qat'iyat paydo bo'ldi. U bolaga yaqinlashdi.
Va uning yelkasiga qo'lini qo'ydi.
Men ham ba'zida umidsiz bo'lganman.Lekin...
umid yo'qoladigan narsa emas.
Uni yana topish mumkin.
Bola asta boshini ko'tardi. Yuzidagi zulmat yo'qola boshladi. U oddiy bolaga aylandi.
Ko'zlaridan endi qora emas... oddiy yosh oqardi.
U jilmaydi.
Demak...
hali ham shunday insonlar bor ekan.
Shu zahoti u nurga aylanib osmonga ko'tarildi.
@ Umidsizlik muhri parchalanib ketdi. Azroel chuqur nafas oldi.
Beshinchi gunoh ham tugadi. Lekin uning nigohi sandiqqa tushdi. U yerda hali ikkita muhr qolgan edi. 'I,-» Yolg'on
@ Nafrat
Azroelning chehrasi ilk bor xavotirga to'ldi.
Mana endi...
eng og'ir sinovlar boshlanadi.
Shu on ibodatxona devoridagi ulkan ko'zgu o’z—o’zidan yorildi.
QARS!
Ko'zgu ichidan Elianning o'zi chiqib keldi. Lekin uning nigohi sovuq edi.
Lablarida esa istehzoli tabassum. U sekin dedi:
"Men sendan kuchliroqman."
"Chunki men... sening yolg'onlaringman." Elian hayratdan qotib qoldi.
Bu... qanday bo'lishi mumkin? Azroel sekin javob berdi.Yolg'on iblisi hech qachon boshqalarning qiyofasiga kirmaydi.U doim sening yuzingni taqadi.
Soxta Elian esa kulib, bir qadam oldinga tashladi.
"Keling..."
"Haqiqiy Elian qaysi birimiz ekanini aniqlaylik."
10—qism — Yolg'onning Yuzi
"Eng xavfli yolg'on boshqalarga aytilgani emas. Insonning o'ziga aytgan yolg'onidir."
Ibodatxona ichidagi ulkan ko'zgu chil—chil bo'lib sinib yotardi.
Uning qarshisida...
ikkita Elian turardi.
lkkalasining ham ovozi bir xii.
Nigohi bir xii.
Hatto yurak urishi ham bir xil edi.
Mira hayratdan qotib qoldi.
— Qaysi biri... haqiqiy? Azroel indamadi.
Faqat bitta jumla aytdi:
"Yolg'on hech qachon nusxa yaratmaydi..."
"...u haqiqatni yashiradi." Soxta Elian kulib yubordi.Men haqiqiyman.U esa senlarni aldayapti.
U Miraga qarab qo'l uzatdi.
Menga ishon.Mira ikkilanib qoldi.
lkkala Elianning ham ko'zlarida bir xii qat'iyat bor edi.
Haqiqiy Elian bir qadam oldinga chiqdi.
Men yolg'on gapirmayapman. Soxta Elian darrov kuldi.Rostmi?
U Elianga tikilib sekin dedi:
Unda ayt—chi...
sen hech qachon yolg'on gapirmaganmisan? Bu savol Elianning yuragiga urilgandek bo'ldi. Ko'z oldiga bir voqea keldi.
Bolaligida onasi undan:
Derazani sen sindirdingmi?deb so'ragan edi. U esa qo'rqqanidan:Yo'q...deb yolg'on gapirgandi.
Keyin yana boshqa xotiralar.
Mayda yolg'onlar. Yashirilgan haqiqatlar. Aytilmagan so'zlar.
=.x Yolg'on muhri kaftida porlay boshladi. Soxta Elian kuldi.
"Ko'rdingmi?"
"Sen ham yolg'onchisan." Elian boshini egdi.
Bir lahza sukut saqladi.
So'ng chuqur nafas olib dedi:
Ha.Men hayotimda yolg'on gapirganman.Xatolar qilganman.Ba'zan haqiqatni aytishga qo'rqqanman.
U boshini ko'tardi.
Lekin...
o'z xatolarimni tan olish meni yolg'onchi emas, inson qiladi.
Ibodatxona birdan yorishib ketdi. Soxta Elian ortga chekindi.
Uning yuzi yorila boshladi.
Yo'q...Sen o'zingni ayblashing kerak edi! Elian boshini chayqadi.Yo'q.Men xatolarimdan qochmayman.Lekin ular mening kelajagimni belgilamaydi.
"tx Yolg'on muhri parchalanib ketdi.
Soxta Elian oynadek sinib, minglab billur bo'laklarga aylandi.
Har bir bo'lakda Elianning o'tmishdagi bir yolg'oni aks etdi.
Keyin esa...
hammasi changga aylandi. Mira quvonib kuldi.
Oltinchi muhr ham yo'qoldi!
Oq sochli choi osmonga qaradi.
Demak...
endi faqat bittasi qoldi.
@ Nafrat.
Shu payt butun ibodatxona larzaga keldi. Devorlarda qora yoriqlar paydo bo'ldi.
Havo sovib ketdi.
Hatto Azroel ham boshini egdi.
Men...
shu lahzadan qo'rqardim. Elian hayron bo'ldi.
Nega?
Azroelning ovozi og'irlashdi.
Chunki...
Nafrat boshqa olti gunohdan oziqlanadi.
G'azab...
Hasad...
Kibr...
Ochko'zlik... Umidsizlik... Yolg'on...
Ularning barchasi uning ichida yashaydi.
Sandiqdagi oxirgi muhr o’z—o’zidan yorilib ketdi.
QARS!
Butun ibodatxona qorong'ilikka cho'mdi.
Zulmat ichidan ulkan siluet ko'tarildi. Uning aniq qiyofasi yo'q edi.
Go'yo barcha iblislar bir tanaga aylangandek. Uning ovozi yeru osmonni larzaga soldi. "Men..."
"...insoniyatning oxirgi dushmaniman."
U Elianga tikildi.
Va sekin kuldi.
"Meni yenga olmaysan..."
"...chunki men har bir insonning qalbida
yashayman."
Elian ilk bor qo'rqdi.
Chunki u bu safar qilich bilan ham, so'z bilan ham g'alaba qozonish oson bo'lmasligini his qildi.
Oxirgi sinov boshlangandi.
11—qism — Nafratning Yuragi
"Nafrat olovni eslatadi. Avval dushmaningni kuydiradi deb o'ylaysan, ammo oxir—oqibat eng ko'p o'zing yonasan."
Qora tutun butun osmonni qopladi. Oxirgi iblis asta—sekin to'liq qiyofa oldi. Uning yuzi yo'q edi.
Ammo tanasi ichida millionlab odamlarning qichqirig'i eshitilardi.
Go'yo butun insoniyatning nafrati bitta mavjudotga aylangandi.
Azroel sekin tiz cho'kdi.
Mira hayrat bilan unga qaradi.
Sen... qo'rqyapsanmi? Azroel javob berdi:Yo'q...Men uning kuchini bilaman.Chunki...
uni hech kim qilich bilan yenga olmagan. Nafrat iblisi Elianga yaqinlashdi.
Har qadami bilan yer qorayib borardi. U pichirladi:
"Sen meni allaqachon taniysan..."
Birdan Elianning ko'z oldida o'tmishi jonlandi.
Uni aldagan do'sti.
Uni xo'rlagan sinfdoshlari. Adolatsizliklar.
Yolg'izlik.
Ko'zlarida yosh paydo bo'ldi. Nafrat iblisi qo'lini uzatdi. "Hammasini esla..."
"Ularni kechirma..."
"Shunda men senga cheksiz kuch beraman."
Bir lahzaga Elianning yuragi g'azab bitan to'ldi.
Mushtlari qattiq qisildi. lbodatxona titray boshladi. Mira baqirdi:
Elian!Unga taslim bo'lma!
Ammo bu safar Elian javob bermadi. U sekin oldinga yurdi.
To’g’ri Nafrat iblisi tomon. Azroel ham hayron qoldi.
To'xta!
Elian iblisning qarshisiga kelib to'xtadi.
Uning ko'zlarida na g'azab, na qo'rquv bor edi.
Faqat chuqur xotirjamlik. U sekin dedi:
Ha...Menga ozor bergan insonlar bo'lgan.Men ham ularni yomon ko'rganman.Lekin...
Agar umr bo'yi nafrat bilan yashasam...
ular meni bir marta emas, har kuni mag'lub etadi.
Nafrat iblisi ilk bor ortga chekindi.
Yo'q...Sen meni rad eta olmaysan! Elian boshini chayqadi.Men seni rad etmayapman.Men seni...
qalbimdan chiqarib yuboryapman.
Chunki nafrat saqlash eng og'ir yuk ekanini tushundim.
Shu zahoti qora mavjudot qichqirib yubordi. Butun ibodatxona oppoq nurga to'ldi.
@ Oxirgi muhr parchalanib ketdi. Yetti muhrning barchasi yo'qoldi. Mira quvonib yig'lab yubordi.
Tugadi...Hammasi tugadi!
Ammo...
Azroelning chehrasi quvonmadi. Aksincha, u osmonga tikilib qoldi.
Yo'q...Bu hali yakun emas.
Yer yorilib ketdi.
Muhrlar qamalgan qadimiy sandiq maydalanib, ichidan ulkan billur ustun ko'tarildi.
Ustunning ichida qora va oppoq nur bir—biri bilan kurashayotgandi.
Azroel pichirladi:
Muhrlar...
iblislarni qamab turmagan ekan. Elian hayrat bilan qaradi.
Unda nimani?
Azroel ko'zlarini yumdi.
lnsoniyatning tanlovini.
Shu onda billur ustun yorildi.
Ichidan qadimiy kitob uchib chiqdi. Muqovasida faqat bitta so'z yozilgan edi: "HAQIQAT"
Kitob o’z—o’zidan ochildi.
Oxirgi sahifasida esa Elianning ismi yozilgan edi.
Uning tagida esa dahshatli jumla paydo bo'ldi:
"Sinov tugadi."
"Endi hukm boshlanadi."
Shu payt butun ibodatxona g'oyib bo'la boshladi...
Va Elian ko'zlarini ochganida...
u butunlay boshqa joyda edi.
12-qism — Haqiqat Mahkamasi
"Haqiqiy hukmni boshqalar emas, vijdoning
chiqaradi."Elian asta ko'zlarini ochdi.
Ibodatxona yo'q edi.
Mira ham.
Azroel ham.
Atrof...
cheksiz oppoq bo'shliq.
Na osmon, na yer bor edi. Faqat sukunat.
Shunday sukunatki, unda hatto yurak urishi ham baland eshitilardi.
Uzoqda ulkan tarozi paydo bo'ldi. Bir pallasida oppoq pat.
Ikkinchisida esa qora tosh.
Tarozining ortida yuzi ko'rinmaydigan bir zot turardi.
Uning ovozi butun bo'shliqqa tarqaldi. "Xush kelibsan..."
"Haqiqat Mahkamasiga." Elian atrofga alangladi.
Men... o'ldimmi? Noma'lum zot javob berdi.Yo'q.Lekin har bir inson hayotida kamida bir
o'z vijdoni oldida hukm qilinadi.
Shu onda qadimiy kitob havoda ochildi.
Undagi sahifalar o’z—o’zidan aylana boshladi.
Har bir sahifada Elianning hayotidan bir voqea aks etardi.
Onasiga yordam bergan kunlari. Kimnidir ranjitgan paytlari.
Yolg'onlari.
Pushaymonlari. Yaxshiliklari.
Hech biri yashirin qolmagandi.
Elian boshini egdi.
Demak...
hammasini bilasiz.
Noma'lum zot sekin bosh irg'adi.
Men emas.
Sen bilasan.
Shu payt tarozining qora pallasiga Elianning
xatolari tushdi.
Oppoq pallasiga esa qilgan ezgu ishlari.
Tarozi bir necha soniya qimirlamadi.
So'ng...
asta-sekin muvozanatga keldi.
Noma'lum zot dedi:
Mukammal inson yo'q.Faqat...
xatosini tan oladigan inson bor.
Birdan oppoq bo'shliq qoraya boshladi. Uzoqdan qarsak ovozi eshititdi.
Chap...
Chap...
Azroel paydo bo'ldi.
Ammo bu safar u avvalgidek xotirjam emas
edi.
U Elianga chuqur tikildi.
Men seni tabriklayman.Sen yetti gunohdan o'tding.Lekin...
eng katta sirni hali bilmading. Elian hayrat bilan so'radi:
Qanday sir?
Azroel qadimiy kitobni Elianga uzatdi.
Uni och.
Elian kitobning oxirgi sahifasini ochdi. U yerda bitta jumla yozilgan edi.
"Yetti iblis hech qachon mavjud bo'lmagan." Elian qotib qoldi.
Nima?..
Azroel davom etdi.
G'azab...
Hasad...
Kibr...
Ochko'zlik... Umidsizlik... Yotg'on...
Nafrat...
Ular tashqaridagi mavjudotlar emas edi.Ular...
inson qalbining soyalari edi.
Mira ham oppoq bo'shliqda paydo bo'ldi.
U sekin jilmaydi.
Demak...
biz boshidan beri iblislarga qarshi emas... o'zimizga qarshi kurashgan ekanmiz.
Shu lahzada butun bo'shliq yorqin nurga
to'ldi.
Lekin Azroelning nigohi birdan jiddiylashdi.
Yo'q...Yana biri kelmoqda.
Elian hayrat bilan so'radi:
Axir yettita iblis tugadiku? Azroel chuqur nafas oldi.Ha.Ammo...
hamma gunohlarning ildizi hali uyg'onmadi. Bo'shliq o'rtasida qora yoriq ochildi.
Undan na iblis, na inson chiqdi. Faqat bitta ovoz yangradi. "Men ism emasman."
"Men har bir gunoh tug'iladigan birinchi fikrman."
Azroel birinchi marta boshini egdi. Va pichirladi:
"Bu..."
' ..VASVASA."
Bo'shliq yana titradi...
Va Elianning sinovi aslida endi boshlanayotganini u his qildi.
1?î—qism Vasvasa
"Vasvasa seni majburlamaydi. U faqat yomonlikni yaxshi niyatdek ko'rsatadi."
Qora yoriq tobora kengayardi. Undan na qo'l, na yuz ko'rinardi. Faqat ovoz...
Juda sokin. Juda ishonchli.
Shunday ovozki, unga ishonmaslik qiyin edi. "Salom, Elian..."
"Nihoyat yuzma—yuz uchrashdik." Elian atrofga qaradi.
Qayerdasan?
Ovoz kulimsiragandek bo'ldi.
"Men hech qachon tashqarida bo'lmayman."
"Men doim insonning birinchi fikrida yashayman."
Azroel qilichini sug'urdi. Bu birinchi marta edi.
Mira hayrat bilan unga qaradi.
Sen qo'rqmaydigan eding—ku?
Azroel javob berdi:
Men iblislardan qo'rqmayman.Ammo...
Vasvasa bilan hech kim yolg'iz qolmasligi kerak.
Birdan oppoq bo'shliq o'zgardi. Elian yana o'z uyida turardi.
Onasi oshxonada. Hammasi odatdagidek.
Go'yo hech qanday ibodatxona ham, iblislar
ham bo'lmagandek. Onasi kulib dedi:
Elian, non olib kelasanmi? Elian hayron bo'ldi.Hammasi tugadimi?.. Ovoz yana yangradi.
"Mana..."
"Sen xohlagan hayot."
"Oddiy. Tinch. Baxtli." "Faqat bitta narsani unut." Mira birdan yo'qolib qoldi. Azroel ham.
Ibodatxona ham. Elian yolg'iz qoldi. U ko'zlarini yumdi.
Shu hayotni tanlasa...
barcha azoblar tugardi.
Hech qanday sinov bo'lmasdi.
Ammo...
u yuragida nimadir noto’g'riligini his qildi. Onasining ko'zlarida iliqlik yo'q edi.
Quyosh nuri issiqlik bermasdi.
Qushlar sayrardi...
lekin ovozi eshitilmasdi.
Hammasi mukammal edi. Haddan tashqari mukammal. Elian sekin pichirladi:
Bu...
haqiqat emas.
Ovoz ilk bor jahli chiqdi. "Haqiqat senga nima berdi?" "Og'riq."
"Yo'qotish."
"Qo'rquv."
"Men esa senga baxt beryapman!" Elian boshini chayqadi.
Ko'zlarida qat'iyat porladi.
Yo'q.Sen menga...
haqiqatni emas, qulay yolg'onni taklif qilyapsan.
Og'riqsiz hayotning qadri bo'lmaydi.Qorong'iliksiz yorug'likning ham.Shu zahoti butun manzara chil—chil bo'lib
sindi.
Atrof yana oppoq bo'shliqqa aylandi. Qora yoriq ichidan ulkan ko'z ochildi. Bu Vasvasaning asi qiyofasi edi.
U qichqirdi:
"Meni yenga olmaysan!"
"Men har bir inson bilan birga yashayman!" Azroel bosh irg'adi.
To’g’ri.Vasvasani yo'q qilib bo'lmaydi.Uni faqat...rad etish mumkin.
Ko'z asta—sekin yopila boshladi. Bo'shliqdagi qorong'ilik tarqaldi. Elian chuqur nafas oldi.
Demak...
hammasi tugadimi? Azroel uzoqqa tikildi. Uning nigohi og'irlashdi.
Yo'q...Endi oxirgi tanlov qoldi.
Qadimiy "HAQIQAT" kitobi yana ochildi.
Bu safar unda faqat bitta savol yozilgan edi.
"Inson qalbida iblislar yashaydimi..."
"...yoki insonning o'zi ularga hayot beradimi?"
Kitob sekin yopildi. Bo'shliq titray boshladi.
Va uzoqdan ulkan eshik paydo bo'ldi. Uning ustida oltin harflar bilan yozilgandi: "TANLOV"
Azroel Elianga qaradi.
Shu eshikdan o'tganingdan keyin... ortga yo'l bo'lmaydi.
Elian eshik tomon birinchi qadamini
tashtadi...
14—qism — Tanlov
"lnsonni buyuk qiladigan narsa uning hech qachon xato qilmasligi emas. Har safar yiqilgandan keyin yana to’g’ri yo'lni tanlay olishidir."
Ulkan "TANLOV" eshigi sekin ochildi. lchkarida na olov, na zulmat bor edi. Faqat...
cheksiz oynalar.
Har bir oynada Elianning boshqa hayoti aks etardi.
Birida u mashhur edi. Birida nihoyatda boy.
Boshqasida esa dunyoning eng qudratli odami.
Ammo ularning barchasining ko'zlari bir xii
edi.
Bo'sh.
Azroel eshik oldida to'xtadi.
Bu joy...
Tanlovlar Zalidir.
Har bir oyna bir imkoniyat.Lekin faqat bittasi haqiqat.
Mira sekin yurib keldi.
Qaysi biri haqiqiy ekanini qanday bilamiz? Azroel javob berdi:Haqiqat mukammal bo'lmaydi.Shuning uchun uni tanish qiyin emas.Shu onda oynalardan biri yorilib ketdi. Undan qora tutun chiqdi.
Tutun Elianning qiyofasiga kirib oldi.
Bu safar u avvalgi soyaga o'xshamasdi. Uning ko'zlari qorong'i, ammo g'amgin edi. U sokin ovozda dedi:
Men...
sening ichingdagi oxirgi iblisman.
Elian hayratlandi.
Axir barcha iblislarni yengdim—ku! Soya boshini chayqadi.Yo'q.Men G'azab ham emasman.Hasad ham emasman.Nafrat ham emasman.Men...
**"Men"*”man.
Mira hayron bo'lib so'radi:
Bu nimani anglatadi?
Azroel javob berdi:
Insonning eng katta dushmani ba'zan gunoh emas...
uning nafsi va "faqat men haqman" degan tuyg'usidir.
Soya Elianga yaqinlashdi.
Esingdami?Har safar sen yaxshilik qilganingda ham...
ichingda bitta ovoz bo'lgan.
"Odamlar meni maqtashsin."
Har safar kechirganingda... "Meni kuchli deb o'ylashsin."Hatto eng pok niyat ichiga ham...
ozgina "men" aralashishi mumkin.
Elian indamay qoldi.
Chunki bu gaplar yolg'on emas edi.
Ba'zan u qilgan yaxshiliklari uchun e'tirof kutgan.
Ba'zan esa ichida g'urur uyg'ongan. Azroel sekin dedi:
Mana haqiqiy sinov.O'zingni inkor qilma.Lekin o'zingni mukammal deb ham bilma.
Elian ko'zlarini yumdi.
Bir necha soniya sukut saqladi. So'ng soyaga qarab jilmaydi.
Ha...Sen ham mening bir qismimsan.Men mukammal emasman.Va hech qachon bo'lmayman.Lekin har kuni...
kechagidan yaxshiroq inson bo'lishga harakat qilaman.
Soya unga uzoq tikilib turdi. So'ng ilk bor tabassum qildi.
Ana endi...
sen meni yengmading.
Sen meni qabul qilding.
Shu zahoti soya nurga aylanib Elianning yuragiga singib ketdi.
Atrofdagi barcha oynalar bir zumda parchalanib, oppoq nurga aylandi.
Azroel jilmaydi.
Bu uning hikoya davomida ilk bor chin dildan kulishi edi.
Nihoyat... sinov yakunlandi.
Lekin shu onda oppoq nur orasida ulkan
darvoza paydo bo'ldi.
Darvozada qadimiy yozuv porlab turardi: "HUKM"
Darvoza o’z—o’zidan ochildi. lchkaridan tanish ovoz eshitildi.
Bu safar u na iblisniki, na Azroelniki edi. "Elian..."
"Sen qalbingni yengding."
"Endi dunyoni qanday o'zgartirishingni ko'rsat."
Elian, Mira va Azroel bir—biriga qarashdi. Ular oldinda nima kutayotganini bilishmasdi. Ammo endi qo'rqishmasdi.
Ular birgalikda "HUKM" darvozasi tomon qadam tashlashdi.
15—qism — Insonning G'alabasi
"lblislar dunyoni zulmatga botirmaydi. Zulmat odamlar qalbida qolishga ruxsat berilgandagina kuchayadi."
"HUKM" darvozasi sekin ochildi. lchkarida na taxt bor edi...
na hukmdor.
Faqat cheksiz osmon.
Va uning o'rtasida qadimiy daraxt qad rostlagandi.
Daraxtning barglari oppoq nurdan yaratilgandek tovlanardi.
Ammo uning ildizlari...
qorong'ilik ichiga singib ketgan edi.
Elian asta oldinga yurdi.
Bu qanday joy?
Azroel daraxtga tikilib javob berdi:
Bu...
Insoniyat Qalbi.
Har bir ezgulik uning shoxlarida gullaydi.Har bir yomon niyat esa ildizlariga singadi.Shu onda daraxt tanasida qadimiy yozuv paydo bo'ldi.
"Yaxshilik va yomonlik bir—birisiz mavjud bo'lolmaydi. Insonning buyukligi esa qaysi yo'lni tanlashidadir."
Birdan butun daraxt qoraya boshladi.
Yetti muhrning belgilari yana paydo bo'ldi. Ş\ G'azab.
4 Hasad.
Kibr.
Ochko'zlik.
@ Umidsizlik. @ Yotg'on.
@ Nafrat.
Ular birlashib ulkan qora shar hosil qildi. Bu safar u gapirmadi.
Faqat Elianga tikilib turardi. Azroel qilichini yerga qo'ydi.
Endi jang qilma.Tanlovingni ko'rsat. Elian daraxtga yaqintashdi.
U qora sharni yo'q qilishga urinmadi. Aksincha...
kaftini daraxt tanasiga qo'ydi. Ko'zlarini yumdi.
U hayotida uchratgan barcha insonlarni esladi.
Uni xafa qilganlarni ham. Uni qo'llaganlarni ham.
O'zining xatolarini ham. Qilgan yaxshiliklarini ham. So'ng sekin dedi:
"Men zulmat yo'q deb ayta olmayman."
"Lekin uni boshqarishga yo'l qo'ymayman."
"Har kuni yana yaxshilikni tanlayman."
Shu zahoti daraxt ildizlaridan oppoq nur tarqala boshladi.
Qora shar parchalanmadi. U kichraydi...
kichraydi...
va nihoyat oddiy urug'ga aylandi.
Azroel jilmaydi.
Ana haqiqat.Zulmatni yo'q qilib bo'lmaydi.Uni faqat...
nazorat qilish mumkin.
Osmon yorishdi.
Daraxt yana yashil tusga kirdi. Shamol esdi.
Mira Elianga qarab kuldi.
Demak...
iblislar ustidan g'alaba degani... ularni yo'q qilish emas ekan.
Elian bosh irg'adi.
Yo'q.G'alaba...
har kuni to'g'ri tanlovni qayta—qayta qilish ekan.
Azroel ortiga burildi.
Uning tanasi asta—sekin nurga aylana boshladi.
Mening vazifam tugadi. Elian hayrat bilan so'radi:Seni yana ko'ramizmi? Azroel kulimsiradi.Qachonki inson qalbi yaxshilik va yomonlik o'rtasida ikkilanib qolsa...
men o'sha yerda bo'laman.
U shamol bag'rida g'oyib bo'ldi.
Elian va Mira ibodatxona tashqarisida ko'zlarini ochishdi.
Tong otayotgan edi.
Go'yo hech narsa bo'lmagandek.
Lekin Elianning kaftida kichkina oppoq belgi qolgan edi.
Bu muhr emasdi. Bu...
tanlov ramzi edi.
U osmonga qarab jilmaydi.
Ichida hali ham g'azab ham, hasad ham, qo'rquv ham paydo bo'lishi mumkinligini bilardi.
Ammo endi u bir narsani aniq tushungandi: lnsonni iblis emas, uning tanlovi belgilaydi.
Oradan yillar o'tdi...
Qadimiy ibodatxona yana sukutga cho'mdi. Eshik oldiga bu safar boshqa bir yigit keldi. U devordagi yozuvni o'qidi.
"lchkariga kirishni istagan avval o'z qalbiga
qarasin."
U qo'lini toshga tekkizdi...
Tosh yengilgina porladi. Lekin...
eshik ochilmadi.
Chunki ibodatxona endi yangi qurbonni emas...
o'z qalbini tinglay oladigan insonni kutardi. TAMOM
Bu hikoyaning ma'nosi shuki:
Haqiqiy iblislar tashqarida emas. Ular har bir insonning qalbida paydo bo'ladigan yomon his—tuyg'ulardir. Ularni butunlay yo'qotib bo'lmaydi, ammo har kuni to’g’ri tanlov qilish orqali ularning ustidan g'alaba qozonish mumkin.
Muallif so'zi
Ko'pchiligimiz "iblis" deganda tashqarida yashaydigan qorong'u mavjudotni tasavvur qilamiz. Ammo bu hikoyani yozar ekanman, o'zimga bir savol berdim:
"Agar eng katta iblis insonning o'z qalbida
yashasa—chi?"
"IBLISLAR" qo'rqitish uchun yozilgan hikoya emas. Bu asar insonning ichki kurashi haqida. G'azab, hasad, kibr, ochko'zlik, umidsizlik, yolg'on va nafrat — bular har birimiz hayotimizda duch keladigan sinovlardir.
Elianning yo'li aslida har bir insonning yo'lidir. Biz ham har kuni tanlov qilamiz: kechirish yoki nafratlanish, rostgo'y bo'lish yoki yolg'onni tanlash, umid qilish yoki taslim bo'lish.
Bu hikoyaning eng muhim xulosasi shuki:
Yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi eng katta jang tashqarida emas, insonning qalbida bo'ladi. G'olib esa eng kuchli inson emas, balki har kuni to’g'ri tanlov qilishdan to'xtamaydigan insondir.
Agar ushbu hikoya sizni bir lahza bo'lsa ham o'ylantirgan, qalbingizga savol solgan yoki hayotingizga boshqacha nigoh bilan qarashingizga sabab bo'lgan bo'lsa, demak men yozuvchi sifatida maqsadimga erishganman.
Har doim shuni unutmang:
"Qalbingizni asrang. Chunki unda ham nur, ham soya yashaydi. Qaysi biri kuchayishi esa har doim sizning tanlovingizga bog'liq."
Yaxshi kitoblar sizni nafaqat boshqa olamlarga olib boradi, balki o'z qalbingizni ham kashf etishga yordam beradi.
Muallif —Nigina—
Yana yangilar chiqadimi
Ha tez orada