
“O‘layotgan bug‘i” - yetti nafar aktrisaning oʻta vaxshiyona xarakterdagi qotilliklari ortida turgan parafilistik sektani tergov qilishga bag‘ishlangan kriminal-psixologik asar. Tergov davomida sektaning ierarxik tuzilishi, deviant xulq-atvor mexanizmlari, qurbon tanlash mezonlari va marosimlashtirilgan zo‘ravonlikning psixologik asoslari ochib boriladi.
Jiro Sakai - oʻtkir depressiya va alkogolizmdan aziyat chekayotgan sobiq tergovchi. Xotini bilan ajrashgandan soʻng, Tokiodan boshqa joyga koʻchib ketadi va oʻsha yerda bolaligidagi orzusini amalga oshirmoqchi boʻlib, oʻzining shaxsiy gazetasini ishga tushiradi. Biroq, birinchi ish kuning oʻzida, notanish ayol kelib unga boshqa taklif bildiradi. Ayol oʻz uyida oʻldirib ketilgani tennischining maʼshuqasi boʻladi va "sirli" kimsaning maslahatiga koʻra, unga murojaat etgan boʻladi. Jironing gardaniga 12 yildan beri ochilmagan mashhur tennischilarning seriyali qotilligini ochish tushadi, qiziq u eplay olarmikan?

Nilufar — universitetning 22 yoshli talabasi. U sevgan insoniga ishonadi, kelajagini u bilan tasavvur qiladi va bir kuni shu ishonch sabab hayotidagi eng katta qarorlardan birini qabul qiladi. Bu faqat ikkisining orasida qolishi kerak bo‘lgan sir edi. Ammo oradan o‘n bir kun o‘tib, Nilufar o‘zining eng shaxsiy lahzalari yashirincha tasvirga olinganini bilib qoladi. Eng dahshatlisi esa video allaqachon begona qo‘llarga yetib borgan edi. Endi uning oldida sevgi emas, shantaj, qo‘rquv va tobora torayib borayotgan tanlovlar turardi. Bir paytlar ishongan odamlari uning hayotini o‘z qo‘liga ola boshlaydi. Nilufar esa bitta sirni saqlab qolishga uringan sari undan ham kattaroq sirlar ichiga botib boradi. “Faqat ikkimiz bilamiz” — ishonch, xiyonat va birgina yashirin video inson hayotini qanchalik keskin o‘zgartirib yuborishi mumkinligi haqidagi og‘ir psixologik drama.

Hayotdan olingan