
“Oy Soyasidagi Ruh” Raya uchun tunlar hech qachon oddiy bo‘lmagan. Odamlar sukut deb eshitadigan narsalar orasida u begona ovozlarni eshitardi. Ammo bir kuni u boshqalardan farq qiladigan bir yigit — Jake bilan uchrashadi. Jake esa odamlarga qaraganda ularning ko‘zlari yashirgan narsalarni ko‘proq ko‘rardi. Ularning yo‘llari kesishganidan so‘ng shaharda tushunarsiz hodisalar boshlanadi. Yo‘qolgan odamlar, izsiz qaytganlar, begona soyalar va hech kim eslay olmaydigan sirlar... Bularning barchasi qadimdan aytilib kelinadigan bir afsona bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Raya esa asta-sekin o‘zi bilmagan bir dunyoning chegarasiga yaqinlashayotganini anglaydi. U yerda har bir soya nimanidir yashiradi, har bir ruhning o‘z hikoyasi bor va ba’zi eshiklarni ochish oson... ammo yopish imkonsiz. Lekin eng katta savol bitta: Raya ko‘rayotgan narsa haqiqatmi yoki kimdir uni ataylab shu dunyoga yetaklamoqdami?

Asterion Olamlari Har bir eshik yangi olamga emas, yangi taqdirga ochiladi. Aria hayotida hech qachon tasodif deb hisoblab bo‘lmaydigan voqealar boshlanganda, u o‘zi bilgan dunyo yagona olam emasligini anglaydi. Cheksiz olamlar, bir-biridan farqli taqdirlar va har safar boshqa qiyofada uchraydigan tanish insonlar... Bu olamlarning markazida esa bitta sir yashiringan — Asterion. Ammo olamlar orasidagi chegaralar asta-sekin buzila boshlaganda, Aria va Aster oldida faqat bitta savol qoladi: agar har bir olamda taqdiringiz boshqacha bo‘lsa, qaysi hayotni tanlagan bo‘lardingiz? Chunki ba’zan bir eshikni ochish yangi dunyoni emas... butunlay yangi taqdirni boshlaydi.

Insonlar har kuni tush ko‘radi. Ammo hech kim har bir tush ortida butunlay boshqa bir olam yashirinishi mumkinligini tasavvur qilmaydi... Lunaris — oddiy insonlar faqat tushlarida ko‘rishi mumkin bo‘lgan sirli saltanat. Bu yerda orzular haqiqatga aylanishi, qo‘rquvlar esa tirik mavjudotdek ta’qib qilishi mumkin. Lyra va Kael taqdirlari ularni Lunaris bilan bog‘lagan sirni anglashga urinarkan, ular tush va haqiqat orasidagi chegara aslida o‘ylaganlaridek mustahkam emasligini tushunishadi. Ammo Lunarisning eng katta siri hali ochilmagan... Agar tushlar faqat tasavvur bo‘lmasa-chi? Agar uyg‘onganingizda ham o‘sha tush sizni tark etmasa-chi?

Yuz yildan oshiq davom etgan urush qirollarining farzandlari haqida. Otasi vafot etgach, amakivachasi tomonidan ashaddiy dushmaniga hadiya qilingan bo'riodamlar malikasi va uni o'ldirishga tayyor bo'lgan vampir shahzoda haqida so'zlovchi hikoya. Sehr, o'zaro zid turlar va dushmanlik.

Asrlar davomida jang qilib kelayotgan Gullar va Jonzotlar saltanatlari vanihoyat sulh tuzishdi. Ammo oradan yillar o'tib, kuchli sevgi va sadoqat bu sulhni buzib, so‘ng uni do‘stlikga aylantirdi.

dushmanchilik,sevgi

Akademiyaning taqiqlangan hududida qora eshik bor. U oddiy eshik emas: uning ortida insonlar bilmasligi kerak bo‘lgan boshqa bir haqiqat yashiringan. Eshik ochilgani sari qahramonlar akademiyaning o‘tmishi, sirli mavjudotlar va o‘zlari haqida dahshatli haqiqatlarni bilib borishadi.

Lauraning bolaligidanoq sehrli va sehr-jozuga boy fantastik kitoblarga bo'lgan ishtiyoqi bo'lakcha edi. Aslida uning ismi Gulim edi — buning sababi ni esa keyinchalik bilib olasiz Kutilmaganda u o'zi jon-dildan sevgan ushbu fantastik olamlar va sehrli dunyoning bir qismi ekani yane bu olamga tegishli ekani kashf qiladi. Bu kashfiyot uning qalbini cheksiz quvonchga to'ldiradi. Biroq, bu go'zal va baxtli tuyg'ular ortida qanday og'ir sinovlar, sirli jumboqlar hamda yashirin xavf-xatarlar poylab turganini u hali xayoliga ham keltirmas edi. Haqiqiy sarguzashtlar va kutilmagan qiyinchiliklar esa u o'z olamiga qaytganidan so'ng boshlanadi...

Bir tilak hayotingizni o‘zgartirishi mumkin. Ammo bu tilakning badali qanday bo‘ladi? Sirli voqealar orasida bir insonning tilaklari asta-sekin uning hayotini o‘zgartira boshlaydi. Har bir tilak amalga oshgani sari uning ortida yashiringan sir yanada chuqurlashadi. Ammo beshinchi tilakdan keyin sodir bo‘ladigan narsa — hammasidan qo‘rqinchliroq: xotiralar yo‘qoladi. Inson o‘z hayotidagi eng muhim narsalarni unutsa, u holda tilak haqiqatan ham baxt olib kelgan bo‘ladimi?.. .

Agarda yoqmagan bolasa uzur shunchaki omadimni sinab kordim😅.

Kibrli, boy xonim oilaviy kelishuv sabab o'zi bilmagan insonga turmushga chiqadi. Boshlanishidan hammasi g'alati va qorong'u bo'lgan turmushning yo'li qizni umuman boshqa olamga boshlab boradi. Yarim kechada uyg'onganida eri xizmatchi qonini ichayotganiga guvoh bo'lgach, eri g'ayritur (iblis) ekanini biladi. Shundan so'ng hammasi boshlanadi.

"Qalb ko'zgusi" — insonlarning ichki dunyosi, soxtalik va haqiqiy his-tuyg'ular haqida so'zlaydigan sirli va ruhiy teran hikoya. Hikoya bosh qahramoni Miraa ismli qiz g'ayritabiiy iqtidori sabab odamlarning niyatlari, yolg'onlari va qalbida yashiringan sir-asrorlarini ko'rish hamda eshitish qobiliyatiga ega. Odamlar orasidagi soxtalikdan ozor chekkan Miraa samimiy kulgini unutadi va o'zini yolg'izlik zindoniga band etadi. Biroq, uning hayotiga Alex, Ayan kabi sirli qahramonlar, va uning o'z soyasi hamda ichki qorong'iligi (Qora Qiz, Liora) kirib kelishi bilan buyuk to'qnashuv va sinovlar davri boshlanadi. Miraa faqatgina dushmanlar va qorong'u kuchlarga qarshi emas, balki eng muhim jangni — o'z ichki qo'rquvlari va o'tmishdagi jarohatlariga qarshi olib boradi. Asta-sekin u muhim haqiqatni anglab yetadi: his-tuyg'ular — zaiflik emas, balki chinakam qudratdir. Yolg'izlikdan qalb iliqligiga, sovuq haqiqatdan samimiy tabassumga bosib o'tilgan bu yo'l qahramonning o'zligini topishi va qalbida baxt hamda adolat nurini uyg'otishi bilan yakunlanadi.


Bu aslida katta asardan parcha. Bu asar olov yaratuvchi qiz va siren yigit haqida

Emma Miller hayotida hammasi joyida deb o‘ylardi. Sevgan insoni, ish joyi va ishongan eng yaqin dugonasi bor edi. Ammo bir kuni u tasodifan ko‘rmasligi kerak bo‘lgan narsani ko‘rib qoldi. Bu voqea uning butun hayotini o‘zgartirdi. Ammo taqdir unga ikkinchi imkoniyat bersa-chi? Bu safar Emma o‘sha xatolarni takrorlamaydi. Chunki ba’zan hayotni o‘zgartirish uchun ikkinchi imkoniyat yetarli bo‘ladi.

UNUTILGAN BEGONA Ba’zi insonlar hayotingizga kirib keladi-yu, siz ularni hech qachon unutolmaysiz. Ammo u haqida hamma unutishi mumkin bo‘lsa-chi? U — odamlarning xotirasidan o‘zini o‘chira oladigan qiz. Uning uchun hech kimga bog‘lanmaslik — yashab qolishning eng xavfsiz yo‘li. Chunki kimdir uni qanchalik yaxshi tanisa, undan ayrilish shunchalik og‘riqli bo‘ladi. Shuning uchun u hech kimga o‘zini eslab qolishiga imkon bermaydi. Toki bir kuni u uni uchratmaguncha. Avvaliga ular bir-birini yoqtirishmaydi. Har uchrashuvlari tortishuv, jahllanish va tushunmovchilik bilan boshlanadi. Qiz esa bu begona yigitdan ham xuddi boshqalardek qutulaman, deb o‘ylaydi. Lekin birinchi marta uning qobiliyati ishlamaydi. Yigit uni unutmaydi. Nega? Bu shunchaki xatomi yoki ularning uchrashuvi oldindan yozilgan taqdirmi? Ba’zan insonni xotiradan o‘chirish mumkin… Ammo taqdirdan-chi?

Bir sevgi hikoyasi deya olmayman...

Bosh detektiv Alisher Sheripov va uning sodiq yordamchisi tundagi sirli xat va eski jez kalitni qabul qilib oladi.