Hayot - o‘lim sari navbat, ammo ba’zilar navbatsiz o‘tishga urinadi.
- Adolf Gitler
- Vijdoningiz bormi, oʻzi?
- Vijdonim yoʻq! Vijdonni yahudiylar oʻylab topgan!
Sarada bu payt bobosi bilan buvisining har kungi mayda janjallariga guvoh bo‘lib turardi. Ammo uning xayoli uch yildan beri javobsiz qolayotgan savolda edi: qanday qilib kommunistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan buvi, fashistik qarashlarga ega boboga turmushga chiqqan? Qanday qilib besh farzandli bo‘lib, ikkitasi erta vafot etgan bu juftlik bir-biriga tasalli bera olgan? Qanday qilib ular bu hayotni qirq yil birga yashab o‘tgan?
•
•
•
Soat 05:32
Tong hali toʻliq otmagandi. Osmon oqarib borayotgan kulrang parda ostida qolgan, goʻyoki shahar ham bugungi kun yukini yelkasiga olishdan avval bir soniyaga nafasini rostlab olayotgandak. Shiya Sano tor xonasida shiftga tikilgancha yotar, uygʻonganiga ancha boʻlgan, ammo tanasi hali ham uyqu bilan kurashayotgan edi. Yuragi esa allaqachon kun boshlangani uchun siqila boshlagandi, toʻlanmagan qarzlar, deyarli foydasiz ish, charchoq, va hech qachon tinmaydigan xavotir navbat bilan ongini "patini" "yulardi". U qoʻlini yuziga surtdi. Barmoqlari sovuq teriga tegdi. "Yana bir kun. . ." deb oʻyladi. Har tong bir xil, majburiyat bilan boshlanardida. Sano allaqachon yashashga boʻlgan umidini yoʻqotgan yigitcha boʻlishiga qaramay, toʻxtashga haqqi boʻlmagani uchun harakat qilardi.
——
Deraza yonidan oʻtib ketayotgan poyezdning uzoqdan eshitilgan gʻuvillashi Sanoning hayollarini boʻldi. Tovush unga shahar yuragining urishini eslatardi. . . tinimsiz, rahmsiz, charchaganingga qaramay yuzingga shapaloq tortuvchi. U sekin oʻrnidan turdi. Atay qilingandak, pol ham sovuq edi. Sovuqlik unga hayotining yalangʻoch haqiqatini eslatgandak boʻldi. Puling yoʻq ekan, qulaylik yoʻq! U nonushta ham qilmay, kiyina boshladi. Oqartib yuborilgan ko‘ylak, yelkalari biroz choʻkkan jeket. Oyna qarshisida bir lahza toʻxtadi. Koʻzlari ostida uyqusizlikdan paydo boʻlgan qoramtirlik bor edi, nigohida esa yoshiga toʻgʻri kelmaydigan charchoq. . .
Yigit oʻziga qarab jilmayib qoʻydi. Bugun ham uygʻondiya! Eshikni yopib, zinapoyadan pastga tushar ekan, tong havosi yuziga urildi. Unda metallga oʻxshash sovuqlik va yangi kunning achchiq(yoqimsiz ham) hidi bor edi. Koʻcha ham asta-sekin uygʻonardi, mana bu yerda doʻkon egalari panjaralarni ochmoqda, ana velosipedda shoshayotgan odamlar, issiq qahva hidiga qorishgan shahar nafasi…
Shiya qoʻllarini choʻntagiga tiqib, ishi tomon yurdi. U mahalliy kichik kafeda ofitsiant va kechalari ovqat yetkazib berishuvchi boʻlib ishlar, oʻqishdan haydalganiga mana uch oy boʻlgandi. Otasiga bu haqida aytolmagan, oʻzi qarib kasalmand boʻlib qolgan, xabarni eshitsa bira toʻla oʻlib qolmasin dedida.
* * *
Soat 06:12
Sano oʻz ish joyiga yetib kelgandi. . . Kafe tor koʻchada, temir yoʻl ostidagi eski arkadaning soyasida qad rostlab turardi. Tashqaridan qaraganda u oddiy koʻrinardi. Yogʻoch eshik, ustiga osilgan biroz sargʻaygan mato parda va qoʻlda yozilgandek notekis harflar bilan bitilgan kichkina sarlavhacha. Ammo eshik ochilishi bilan ichkarida iliq havo yuzga urilardi. Qahvaning achchiq hidi, yangi pishgan non va karamel qoʻshilgan shakar aralashmasi havoda suzib yurardi. Shift past, chiroqlar esa sariq rangda, xuddi qoʻlbola quyoshdak. Har bir stol ustida mayda shisha idishda quritilgan gullar turardi. Pol biroz qarsillab ovoz chiqarardi, eskiroq ekani bois.
Deraza yonidagi eng eski stolga quyosh nuri egri tushardi, u chang zarralarini oltin rangda raqsga tushirgandek koʻrsatardi.
Orqa tomonda qahva mashinasi past ovozda bazoʻr ishlardi, u ham ancha eskirgan. Lekin tovush xoʻrrandalarni bezovta qilmasdi, zarracha ham. Peshtaxta ortida oq fartuk kiygan qariya barista turardi. Uning harakatlari zerikarli darajada sekin edi. Chashkani tutishi, qahvani quyishi hammasi tongi ritualllarni eslatardi. Tong boʻlgani uchun, mijozlar ancha kam. Deraza yonida gazetaga egilgan keksa erkak, quloqchin taqqan talaba qiz, va burchakda yolgʻiz oʻtirgan bir yigit. Ular bir-biriga qaramasdi ham, ammo barchasini bir xil zerikarli sukunat bogʻlab turardi.
Devorda eski soat osigʻliq edi. Uning "tik-tak" ovozi ushbu sukutda juda baland eshitilardi.i Kafeda tashqaridagi shahar shovqini "oʻchib" qolardi. Sanoning fikricha, kafega charchagan odamlar vaqtincha yashirinadigan kichik boshpana edi, sababi oʻzi ham bu yerga faqatgina muammolaridan biroz boʼlsa ham halos boʻlish uchgina tashrif buyuradi. Eshik yana ochildi. Sovuq tong havosi ichkariga bir lahzaga kirib, keyin yana yopildi. Kafe esa yana oʻzining issiq, jim va hidlarga toʻla dunyosiga qaytdi.
•
•
•
Time skip | Soat 18:25
Eski koʻp qavatli uylar shahar chetida joylashgan boʻlib, ular baland emasdi, lekin koʻp yillar davomida ishlagan ayni damda qartayib qolgan odamdak beli bukilib, ancha charchagandak turardilar. Beton devorlari rangini yoʻqotgan, oqdan kulrangga aylangan, baʼzi joylari esa yomgʻir va quyosh ostida qorayib ketgandi. Devorga yopishib qolgan zang izlari tomchilab tushgandek shakl hosil qilgandi. Derazalar bir xil qator bo‘lib joylashgan, ammo baʼzilari pardalar bilan yopilgan, baʼzilari ochiq, ichkarida xira chiroq yonardi. Ayrim derazalardan televizor shovqini, idish-tovoq jarangi, yoki bolalarning uzoqdan kelgan kulgisi eshitilardi. Balkonlar tor va temirdan edi. Ularda osilgan kirlar shamolda sekin tebranardi, oq ko‘ylaklar, ish kiyimlari, mogʻori chiqqan eski sochiqlar. Baʼzi balkonlarda siniq gul tuvaklari, qurigan oʻsimliklar, eski velosiped gʻildiragi yotardi. Zinapoyalar qorongʻi va sovuq boʻlib, devorlarga yopishtirilgan eski eʼlonlarning rangi oʻchgandi, ular ijaraga beriladi, yoʻqolgan mushuk haqidagi unchalik ahamiyatli boʻlmagan eʼlonlar edi. Lift yoʻq. Odamlar har kuni zinapoyadan koʻtarilardi. Huddi Sanodak. Kechasi bu uylar yanada gʻalati koʻrinardi. Huddi tashlandiqdak. Shamol balkonlardagi temir panjaralarni sekin qimirlatib, mayin, ammo yoqimsiz ovoz chiqarardi. Uylar goʻzal deb boʻlmas, biroq qandaydir ajoyib gotik atmosferaga egadak edi. Ular hozirgi zamonning hashamatli uylardan farqli , ancha chidamli ichida oʻyladi yigit.
Sano uchinchi qavatga chiqdi. Qariyb ikki haftadan beri aynan shu ko‘p qavatli uyning uchinchi qavati, 404-raqamli xonadondan har kuni soat 18:00 da buyurtma kelardi. Bir daqiqa ham kechikmasdi. Har safar bir xil.
U doim korokke - qovurilgan kartoshka va go‘shtdan tayyorlangan kroket, yoniga matcha latte va desertga parfait ( meva qatlamli muzqaymoq) buyurtma qilardi. Sano esa har kuni shu yoqimsiz ko‘p qavatli uyga ushbu buyurtmalarni eltib berishga majbur edi, haqqi toʻlansada.
* * *
Unga allaqachon tanish bo‘lib qolgan kir-yog‘och eshikni taqillatdi. Zinapoya devoriga, to‘rtinchi qavatga chiqish tomonda, eski pochta qutisi osig‘liq turardi. Buyurtmachi odatda pulni eshik yoniga qo‘yib ketardi. Sano faqat ovqatni qoldirib, pulni olib ketardi. Eshik ortidan asta harakat tovushi eshitildi. Eshik qiya ochildi. Ingichka, oppoq qo‘l ko‘rindi. So‘ng ayollarga xos yengil yengil yoʻtal tovushi eshitildi i. Sano bunga ham o‘rganib qolgandi aynan shu harakat orqali u buyurtma topshirilayotganini bilardi. U paketni uzatar ekan, har galgidek oʻsha insonning yuzini ko‘rishga urinardi. Ammo qizning yuzida yana o‘sha yuz uchun maxsus niqob bor edi. Bugun esa u ataylab buyurtmani sekin uzatdi. Uni aniqroq ko‘rish istagi ichidagi shaytonni uyg‘otgandek edi. Qiz paketni qo‘liga olishi bilanoq eshikni yopmoqchi bo‘ldi. Shu payt Sano butun gavdasi bilan suyanib, oyog‘ini eshik orasiga tirab oldi. Ikkalasi ham ichida so‘kinib yubordi. Qiz bor kuchi bilan itarib, eshikni qattiq yopdi. Sanoning qo‘lida sochilib ketgan ovqat qoldi. U bir muddat qimirlamay turdi. Ichida nimadir g‘alati his uyg‘ondi. Nimadir shubhali edi. . .
Shundan so‘ng, butun hafta davomida o‘sha g‘alati qizdan birorta ham buyurtma kelmadi
Bir hafta davomida Sano o‘sha qiz haqida o‘ylamasdan tura olmadi. Har kecha, ishdan qaytganidan keyin ham, uyquda yotganda ham uning ingichka qo‘li, yuzlar uchun maxsus niqobi va uning ishoraviy yoʻtalishi yigitning ongida aks-sado berib, uyqudan oldin ham, uxlayotgan paytida ham uni tark etmadi. Shu bir haftalik hayoti maʼnosizlashib qolgandak boʻldi. Bu safar ham, odatdagidek, buyurtma kelishini kutmasdan, ishi tugashi bilanoq qizning uyi tomon ketdi.
•
•
•
Biroq, zinapoyaning devorida osilgan eski pochta qutisi yo‘q edi. U chalg‘ib qoldi. Eshikka yaqinlashib, qattiq taqillatdi, oyoqlari bilan eshikni tepdi, baland ovoz bilan chiqishini aytib baqirdi. Eshik orqasidan biror javob kelmadi. To‘satdan, eshikka qarama-qarshi turgan boshqa eshik ochildi. Uning qarshisida qari kampir paydo bo‘ldi. Kampir kichik, burishgan yuzida chuqur ajinlar bilan, ko‘zlari esa yilnayotgan ko‘zgudek tiniq va mitti edi. oqargan sochlarini oʻrib olgandi. Kampir suyagi koʻrinib turgan qoʻllarini beliga tirab, Sanoning yuziga yaxshiroq tikilishga harakat qilardi. Lekin yigitning boʻyi, munkayib qolgan kampirnikidan nisbatan balandroq edi.
Yigit titrab, ammo so‘roq qiluvchi ohangda so‘radi:
- Bu yerda bir qiz yashardi, uni qayoqqa ketganini bilamaysizmi?
Kampir yengil bosh chayqadi, ohista, soʻng qurib qolgan lablari qimirlay boshladi.
- Xa, umi ? bir yosh qiz yashardi, lekin ikki oycha avval u vafot etdi. Ismi adashmasam Miko edi. - biroz oʻylanib turib, dedi.
- Kim edi u? Tanirmidingiz? - ancha hovliqib berdi, bu savollarini
Kampir endi unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaradi.
- Yoʻq, yaxshi tanimasdim. U uyda kam boʻlardi. - pauza qilib, - Siz oʻzingiz kim boʻlasiz, unga? Agar tanishi boʻlsangiz mana bu uy kaliti, - u juldir kamzuli choʻntagidan kalit chiqardi, va qaltiroq qoʻllari bilan yigitga uzatdi.
- Rahmat. - yigit soxta jilmayib qoʻydi.
—
Chuqur nafas olib, kalitni zulfiga solib, Sano eshikni ochdi. Bir lahza to‘xtab, to‘g‘ri qilayaptimi, yo‘qmi, deya oʻylab oldida. Keyin, uyning ichiga qadam tashladi.
Yigit umuman kutmagan sahnaga guvoh boʻlgandi. Uy quppa-quruq, bo‘m-bo‘sh edi. Jihozning bir donasi, hattoki izi ham yo‘q, hamma narsa toza, huddi yalangʻoch ayol tanasiga oʻxshardi.
Faqat bir chekkada u ishlaydigan kafe logotipi bosilgan paketlar yig‘ilib turardi. Paketlarga aralash, yuz uchun maxsus niqoblar ham eʼtiborini tortdi. U bir uyum qilib qoʻyilgan axlatga yaqinlashdi, va ular orasidan qopqogʻi yoʻqolgan qizil lab boʻyogʻini koʻrdi. Uni ehtiyotkorlik bilan qo‘lga olib, yaxshilab o‘rgandi. Hech narsa topmagach, axlatni titib koʻrishga qaror qildi. “Olmas chaqqan olmaxon” nomli tungi klubning vizitkasi topgandi. Unga ovqat dogʻlari tekkandi.
* * *
Boyagi xotinning eshigini qattiq-qattiq taqqilatardi. Eshik ochilishi bilanoq, yigit kampirning naqt yuziga vizitkani tutqazdi, mitti ko‘zlari esa kattalashgandek tuyuldi unga.
- Sizga tanish emasmi? - Sano to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘radi.
Kampir darhol javob bermadi, go‘yo eslashga urinayotgan edi.
- Bir safar, Miko o‘sha yerda ofitsiantlik qilgani haqida aytgandi… - gapning uchini chiqarib, sekin-asta so‘zladi. - Lekin, bilsangiz, yaxshi yigit, u yerda anavinaqa qizlar uya qurib olgan. Yaxshi joy emas. . . - ovozi past, sir ochayotgandek bo‘ldi. - Aslo, bora ko‘rmang. - so‘ng eshikni naqt Sano yuziga yopib qo‘ydi.
Sano vizitkaga qaradi va qiziqishi yanada ortdi.
- Qiziq… Miko deganlari, o‘limini sahnalashtirgan shekilli. Ammo, nega?
•
•
•
Davomi bor. . .