
dushmanchilik,sevgi

Qiz bola qiz bolaga chin do'st bo'la oladimi? Bo'la oladi...! Faqatgina, insonni insondan ajrata olish kifoya xolos. Tanlovda adashmaslik zarur. Tanloving xato bo'lsa, badali umring bo'ladi. Ishda ham, Ishqda ham...

Bu kitob mening yani yosh yozuvchi Gawolning birinchi asarim. Bu asar hayolotimning mahsuli emas balki, tushlarim sabab shu olamda ham mavjud. Asar qahramonlar tilidan yozilgan. Va unda Choson davri yani xozirgi Janubiy Koreya tarixida yashagan qahramonlarning tushunarsiz qarorlari va siyosatning shavqatsizligi sababli sinalgan sof sevgini guvohi bo’lasiz. Balki asar sizga biroz tushunarsiz yoki sustdek tuyilishi mumkin ammo umid qilamanki qahramonlarni his tuyg’ularini yaxshi tushungan holatda sizga manzur bo’ladi

Asal va Sardorning ikkinchi nikohga rozi bo'lishining sababi bor. Biri o'z sevgilisini qaytarmoqchi, biri esa butunlay ozod bo'lish istagida. Bu soxta turmush qanday yakun topishi mumkin? Asal o'tmishidagi og'riqli yuklardan qutila oladimi? Sardor-chi, u qachonlardir Asalning ilk muhabbati bo'lganidan xabari bormi? Sir sirligicha qoladimi yoki fosh bo'lish vaqti allaqachon keldimi?

UNUTILGAN BEGONA Ba’zi insonlar hayotingizga kirib keladi-yu, siz ularni hech qachon unutolmaysiz. Ammo u haqida hamma unutishi mumkin bo‘lsa-chi? U — odamlarning xotirasidan o‘zini o‘chira oladigan qiz. Uning uchun hech kimga bog‘lanmaslik — yashab qolishning eng xavfsiz yo‘li. Chunki kimdir uni qanchalik yaxshi tanisa, undan ayrilish shunchalik og‘riqli bo‘ladi. Shuning uchun u hech kimga o‘zini eslab qolishiga imkon bermaydi. Toki bir kuni u uni uchratmaguncha. Avvaliga ular bir-birini yoqtirishmaydi. Har uchrashuvlari tortishuv, jahllanish va tushunmovchilik bilan boshlanadi. Qiz esa bu begona yigitdan ham xuddi boshqalardek qutulaman, deb o‘ylaydi. Lekin birinchi marta uning qobiliyati ishlamaydi. Yigit uni unutmaydi. Nega? Bu shunchaki xatomi yoki ularning uchrashuvi oldindan yozilgan taqdirmi? Ba’zan insonni xotiradan o‘chirish mumkin… Ammo taqdirdan-chi?

Emma Miller hayotida hammasi joyida deb o‘ylardi. Sevgan insoni, ish joyi va ishongan eng yaqin dugonasi bor edi. Ammo bir kuni u tasodifan ko‘rmasligi kerak bo‘lgan narsani ko‘rib qoldi. Bu voqea uning butun hayotini o‘zgartirdi. Ammo taqdir unga ikkinchi imkoniyat bersa-chi? Bu safar Emma o‘sha xatolarni takrorlamaydi. Chunki ba’zan hayotni o‘zgartirish uchun ikkinchi imkoniyat yetarli bo‘ladi.

Bosh qahramon qizning zerikarli va tashvishli hayotidan moʻjizaviy shaharlarga ukasini izlab tasodifan borib qolishi, sirli shahardagi voqealar haqida.