Osmon bilan bõylashgan purviqor tog'lar etagida, sõlim bir gõsha yashiringan. Bu erda vaqt ózgacha sur'atda oqadi:Shaffof buloqlarning shildirashi, archalarning hushbóy hidi va toğ shabadasi Inson kōngliga ajib bir osoyishtalik in'om etadi. Bir-biriga suyanib, yastanib yotgan tog'lar , góyo qishloq hayotini kuzatayotgan soqov guvohlardek. Ular asrlar davomida shu etaklarda kechgan qancha-qancha quvonch va qayğularga, shovqinli tóylar-u, pinhona tuyğularga jimgina qarab keladi.
Bomdod azoni tog‘lar orasidan yangraganida, tunning so‘nggi qorong‘iligi hali yer yuzini tark etmagan edi.
Azon ovozi uzoq-uzoqlarga taralar, tog‘lar uni qaytarib, go‘yo yana qishloq ustiga sochib yuborardi.
Toğlar etagidagi bu kichik góshada uylar sanoqli.
Bir uyda chiroq yondi.
Keyin ikkinchisida.
So‘ng uchinchisida.
Qishloqda yana bir yangi hayot qissasi boshlanayotgan edi.
Ammo bir uyda kimdir allaqachon uyg‘oq edi.
Aynur.
U deraza yonida turib, tashqariga qaradi.
O‘n yetti yoshga endigina kirgan qiz uchun tongning bunchalik erta va sokin paytlarida uyg‘oq turish odatiy hol emasdi. Ammo Aynurning uyqusi allaqachon qochib bo‘lgan.
Bu yil u o‘n birinchi sinfga ótdi.
O‘n birinchi sinf...
Bu so‘zning o‘ziyoq uning nozik elkasiga katta ma'suliyat yuklayotgandek .
Go‘yo kechagina maktabning birinchi sinfida katta sumkasini zo‘rg‘a ko‘tarib yurgandi. Endi esa maktabni tugatishiga bir yil qolgan.
Bir yil.
U oynadagi aksiga qaradi.
Keyin sekin jilmaydi.
— Vaqt ham qiziq-a... — dedi u o‘ziga.
Xona hali qorong‘i edi. Stol ustida kecha tartiblab qo'yilgan, kitoblar turardi. Ularning orasidan ingliz tili lug‘ati ko‘rinib turardi.
Aynur qo‘lini uzatib, lug‘atni oldi.
Bir necha soniya muqovasiga tikilib turdi.
Uning ko‘z oldiga esa bu qishloq emas, butunlay boshqa manzaralar keldi.
Katta shahar.
Baland binolar.
Notanish ko‘chalar.
Aeroport.
Begona tillarda gaplashayotgan odamlar.
Tasavvuridagi oliygoh.
Va eng muhimi — o‘zi.
U yerda, uzoq bir mamlakatda, hech kim unga:
“Qiz bolaga buncha o‘qishning nima keragi bor?”
demasdi.
Hech bo‘lmaganda, Aynur shunday bo‘lishiga ishonardi.
U kitobni bag‘riga bosdi.
Tashqarida esa tong yorishayotgan edi.
Tog‘larning tepasiga avval xira oqarish yugurdi. Keyin osmonning chekkasi asta-sekin rangga kira boshladi. Qishloq ustidagi qorong‘ilik chekinar, uning o‘rnini yangi kun egallardi.
Aynur derazani ochdi.
Sovuqroq havo yuziga urildi.
U ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
Bir kun...
Bir kun u bu tog‘larni ortda qoldiradi.
Bir kun u Toshkentga boradi.
Bir kun esa undan ham uzoqqa.
U bunga chin dildan ishonardi.
Faqat Aynur hali bilmasdi...
Ba'zan inson o‘z kelajagi uchun chizgan eng chiroyli rejalari bilan hayotning unga tayyorlab qo‘ygan qismati borligini.
Aynur o‘z taqdirining birinchi sahifasida turardi.
U kiyimlarini tayyorlash uchun shkaf tomon yurdi.
Bugun maktabning birinchi kuni edi.
Yangi sinf.
Yangi daftarlar.
Eski do‘stlar.
Va ehtimol...
yangi bir voqea.
Aynur hali bularning hech birini bilmasdi.
U faqat bitta narsani bilardi:
u o‘qishi kerak edi.
Aynur ro‘molini yelkasiga tashladi-da, hovliga chiqdi.
Tong
qishloqning tor ko‘chalari hali odam qadamini kutib yotardi. Kechasi tushgan shabnam tuproq kóchalarni changini namlab qo‘ygan, daraxt barglarida esa shudring tomchilari yaltirardi.
Aynur supurgini qo‘liga oldi.
U avval darvozani ochdi, keyin hovlini supura boshladi. Supurgining bir maromdagi ovozi tong sukunatiga qorishib ketdi.
U ishlarni ózi bilib qilardi.
Aynur shunday qiz edi.
Yoshi kichikligidanoq, zimmasidagi ishlarni hech kim eslatmasdan bajarardi.
Uning qiyofasida qandaydir tushuntirib bo‘lmaydigan sokinlik bor edi. Go‘zal qizlar ko‘p , ammo Aynurning husni shunchaki chiroy emasdi. Uning yuziga qaragan odam avval ko‘zlarini, keyin nigohini eslab qolardi.
Tongning ilk nuri uning yuziga tushganida, qoramtir sochlari orasidan chiqib turgan mayda tolalar oltin rangga kirar, uzun kipriklari ostidagi ko‘zlari esa yanada teran ko‘rinardi.
Uning ko‘zlari...
Go‘yo tog‘lar orasidagi buloqdek tiniq, orzularga tóla edi
Aynur o‘zining go‘zalligidan ğururlanadigan qizlardan emasdi.
Supurgini bir chetga qo‘yib, u ko‘chaga nazar tashladi.
Shu payt suvga chiqqan ayollarning shivir-shiviri quloğiga chalindi.
— Voy, hali maktabga boradi-ya?
— Ha, o‘n birinchi sinfga o‘tibdi.
-Shaharda katta óqishlarda óqimoqchi ekan
— Shuncha o‘qishning nima keragi bor ekan?
Ikkinchi ayol kulimsirab javob berdi:
— Qiz bola baribir bir kun birovning uyiga ketadi. O‘qib shahar olib berarmidi?
Ularning ovozi past edi, ammo tongning jimjitligida har bir so‘z aniq eshitilardi.
Aynur eshitdi.
Lekin indamadi.
Supurgini yana qo‘liga oldi.
Ko‘cha esa uning ortidan tozalanib borardi.
U ayollarning gaplariga o‘rganib qolgan.
Qishloqda odamlar ba'zan sening kelajaging haqida sendan ko‘ra ko‘proq bilishadi.
Qaysi yoshda turmushga chiqishingni.
Kimga turmushga chiqishingni ham.
Hatto qachon farzandli bo‘lishingni ham.
Faqat bitta narsani bilishmasdi.
Aynurning yuragida nimalar borligini.
Supurib bo‘lgach, u oshxonaga kirdi.
Oshxona eski. Devorlarining ayrim joylari nuragan, bir chetda óchoq, yonida esa tekis qilib taxlangan ótinlar.shular qatorida choy qaynatish uchun chelakdan mahorat bilan yasalgan óchoq. Devorga qilingan tokchada yillar davomida ishlatilib kelinayotgan xar xil idishlar turardi.
Avval choynakka suv quydi.
Keyin o‘choqlarga o't yoqdi.
Oyisi kecha soğib ustini doka bilan yopib qóygan sutni qozonga soldi.
Quruq shoxlarning shitirlashi oshxonani to‘ldirdi. Ko‘p o‘tmay, olovning iliq shu'lasi Aynurning yuziga tushdi.
Aynur choynakning qaynashini kutib, bir zum derazadan tashqariga qaradi.
Uzoqda tog‘lar.
Ularga qaraganida yuragida doim bir xil tuyg‘u uyg‘onadi.
Go‘yo o‘sha tog‘larning narigi tomonida uni boshqa bir hayot kutayotgandek.
Balki Toshkent.
Balki undan ham uzoq joylar.
Balki chet el.
U hali bilmasdi.
Lekin orzu qilishni bilardi.
Choy tayyor bo‘lgach, Aynur katta patnisni ko‘tarib tashqariga chiqdi.
Hovlining chetida eski chorpoya bor edi.
Yog‘ochlari yillar davomida quyosh va yomg‘irda toblangan, ammo hali ham mustahkam edi.
Aynur avval tórt tomoniga kórpachalar tóshalgan xontaxtani tozalab artdi. So‘ng ustiga toza joynamozdek tekislangan dasturxon yozdi, choynak va piyolalarni tartib bilan qo‘ydi.
Shamol uning sochlarini yengil silkitdi.
U qo‘li bilan sochining bir tutamini qulog‘i ortiga surib qo‘ydi.
Shu oddiy harakatning o‘zida ham qandaydir nazokat bor edi.
Aynurning go‘zalligi bezak talab qilmasdi.
Uning yuzida ortiqcha pardoz, kiyinishida dabdaba yo‘q bo‘lsa-da, u qishloqning gózal qizlari orasida xuddi yulduzlar orasida nur sochgan oydek ajralib turardi.
— Dada, oyi... choy tayyor, — dedi u eshik yoniga kelib past ovozda.
Ichkaridan avval onasining ovozi eshitildi.
— Hozir, qizim...
Ko‘p o‘tmay ota-onasi hovliga chiqishdi.
Otasining yuzida tonggi uyquning og‘irligi, onasining nigohida esa allaqachon kunlik tashvishlar uyg‘ongan edi.
Ular chorpoyaga o'tirishdi.
Aynur piyolalarga choy quyib berdi.
Bir muddat hech kim gapirmadi.
Faqat qushlarning chuğur-chuğuri, daraxt barglarini silayotgan shamol va piyolaga quyilayotgan choyning mayin tovush eshitilardi.
— Bugun maktabning birinchi kunimi? — deb so‘radi onasi.
— Ha.
— O‘n birinchi sinf...
Onasi shu so‘zni aytgach, bir zum qiziga qarab qoldi.
Aynur esa choyidan bir ho‘pladi
— Vaqt juda tez o'tyapti, — dedi onasi. — Endi katta bo‘lib qolding.
Aynur indamadi.
Onasi gapini davom ettirdi.
— Qizbola qólidan hamma ish kelsa borgan joyida tinib-tinchib ketishi oson bóladi
Aynur piyolasiga qarab o'tirardi.
Onasining nima demoqchi ekanini u yaxshi tushunardi.
Bu gaplarni u birinchi marta eshitayotgan emasdi.
— Qiz bola juda ko‘p narsani orzu qilaverishi ham yaxshi emas, — dedi onasi. — Hayot kitobdagidek bo‘lmaydi. Sen hali buni tushunmaysan.
Aynur sekin piyolasini dasturxonga qo‘ydi.
U onasiga qaradi.
Ko‘zlarida na g‘azab, na norozilik bor edi.
Faqat tushuntirib bo‘lmaydigan bir sokinlik.
— Oyi, maktabga kech qolaman, — dedi u.
Onasi bir zum jim qoldi.
— Mayli, boraver.
Aynur boshqa hech narsa demadi.
Choylarini ichib bo‘lishgach, u piyola va choynaklarni yig‘ib oldi.
Onasining gaplari esa uning xayolida uzoq qolmadi.
Chunki Aynurning ichida boshqa bir dunyo bor edi.
U dunyoda hali hech kim uning o‘rniga qaror chiqarmagan edi.
U yerda u universitet tanlardi.
Shahar tanlardi.
Kasb tanlardi.
Hayotini tanlardi.
---
Xonasiga kirgach, Aynur shkaf eshigini ochdi.
U kiyimlarini kiydi, sochlarini tartibga soldi. Keyin stol ustidagi kitob va daftarlarini sumkasiga joyladi.
Oxirida yana bir marta xonasiga qaradi.
Stol ustida ochiq qolgan kitob.
Deraza yonidagi kichkina xarita.
Devorga ilingan bir nechta universitet nomlari yozilgan qog‘ozlar.
Ular orasida Toshkentdagi oliygohlarning nomlari ham bor edi.
Aynur qog‘ozga qarab, jilmaydi.
— Bir kun...
U sumkasini yelkasiga osdi.
Darvoza tomon yurdi.
Darvoza ochilganda quyosh allaqachon to'liq kótarilib
qishloq uylarining tomlariga oltin rang nur sochardi.
Kózi bexosdan tanish insonga tushdi.
U bir zum to‘xtadi.
— Dilmurod?
Yigit jilmaydi.
— Nihoyat chiqding.
Dilmurod uning sinfdoshi edi.
Ular bir necha yildan beri bir sinfda o‘qishardi. Dilmurod Aynurni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tushunardi. Uning nimani yoqtirishini ham, nimani orzu qilishini ham bilardi.
— Qachondan beri kutyapsan? — so‘radi Aynur.
— kóp bo‘lmadi.
— Yolg‘on gapiryapsan.
Dilmurod kuldi.
— Mayli, ancha bo‘ldi.
Aynur ham kulib yubordi.
Ular yonma-yon yurib ketishdi.
Qishloq ko‘chalari tonggi hayot bilan to‘lib borardi. Kimdir molini haydab chiqayotgan, kimdir eshigi oldini supurayotgan, maktab yoshidagi bolalar esa sumkalarini ko‘tarib, Maktabga otlangan.
Dilmurod Aynurga qarab:
— Tayyorlandingmi?
— Nimaga?
— Mustaqillik darsiga
Aynur kulimsiradi.
— Men allaqachon tayyorman.
— Keyin-chi?
— Keyin nima?
— Maktabdan keyin.
Qayerda óqimoqchisan
Aynur bir zum jim qoldi.
— Toshkentga ketaman, — dedi u.
Dilmurod uning ishonch bilan gapirgan gaplariga mamnun, qarab qo‘ydi.
— Birga ketamiz!