Nima? Kim bu deysizmi? Bu Jafar... Kasalxonamizda Ikki yildan beri davolanar edi... Bugun saharda o'tib qoldi. Olib ketishga odam kelmadi. Kim ham kelardi? Bu bechorani pulidan boshqa hech narsasi yo'q edi...
107 palatada kim yotadi deysizmi? Eh... so'ramang! U kishini oti G'ulom. G'ulom domla. Ishonasizmi, bir paytlar universitetda domlalik qilgan! Hozir esa Alsgeymer kasali bor. Hech narsani eslolmaydi.
Anavi aravachada o'tirgan kim deysizmi? Bu Karim... sobiq futbolchi. Uni taniysiz! Televizorda ham chiqqan...
Deraza yonidagi odam kim deysizmi? Eh, do'stim nega odamni qiynaysiz-a... Bu Hamid... Yozuvchi deb eshitgandim. Parkinson kasalligi bor. Qo'lida ruchka tugul finjon ham ushlay olmaydi, bechora...
Aytganchi o'zingiz kimsiz? Azroil...?