
Qiz bola qiz bolaga chin do'st bo'la oladimi? Bo'la oladi...! Faqatgina, insonni insondan ajrata olish kifoya xolos. Tanlovda adashmaslik zarur. Tanloving xato bo'lsa, badali umring bo'ladi. Ishda ham, Ishqda ham...

dushmanchilik,sevgi

Asal va Sardorning ikkinchi nikohga rozi bo'lishining sababi bor. Biri o'z sevgilisini qaytarmoqchi, biri esa butunlay ozod bo'lish istagida. Bu soxta turmush qanday yakun topishi mumkin? Asal o'tmishidagi og'riqli yuklardan qutila oladimi? Sardor-chi, u qachonlardir Asalning ilk muhabbati bo'lganidan xabari bormi? Sir sirligicha qoladimi yoki fosh bo'lish vaqti allaqachon keldimi?

UNUTILGAN BEGONA Ba’zi insonlar hayotingizga kirib keladi-yu, siz ularni hech qachon unutolmaysiz. Ammo u haqida hamma unutishi mumkin bo‘lsa-chi? U — odamlarning xotirasidan o‘zini o‘chira oladigan qiz. Uning uchun hech kimga bog‘lanmaslik — yashab qolishning eng xavfsiz yo‘li. Chunki kimdir uni qanchalik yaxshi tanisa, undan ayrilish shunchalik og‘riqli bo‘ladi. Shuning uchun u hech kimga o‘zini eslab qolishiga imkon bermaydi. Toki bir kuni u uni uchratmaguncha. Avvaliga ular bir-birini yoqtirishmaydi. Har uchrashuvlari tortishuv, jahllanish va tushunmovchilik bilan boshlanadi. Qiz esa bu begona yigitdan ham xuddi boshqalardek qutulaman, deb o‘ylaydi. Lekin birinchi marta uning qobiliyati ishlamaydi. Yigit uni unutmaydi. Nega? Bu shunchaki xatomi yoki ularning uchrashuvi oldindan yozilgan taqdirmi? Ba’zan insonni xotiradan o‘chirish mumkin… Ammo taqdirdan-chi?

Emma Miller hayotida hammasi joyida deb o‘ylardi. Sevgan insoni, ish joyi va ishongan eng yaqin dugonasi bor edi. Ammo bir kuni u tasodifan ko‘rmasligi kerak bo‘lgan narsani ko‘rib qoldi. Bu voqea uning butun hayotini o‘zgartirdi. Ammo taqdir unga ikkinchi imkoniyat bersa-chi? Bu safar Emma o‘sha xatolarni takrorlamaydi. Chunki ba’zan hayotni o‘zgartirish uchun ikkinchi imkoniyat yetarli bo‘ladi.