
ASTERION OLAMLARI
1—qism — 01:01
"Ba'zi eshiklarni odamlar topmaydi. Eshiklarning o'zi kimnidir tanlaydi."
Shahar odatdagidek gavjum edi. Mashinalar shovqini.
Yomg'ir tomchilari.
Ko'cha chiroqlari.
Hech kim osmonga qaramasdi. Hech kim sezmasdi...
Bu tun boshqalaridan butunlay farq qilishini.
Aria universitet kutubxonasidan kech qaytayotgandi.
Qo'lida eski xarita haqidagi kitob. Qulog'ida naushnik.
Ammo birdan...
Naushnikdagi musiqa o'z—o'zidan to'xtadi.
Telefon ekrani qorayib qoldi.
Soatga qaradi.
01:01
Sh U Olñ...
ko'chaning narigi tomonidagi barcha mashinalar bir zumda qotib qoldi.
Yomg'ir tomchilari ham havoda osilib qoldi.
Hatto shamol ham esmay qo'ydi.

vaqt nafas olishni unutgandi.
Aria qo'rqib atrofga qaradi.
— Nima...
bo'lyapti?..
Hech kim qimirlamasdi.
Ko'cha o'rtasidagi mushuk ham haykaldek qotib qolgandi.
U ehtiyotkorlik bilan oldinga yurdi.
Mashina yoniga bordi.
Haydovchi ko'zini ham pirpiratmay o'tirardi.
Aria uning yelkasiga tegdi. Hech qanday reaksiya yo'q. Birdan...
Tak...
Tak...
Tak...
Qadam tovushi eshitildi.
Lekin bu tovush Aria ortidan kelayotgandi. U sekin ortiga o'girildi.
Ko'chaning oxirida bir yigit turardi. Taxminan yigirma yoshlar atrofida. To'q kulrang uzun palto kiygan.
Yelkasiga osilgan charm sumka.
Qo'lida esa g'alati billur kompas bor edi. Uning ko'zlari...
oddiy ko'zlar emasdi.
Ularda xuddi yulduzlar
harakatlanayotgandek edi.
Yigit xotirjam yurib keldi.
Atrofdagi muzlagan vaqt unga umuman ta'sir qilmayotgandi.
U Aria oldida to'xtadi.
— Demak...
nihoyat seni topdim.
Aria bir qadam ortga chekindi.

kimsiz?
Yigit javob bermadi.
U qo'lidagi billur kompasga qaradi. Kompasning mili Ariaga ishora qilardi. Yigit chuqur xo'rsindi.
Demak, xato qilmagan ekan.
Aria jahl bilan so'radi:
Nima haqida gapiryapsiz? Atrofga qarang!
Vaqt to'xtab qolgan!
Yigit xotirjam jilmaydi.
Yo'q.Vaqt to'xtamadi.Faqat sen undan chiqib ketding.
Bu javob Ariani yanada hayratga soldi.
Shu payt...
osmonda g'alati yoriq paydo bo'ldi. Avval ingichka chiziq.
Keyin u kattalasha boshladi. Yoriq ichida yulduzlar emas... boshqa osmon ko'rinardi.
Binafsha rang. Uchayotgan orollar.
Va havoda suzib yurgan ulkan eshiklar...
Aria ko'zlarini uzolmay qoldi.

tushmi?
Yigit boshini chayqadi.
Yo'q.Bu...
Asterion.
Birdan billur kompas qattiq porlay boshladi. Yigitning chehrasi birdan o'zgardi.
U osmonga qarab pichirladi:
Yo'q...
ular bizni topibdi.
Aria hech narsani tushunmay turardi.
Kim?
Yigit javob berishga ulgurmadi.
Osmondagi yoriq ichidan ulkan qora qo'l chiqdi.
Uning barmoqlari osmonning o'zidan ham kattaroq edi.
Qo'l to’g’ridan—to’g'ri...
Ariaga qarab cho'zildi.
Yigit bir lahzada uning qo'lidan ushladi.
Yugur!Agar ular ismingni aytishga ulgurishsa...
sen bu dunyoga endi hech qachon qaytolmaysan!
Aria yugurishni boshladi.
Orqasida esa butun osmon parchalanayotgandi...
2—qism — lsmni Chaqiruvchilar
"Ba'zi mavjudotlar seni yuzingdan emas, isming orqali topadi."
Yugur!
Asterning ovozi tun sukunatini yorib yubordi. Aria nima bo'layotganini tushunmasdi.
Lekin yuragi unga faqat bitta narsani aytardi: To'xtama.
U ikkalasi bilan bo'shab qolgan ko'chalar
bo'ylab yugurardi.
Atrofdagi odamlar hali ham qotib qolgan.
Yomg'ir tomchilari havoda muallaq.
Go'yo ular surat ichida yugurayotgandek edi. Orqadan dahshatli ovoz yangradi.
"...Aria..."
Qiz birdan to'xtab qoldi.
Bu ovoz...
onasining ovoziga juda o'xshardi.
Aria...

Ortga qara...
Aria beixtiyor ortiga burilmoqchi bo'ldi. Lekin Aster uning qo'lidan tortdi.
Qarama!Nima eshitsang ham, ortingga qaramagin!
Osmondagi ulkan qora qo'l tobora yaqinlashardi.
Lekin endi u yolg'iz emas edi.
Yoriq ichidan qora tutunga o'xshash o'nlab siluetlar chiqdi.
Ularning yuzi yo'q edi. Faqat bo'sh, oppoq niqob. Ular yurmasdi...
Yer ustida suzib kelardi.
Har biri bir xil ovozda pichirlardi. "...Aria..."
"...Aria..."
"...Aria..."
Aria quloqlarini berkitdi.
Ular mening ismimni qayerdan biladi?! Asterning javobi qisqa bo'ldi.Chunki ular...
lsmni Chaqiruvchilar.
Ular tor ko'chaga burilishdi.
Ko'chaning oxirida eski soat minorasi turardi. Aster billur kompasni chiqarib, minoraning
eshigiga tekkizdi.
Kompasdan moviy nur chiqdi. Devor tebrandi.
Va hech qayerda bo'lmagan... billur eshik paydo bo'ldi.
Aria hayratdan qotib qoldi.
Bu yerda eshik yo'q edi—ku...Chunki uni faqat tanlanganlar ko'ra oladi. Aster eshikni ochmoqchi bo'lganida... kompas qizil rangda yona boshladi.
Uning chehrasi oqarib ketdi.
Yo'q...Ular juda tez yetib kelishdi...
Shu onda ko'chaning narigi tomonidagi soyalar qimirlay boshladi.
Bir emas.
Ikki emas.
O'nlab qora qo'llar asfalt ichidan chiqib
kelardi.
Ular Aria tomon cho'zilardi.
Aster cho'ntagidan kichkina kumush pichoqni oIdi.
Pichoq oddiy emasdi.
Unda qadimiy belgilar yonib turardi. U pichoqni yerga sanchdi.
Shu zahoti moviy doira paydo bo'ldi.
Qora qo'llar unga tegishi bilan kulga aylanardi.
Lekin...
doira asta—sekin yorila boshladi.
Uzoq ushlab turolmayman! — dedi Aster. Aria qo'rquv bilan so'radi:Axir ular mendan nima istaydi?
Aster bir lahza jim qoldi.
So'ng past ovozda dedi:
Ular seni olib ketishmoqchi emas...Ular...
sening haqiqiy ismingni eshitmoqchi.
Aria hayron bo'ldi.Mening ismim—ku Aria.
Aster boshini qattiq chayqadi.
Yo'q."Aria" — bu senga berilgan ism.Ammo Asterion seni boshqa ism bilan taniydi.
Birdan...
Billur eshik o’z—o’zidan ochilib ketdi. lchkaridan sovuq shamol urildi.
Aria ichkariga qaradi...
U yerda cheksiz zinapoyalar osmon tomon ko'tarilib ketardi.
Har bir pog'onada bittadan eshik.
Yuzlab.
Minglab.
Balki cheksiz...
Har bir eshikning ustida bitta belgi bor edi.
Ammo...
eshiklarning eng tepasida ulkan yozuv porlab turardi:
"ASTERIONGA XUSH KELIBSAN."
Shu payt Ismni Chaqiruvchilardan biri birinchi marta gapirdi.
Bu safar uning ovozi butun shaharni larzaga soldi.
"Biz seni topdik..."
"...Ey Voris."
Asterning ko'zlari katta ochildi.
Yo'q...Ular bu ismni qayerdan bildi?!
Va billur eshik ortidagi zinapoyalar birdan qaltiray boshladi...
3—qism — Cheksiz Zinapoya
"Ba'zi zinapoyalar yuqoriga olib chiqmaydi. Ular seni haqiqatga yaqinlashtiradi."
Billur zinapoya qattiq titray boshladi. Eshiklar birin—ketin ochilib, yana yopilardi. lchkaridan turli ovozlar eshitilardi.
Kulgi.
Yig'i.
Qichqiriq.
Va...
kimdir Aria ismni pichirlardi. "...Ey Voris..."
"...Qayt..."
Aster Arianing qo'lidan mahkam ushladi.
Menga quloq sol.Hozirdan boshlab bu yerda ko'radigan narsalaringning yarmiga ishonma.Eshitadiganlaringning esa deyarli hammasi yolg'on bo'ladi.
Aria hayron bo'ldi.
Demak... hammasi tuzoqmi? Aster boshini chayqadi.Yo'q.Eng xavflisi... yolg'onlar emas.Haqiqatning o'zi.
Shu on ular ortidagi billur eshik shiddat bilan yopildi.
BAMM!
Pastga qarashdi. Zinapoyaning oxiri yo'q edi.
Go'yo ular endi hech qachon orqaga qayta olmasdilar.
Aria chuqur nafas oldi.
Endi nima qilamiz?
Aster javob bermoqchi edi.
Lekin...
zinapoyadagi birinchi eshik o’z-o'zidan ochildi.
Ichkaridan oppoq tuman chiqdi. Va undan...
yana bir Aria chiqdi.
U xuddi Arianing o'zi edi. Bir xit yuz.
Bir xii ovoz.
Bir xii kiyim.
Faqat bitta farqi bor edi.
Uning ko'zlari kumush rangda edi. U jilmaydi.
Salom...

Men seni anchadan beri kutyapman. Aria qo'rqib ortga chekindi.
mumkin emas...
Aster qilichini sug'urdi.
Ko'zingga qaramagin!Lekin kech edi.
Kumush ko'zli Aria haqiqiy Ariyaga tikildi.
Va birdan...
Aria boshida minglab xotiralar chaqnadi. Bolaligidan parchalar.
Notanish shaharlar.
Boshqa osmonlar.
Va...
o'zining yuzlab boshqa hayotlari.
Birida u malika. Birida olima.
Birida yolg'iz sayohatchi.
Birida esa...
u hech qachon tug'ilmagan.
Aria boshini ushladi.To'xtating...Men bularni ko'rishni xohlamayman!
Kumush ko'zli qiz mayin kuldi.
Bular sening xotiralaring emas.Sening boshqa olamlardagi hayotlaring. Aster bir qadam oldinga chiqdi.Yetar!
U billur kompasni havoga ko'tardi.
Kompasdan tarqalgan moviy nur kumush ko'zli Ariaga tegishi bilan...
u minglab billur bo'laklarga parchalanib ketdi.
Lekin...
har bir bo'lak yerga tushishidan oldin bitta so'zni aytdi.
"Kuzatuvchi..."
Aria chuqur nafas oldi.
Bu nima edi?
Aster javob bermadi.
U zinapoyaning yuqorisiga qarab qotib qoldi.
Aria ham qaradi.
Va yuragi muzlab ketdi.
Yuqoridagi barcha eshiklar bir vaqtning o'zida ochila boshladi.
Har bir eshikdan...
yana bittadan Aster chiqardi. Qora sochli.
Oq sochli.
Yuzida chandiq bor. Qirollik kiyimidagi. Qariya.
Hatto bolaligidagi Aster ham bor edi. Yuzlab...
balki minglab Asterlar zinapoyada jim turishardi.
Hammasining nigohi bitta nuqtaga qadalgan. Haqiqiy Asterga.
Shunda ulardan biri oldinga chiqdi.
Uning chap ko'zi yopiq, yelkasida qora qanotga o'xshash tamg'a bor edi.
U sekin kuldi.
Va dedi:
"Nihoyat seni topdim..."
"...Mening boshqa hayotim."
Haqiqiy Asterning chehrasi oqarib ketdi. U juda sekin pichirladi:
Yo'q...Bu Asterionning taqiqlangan olami...Bu yerda inson o'zi bilan uchrashmasligi kerak edi.Shu lahzada barcha boshqa Asterlar bir vaqtning o'zida boshlarini ko'tarishdi...
Va bir ovozda aytishdi:
"Faqat bittamiz tirik qolishi mumkin."
4—qism — Akslar Urushi
"Ba'zi dushmanlar seni yomon ko'rgani uchun emas, sen bo'lishni istagani uchun hujum qiladi."
Zinapoyada dahshatli sukunat hukm surardi. Yuzlab Asterlar qimirlamay turardi.
Har biri haqiqiy Asterning nusxasi.
Faqat kiyimlari, yoshi va ko'zlari boshqacha edi.
Ammo ularning barchasi bir vaqtning o'zida gapirdi:
"Faqat bittamiz qolamiz."
Bu ovoz butun Asterionni larzaga soldi. Aria sekin pichirladi:
Bular... haqiqiymi?
Aster ko'zini ulardan uzmay javob berdi.
Ha.Har biri boshqa parallel olamdagi men.Kimdir qahramon.Kimdir qotil.Kimdir podshoh.Kimdir esa allaqachon o'lgan.
Shu payt qanot tamg'ali Aster oldinga chiqdi.
Uning yuzida sovuq tabassum paydo bo'ldi.
Meni Nox deb chaqirishadi.Men Aster emasman.Men... uning bo'lishi mumkin bo'lgan kelajagiman.
Aria bu ismni eslab qoldi.
Nox.
Bu ism yuragida g'alati qo'rquv uyg'otdi.
Nox qo'lini ko'tardi.
Shu zahoti boshqa Asterlar tutunga aylanib g'oyib bo'lishdi.
Faqat u yolg'iz qoldi. Aster hayron bo'ldi.
Ular qani?
Nox kuldi.
Men ularni yutib yubordim.Har safar bir Aster mag'lub bo'lsa... uning xotiralari va kuchi menga o'tadi.Shuning uchun men...
eng oxirgisiman.
Aria beixtiyor ortga chekindi.
Demak...Sen eng kuchlisan?
Nox boshini egdi.
Yo'q.Men eng kuchli emasman.Men...
eng yolg'iziman.
Bir lahzaga uning ko'zlarida qayg'u paydo bo'ldi.
Ammo u darhol yo'qoldi.
Birdan billur kompas qattiq titray boshladi. Undagi mil aylanishni to'xtatdi.
Va ilk bor...
u Asterga emas, Ariaga qaradi.
Kompas ichidan sirli ovoz eshitildi.
"lkkinchi Darvoza ochildi."
Zinapoya silkinib ketdi.
Ularning ortidagi devor yorildi.
Yoriq ichidan ulkan kutubxona ko'rindi.
Lekin u oddiy kutubxona emasdi.
Kitoblar javonlarda turmasdi.
Ular havoda suzardi.
Har bir kitob zanjir bilan osilgan. Va har birining muqovasida...
bir insonning ismi yozilgandi.
Aria ko'zlari bilan javonlarni kuzatardi. Birdan u bitta kitobni ko'rdi.
Unda oltin harflar bilan yozilgan edi:
ARIA
Kitob o’z—o’zidan javondan chiqdi. Sekin uchib kelib...
Ariyaning qo'liga qo'ndi.
U ehtiyotkorlik bilan uni ochdi. Lekin sahifalar...
bo'sh edi.
Faqat oxirgi sahifada bitta jumla yozilgan edi: "Hikoya hali boshlanmagan."
Asterning yuzi oqarib ketdi.
Yo'q...Bu bo'lishi mumkin emas.
Aria hayron bo'ldi.
Nima bo'ldi? Aster javob berdi:Asterion Kutubxonasida... bo'sh kitoblar bo'lmaydi.
Shu zahoti butun kutubxona qorong'ilashdi. Havoda suzayotgan minglab kitoblar bir
vaqtning o'zida ochildi.
Ularning sahifalari shamolda tez—tez varaqlana boshladi.
Va hammasidan bitta ovoz yangradi:
"Muallif uyg'ondi..."
Noxning tabassumi birdan yo'qoldi.
U birinchi marta qo'rqqandek ko'rindi.
U juda sekin pichirladi:
Yo'q...U bu yerga kela olmaydi...Kutubxonaning eng yuqori qavatida oppoq nur paydo bo'ldi.
Nur ichidan kimningdir qadami eshitildi.
Tak...
Tak...
Tak...
Lekin bu safar kelayotgan odamning yuzi ko'rinmasdi.
Faqat qo'lida eski patqalam va oppoq daftar bor edi...
Go'yo

butun Asterion taqdirini yozayotgan edi.
5—qism — Muallif
"Ba'zi hikoyalarni qahramonlar yozmaydi. Ular allaqachon yozib qo'yilgan bo'ladi."
Tak...
Tak...
Tak...
Qadam tovushi butun kutubxonada aks—sado berdi.
Minglab kitoblar bir vaqtning o'zida yopildi. Hatto shamol ham to'xtadi.
Go'yo Asterionning o'zi kimnidir kutayotgandi.
Oppoq nur ichidan uzun oq libos kiygan
notanish kishi chiqdi. Uning yuzi...
yo'q edi.
Na ko'z.
Na burun.
Na lab.
Faqat oppoq niqobga o'xshash silliq chehra. Qo'lida esa qadimiy patqalam va qalin kitob. U hech kimga qaramadi.
Faqat havoda suzayotgan kitoblarga qarab sekin dedi:
"Kim hikoyani o'zgartirmoqchi?" Nox bir qadam ortga chekindi. Bu birinchi marta edi.
U qo'rqayotgandi.
Muallif...Sen uyg'onmasliging kerak edi. Aria hayrat bilan Asterga qaradi.Muallif?Aster past ovozda javob berdi.Asteriondagi har bir olam...Har bir taqdir...Har bir uchrashuv...
uning kitoblarida yozilgan. Muallif asta Aria tomon yurdi. Patqalamini ko'tardi.
Aria qo'rqib bir qadam ortga chekindi. Lekin Muallif unga tegmadi.
U Arianing bo'sh kitobini qo'liga oldi.
Uzoq tikilib turdi.
So'ng...
birinchi marta gapirdi. "Qiziq..."
"Sening taqdiringni hali hech kim yozmagan." Kutubxona larzaga keldi.
Noxning yuzi jiddiylashdi.
Mumkin emas.Asterionda yozilmagan taqdir bo'lmaydi.
Muallif boshini sekin burdi.
"Shuning uchun u boshqalardan farq qiladi." Shu payt...
Aria qo'lidagi kitobning bo'sh sahifalarida
siyoh tomchilari paydo bo'la boshladi. Bir harf.
Yana biri. Yana biri. Lekin...
bu yozuvni hech kim o'qiy olmasdi.
Faqat Aria.
U sekin o'qiy boshladi.
"Agar sen bu satrlarni o'qiyotgan bo'lsang..." "...demak, Asterion seni tanlagan."
Aria hayrat bilan atrofga qaradi.
Bu kim yozgan?
Muallif indamadi.
Birdan kutubxonaning eng yuqori javonidan qora kitob yerga tushdi.

Muqovasida bitta ism yozilgan edi.
ASTER
Asterning rangi oqarib ketdi.
Yo'q...Uni ochma.
Lekin kitob o’z—o'zidan ochildi. Sahifalar tez varaqlana boshladi. Oxirgi sahifaga kelganda... hammasi to'xtadi.
Unda atigi bitta jumla yozilgandi.
"Aster beshinchi darvozagacha yashaydi."
Kutubxonada dahshatli sukunat cho'kdi. Aria nafas ololmay qoldi.
Bu...
hazilmi?
Aster esa kulimsiradi.
Lekin bu kulgida umid yo'q edi.
Demak...
mening vaqtim oz qolibdi.
Shu on Muallif birinchi marta boshini ko'tardi.
Va Asterga qarab dedi:
"Har bir kitobni qayta yozish mumkin."
"Ammo buning evaziga boshqa birovning taqdiri o'zgaradi."
Kutubxona devorlari yorila boshladi. Minglab kitoblar havoga ko'tarildi.
Ular girdob hosil qildi.
Girdob markazida ulkan billur soat paydo bo'ldi.
Soatning strelkalari orqaga aylana boshladi.
01:01...
01:00...
Aster dahshat bilan baqirdi:
Aria! Ko'zingni soatdan uzma!Agar strelka 00:00 ga yetsa...
U gapini tugatolmadi.
Soat ichidan sovuq, ammo tanish ovoz yangradi.
"Unda barcha olamlar qayta yoziladi..." Va billur soat ichida...
yana bir Aria paydo bo'ldi.
Ammo bu safar u kulmayotgandi.
Uning qo'lida qon tomchilab turgan qilich bor edi.
U Asterga tikilib juda sekin dedi:
"Bu safar... men seni qutqarmayman ''
6—qism — Qonli Kelajak
"Kelajak toshga yozilmagan. Ammo uni ko'rish ba'zan uni o'zgartirishdan ham qo'rqinchliroq."
Kutubxona ustidagi ulkan billur soat orqaga aylanishda davom etardi.
00:58...
00:57...
Har bir soniya o'tishi bilan javonlardagi kitoblar kulga aylana boshladi.
Aria ko'zlarini soatdan uzolmasdi.
Ammo uning nigohi birdan soat ichidagi qizga qadaldi.
Bu...
uning o'zi edi.
Faqat boshqacha. Ko'zlari kumush emas... oltin rangda edi.
Qo'lidagi qilichdan esa qon tomchilardi.
Qiz sekin soat ichidan chiqdi.
Oyog'i yerga tegishi bilan kutubxona qorong'ilashdi.
U Asterga tikildi.
Salom...
Esingdami meni?
Asterning qo'llari titray boshladi.
Mumkin emas...Sen...
Aria hayron bo'ldi.
Uni taniysanmi? Aster javob bermadi.
Qonli Aria uning oldiga kelib kulimsiradi.
Albatta taniydi.Chunki...
men uning eng katta xatosiman. Muallif indamay kuzatardi.
Go'yo bo'layotgan voqealar uni
ajablantirmayotgandek.
Nox esa asta qilichini sug'urdi.
Hammasi reja bo'yicha ketmayapti.
Qonli Aria sekin haqiqiy Ariaga yuzlandi. Uning ko'zlarida na g'azab, na nafrat bor edi. Faqat charchoq.
Juda uzoq davom etgan yolg'izlikning izlari.
Bilasanmi...Biz uchrashayotganimiz...
birinchi marta emas. Aria tushunmadi.
Nima demoqchisan?
Qonli Aria qo'lini havoda silkidi.
Birdan kutubxona devorlari oynaga aylandi. Oynalarda turli manzaralar ko'rina boshladi. Bir olamda Aria Asterni qutqarayotgandi.
Boshqasida Aster Ariani.
Yana birida ular bir—birini tanimasdi.
Lekin...
har bir odamning oxiri bir xil edi. Aster yiqilardi.
Va Aria yolg'iz qolardi.
Aria dahshat bilan ortga chekindi.
Yo'q...Bu bo'lishi mumkin emas!
Qonli Aria boshini egdi.
Men ham bir vaqtlar shunday degandim.Men ham uni qutqaraman deb o'ylagandim.Lekin...
Aster har bir olamda o'ladi.
Bu so'zlar kutubxonani sukutga cho'mdirdi. Aster indamadi.
Go'yo u buni allaqachon bilardi. Aria esa unga qaradi.
Sen...Buni bilardingmi?
Aster ko'zlarini yumdi. Juda sekin bosh irg'adi.
Shuning uchun meni uzoqroq tutishga
harakat qilding...
Shuning uchun doim sirlarni yashirding... Aster past ovozda dedi:Men taqdirni o'zgartirishni xohlagandim.
Shu payt Muallif birinchi marta qo'lidagi patqalamni kitobga tekkizdi.
Faqat bitta so'z yozildi.

Yer qattiq larzaga keldi. Billur soat yorila boshladi.
Qonli Aria birdan vahimaga tushdi.
Yo'q!U buni yozmasligi kerak!
Nox ham hayrat bilan Muallifga qaradi.
Sen...Birinchi marta hikoyani o'zgartiryapsan.
Muallifning ovozi butun kutubxonada yangradi.
"Har ming yilda bir marta..."
"...bitta taqdir o'z yo'lini o'zi tanlaydi."
Shu zahoti Arianing bo'sh kitobidagi barcha sahifalar birdan yozuv bilan to'la boshladi.
Ammo oxirgi sahifa...
hali ham oppoq edi.
Muallif Ariaga qarab dedi: "Oxirgi sahifani men emas..."
.I .sen yozasan..f
Birdan kutubxona tashqarisidan dahshatli gumburlash eshitildi.
Butun Asterion qaltirardi.
Minglab eshiklar bir vaqtning o'zida ochilib ketdi.
Har bir eshik ortidan bir xii ovoz yangradi:
"U uyg'ondi..."
Asterning yuzi oqarib ketdi. U juda sekin pichirladi:

Eshiklar Shohi...
U hech qachon uyg'onmasligi kerak edi.
Osmondan ulkan kalit tushdi. U shahar kattaligida edi.
Kalitning ko'z qismida esa bitta qadimiy belgi yonardi:

Va kalit sekin aylanib... to'g’ridan—to'g’ri Ariyaga ishora qildi.
7—qism Cheksizlik Kaliti
"Har bir qulfning kaliti bo'ladi. Ammo ba'zi kalitlar eshiklarni emas... taqdirlarni ochadi."
Ulkan billur kalit osmon uzra muallaq turardi.
Uning markazidagi °° belgisi tobora yorqinlashardi.
Butun Asterion titrardi.
Har bir darvoza birin—ketin ochilib, yana
yopilardi.
Go'yo barcha olamlar bitta yurak kabi urayotgandi.
Aria kalitdan ko'zini uzolmasdi. Birdan...
uning kaftida achchiq og'riq sezildi. U qo'liga qaradi.
Kaftida hech qachon bo'lmagan belgi paydo bo'layotgandi.
Xuddi kalitdagi kabi...
Belgi oppoq nur sochardi.
Aster dahshat bilan pichirladi:
Yo'q...U seni tanladi... Aria hayron bo'ldi.Nima meni tanladi?
Aster javob berishga ulgurmadi.
Ulkan kalit birdan minglab mayda billur bo'laklarga parchalanib ketdi.
Lekin ular yerga tushmadi.
Har bir bo'lak Arianing atrofiga kelib aylana boshladi.
Muallif qo'lidagi kitobni yopdi. "Cheksizlik Kaliti egasini topdi." Nox esa ilk bor tabassum qildi. Lekin bu quvonch emasdi.
Go'yo u aynan shu lahzani kutgandek.
Demak...Afsona rost ekan.
Aria unga qaradi.
Qanaqa afsona?
Nox sekin qo'lini havoga uzatdi. Kutubxona devori billur oynaga aylandi. Unda qadimiy yozuvlar paydo bo'ldi.
"Asterion markazida Cheksizlik Darvozasi
mavjud."
"Uni faqat Kalit Egasi ochishi mumkin."
"Ammo darvoza ochilgan kuni barcha parallel olamlar bitta haqiqatni tanlaydi."
Aria pichirladi:
Bitta haqiqat?.. Muallif bosh irg'adi.Ha.Minglab olamlardan... faqat bittasi qoladi.
Kutubxona jimib qoldi.
Aria yuragi tez ura boshladi.
Demak...Qolgan olamlar—chi?
Muallifning javobi sovuq edi.
"Ular hech qachon mavjud bo'lmagandek yo'qoladi."
Shu on Aster Ariyaning oldiga chiqdi.
Darvozani ochma.Nima bo'lishidan qat'i nazar, ochma.Nox kulib yubordi.Kech bo'ldi.U Arianing kaftidagi belgiga ishora qildi.Kalit egasi tanlanganidan keyin... Cheksizlik Darvozasi o’z—o'zidan uyg'onadi.Birdan Asterionning tubidan dahshatli
gumburlash eshitildi.
Butun shahar ikki tomonga ajrala boshladi. Yer ostidan ulkan billur darvoza ko'tarildi.
U shunchalik baland ediki, uning tepasi
bulutlar ortida qolib ketgandi.
Darvoza ustida qadimiy yozuv porlardi:
"FAQAT BITTA OLAM QOLADI."
Aria beixtiyor oldinga qadam tashladi.
Kaftidagi belgi tobora qizirdi.
Billur bo'laklar uning atrofida girdob bo'lib aylana boshladi.
Aster uning qo'lidan ushladi.
Aria!Qarama! Lekin kech edi.
Darvoza sekin ochila boshladi... Ichkarida na shahar, na osmon bor edi. Faqat...
cheksiz oppoq bo'shliq.
Va bo'shliq ichidan kimningdir ovozi eshitildi.
Bu ovoz na erkakniki, na ayolniki edi.
U juda sokin, ammo butun Asterionni
larzaga soladigan kuch bilan dedi: "Aria..."
"Sen noto'g’ri dunyoda tug'ilgansan." Aria qotib qoldi.
Nima?..
Ovoz yana davom etdi:

"Sening haqiqiy olaming..." "...allaqachon yo'q qilingan." Aster ko'zlarini katta ochdi. Nox esa sekin boshini egdi.
u bu haqiqatni allaqachon bilardi.
8—qism — Yo'qolgan Dunyo
"Eng og'ir haqiqat — sen yashayotgan hayot yolg'on ekanini bilishdir."
Cheksizlik Darvozasi to'liq ochildi.
lchkaridagi oppoq bo'shliq asta—sekin o'zgarishni boshladi.
Unda tasvirlar paydo bo'ldi. Birinchi tasvir...
osmoni binafsha rang bo'lgan ulkan shahar edi.
Kristall minoralar bulutlardan ham baland ko'tarilgan.
Havoda billur kitlar suzardi.
Va millionlab odamlar kulib yashardi.
Aria beixtiyor oldinga bir qadam tashladi.
— Bu joy...
juda tanish...
Ovoz yana yangradi.
"Bu sening haqiqiy uying."
Aria boshini chayqadi.
Yo'q...Men Yerda tug'ilganman.Oilam bor.Do'stlarim bor. Ovoz jim bo'lib qoldi. Keyin sekin dedi:
"Ularning barchasi senga berilgan xotiralar." Kutubxonada sukunat cho'kdi.
Aria kulib yubordi.
Ammo bu kutgi qo'rquvdan edi.
Yo'q...Bu yolg'on.
Aster uning oldiga keldi.
Uning ko'zlarida achinish bor edi.
Men...
senga buni ayta olmagandim. Aria asta ortga chekindi.
Demak...
sen ham bilardingmi?
Aster boshini egdi.
Shu onda Darvoza ichidagi tasvir o'zgardi.
Endi unda ulkan urush ko'rinardi.
OIOV.
Qulayotgan shahartar. Yorilib ketayotgan osmon. Va markazda...
kichkina qiz.
Taxminan besh yoshda.
Uning qo'lida - belgisi porlardi. Aria nafasi ichiga tushdi.

men...
Qizning yonida bir ayol tiz cho'kdi.
U Ariani quchoqladi.
Ko'zlaridan yosh oqardi.
Meni kechir...
Seni faqat bitta yo'l bilan saqlab qolishim
mumkin...
Ayol qo'lini qizning peshonasiga qo'ydi.
Oppoq nur chaqnadi.
Va qiz g'oyib bo'ldi. Tasvir yana o'zgardi. Endi Yer ko'rinardi.
Yomg'irli tun.
Kasalxona.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning yig'isi. Shifokorlar uni onasiga uzatishardi. Ovoz yana eshitildi.
"Biz seni Yerga yubordik."
"Sening xotiralaring o'chirildi." "Va sen yangi hayot boshlading." Aria tiz cho'kib qoldi.
Ko'z yoshlarini to'xtata olmasdi.
Unda... mening oilam... haqiqiy emasmi?
Muallif birinchi marta juda muloyim ovozda javob berdi:
"Ularning sevgisi haqiqiy."
"Faqat uchrashuvingiz tasodif emas edi." Birdan...
kutubxonaning barcha chiroqlari o'chdi. Qorong'ilik ichidan qarsak ovozi eshitildi. Qars...
Qars...
Qars...
Hamma ortiga qaradi.
U yerda noma'lum kishi turardi.
Uning yuzi qora niqob bilan berkitilgan.
Uzun qora kiyim kiygan edi, ammo u avvalgi sirli qahramonlarga o'xshamasdi.
Uning atrofida fazoning o'zi yorilib turardi. Nox birdan oqarib ketdi.
— Mumkin emas...
— Sen qamab qo'yilganding! Notanish odam niqobini sekin yechdi. Aria nafasi to'xtab qoldi.
Chunki...
u odamning yuzi... Arianing o'ziniki edi. Faqat yoshi kattaroq.
Ko'zlarida esa na mehr, na g'azab bor edi. Faqat cheksiz bo'shliq.
U sekin jilmaydi.
Va dedi:
"Salom, Aria."
"Men... sening kelajagingman." Aster bir qadam oldinga chiqdi.
Yo'q...Unga ishonma! Ammo kech edi.
Kelajakdagi Aria qo'lini ko'tardi.
Butun Asterion bir lahzada muzlab qoldi. Faqat to'rt kishi harakatlana olardi:
Aster.
Nox.
Va...
Kelajakdagi Aria.
U Ariaga yaqinlashdi va qulog'iga pichirladi: "Men bu hikoyaning oxirini ko'rganman..." "...va unda Aster seni emas..."
"...butun Asterionni tanlaydi."
Aria hayrat bilan Asterga qaradi.
Aster esa indamay turardi.
Bu sukut...go'yo javobning o'zi edi.
9—qism — Oxirgi Tanlov
"Kelajak toshga yozilmagan. Uni faqat tanlovlar yaratadi."
Butun Asterion jimib qolgandi. Vaqt yana to'xtadi.
Hatto shamol ham esmay qo'ydi. Aria faqat bitta gapni o'ylardi.
"...Aster seni emas, Asterionni tanlaydi."
U sekin Aster tomon burildi.
Bu...
f"OStITlİÎ’
Aster uzoq vaqt indamadi. Nihoyat chuqur nafas oldi.
Ha...
Aria yuragi muzlab ketdi.
Demak...
agar tanlashga majbur bo'lsang...
meni tashlab ketasan? Aster ko'zlarini yumdi.
Men seni tashlab ketishni xohlamayman.Lekin millionlab olamlarning taqdiri... bitta inson hayotidan og'irroq.
Bu so'zlar Arianing yuragini tilka—pora qildi. Kelajakdagi Aria kulimsiradi.
Men ham aynan shu javobni eshitgandim.Va o'sha kuni... hammasi tugagandi.
Birdan Cheksizlik Darvozasi ichidan ulkan
yorug'lik otilib chiqdi.
Darvoza ortida endi bo'shliq emas... ulkan taxt ko'rinardi.
Billurdan yasalgan.
Cheksizlik belgisi bilan bezatilgan. Taxt ortida esa...
odam qiyofasidagi ulkan soya o'tirardi.
Uning yuzi ko'rinmasdi.
Faqat ikki ko'zi moviy olovdek yonardi.
Muallif boshini egdi.
U uyg'ondi...
Nox bir qadam ortga chekindi.
Eshiklar Shohi...
Aster qilichini mahkam ushladi.
Demak afsona rost ekan. Soya asta o'rnidan turdi.
Har bir qadami bilan Asterion qaltirardi.
Uning ovozi minglab eshiklarning birgalikdagi gumburlashiga o'xshardi.
"Kalit Egasi..." "...nihoyat qaytding." Aria qo'rqib ketdi.
Meni taniysizmi? Soya kuldi.
"Men seni yaratganman."
Kutubxonadagi barcha kitoblar bir vaqtning o'zida ochilib ketdi.
Har bir sahifada bitta ism yozildi. ARIA.
Muallifning patqalami sinib tushdi.
Bu birinchi marta sodir bo'layotgandi. U hayrat bilan pichirladi:
Mumkin emas...Hatto men ham buni yozmaganman... Eshiklar Shohi qo'lini ko'tardi.Shu zahoti havoda uchta billur eshik paydo
bo'ldi.
Har birining ustida bittadan yozuv porlardi. Ş| Birinchi eshik:
"YER"
Agar Aria shu eshikdan o'tsa... hamma narsa unutiladi.
U oddiy hayotiga qaytadi.
Lekin Asterion abadiy yo'q bo'ladi.
/| Ikkinchi eshik:
"ASTERION"
Agar shu eshik tanlansa...
Asterion saqlanib qoladi.
Ammo Yer dunyosi tarixdan o'chadi.
Go'yo u hech qachon mavjud bo'lmagandek.
/| Uchinchi eshik:
Unda hech qanday yozuv yo'q edi.
Faqat oppoq nur.
Nox birdan baqirib yubordi.Yo'q!U eshikni ochma!Aster ham hayrat bilan qaradi.Axir...Uchinchi Darvoza afsonalarda ham yo'q edi!Aria sekin oppoq eshik tomon yurdi.
Qadam tashlagan sayin yuragi tez urardi.
U qo'lini eshik tutqichiga uzatdi. Ammo...
eshikning silliq yuzasida birdan yozuv paydo bo'ldi.
"Faqat hikoyani o'zgartirishga jur'at etgan inson kirishi mumkin."
Shu onda Muallif boshini ko'tardi.
Uning yuzi birinchi marta yorila boshladi.
Oppoq niqob ostidan... oddiy inson ko'zlari ko'rindi. U Ariaga qarab shivirladi:
"Bu eshikni men ham hech qachon ochmaganman..."
Birdan oppoq eshik o’z—o’zidan ochildi.
lchkaridan esa...
Aria bolaligida eshitgan allaning ohangi yangradi.
Uning ko'zlaridan yosh oqib ketdi.

Onamning ovozi...
Ammo Asterning yuzi oqarib ketdi.
U dahshat bilan baqirdi:
"ARIA! ICHKARIGA KIRMA!"
Chunki oppoq eshik ichida...
Arianing haqiqiy onasi turardi.
Va u qo'llarini qiziga tomon cho'zib: "Qizim... Nihoyat uyga qaytding..." deya jilmayardi.
10—qism — Uchinchi Darvoza
"Ba'zi eshiklar seni uyingga olib boradi. Ba'zilari esa seni hech qachon ketmagan joyingga."
Asterning baqirig'i butun Asterion bo'ylab aks—sado berdi.
"ARIA! ICHKARIGA KIRMA!"
Lekin...
allaqachon kech edi.
Aria oppoq eshik tomon yana bir qadam tashladi.
lchkaridagi ayol ko'zlarida yosh bilan jilmayardi.
Aria...Men seni juda uzoq kutdim.
Bu ovoz...
qalbining eng chuqur joyidan tanish tuyulardi.
Aria sekin pichirladi:

haqiqatan ham... mening onammisiz? Ayol boshini qimirlatdi.
Men seni besh yoshingda yo'qotgan
onangman.
Seni saqlab qolish uchun o'zimdan voz
kechganman.
Aria ko'z yoshlarini artolmadi. Yuragi unga ishongisi kelardi. Ammo...
Asterning ovozi qulog'ida jaranglardi.
Shu payt Muallif ilk bor baland ovozda gapirdi.
"Uchinchi Darvoza haqiqatni emas..." "...insonning eng katta sog'inchini ko'rsatadi." Aria bir zum qotib qoldi.
Demak...
bu ham yolg'onmi? Muallif javob bermadi. Ayol esa mayin kuldi.
Agar men yolg'on bo'lsam...
nega yuraging meni tanidi?
Bu savolga hech kim javob bera olmadi. Nox qilichini yerga tiradi.
Bu Darvoza har doim shunday qiladi.U seni kuch bilan emas...
umid bilan aldaydi.
Birdan ayolning ortidagi oppoq olam o'zgara boshladi.
Aria u yerda o'zini ko'rdi. Kichkina uy.
lssiq oila.
Kulgi.
Tinch hayot.
Hech qanday urush yo'q. Hech qanday Asterion yo'q. Hech qanday qo'rquv yo'q.
Go'yo u orzu qilgan mukammal hayot edi.
Ayol qo'lini uzatdi.
Faqat bitta qadam.Shunda hammasi tugaydi.Sen yana oddiy qiz bo'lasan.
Aria beixtiyor qo'lini uzatdi.
Barmoqlari ayolning qo'liga tegishiga bir necha santimetr qolganda...
Aster yugurib kelib uni ortga tortdi.
To'xta!
Shu zahoti ayolning chehrasi yorila boshladi. Awal tabassumi.
Keyin ko'zlari.
So'ng butun yuzi billur singari sinib tushdi. Niqob ortidan dahshatli mavjudot chiqdi.
Uning tanasi oppoq tuman. Ko'zlari esa mutlaqo qora edi. U kuldi.
Bu kulgi insonnikiga o'xshamasdi. "Deyarli ishongandi..."
Aster qilichini sug'urdi.
Men seni tanidim...Sen Xotira To'quvchisisan!
Mavjudot bosh egdi.
To’g’ri.Men hech qachon yolg'on gapirmayman.Men faqat...
odamlarning sog'inchini haqiqatga aylantiraman.
Birdan Aria qo'lidagi bo'sh kitob qattiq porlay boshladi.
Sahifalar o’z—o’zidan varaqlanardi.
Oxirgi oppoq sahifada ilk bor yozuv paydo bo'ldi.
"Uchinchi Darvoza sinov emas." "Bu tanlov ham emas."
"Bu Kalit Egasining uyg'onishidir."
Muallifning qo'lidagi patqalam changga aylandi.
U hayrat bilan kitobga qaradi.
Kim...Kim bu satrlarni yozmoqda?
Chunki...
bu yozuvni na Muallif, na Asterion yaratgandi.
Shu lahzada Arianing kaftidagi - belgisi ko'zni qamashtiradigan darajada porladi.
Billur Darvoza titradi.
Eshiklar Shohi ilk bor tiz cho'kdi.
Nox hayratdan qilichini tushirib yubordi.
Aster esa pichirladi:
Yo'q...Axir bu afsonalarda yo'q edi... Aria havoga ko'tarila boshladi.
Uning ortida minglab billur eshiklar paydo
bo'ldi.
Har bir eshik ichida boshqa Aria turardi.
Va ularning barchasi bir vaqtning o'zida ko'zlarini ochib:
"Biz tayyormiz." deya gapirdi.
Shu on Asterion osmonida ilgari hech kim ko'rmagan to'rtinchi belgi paydo bo'ldi.
U °° ham emasdi.
U hech bir qadimiy kitobda yozilmagan ramz edi.
Muallif asta tiz cho'kdi.
Va titroq ovozda dedi:
"Yo'q..."
"...Kalit Egasi emas..."
"...U Asterionning Yaratuvchisi qaytib keldi..."
Aria esa bu so'zlarning ma'nosini hali tushunmasdi...
Ammo butun Asterion endi uning keyingi qarorini kutayotgandi.
11—qism — Yaratuvchining Merosi
"Ba'zi kuchlar qo'lga kiritilmaydi. Ular eslanadi."
Asterion osmonida porlayotgan to'rtinchi belgi tobora kattalashardi.
Uni hech kim tanimasdi. Na Muallif.
Na Nox.
Na Eshiklar Shohi. Go'yo bu ramz...
butun olam yaratilishidan oldingi davrga tegishli edi.
Aria havoda muallaq turardi.
Minglab billur eshiklar uning atrofida aylana boshladi.
Har bir eshik ortida boshqa Aria. Har biri turli taqdir.
Har biri turli hayot.
Ammo bu safar ular bir ovozda gapirmadi. Faqat bittasi oldinga chiqdi.
U eng oddiy ko'rinishdagi Aria edi. Na toj.
Na qilich.
Na sehr.
U sekin jilmaydi.
Meni taniysanmi? Aria boshini chayqadi.Yo'q...
Qiz kulimsiradi.
Chunki...
men sening birinchi hayotingman.
Shu on Ariyaning xotirasida nimadir yorildi.
Ko'z oldidan noma'tum manzaralar o'ta boshladi.
Cheksiz oppoq dengiz.
Ustida suzayotgan minglab billur orollar.
Markazida esa...
ulkan daraxt.
Lekin bu Oy Daraxti emas edi.
Undan ham qadimiy.
Shoxlari yulduztarga tegib turardi. Daraxt ostida kichkina qiz o'tirardi.
Uning qo'lida loydan yasalgan mitti eshik bor edi.
Qiz uni yerga qo'ydi. Va...
eshik haqiqiy darvozaga aylandi. Keyin yana bittasi.
Yana bittasi.
Shunday qilib butun olam eshiklar bitan to'ldi. Aria hayrat bilan pichirladi:
Bu...
kim?
Muallifning ovozi titradi.
Birinchi Yaratuvchi...Asterion afsonalarida u faqat bitta ism bilan eslanadi...
"Arien.”
Shu zahoti qiz ortiga o'girildi. Aria uning yuzini ko'rdi.
Va nafasi to'xtab qoldi. Chunki u...
o'ziga juda o'xshardi.
Nox qilichini yerga tashladi.
Demak...
afsona rost ekan.
Kalit Egasi... Yaratuvchining qonidan ekan.
Eshiklar Shohi ilk bor boshini egdi.
Ming yillar davomida...
men seni kutdim.
Aria hayrat bilan so'radi:
Meni?Nega?
Eshiklar Shohining ovozi g'amgin edi.
"Chunki men sening dushmaning emasman." "Men sening eng sodiq qo'riqchingman." Kutubxonadagi hamma qotib qoldi.
Aster ishonmay qaradi.
— Nima dedingiz?
Shoh asta niqobini yechdi. Uning yuzi ko'ringanda...
Aria ko'zlariga ishonmadi.
Uning yuzida minglab mayda yoriqlar bor edi.
Go'yo u asrlar davomida parchalanib kelayotgandi.
Lekin eng dahshatlisi...
uning ko'ksida ham °° belgisi porlardi.
— Men...
Yaratuvchi ketgan kundan beri...
Asterionni qo'riqlab keldim. Ammo endi...
olam yemirilmoqda. Va uni faqat...
uning vorisi saqlab qola oladi.
Shu payt Aria qo'lidagi bo'sh kitob birdan yopildi.
Muqovasi o'zgardi.
Unda endi bitta yangi yozuv bor edi:
"YARATUVCHINING MEROSI"
Kitob o’z—o’zidan ochildi.
Bu safar sahifalar bo'sh emasdi. Faqat bitta jumla yozilgan edi. "Yaratuvchi hech qachon o'lmagan." Asterning ko'zlari katta ochildi.
— Unda...
u qayerda?
Shu zahoti butun Asterion larzaga keldi.
Osmondagi barcha billur eshiklar bir vaqtning o'zida sinib ketdi.
Ularning bo'laklari osmondan yomg'ir kabi yog'ila boshladi.
Va bo'laklarning markazida... ulkan inson silueti paydo bo'ldi. Uning yuzi hali ko'rinmasdi.
Ammo ovozi butun olamni qamrab oldi. "Kim..."
.mening ismimni esladi?"
Muallifning qo'lidan kitobi tushib ketdi. Nox bir tizzasiga cho'kdi.
Eshiklar Shohi esa ko'zlarini yumdi.
Faqat Aster Arianing oldiga ' uni himoya qilish uchun qilichini ko'tardi.
o tib,
Chunki u bitta narsani his qilgandi... Asterionning haqiqiy egasi uyg'onayotgandi.
"Har bir odamning boshlanishi bitta ism bilan bog'liq. O'sha ism unutilsa, olam ham unutiladi."
Osmon yorilib ketdi.
Billur eshiklarning parchalari yulduzlar kabi yog'ardi.
Ularning markazida ulkan siluet asta—sekin shakllanardi.
Hech kim nafas olishga jur'at eta olmasdi. Hatto...
Muallif ham.
Siluetning ovozi yana yangradi.
"Kim..."
"...meni uyg'otdi?"
Bu ovoz g'azabga ham, mehrga ham o'xshamasdi.

yaratilishning o'ziga o'xshardi. Aster Arianing oldiga chiqdi.
Qilichini mahkam ushladi.Aria...
Nima bo'lishidan qat'i nazar... orqamdan chiqma.
Aria uning yelkasiga qaradi.
Sen qo'rqyapsanmi? Aster kulimsiradi.Yo'q.Lekin...
bu safar raqibimizni ham tushunmayapman. Birdan siluet qo'lini ko'tardi.
Hech qanday sehr ishlatmadi. Hech qanday hujum ham qilmadi. Faqat...
barmoqlarini qarsillatdi.
Bir lahzada... Asterion yo'qoldi. Kutubxona ham.
Darvozalar ham.
Hamma oppoq bo'shliqda turardi. Aria atrofga qaradi.

Biz qayerdamiz? Muallif asta tiz cho'kdi.
Birinchi Bo'shliq.
Hali birorta olam yaratilmagan paytdagi makon.
Shu onda oppoq yerda bitta mayda yorug'lik paydo bo'ldi.
U asta—sekin kichkina qizga aylandi. Qiz taxminan olti yoshda edi.
Qo'lida oddiy yog'och eshikcha ushlab
turardi.
U Ariyaga qarab kuldi.
Salom.
Aria hayrat bilan qizga tikildi.
Sen...
Arienmisan?
Qiz boshini qimirlatdi.
Yo'q.Men...
Arien bo'lishimdan oldingi o'zimman.
Muallif pichirladi.
Demak...
biz Yaratuvchining xotirasiga kiribmiz.
Kichkina qiz yog'och eshikchani oppoq yerga qo'ydi.
Eshik birdan ulkan darvozaga aylandi. So'ng ikkinchisi.
Uchinchisi.
To'rtinchisi.
Har bir darvoza ochilganida yangi osmon,
yangi dengiz, yangi yulduzlar paydo bo'lardi.
Aria hayratdan ko'zlarini uzolmasdi.
Demak...
Asterion shunday yaratilgan ekan. Qiz kulib bosh irg'adi.
Ha.Lekin men yolg'iz emasdim.
Birdan oppoq bo'shliqning narigi tomonida yana bir bola paydo bo'ldi.
Uning sochlari qora edi.
Ko'zlari moviy.

Qo'lida esa kichkina billur kalit. Aria yuragi tez urdi.
Aster... emasmi? Bola jilmaydi.
Men Aster emasman.Lekin...
uning birinchi ajdodiman. Aster hayratdan qotib qoldi.
Demak...
bizning taqdirlarimiz boshidan bog'langan ekan.
Shu payt situet nihoyat otdinga qadam
tashladi.
Endi uning yuzi ko'rinardi. Hamma nafasini ichiga yutdi. Chunki u...
na Aria edi.
Na Aster.
Na Arien.
Uning chehrasi doim o'zgarib turardi. Har qaragan odam...
unda o'z yuzini ko'rardi. Muallif titroq ovozda dedi:
Endi tushundim...Shuning uchun uning haqiqiy ismini hech kim ayta olmagan.
Siluet Ariaga yaqinlashdi.
Qo'lini uning peshonasiga qo'ydi.
Shu zahoti Arianing xotirasiga minglab ovozlar qaytdi.
U onasini esladi. Haqiqiy uyini esladi. Yo'qolgan olamni esladi. Va...
eng dahshatlisini ham esladi. Ko'zlaridan yosh oqib ketdi.
Yo'q...Bu...
men qilgan ish emas... Siluet sekin bosh irg'adi. "Yo'q."
"Buni sen emas..." "...kelajakdagi sen qilding."
Aster dahshat bilan Ariaga qaradi.
Nima?!
Siluetning keyingi so'zlari butun Asterionni larzaga soldi.
"Sening kelajakdagi o'zing..." "...Asterionni qutqarish uchun..." "...o’z olamingni qurbon qilgan." Aria tiz cho'kib qoldi.
Demak...
uning dunyosi dushman tomonidan emas... o'zi tomonidan yo'q qilingan edi.
15—qism — Yo'qolgan Haqiqat
"Ba'zan eng katta dushman kelajak emas. U
noto’g'ri tanlov qilgan o'zingdir." Asterion bo'ylab dahshatli sukunat cho'kdi. Aria tiz cho'kkanicha qimirlay olmasdi.
Qulog'ida faqat bitta jumla takrorlanardi. "...Sening kelajakdagi o'zing o'z olamingni
yo'q qilgan."
Ko'zlaridan yosh tomchilardi.
Yo'q...Men bunday qila olmayman... Kelajakdagi Aria oldinga chiqdi.
Bu safar uning ko'zlarida g'azab yo'q edi. Faqat cheksiz charchoq.
U Arianing qarshisida tiz cho'kdi.
Men ham bir vaqtlar aynan shunday degandim.
Aria unga tikildi.
Nega?Nega bunday qilding? Kelajakdagi Aria ko'zlarini yumdi.Chunki...
menda boshqa yo'l qolmagandi.
Shu payt oppoq bo'shliq o'rtasida ulkan billur daraxt paydo bo'ldi.
Uning shoxlari orasida millionlab yorug' iplar osilib turardi.
Har bir ip...
bitta parallel olam edi.
Ba'zilari yorqin.
Ba'zilari so'nib borayotgan.
Ba'zilari esa allaqachon uzilib ketgan. Muallif pichirladi:
Bu...
Taqdir Daraxti.
Kelajakdagi Aria daraxtning markaziga ishora qildi.
Bir kun kelib...
barcha iplar uzila boshladi.
Har bir olam yemirilayotgan edi.
Uni saqlab qolishning faqat bitta yo'li bor edi. Aria asta so'radi:
Qanday yo'l?
Kelajakdagi Aria ko'zlarini ochdi.
Bitta olamni qurbon qilish.
Asterning yuzi oqarib ketdi.
Demak...
sen o'z olamingni tanlagansan. Kelajakdagi Aria boshini chayqadi.
Yo'q.Men...
Asterning olamini saqlab qolganman.
Bu so'zlardan so'ng hamma jim bo'lib qoldi. Aria hayrat bilan Asterga qaradi.
Demak...
men seni tanlaganman? Kelajakdagi Aria sekin bosh irg'adi.
Men seni emas...
uning yashashi kerak bo'lgan taqdirni tanladim.
Birdan Nox oldinga chiqdi.
U birinchi marta jahl bilan baqirdi.
Yetar!Hammasini aytma!
Kelajakdagi Aria unga qarab sovuq jilmaydi.
U baribir bilib oladi.Chunki...
vaqt yana takrorlanyapti.
Shu zahoti Arianing qo'lidagi kitob qattiq porlay boshladi.
Bo'sh qolgan oxirgi sahifada asta—sekin yangi yozuv paydo bo'ldi.
"Bu hikoya bir marta emas..." "...999 marta sodir bo'lgan." Aria nafasi ichiga tushdi.
Nima?..
Muallif ham hayratda edi.
Mumkin emas...Men bunday satrni hech qachon yozmaganman.
Kelajakdagi Aria davom etdi:
Har safar biz uchrashamiz.Har safar Aster meni qutqaradi.Har safar men bir tanlov qilaman.

har safar hikoya fojia bilan tugaydi.
Aster qilichini mahkam ushladi.
Demak...
bu safar ham shunday bo'ladimi?
Kelajakdagi Aria unga tikildi.
Yo'q.Chunki...
bu safar Muallif ham xato qildi.
Birdan Muallifning kitobi o’z—o’zidan ochilib ketdi.
Sahifalar orasidan eski, sarg'aygan qog'oz tushdi.
Bu qog'oz boshqa sahifalarga o'xshamasdi.
Unda faqat bitta qadimiy jumla yozilgandi: "Minginchi hikoya avvalgilariga o'xshamaydi." Muallif titroq ovozda pichirladi:
Minginchi...
Demak...
bu oxirgi urinish.
Shu on butun Asterion larzaga keldi.
Taqdir Daraxtidagi barcha iplar bir vaqtning o'zida qizil rangga kirdi.
Faqat bittasi...
Ariya bilan Asterni bog'lab turgan ip oppoq bo'lib qoldi.
Siluet osmonga qarab dedi:
"Vaqt tugayapti."
"Endi tanlov qilinmaydi..."
"...hukm chiqariladi."
Shu zahoti Taqdir Daraxtining tagida ilgari hech kim ko'rmagan to'rtinchi darvoza paydo bo'ldi.
Uning ustida na nom, na belgi bor edi. Faqat bitta so'z porlab turardi: "YAKUN."
Darvoza sekin ochildi...
lchkaridan esa bir ovoz eshitildi.
Bu safar u na Arianiki, na Asterniki edi. "Faqat bittangiz tirik chiqasiz."
Aria va Aster bir vaqtning o'zida bir—biriga
qarashdi.
Ular nihoyat tushunishdi...
Asterionning oxirgi sinovi endi boshlangandi.
14—qism — Oxirgi Eshik
"Ba'zi g'alabalar dushmanni yengish bilan emas, taqdirni rad etish bilan qo'lga kiritiladi."
YAKUN deb yozilgan darvoza asta—sekin ochildi.
lchkarida na zulmat, na yorug'lik bor edi. Faqat cheksiz sokinlik.
Go'yo vaqt bu yerga hech qachon yetib
kelmagandi.
Ovoz yana yangradi:
"Faqat bittangiz tirik chiqasiz." Aster qilichini sekin yerga qo'ydi. Aria unga hayrat bilan qaradi.
Nima qilyapsan? Aster kulimsiradi.
Bu safar uning kulgisida qo'rquv yo'q edi.
Faqat xotirjamlik.
Men 999 ta hikoyaning izlarini ko'rdim.Har safar biz taqdir bilan jang qilganmiz.Balki...
bu safar jang qilmasligimiz kerakdir.
Nox jahl bilan oldinga chiqdi.
Yo'q!
— Taqdirni aldab bo'lmaydi!
U qilichini sug'urib, Ariaga tashlandi.
Ammo...
qilich unga bir qarich qolganda to'xtab qoldi. Go'yo ko'rinmas devorga urilgandek.
Muallif oldinga qadam tashladi.
Qo'lida sinib ketgan patqalamning faqat bir bo'lagi qolgan edi.
U uni havoga ko'tardi.
Men ming yillar davomida hikoyalarni yozdim.Ammo bugun...
men yozishni to'xtataman.
U patqalamni qo'lidan tashladi.
Patqalam yerga tegishi bilan changga aylandi.
Shu zahoti havoda suzib yurgan barcha kitoblar bo'shab qoldi.
Sahifalardagi yozuvlar birin—ketin o'chib ketardi.
Eshiklar Shohi chuqur nafas oldi.
Demak...
bashoratlar endi kuchini yo'qotdi.
Birdan Taqdir Daraxtidagi barcha iplar uzila boshladi.
Faqat bitta ip uzilmadi.

Aria bilan Asterni bog'lab turgan oppoq ip edi.
Kelajakdagi Aria kulimsiradi. Ko'zlarida yosh porlardi.
Nihoyat...Men kutgan lahza keldi.U sekin Arianing oldiga keldi.
Qo'lidagi billur qilichni yerga qo'ydi.
Endi menga quloq sol.Men sening kelajaging emasman. Aria hayrat bilan qaradi.Nima?Unda sen kimsan? Kelajakdagi Aria mayin jilmaydi.Men...
999 marta muvaffaqiyatsiz tugagan barcha Arialarning xotirasiman.
Bu so'zlarni eshitgan zahoti u billur zarralarga aylana boshladi.
Yo'qolishidan oldin u Arianing kaftini ushladi.
Bitta narsani unutma...
"Sevgi taqdirdan kuchli bo'lsa... tarix qayta yoziladi."
Shu zahoti u butunlay g'oyib bo'ldi. Osmon birdan yorilib ketdi.
Taqdir Daraxti ildizigacha parchalanib tushdi.
Lekin uning o'rnida...
kichkina yashil nihol unib chiqdi.
Muallif hayrat bilan unga tikildi.
Yo'q...
Bu afsonalarda yo'q edi. Eshiklar Shohi jilmaydi.
Chunki... afsonalar tugadi.
Shu onda YAKUN darvozasi to'liq ochildi. lchkaridan oppoq nur taraldi.
Nur ichida faqat bitta yo'l bor edi. Aria va Aster yonma—yon turishardi. Ovoz oxirgi marta yangradi:
"Oxirgi hukm chiqarilsin." Lekin kutilmaganda...
Aria Asterni emas,
Aster esa Ariani ushlamadi. Ular...
bir vaqtning o'zida bir—birining qo'lidan ushlashdi.
Darvoza qattiq titrab ketdi. Ovoz ilk bor hayrat bilan dedi: "Bu... mumkin emas..."
Va oppoq nur ichida...
yana bir, ilgari hech kim ko'rmagan eshik paydo bo'ldi.
Uning ustida atigi ikki so'z yozilgan edi: "YANGI BOSHLANISH"
15—qism — Yangi Boshlanish
"Haqiqiy yakun — yangi hikoyaning birinchi satridir."
"YANGI BOSHLANISH."
Darvoza ustidagi yozuv billurdek porlab turardi.
Butun Asterion sukutga cho'mdi.
Go'yo odamning o'zi ham bu eshikni ilgari hech qachon ko'rmagandi.
Aria va Aster qo'llarini qo'yib yubormadi. Ular qo'rquv bilan emas...
ishonch bilan birga turishardi. Muallif asta jilmaydi.
Bu uning ming yillar ichidagi birinchi
samimiy tabassumi edi.
Nihoyat...Kimdir hikoyani o'zgartirdi. Eshiklar Shohi taxtidan tushdi. U qilichini yerga qo'ydi.Endi mening vazifam tugadi.
Shu zahoti uning tanasi billur zarralarga aylanib, osmonga ko'tarildi.
Uning ovozi so'nggi bor yangradi:
"Asterion endi qo'riqchiga emas... egalariga ega."
Nox Aria va Asterga uzoq tikilib turdi. So'ng sekin kuldi.
Bu safar unda na g'azab, na nafrat bor edi.
Men ming yillar davomida taqdir bilan jang qildim.Siz esa...
uni yengmadingiz. Uni o'zgartirdingiz. U ko'zlarini yumdi.
Va shamolga qo'shilib g'oyib bo'ldi.
Muallif qo'lidagi oxirgi kitobni Ariaga uzatdi.
Endi bu seniki. Aria kitobni ochdi. Ichida...
hech narsa yozilmagan edi.
Bo'sh ekan... Muallif bosh irg'adi.Chunki endi...
uni men emas, sen yozasan.
Shu lahzada Arianing kaftidagi °• belgisi asta—sekin yo'qola boshladi.
Asterning ko'ksidagi nur ham so'ndi.
Osmondagi minglab darvozalar birin—ketin yopildi.
Ammo bu safar ular qulflanmadi. Ular shunchaki...
dam olayotgandek edi.
Aria va Aster "Yangi Boshlanish" darvozasidan birga o'tishdi.
Ko'zlarini ochishganda...
ular yashil o'tloqda turishardi.
Moviy osmon.
Yengil shamol. Qushlarning sayrashi. Hech qanday urush yo'q.
Hech qanday bashorat yo'q.
Uzoqda kichikgina shahar ko'rinardi. Aster atrofga qarab kuldi.
Bu qaysi olam?
Shu payt orqalaridan tanish ovoz eshitildi.
Bilmayman.
Lekin...
endi uni siz yaratishingiz mumkin.
Ular ortiga o'girilishdi.
Muallif yo'q edi.
Eshiklar Shohi ham.
Faqat oppoq kiyimdagi kichkina qiz turardi.
U qo'lidagi yog'och eshikchani Ariaga uzatdi.
Har safar biror inson umidni tanlasa... yangi olam tug'iladi.
Qiz jilmaydi.
Va shamol bag'rida g'oyib bo'ldi. Aria osmonga qaradi.
Bulutlar orasida asta—sekin bitta jumla paydo
bo'ldi.
"Ba'zi hikoyalar tugamaydi. Ular boshqa qalblarda yashashda davom etadi."
U kitobning birinchi sahifasini ochdi. Qadamni qo'liga oIdi.
Va yangi hikoyaning ilk satrini yozdi.
"Bir vaqtlar ikki sayohatchi noma'lum olam sari yo'l oldi..."
Kitob yopildi.
Muqovasida oltin harflar bilan yangi nom porladi.
ASTERION OLAMLARI TAMOM
Muallifdan
Har bir insonning hayotida tanlovlar bo'ladi. Ba'zilari qo'rquvdan, ba'zilari esa umiddan tug'iladi. "Asterion olamlari" shuni eslatadi: taqdir yo'lni ko'rsatishi mumkin, ammo oxirgi qadamni doimo insonning o'zi tashlaydi.
Agar bu hikoya sizni bir lahza bo'lsa ham boshqa olamga olib kirgan bo'lsa, demak Asterionning eshiklaridan biri siz uchun ham ochilgan.

Tamom. @
Asarlariz menga juda yoqib ketayapti
Bundan xursandman❤️
Haqiqiy fantastikaa✨
Yoqqanidan xursandman
Fantaziyezga qoyilman, zo’r chiqibti. Yana asarlarizninkutib qolamiz. Keyinga asarlarizda olam tuzilishi haqidayam ko’proq yozsez zor bolardi
Yoqqanidan xursandman bugun yana yangilar chiqadi 🩵 Idea uchun rahmat 🩵